Omen (birinchi kitob). Devid Zeltser  ( 92884 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 B


shoir  27 Oktyabr 2007, 16:43:14

U yerni lom bilan o’ya boshladi. Keyin esa qo’llari bilan tuproqni kavlay boshladi.
- Yordamlashvor, - dedi u Tornga va Torn ham sovuqdan qotib qolgan qo’llari bilan tuproqni kavlashga kirishdi.
Yarim soatdan so’ng ular terga va loyga botganicha, beton plita yuzasidan so’nggi tuproqni tortib oldilar.
- Hidini sezyapsizmi? - so’radi Jennings.
- Ha.
- Chamasi, judayam shoshilishgan.
Torn azobdan qiynalayotgani uchun unga javob bermadi.
- Avval qaysi birini ochamiz? - dedi Jennings.
- Balki buning keragi yo’qdir?
- Kerak.
- Lekin bu odamgarchilikdan emas.
- Agar xo’p desangiz, haydovchini yordamga chaqiraman.
Torn tishlarini g’ijirlatdi va bosh chayqadi.
- Unda boshladik, - dedi Jennings. - Avval kattasini.
Jennings plita ostiga lomni tiqdi. Keyin uni pastga bosdi.
- Qani, bo’l, jin urgur! - qichqirdi u va Torn yordamga shoshildi. Uning qo’llari qaltirardi.
- Kamida bir tonna keladi... - ming’irladi Jennings. Ular plitani ko’tarib surishga erishishdi va qabr ichiga nazar tashlashdi.

Qayd etilgan


shoir  27 Oktyabr 2007, 16:43:24

- E Xudoyim!
Chuqur ichida shoqolning jasadi yotardi. Turli hasharotlar qandaydir tarzda shu paytgacha saqlanib qolgan teri va tananing qoldiqlarini har tarafdan kemirishardi. Torn titrab ketdi va o’zini orqaga tashladi. Beton plita gursillab chuqur og’ziga tushdi. Minglab pashshalar osmonga ko’tarildi. Jennings dahshat bilan Tornga tashlandi va uni bu yerdan olib ketishga urindi.
- Yo’q!!! - o’kirdi Torn.
- Ketdik!
- Yo’q! - o’kirishda davom etdi Torn. - IKKINChISINI!
- Nima uchun? Biz o’zimiz uchun kerakli barcha narsani ko’rdik.
- Yo’q, bunisini ham, - dedi Torn. - Balki, bu yerga ham hayvon ko’milgandir!
- Xo’sh, nima bo’pti?
- Unda, mening farzandim tirik bo’lib chiqadi!
Jennings Tornning telbalarcha nigohiga ko’zlarini qadadi va lom yordamida kichkina beton plitani ko’tarishga urindi. Torn uning yoniga kelib, plita orasiga qo’lini tiqdi. Plitani surishdi va Tornning ko’zi yoshga to’ldi. Kichkinagina qabrda chaqaloqning suyaklari yotar, uning bosh suyagi majaqlangandi.
- Boshi... - ho’ngradi Torn.
- ... E Xudo...
- Ular uni o’ldirishgan ekan!
- Ketdik.

Qayd etilgan


shoir  27 Oktyabr 2007, 16:43:35

- Ular mening o’yolimni o’ldirishgan ekan! - qichqirdi Torn ovozining boricha. - Ular uni o’ldirishgan ekan! Mening o’yolimni o’ldirishgan ekan!
Jennings Tornni o’rnidan turg’izdi va uni kuch bilan sudray boshladi. Ammo u kutilmaganda qo’rquvdan titrab ketib, joyida qotib qoldi.
- Torn, bu yoqqa qara.
Torn Jennings ko’rsatgan tarafga qaradi va qop-qora itning boshiga ko’zi tushdi. Itning yonayotgan ko’zlari bir-biriga yaqin joylashgan, uning og’zidan so’lak oqardi. Yaqin atrofda uvillash eshitildi. Torn va Jennings qimirlamay turishardi. It butalar orasidan chiqib keldi. U ozib ketgan, hammayog’i yara-chaqa bo’lib, biqinida yangi jarohatning izi bor edi. Butalar shitirlab, yana bitta itning tumshug’i ko’zga tashlandi. Keyin yana va yana itlar paydo bo’la boshladi. Go’yoki butun qabriston harakatga kelayotgandek edi. Atrofni qora sharpalar bosib ketgan, ular och qolgan, o’nlab quturgan itlar edi. Ularning og’zidan so’lak oqardi.
Jennings va Torn hattoki bir-birlariga qarashga ham jur’at qila olishmasdi. Uvillayotgan itlar to’dasi hozircha joyidan qimirlamay turardi.

