Omen (birinchi kitob). Devid Zeltser  ( 70834 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 19 B


AbdulAziz  10 Iyul 2006, 19:35:54

Omen (birinchi kitob)



Muallif: Devid Zeltser
Hajmi: 223 Kb
Fayl tipi: pdf, zip
Saqlab olish
Online o'qish

Qayd etilgan


shoir  27 Oktyabr 2007, 15:46:58

Devid Zeltser

OMEN (IBLIS HAMLASI)


Bu yerda donolik bor. Kimning idroki bo’lsa,
yirtqichning raqamini biladi;
Zero bu insonlarning ham raqamidir.
Uning raqami olti yuz oltmish olti.
(Kashfiyotlar kitobi)

MUQADDIMA

Hammasi soniyaning mingdan bir ulushicha vaqt ichida yuz berdi. Galaktikalardagi asrlarga tatiguvchi harakat bir lahzada sodir bo’ldi. Keyp Xetti rasadxonasidagi yosh astronom hayratdan qotib qolgandi. U ancha kech qolgandi va fotokamera sodir bo’lgan hodisani bilinar-bilinmas tarzda muhrladi: uchta yulduz burjining bir-biriga yaqinlashishi oqibatida yana bir yorqin yulduz paydo bo’lgandi. Ja’diy, Saraton va Asad burjlaridan ajralib chiqqan mayda zarralar shunday aniqlik bilan bir-biriga kirishib ketdiki, natijada yangi bir samoviy jism paydo bo’ldi. Jism borgan sari yorqin nur socha boshladi va burjlar titrab ketdi, balki astronomning qo’llari hayajondan titragani uchun shunday tuyulgandi.
U bu hodisaga guvoh bo’lgan yagona inson ekanligidan qo’rqardi. Ammo yer qa’ridan shovqin eshitildi. Bu odamlarning shovqini bo’lsada, jazavaga tushayotgan mutaassiblarniki emasdi. G’orlarda, yerto’lalarda ko’z yoradigan ayollar yig’ilishgan, ular roppa-rosa yigirma ming nafar edilar. Ular bir-birlarining qo’llarini ushladilar. Ularning ovozlari tobora qattiqroq eshitila boshladi va osmonga ko’tarilib so’ng yerning qoq yuragiga urildi.

Qayd etilgan


shoir  27 Oktyabr 2007, 15:47:28

Oltinchi oy, oltinchi kun, oltinchi soat edi. Eski Ahd kitobida ayni mana shu daqiqalar aytilgandi. Aynan mana shu lahza Yerning taqdirini o’zgartirishi kerak edi. Yer yuzidagi barcha urushlar ulkan bir voqea oldidan insoniyat uchun shunchaki tayyorgarlik sinovi edi xolos. Kashfiyotlar kitobida bu allaqachon aytib o’tilgandi"¦
Olis osmon qa’rida yangi yulduz yanada tovlana boshladi va odamlarning qo’shig’i avjiga chiqdi.
Qadimiy Megiddo shahrida yashovchi qariya Bugengagen buni his etdi va yig’lab yubordi. Endi uning barcha yozganlari keraksiz matohga aylanib qolgandi. Yuqorida, Isroilda esa bir guruh talaba-arxeologlar bir daqiqaga ishlarini to’xtatdilar. Ular belkuraklarini tashlab, sukut saqlashdi: talabalarning oyoqlari ostidagi yer silkina boshladi.
Vashington-Rim yo’nalishi bo’yicha uchayotgan samolyotda Jeremi Torn o’tirardi. U ham qandaydir g’alati tuyg’uni his etdi va darhol xavfsizlik kamarini taqib, o’z fikrlariga cho’mdi.
Agar u bu tuyg’uning asl sababini bilganida ham endi hech narsani o’zgartira olmasdi. Chunki bu vaqtda Jeneral gospitalining yerto’lasida uning endigina dunyoga kelgan farzandining boshi tosh bilan majaqlab tashlangandi.

