Xayolga Sig'magan Xayollar...  ( 750297 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 52 53 54 55 56 57 58 59 60 61 62 ... 155 B


Ansora  23 Oktyabr 2009, 12:47:02

Bundan bir necha kun oldin, hayvonot dunyosi bilan bog'liq narsalar o'qir ekanman, shu bizning "shohingni chiqar" degan narsamizning 19 yilgacha yashashi haqida o'qib qoldim. Ho'jayinimga aytsam, xazilga oldi, "olimlarni, ishi yo'q ularni 19 yil poylasharkan-mi", deb : )

Bozordan jambil va rayxon sotib oldim, yaxshilab yuvib, quritish uchun balkondagi stolni ustidagi gazetada dastani ochdim. Bir qarasam, shohingni chiqarni "uychasi" : ) turibdi.
"Voy bechoragina", dedim, seni bezovta qilibzimiz-da, birdan 19 yil yashaydi degan ma'ulmot ham esimga kelib, kulimsirab qo'ydim va balkonni tokchasiga qo'ydim uychani.
Ertasi kuni kir yoyish uchun balkonga chiqib bir qarasam, uycha tokchadan pastga tushib, devorga yopishib olibdi : )
"Haaa, dedim bu ham jonli, demak rostdan ham 19 yil yashashar ekan..."
Rosa quyosh uradigan joyda bo'lgani uchun "qurimasin", deb domni hovlisidagi tuproqqa qo'ydim, nam joy topib o'rnashib olar, deb o'yladim.....
Mana, meni kutilmagan mehmonim, garchi mehmon qila olmadim, ammo hech bo'lmasa, o'lmay qolishiga sabab bo'ldim, insholloh:)


Qayd etilgan


Hadija  23 Oktyabr 2009, 22:58:11

o'qishga shoshayotgan edimu negadir oyog'im tortmasdi ,
uzun yolg'izoyoq yo'l , oldinda rus millatiga mansub yigitlar ketmoqda ,ko'zimga yarq etib urilgan narsa rus bolasining o'ng qo'lidagi tasbeh edi ............
sekin pichirlab  subhanalloh dedimuuuu ....................................ko'rmasam qaniydi.........chap qo'lida sigaret ......sochlari uzun bejooo ,tasbeh esa zikr uchun emas g'alati aylantirilib o'ynalardi ,
tortib qo'lidan tasbehni yulib olgim kelib ketdi ,balki deb chiroyli gumon qilishga harakat qilardimu lekin yuragim uvishib qolgandi .

Disklari sotilayotgan "Qashqirlar makoni" filmiga taqlidchilar ham ko'paydi...

Qayd etilgan


ZUBAIR  24 Oktyabr 2009, 01:59:41

qanaqa kitob o'qiyapsiz? so'nggi o'qigan kitobingizni nomi nima? :)

uzr, shunaqa ensani qotiradigan savolla berib turaman ba'zan :)

O' Hoshimovning "Tushda kechgan umrlar"ini o'qib chiqdim. Asarmisan asarda hullas ; ) Hozir Abdulla Qodiriy "Dahshat" degan kitobidan 5-6 bet o'qib ko'rdim. Qisqasi kitob yoqmadi negadur


Sariq devni menam minganman 4-sinfligimda :-))))

Qayd etilgan


Afruza  24 Oktyabr 2009, 08:48:37

qanaqa kitob o'qiyapsiz? so'nggi o'qigan kitobingizni nomi nima? :)

uzr, shunaqa ensani qotiradigan savolla berib turaman ba'zan :)

O' Hoshimovning "Tushda kechgan umrlar"ini o'qib chiqdim. Asarmisan asarda hullas ; ) Hozir Abdulla Qodiriy "Dahshat" degan kitobidan 5-6 bet o'qib ko'rdim. Qisqasi kitob yoqmadi negadur


Sariq devni menam minganman 4-sinfligimda :-))))


Otkir Hoshimovning "Nurli dunyo" deb nomlangan saylanma asarini o'qib chiqdim. "Tushda kechgan umrlar" romanini boshini o'qiganimda qiziqrli tuyulmagandi, keyinchalik shunchalik ichiga kirib ketganmanki.....