Qayd etilgan


shoir  27 Oktyabr 2007, 16:43:47

- Ular... murdalarning hidini sezishyapti... - shivirladi Jennings. - Orqaga yurish kerak.
Ular nafaslarini yutganicha, asta-sekin ortga chekina boshlashdi. Shu lahzada itlar ularga tashlanishdi. Torn toyib ketdi va beixtiyor baqirib yubordi. Jennings shu zahoti unga yopishdi va xotirjamlikni saqlash maqsadida pichirladi:
- Yugurmaslik kerak... ularga faqat jasadlar kerak...
Ammo itlar qabrlarni aylanib o’tib ko’zlarini tiriklardan uzmay turishardi. Itlar va odamlar orasidagi masofa qisqarib borar, yirtqichlar tobora yaqinlashib kelishardi. Torn va Jennings ortga chekinib borishardi. Shu payt ular orqadagi to’siqqa urilishdi. Torn qaltiraganicha Jenningsga yopishdi. Ular tosh sanamning oyog’i ostida turishardi. Itlar ularni har tarafdan o’rab olgandi. Yirtqichlar va ularning qurbonlari qandaydir soniyalarga jim bo’lib qolishdi. Quyosh botayotgan va qabriston ortida ufq qizarib ketgandi. Itlar olg’a tashlanish haqidagi buyruqni kutishardi.
Jennings jahd bilan itlarning yo’lboshchisini lom bilan urdi va itlar shu zahoti ularga otilishdi. Jenningsni yiqitgan yirtqichlar uning tomog’idan tishlashga urinishardi. Muxbir yerda yotganicha tipirchilar, fotoapparat tasmasi uning bo’yniga o’ralib qolgandi. Jennings itlardan qutulishga harakat qilardi.

Qayd etilgan


shoir  27 Oktyabr 2007, 16:44:02

Torn to’siq yoniga yetib olishga erishdi. Shu payt unga katta it tashlandi va tishlarini uning yelkasiga botirdi. Jeremi cho’kkalab qoldi va boshqa itlar ham unga tashlanishdi. Tishlarning sharaqlashi eshitilar, Jeremining ustiga so’laklar oqardi. Torn emaklagancha to’siqqa yaqinlashishga urindi. U tishlarning tanasiga qanday botayotganini his qilardi. U bir necha soniyaga yerda yumalayotgan Jenningsga qarashga ulgurdi. Torn oyoriqni his etmasdi, uning xayolida bitta fikr bor edi - bu yerdan qochish! Jeremi emaklagancha to’siq tomon keta boshladi. Itlar uning yelkasiga yopishishdi. Uning qo’li qandaydir sovuq narsaga tegdi. Bu Jennings qo’lidan tushirib yuborgan lom edi. U lomni mahkam tutdi va ortiga siltadi. Ayanchli akillash eshitildi va Torn itlardan biriga boplab tushirganini bildi. Uning yelkasi qondan ho’l bo’lib ketdi va ortiga o’girilgan Torn bir itning ko’zi oqib tushganini ko’rdi. Bu unga kuch bag’ishladi, u lom bilan itlarni ura ketdi va oyoqqa turib oldi.
Jennings daraxt tagida turardi. Itlar unga tashlanishda davom etishardi. Olishuv paytida kutilmaganda fotoapparat yoritigichi ishlab ketdi va yirtqichlar dahshat bilan orqaga chekinishdi. Torn lomni siltaganicha to’siq tomon chekinardi. Jennings itlar yaqin kelishganida fotoapparat tugmachasini bosar, yoritgich chaqnaganida itlar ortga chekinganidan foydalanib, to’siq tomon yugurardi. Nihoyat u ham panjaraga yetib oldi.