Qayd etilgan


shoir  27 Oktyabr 2007, 15:47:52

1

Samoda parvoz qilayotgan samolyotlarda har soniyada minglab kishilar uchadilar. «Skaylayner» jurnalida berilgan bu raqamlar Tornni qiziqtirib qo’ydi va u odamlarni ikki guruhga: osmon va yerdagilarga bo’ldi. Torn odatda bunday bema’ni narsalar bilan shug’ullanmasdi, ammo samolyotdan tushganda uni qanday yangilik bilan qarshi olishlarini o’ylamaslik uchun yana xayolga berildi. Statistikaga ko’ra, agar yer aholisi birdaniga yo’q bo’lib ketsa, havoda parvoz qilayotgan bir necha yuz ming kishigina omon qolar ekan — ular hatto yerda nima sodir bo’lganini ham bilishmaydi.
Samolyot Rim uzra parvoz qilardi. Torn yana o’yga cho’mdi: nechta erkak va ayol tirik qolarkin? Agar ular yerga eson-omon qo’nib olishsa, sog’lom jamiyatni tiklay olishadimi? Tirik qolganlarning aksariyati erkaklar bo’lishi aniq, chunki yuqori lavozimlarda ko’proq erkaklar o’tirishadi, demak ularning foydasi bo’lmaydi, chunki barcha ishchilar halok bo’lgan bo’lishadi. Rahbarlar qoladilar, lekin ularning qo’l ostida hech kim bo’lmaydi. Demak, bir necha samolyotda doimo ishchilarni olib yurilsa, foydadan xoli bo’lmas ekan. Samolyot asta pastlay boshladi. Torn sigaretini o’chirib, pastga qaradi. U keyingi paytda samolyotda tez-tez uchar va bunga ko’nikib qolgandi. Lekin bugun u judayam hayajonlanardi. O’n ikki soat ilgari u Vashingtonda telegramma olgan va agar bu vaqt ichida biror narsa yuz bergan bo’lsa, endi kech edi. Katerina nihoyat farzand ko’rgandi.
U ilgari ikki marta homilador bo’lgan, ammo ikkisida ham homilasi tushib ketgandi. Bu safar u homiladorlikning sakkizinchi oyida ko’z yorgandi. Torn agar biror narsa yuz bergan bo’lsa, Katerinadan bir umrga ayrilishini bilardi.

Qayd etilgan


shoir  27 Oktyabr 2007, 15:48:02

Ular bolaliklaridanoq bir-birlarini yaxshi bilishar va Torn uning qalbida qandaydir tashvish borligini sezardi. Uning ko’zlari doimo xaloskoridan najot izlayotganday boqar va Torn o’zini uning xaloskoriday his etardi. Yaqindan beri Torn yuqori lavozimga ko’tarilgan, shuning uchun u Katerinaga uncha e’tibor bermay qo’ygandi.
Xotinining dastlabki ruhiy besaranjomligi deyarli sezilarsiz o’tdi. Katerina hech bir sababsiz qaychini olib sochlarini qirqib tashlaganda, unga e’tibor berish o’rniga Tornning jahli chiqqandi. Katerina sochlari o’sguncha yasama soch taqib yurdi. Bir kuni esa yuvinish xonasiga kirib, ustara bilan barmoqlarining uchini tilib tashladi. Shundan so’ng ruhshunosga murojaat qilishdi. U esa hech narsani aniqlab berolmadi. Katerina bir oycha ruhshunosga qatnadi va farzandli bo’lish istagini aytdi.
U birpasda homilador bo’ldi va dastlabki uch oy quvonch ichida o’tdi. Katerina baxtli edi. Ular Yaqin Sharq bo’ylab sayohatga ham chiqishdi. Ammo samolyotda uning homiladorligi barham topdi.

