Tinglagin foyda yo’q labni burishdan,
Ko’piklar ustiga hayot qurishda,
Hudo saqlasina haq so’z aytilsa,
Qalban Dushman bo’lib kulib turishdan.
Osmonda bor narsa itoatdadir,
Har zum Robbisiga ibodatdadir,
Shu bois hilqat ham saodatdadir,
To’xtama birodar,hayol surishdan.
Sohtalar umrini behol suymagin,
Alarning holiga also qo’ymagin,
Hayotni o’likdek yashab qo’ymagin,
Ne bo’lar to’xtasa yurak urishdan?!
Xayrulla Hamidov
16.11.09.