Qayd etilgan


shoir  27 Oktyabr 2007, 16:44:14

U Tornga yaqinlashdi. Torn panjaraga osilib chiqdi va yengi osilib qolib, qabriston tashqarisiga yiqildi. U oyoriqdan ingrab yubordi. Jennings ham panjaraga osilib chiqdi va kamerani itlarga otib yuborib, o’zini tashqariga otdi. Haydovchi dahshatga tushganicha ularga tikilib turardi. U mashinadan otilib chiqib Jenningsga Tornni mashinaga o’tqizishda yordam berdi. Jenningsning ko’zi itlarga tushdi. Ular panjaraga tashlanishar, uvillashardi. Ulardan biri panjaradan sakrab o’tishga urindi va undan deyarli sakrab ham o’tgandi, ammo panjara qozig’iga sanchilib qoldi. Uning tomog’idan qon favvora bo’lib otila boshladi. Qon isini sezgan itlar osilib qolgan itga tashlanishdi va uni yorib tashlashdi.
Mashina o’qdek uchib ketdi. Eshikni qarsillatib yoparkan, haydovchi oyna orqali yo’lovchilariga nazar tashladi. Ularning butun a’zoi badani osilib qolgan et va qondan iborat edi. Torn va Jennings bir-birlariga mahkam yopishganlaricha, yosh bolalardek ho’ngrab yiyolashardi.

Qayd etilgan


shoir  27 Oktyabr 2007, 16:44:27

11

Taksichi ularni tibbiy yordam markaziga olib bordi, ularning yuklarini mashinadan tushirib, jo’nab qoldi. Torn yuz bergan voqeadan o’ta ta’sirlanib ketgandi. Barcha savollarga uning o’rniga Jennings javob berdi. U o’zlarining haqiqiy ismlarini aytmadi va shunday yolg’on to’qidiki, unga kasalxonadagilar ishonishdi. U o’lgudek ichishganini va qo’riqchi itlar tomonidan muhofaza qilinadigan xususiy mulkka borib qolishganini aytdi. Bu shahar atrofida yuz bergan, o’ta mastlikda ular panjaradan oshib o’tishib, itlar hujumiga duch kelishgandi. Ularning yaralariga dori qo’yishdi, quturishga qarshi emlashdi va bir haftadan so’ng qon topshirgani kelishlarini buyurishdi. Ular bu yerdan chiqib kichikroq mehmonxonaga borishdi va soxta ismlar bilan u yerga joylashishdi.
Torn telefonga yopishdi va Jennings xonada u yoqdan bu yoqqa yurayotganida, Katerina bilan boyolanishga urindi.
- Ular seni o’ldirishi mumkin edi, ammo o’ldirishmadi, - dedi Jennings tahlikali ovozda. - Ular MYeNI o’ldirishga urinishdi.
Torn Jenningsga jim bo’lishini so’rab qo’lini ko’tardi va Jennings uning ko’ylagida qon dog’ini ko’rdi..
- Eshityapsanmi, Torn?! Ular menga tashlanishdi!!
- Bu kasalxonami? Ha, u 44-palatada.
- E Xudo, agar kameram bo’lmaganida edi... - davom etdi Jennings.
- Iltimos, jim turib tur, gaplashib olay.
- Biz nimadir qilishimiz kerak, Torn. Eshityapsanmi?
Torn Jenningsga o’girildi va uning bo’ynidagi jarohatga ko’zi tushdi.
- Menga Megiddo shahrini top, - dedi u.

