Omen (birinchi kitob). Devid Zeltser  ( 92794 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 12 13 14 15 16 17 18 19 B


shoir  27 Oktyabr 2007, 16:53:47

- Pastda yoruyolik ko’rinyapti, - shivirladi Torn.
- Bu bizning yo’lboshlovchimiz bo’lsa kerak.
Torn va Jennings darchadan o’tishdi. Ular g’orga kirib qolishdi. Bu yorug’ zal edi. Uning markazida ularni ikki kishi kutib turardi. Ulardan biri o’sha arab edi. Ikkinchisi esa mallarang kalta shim va yengi kalta ko’ylak kiygan qariya edi. U jiddiy qiyofada turar, terlab ketganidan ko’ylagi tanasiga yopishgandi. Torn va Jennings qariyaning ortidagi stol ustida bir uyum kitob sochilib yotganini ko’rishdi.
Yoruyolikdan ularning ko’zlari qamashib ketdi. Zalda o’nlab mash’alalar yonib turardi.
- Ikki yuz dirham, - dedi arab va qo’lini cho’zdi.
- Unga pul bera olasizlarmi? - dedi kalta shimli kishi.
- Siz... - Jennings qariya bosh irg’aganini ko’rib chaynaldi. - Siz...Bugengagenmisiz?
- Ha.
Jennings unga shubha bilan nazar tashladi.
- Bugengagen o’n yettinchi asrda yashagan.
- U mendan to’qqiz avlod ilgarigi Bugengagen.
- Lekin siz...
- Men oxirgisiman, - uning so’zini bo’ldi qariya, - va ularning ichida eng omadsiziman.
U stolni aylanib o’tdi va kursiga o’tirdi. Chiroq nuri uning yuzini yoritdi: qariyaning yuzi oppoq edi, uning yuzidagi tomirlari ko’rinib turardi.
- Bu yer qanaqa joy? - so’radi Torn.
- Jezril, Megiddo shahri, - dedi u. - Mening qo’rg’onim, mening qamog’im. Xristianlik shu yerdan boshlangan.
- Sizning qamog’ingiz? - so’radi Torn.

Qayd etilgan


shoir  27 Oktyabr 2007, 16:54:07

- Juyorofiy tomondan qaraganda bu yer xristianlikning yuragi. Shuning uchun bu yerdaligimda menga hech kim va hech narsa zarar yetkaza olmaydi.
Qariya ularning holatini kuzatdi. Torn va Jenningsning yuzlarida taajjub alomatlari zohir bo’lgandi.
- Choparimga pul bera olasizmi? - so’radi qariya.
Torn cho’ntagiga qo’l suqib bir siqim pul oldi. Arab ularni xoli qoldirib ko’zdan g’oyib bo’ldi. Xona sovuq va zax edi. Torn va Jennings qaltirashardi.
- Bu maydondan, - dedi Bugengagen, - bir paytlar Rim lashkarlari o’tishgan, tosh o’rindiqlarda o’tirgan qariyalar esa Isoning tug’ilishini bashorat qilishgan. Ularning barcha so’zlari mana bu yerda yozilgan, - u qo’li bilan devorga ishora qildi, - shu binoda bizga Injil nomi bilan ma’lum bo’lgan kitob bitilgan.
Jennings qorong’i g’orga ko’z tikkandi va Bugengagen buni sezdi.
- Mana shu yerda butun bir shahar joylashgan. Shimoldan janubgacha 35 chaqirim keladi. Uning katta qismida hozircha yursa bo’ladi. Yuqorida qazish ishlari ketyapti. Shuning uchun yer o’pirilmoqda. Ular bu yerga yetib kelishganida vayronalar qoladi xolos.
Torn va Jennings bu yerda ko’rayotgan va eshitayotgan narsalarini tushunishga urinib, jimgina turishardi.
- Anavi pastak bo’yli ruhoniy-chi? - so’radi Bugengagen. - U allaqachon o’lgandir?
Torn Tassoneni dahshat bilan eslab unga o’girildi.
- Ha, - dedi u.
- Unday bo’lsa, o’tiring, janob Torn. Yaxshisi zudlik bilan ishga kirishaylik.
Torn joyidan qimirlamadi, qariya esa Jenningsga nigoh tashladi.
- Bizni kechirasiz. Buni faqat janob Torngina bilishi lozim.
- Biz BIRGAMIZ, - javob berdi Jennings.