Qayd etilgan


shoir  27 Oktyabr 2007, 15:48:26

Ikki yildan so’ng u yana homilador bo’ldi. Besh yarim oy davomida ularning uyida yana umid hukmronlik qildi. Katerina supermarketda yurganida uni to’lg’oq tutdi va shu yerda ko’z yoridi. Endi Katerina uchinchi marta homilador bo’lgan va Torn bu ularning so’nggi ilinji ekanligini bilardi. Agar bu safar ham biror narsa yuz bersa, xotini aqldan ozishi aniq. Samolyot g’ildiraklari yerga tegdi. U boshqalar samolyotni tark etgunlaricha kutib turdi. Uni pastda mashina kutib turardi. U iqtisodiyot masalalari bo’yicha prezidentning maslahatchisi va o’z shtab-kvartirasini yaqindagina Syurix shahridan Rimga ko’chirgan iqtisodiyot masalalari bo’yicha Xalqaro Konferentsiya raisi edi. To’rt haftalik dastur olti oyga cho’zilgan, bu davr ichida uni ancha yuqori darajadagi mansabdorlar tanib olishgandi. Bir necha yildan so’ng u AQSh prezidentining umidi va tayanchiga aylanishi haqida gap-so’zlar yurardi.
Qirq ikki yoshli Torn mansab pillapoyalaridan ko’tarilib borardi. Xalqaro Konferentsiya raisi bo’lib saylanishi uning mavqeini ko’tarib yubordi va dastlab elchilik, so’ngra mahkama vaziri, balki prezidentlikka ham yo’l ochgandi. Tornlar oilasiga qarashli zavodlar urush yillarida gullab-yashnagan, Jeremi eng nufuzli o’quv yurtlarida ta’lim olgandi. Otasi vafot etgach, Jeremi barcha zavodlarni yopdi va buzg’unchilikka qarshi ekanligini e’lon qildi. Ammo Tornning boyligi ko’payishda davom etardi. U qurilish ishlarini olib bordi, muhtojlar va ishbilarmonlarga qarz berib turdi. Hisob-kitoblarga qaraganda, uning boyligi bir necha yuz million dollarga teng edi. Buni Tornning o’zi ham bilmas, chunki hech hisoblab ko’rmagandi"¦

Qayd etilgan


shoir  27 Oktyabr 2007, 15:48:50

Taksi Jeneral gospitali oldida to’xtadi. Spilletto ota uchinchi qavatda joylashgan xonasi derazasidan mo’ralab, kelgan kishi Jeremi Torn ekanligini tushundi. Uning tashqi qiyofasi gazetada bosilgan suratlaridan tanish edi. Tanlashda adashmabmiz, deb o’yladi Spilletto ota. Ruhoniy kiyimi etaklarini yig’ishtirib, o’rnidan turdi. Uning ulkan gavdasi oldida stol kichrayib ketgandek ko’rindi. Yo’lakda Tornning qadam tovushlari eshitila boshladi.
- Janob Torn?
Zinaning birinchi pog’onasiga qadam qo’ygan Torn yuqoriga qaradi.
- Ha, menman.
- Mening ismim Spilletto ota. Men sizga"¦
- Ha. Telegrammangizni oldim.
Ruhoniy zinapoya tutqichidan engashdi. Uning harakatlaridan nimadir yuz berganligi ko’rinib turardi.
- Bola"¦ tug’ildimi? — so’radi Torn.
- Ha.
- Xotinim qalay?
- Dam olyapti.
Ruhoniy pastga tushdi va uning ko’zlari Tornga qadaldi.
- Biror narsa yuz berdimi? — so’radi Torn.
- Bola o’ldi.