Qayd etilgan


shoir  27 Oktyabr 2007, 16:44:37

- Jin ursin, qaerdan topaman?
- Bilmadim. Kutubxonaga bor.
- Kutubxonaga? Obbo!
- Allo? - dedi Torn. - Katerina?
Katerina erining ovozidagi tashvishni sezib, karavotga o’tirdi. U go’shakni sog’ qo’lida ushlab turar, bir qo’li harakatsiz osilib turardi.
- Tuzukmisan? - dedi Torn xavotirlanib.
- Ha. Senchi?
- Ha. Men shunchaki...
- Qaerdasan?
- Rimda. «Imperator» mehmonxonasida.
- Nima bo’ldi?
- Hech narsa.
- Kasalmasmisan?
- Yo’q.
- Jeremi, bu yoqqa qayt.
- Hozir emas.
- Men qo’rqyapman.
- Hech narsadan qo’rqma.
- Uyga qo’ng’iroq qilsam, go’shakni hech kim ko’tarmayapti.
Torn Jenningsga qaradi. U kiyinib, ko’chaga chiqib ketishga tayyorlanayotgandi.
- Jerri, - dedi Katerina. - Yaxshisi, uyga boraqolay.
- Joyingdan jilma, - iltimos qildi Torn.

Qayd etilgan


shoir  27 Oktyabr 2007, 16:44:48

- Demendan tashvishdaman.
- Uyga umuman yaqinlasha ko’rma, Katerina!
- Borishim KYeRAK...
- Quloq sol, Katerina. Uyga bora ko’rma!
Katerina uning ovozidagi xavotirni sezib jim bo’lib qoldi.
- Agar mendan tashvishlanayotgan bo’lsang, - dedi u, - buning hojati yo’q. Men ruhshunos bilan gaplashdim va ba’zi narsalarni tushuna boshladim. Bunga Demen emas, o’zim sababchi ekanman.
- Katerina...
- Men hozir litium ichyapman. U tushkunlikka qarshi yordam beradi. Men uyga ketmoqchiman. Sening ham qaytishingni istayman. - U jim bo’lib qoldi. Uning ovozi birdan xirillab chiqa boshladi. - Hammasi yaxshilik bilan tugashini xohlayman.
- Bu dorini senga kim berdi? - so’radi Torn.
- Grier.
- Kasalxonadan ketma, Katerina. Men qaytgunimcha, hech qaerga siljima.
- Uyga ketmoqchiman, Jerri.
- Xudo haqqi...
- Men soppa-sog’man!
- Yo’q!
- Tashvishlanma.
- Katerina!
- Men uyga ketaman, Jerri.
- Yo’q! Men qaytaman.
- Qachon?
- Ertalab.

Qayd etilgan


shoir  27 Oktyabr 2007, 16:45:02

- Balki uyda biror voqea yuz bergandir? Uyga qo’ng’iroq qilsam...
- Ha, uyda NIMADIR sodir bo’lgan, Katerina.
Katerina bu so’zlardan so’ng jim bo’lib qoldi.
- Jerri? - so’radi u sekingina. - Nima bo’ldi?
- Telefonda aytolmayman, - o’tinch bilan dedi Torn.
- Nima bo’ldi? Uyimizda nima bo’ldi?
- Meni kutib tur. Kasalxonadan ketma. Men ertalab yetib boraman va hammasini tushuntirib beraman.
- Iltimos...
- Bu SYeNI deb emas, Katerina. Sen bilan hamma narsa joyida.
- Nima deyapsan?
Jennings Tornga qaradi va bosh chayqadi.
- Jerri?
- U bizning farzandimiz emas, Katerina. Demen bizning bolamiz emas.
- Nima?
- Uyga bora ko’rma, - ogohlantirdi Torn. - Meni kut.
U go’shakni qo’ydi. Katerina hayratdan qotib qolgandi. Birdan u vahima uni tark etayotganini sezdi. Dori ta’sir qilgan va uning xayoli joyiga kelib qolgandi. Katerina go’shakni ko’tardi va uyining telefon raqamini terdi. Go’shakni hech kim ko’tarmadi. U karavot yonidagi tugmachani bosdi.
- Eshitaman, xonim? - degan ovoz keldi.

Qayd etilgan