Qayd etilgan


mutaallimah  24 Oktyabr 2009, 09:36:49

Iqtibos
O' Hoshimovning "Tushda kechgan umrlar"ini o'qib chiqdim. Asarmisan asarda hullas

Kitobniyam kitobini topibsiz-u :)
Men ham yaqinda o'qib chiqqandim.... Ta'rifga til ojiz..

Qayd etilgan


Muzayyana  24 Oktyabr 2009, 13:12:36

Iqtibos
O' Hoshimovning "Tushda kechgan umrlar"ini o'qib chiqdim. Asarmisan asarda hullas

Kitobniyam kitobini topibsiz-u :)
Men ham yaqinda o'qib chiqqandim.... Ta'rifga til ojiz..

mutaallimah ni gaplarida jon bor haqiqatdan ham.
U kishini yana bir kitoblariga mana shunday berilsa arziydi,
 bu "Daftar hoshiyasidagi bitiklar".
Bu kitobdagi gaplar juda topib va bilib aytilgan gaplar!
Bu kitobni 'qimaganlarga tavsiya qilgan bo'lardim.
Ketgan vaqtiga sira achinmiydi inson!

Qayd etilgan


Muhseena  24 Oktyabr 2009, 20:36:55


******
Tongda dilga tushdi bir ma'yus hasrat,
Do'st sari otlandim,yo'ldan qaytmadim.
Lekin do'stim edi juda ham xursand,
Men ham kulib turdim.
Unga aytmadim.

Borib so'zlay dedim,otam,onamga,
Yo'q-yo'q ko'p ozorlar yetkazdim rostdan.
Endi aqlim kirdi,
"Baxtiyorman!" deb,
Uyimizdan qaytdim dardim aytmasdan.

Kimga bormay aytar o'z quvonch,g'amin,
Men faqat tingladim,
So'zlay olmadim.
Baxtlilarning bazmin kelmadi buzgim,
Baxtsizlarga badtar qayg'u solmadim.

Aytsam bo'lar edi yorim,bolamga,
Ko'nglimni hasratim yalar betinim.
Bolam jilmayardi yorug' olamga,
Tinmay kular edi baxtli xotinim....

Bildim,
G'amgin odam yoqmas hech kimga,
Hech qaysi makonda yoqmas ko'zyoshi.
Allohim,dardimni aytdim O'zingga,
Yo'qdir Sendan boshqa mening darddoshim!

Karim Bahriyev
  :-[...............

Qayd etilgan


Robiya  27 Oktyabr 2009, 07:00:13

:as:

Kun xayrli bo'lsin azizlarim! Bizda Alloh O'z rahmatini yog'diryapti, kuzning birinchi yomg'iri!!!

Shunaqa chiroyli yog'yapti, alhamdulillah!

Off: paxta tugashi yomon bo'ldi-daaa.. :)

Qayd etilgan


siddiqa  27 Oktyabr 2009, 07:10:50

:as:

Kun xayrli bo'lsin azizlarim! Bizda Alloh O'z rahmatini yog'diryapti, kuzning birinchi yomg'iri!!!

Shunaqa chiroyli yog'yapti, alhamdulillah!

Off: paxta tugashi yomon bo'ldi-daaa.. :)

Yomg'irni keyingi reysi Toshkentda bo'lsin ............
odam judayam sog'indi bu rahmat bo'lgan yomg'irni ,kecha niyyat qilgandik yomg'irni yog'ishini ,
avvallari Guli,muhseena bn yomg'ir yog'sa huddi yosh bolalardek ,suyunardik.........

Qayd etilgan


Ziyovuddin  27 Oktyabr 2009, 14:07:56

Oldinlari yomg'irni yomon ko'rardim... Hozir esa yomg'irni, xazonni hidini, havoni bulut bo'lib turishini yaxshi ko'raman.
    * * *
Qorni hidini ham yaxshi ko'raman. Lekin sovuqni...

Qayd etilgan