Qayd etilgan


shoir  27 Oktyabr 2007, 16:54:17

- Yo’q.
- Uni bu yerga men boshlab keldim.
- Ishonamanki, buning uchun u sizdan minnatdor bo’ladi.
- Torn...
- Uning aytganini qil, - dedi Torn qat’iy tarzda.
Alamdan Jenningsning yuzi burishib ketdi.
- Qaerda kutib turay?
- Bitta mash’alani oling, - dedi Bugengagen.
Jennings bo’ysunishga majbur bo’ldi. U Tornga jahl bilan qaradi-da zulmat sari yo’l oldi.
Oraga noqulay jimlik cho’kdi. Qariya Jenningsning qadam tovushlari eshitilmay qolguncha kutib turdi.
- Unga ishonasizmi? - so’radi Bugengagen.
- Ha.
- Hech kimga ishonmang.
U o’girilib, devorni o’yib qilingan tokchadan tugun oldi.
- Sizga ishonsam bo’ladimi? - so’radi Torn.
Qariya stol yoniga qaytdi va tugunni ochdi. Uning ichida yetti dona pichoq yaltirab turardi. Pichoqlar ingichka bo’lib, fil suyagidan ishlangan soplari xoch shaklida edi.
- Mana bularga ishoning, - dedi u. - Faqat shulargina sizni qutqarishi mumkin.
Oraga sukunat cho’kdi. Jennings olg’a intildi. U atrofga qo’rqinch bilan alangladi. U toshga aylangan binolarning devorlarini, toshdevorga singib ketgan inson suyaklarini ko’rdi. U yana oldinga qadam tashladi...

Qayd etilgan


shoir  27 Oktyabr 2007, 16:54:43

Torn stolga dahshat bilan tikilib turardi. Pichoqlar xoch shaklida terilgandi.
- Buni muqaddas yerda bajarish lozim, - shivirladi qariya. - Cherkovda.
Qariya o’zini to’yori tushunganiga ishonch hosil qilish uchun Tornni diqqat bilan kuzatdi.
- Har bir pichoqni sopigacha sanchish lozim. Ular xoch shaklida sanchilishi kerak. Birinchi pichoq eng asosiysi. U hayotiy kuchni yo’q qiladi va xochning asosini tashkil etadi. Qolganlari esa ruhiy quvvatni yo’q qiladi va ularni mana bunday tartibda sanchish lozim...
U jim bo’lib qoldi va Tornga qaradi.
- Siz shafqat qilmasligingiz kerak, - tushuntirdi u. - U inson farzandi emas.
Torn e’tiroz bildirmoqchi bo’ldi. Uning ovozi qandaydir qo’pol, o’zinikiga o’xshamasdi.
- Balki siz adashayotgandirsiz? - dedi u. - Balki u...
- Hech qanday xato bo’lishi mumkin emas.
- Bunga birorta dalil bo’lishi kerak...
- Uning tug’ma belgisi bor. Uchta olti.
Tornning nafasi bo’g’ildi.
- Yo’q, - dedi u.
- Injilda shunday deyilgan, Shaytonning barcha elchilarida shu belgi bor.
- Lekin unda bunday belgi yo’q.
- O’n ikkinchi sura, oltinchi oyat. «Kimning idroki bo’lsa, ajal keltiruvchi Mal’un Yirtqichning raqamini biladi. Bu raqam insonlarga ham mos tushadi. U oltita yuz, oltita o’n va olti».
- Aytyapmanku, unda bunday belgi yo’q.
- Belgi bo’lishi KYeRAK.
- Men uni ChO’MILTIRGANMAN. Uning badanini yaxshi bilaman.

Qayd etilgan


shoir  27 Oktyabr 2007, 16:55:15

- Belgini sochlari ostidan topasiz. Tug’ilganda uning sochlari qalin edi, shunday emasmi?
Torn chaqaloqni ilk bor ko’rgan lahzani esladi. Go’dakning sochlari qalin va uzun ekanligidan hayratlangani ham yodiga tushdi.
- Sochlarini qirib tashlang, - maslahat berdi Bugengagen. - Ana shunda belgini ko’rasiz.
Torn ko’zlarini yumdi va boshini egdi.
- Siz boshidanoq umuman ikkilanmasligingiz kerak. So’zlarimga shubha qilyapsizmi?
- Bilmadim, - dedi Torn og’ir tin olib.
Qariya o’zini orqaga tashladi va unga boqdi.
- Oldindan aytilganidek, bola tug’ilishga ulgurmasdanoq bu dunyoni tark etdi. Xotiningiz halok bo’ldi.
- U bor-yo’g’i g o’ d a k!
- Sizga yana dalil kerakmi?
- Ha.
- Unda kuting, - dedi Bugengagen. - Ammo shuni bilingki, siz imon keltirishingiz lozim. Aks holda buni uddalolmaysiz. Agar shubhaga borsangiz, ular sizni yengadilar.
- Ular?
- Siz uyingizda yana bir ayol borligini aytgandingiz. Bolaga qaraydigan enaga.
- Beylok xonim...
Qariya bir nima yodiga tushganday bosh silkidi.
- Uning haqiqiy ismi Baalok. U iblisning yordamchisi. U yo’lingizga to’g’anoq bo’lish uchun jon-jahdi bilan harakat qiladi.
Ular jim bo’lib qolishdi. G’or ichida qadam tovushlari eshitildi. Zulmat ichidan Jennings chiqib keldi. Uning yuzida taajjub alomatlari bor edi.