Qayd etilgan


shoir  27 Oktyabr 2007, 15:49:18

Dahshatli sukunat cho’kdi. Torn og’ir zarbaga uchragandi.
- U bir necha soniya nafas oldi, - pichirladi ruhoniy, - keyin vafot etdi.
Ruhoniy Tornning hech narsaga e’tibor bermay oldidagi kursiga o’tirishini va boshini egib yig’lashini kuzatib turdi. Yig’i ovozi yo’lakda aks-sado berdi. Ruhoniy yana gap boshladi:
- Xotiningiz tirik qoldi, ammo endi ona bo’lolmaydi.
- Hammasi tamom, - pichirladi Torn.
- Sizlar bola asrab olishingiz mumkin.
- U o’z farzandi bo’lishini istardi"¦
Bir lahzaga jimlik cho’kdi va ruhoniy oldinga qadam tashladi. U terlab ketgandi.
- Siz uni juda sevasiz, - dedi u.
Torn bosh irg’adi. U javob beradigan holatda emasdi.
- Unda siz Xudoning irodasiga bo’ysunishingiz kerak.
Qorong’i yo’lakda rohiba paydo bo’ldi va ruhoniyni ko’zi bilan imlab chaqirdi. Ular italyan tilida gaplashishdi va ruhoniy uning oldiga qaytib keldi.
Uning nigohi boshqacha boqardi.
- Xudoning karami keng, janob Torn, - ruhoniy uni yo’lga boshladi.
Yangi tug’ilgan chaqaloqlar palatasi uch qavat yuqorida edi. Ular xira chiroq nuri yoritib turgan yo’lak bo’ylab ketishdi. Kasalxona hidi Tornning qayg’usini yanada kuchaytirdi. Ular oynavand to’siq oldida to’xtashdi va ruhoniy Tornning to’siq ortiga qarashini kuzatib turdi. U yerda chaqaloq yotardi. Chaqaloqning sochlari qop-qora, Tornga tikilib turgan ko’zlari moviy edi.
- Uning hech kimi yo’q, - dedi ruhoniy. — Uning onasi vafot etdi. Farzandingiz bilan bir vaqtda.

Qayd etilgan


shoir  27 Oktyabr 2007, 15:49:39

Torn keskin unga o’girildi.
- Xotiningizga farzand kerak, - davom etdi ruhoniy, - bu go’dakka esa ona.
Torn asta bosh chayqadi.
- Biz o’z farzandimiz bo’lishini xohlardik, - dedi u.
- Go’dak judayam o’xshab ketadi"¦
Torn yana unga qaradi va uning so’ziga qarshilik bildirolmadi. Chaqaloqning sochlari Katerinaniki bilan bir xil edi, yuzi esa Tornning yuziga o’xshardi.
- Xonim bu haqda hech qachon bilmaydi, - dedi ruhoniy.
Torn ko’zlarini yumdi, uning qo’llari qaltirardi.
- Bola sog’lommi?
- Mutlaqo sog’lom.
- Qarindoshlari bormi?
- Hech kimi yo’q.
Ular jim qolishdi.
- Bu yerda men rahbarman, - dedi ruhoniy. — Hech qanday yozuv qoldirilmaydi. Bu haqda hech kim bilmaydi.
Torn shubha ichida ko’zlarini olib qochdi.
- O’Z BOLAMNI ko’rsam maylimi? — so’radi u.
- Bu bilan nima o’zgarardi? — javob qildi ruhoniy. — Tiriklarga mehr ko’rsating.
Oynavand to’siq ortidagi chaqaloq xuddi Tornni quchoqlamoqchidek unga qo’llarini cho’zardi.

Qayd etilgan


shoir  27 Oktyabr 2007, 15:50:25

- Xotiningiz haqqi, janob. Xudo bu yolg’onni kechiradi. Mana bu go’dakka rahm qiling"¦
U jim bo’lib qoldi, chunki ortiqcha gapga o’rin qolmagandi.
- Ushbu tunda Xudo sizga o’g’il ato qildi, janob Torn.
Osmonda yangi paydo bo’lgan yulduz titray boshladi. Kasalxona karavotida esa Katerina o’ziga keldi. U bir necha daqiqa ilgari o’ziga ukol qilinganini bilmasdi. Uning tug’ishi o’n soatga cho’zilgan, keyin esa hushidan ketib, chaqalog’ini ko’rmagan edi. U o’ziga kelgach, hayajonga tushdi va tashqarida qadam tovushlarini eshitib, o’zini tutib oldi. Eshik ochildi. Katerina erini ko’rdi. Jeremining qo’lida chaqaloq bor edi.
- Bizning bolamiz, - dedi Torn. Uning ovozi quvonchdan titrab chiqardi. — Bizning o’g’limiz bor.
Katerina qo’llarini cho’zib chaqaloqni oldi va quvonganidan ho’ngrab yubordi. Tornning ko’zlaridan yosh oqar va Xudodan minnatdor edi.

Qayd etilgan