Qayd etilgan


shoir  27 Oktyabr 2007, 16:55:32

- ... Minglab skeletlar... - pichirladi u.
- Yetti ming, - aniqlik kiritdi Bugengagen.
- Bu yerda nima bo’lgan?
- Megiddo - Armageddon yuz bergan joy. Qiyomat.
Jennings ko’rgan narsasidan hali ham hayratda edi.
- Siz... Armageddon allaqachon sodir bo’lgan demoqchimisiz?
- Ha, albatta, - javob berdi qariya. - hali yana ko’p marta sodir bo’ladi.
U shu so’zlarni aytib pichoqlar solingan tugunni Tornga uzatdi.
Torn rad qilishga urindi, ammo Bugengagen tugunni uning qo’liga tutqazib qo’ydi. Ularning nigohlari to’qnashdi.
- Men uzoq umr ko’rdim, - dedi Bugengagen qaltiroq ovozda. - Umrim bekor ketishini istamayman.
Torn Jenningsning ortidan ergashdi. U so’nggi marta ortiga o’girildi. Mash’alalar ko’rinmas, hamma narsa qorong’ulikka singib ketgandi.
Ular Quddus bo’ylab jimgina ketishardi. Torn tugunni mahkam ushlab olgandi. U hech narsaga e’tibor bermay ko’zlarini oldinga tikkanicha yurib borardi. Jennings unga bir necha marta savol berdi, ammo Torn indamadi. Ular qurilish ishlari ketayotgan torko’chaga kirishdi va suratkash shovqinda ovozi eshitilishi uchun Tornning qulog’iga baqirdi.
- Menga qara! Men qariyaning nima deganini bilmoqchiman. Bunga mening haqqim bor, shunday emasmi?
Ammo Torn xuddi undan qutulmoqchi bo’lganday oldinga tikilganicha qadamini tezlatdi.
- Torn! U nima deganini bilmoqchiman!
Jennings oldinga tashlandi va Tornning yengidan tortdi.

Qayd etilgan


shoir  27 Oktyabr 2007, 16:55:56

- Ey! Men begona emasman! Axir buni MEN TOPDIM-KU!
Torn yurishdan to’xtadi va Jenningsga tik boqdi.
- Ha. To’yori. HAMMAMIZNI SEN TOPDING.
- Nima demoqchisan?
- Sen bu narsalarni haqiqat deb o’ylaysan. Bu bema’nilikni mening miyamga sen quyding!..
- To’xtab tur...
- Hamma suratlarni sen olding!
- Shoshma...
- Meni bu yerga sen olib kelding!
- Senga nima bo’ldi?
- Men esa aslida SENING kim ekanligingni ham bilmayman!
Torn Jenningsning qo’lidan yulqinib chiqdi, ammo Jennings yana unga yopishdi.
- Menga birpas quloq solib tur.
- Shuncha quloq solganim yetar.
- Senga yordam bermoqchiman!
- Bas qil!
Ular bir-birlariga hamla qilishga tayyor edilar. Torn g’azabdan titrardi.
- Shunga ishonib yuribman-a! ISHONIBMAN!
- Torn...
- Sen topgan chol o’tmas pichoqlar bilan savdo qilib yuradigan bir gado!
- Nima deyapsan?
Torn qo’lidagi tugunni silkidi.
- Mana buning ichida PICHOQLAR bor! QUROL! U mana shu pichoqlarni sanchishimni istaydi! Uningcha, men go’dakni o’ldirishim kerak ekan!
- U go’dak emas!
- G o’ d a k!

Qayd etilgan


shoir  27 Oktyabr 2007, 16:56:13

- Xudo haqqi, yana qanday isbot...
- Meni kim deb o’ylayapsan?
- O’zingni bos...
- Yo’q! - qichqirdi Torn. - Men bunday qilmayman! Bu o’yinda qatnashmayman! Bolani o’ldirish? Sizlar meni KIM deb o’ylayapsizlar?!
Torn tugunni jahl bilan otib yubordi. Tugun devorga zarb bilan urildi va g’oyib bo’ldi. Jennings jim bo’ldi va ortiga qayrildi. Ammo Torn uni to’xtatdi.
- Jennings...
- Janob?
- Sizni ortiq ko’rishni istamayman. Men charchadim.
Jennings tishlarini g’ijirlatib yo’lning narigi chetiga o’tdi va devor tagidan pichoqlarni qidira boshladi. Hammayoqqa ahlat to’kib tashlangandi. Atrofni yuk kranlari va mashinalarning shovqini tutib ketgandi. Jennings tugunni topish maqsadida axlatni oyoqlarida titkilay boshladi. U eski chelakning yonida yotgan tugunni ko’rdi va boshi ustida harakatlanayotgan yuk kraniga e’tibor bermay tugunni olish uchun egildi. Yuk kranining xartumi bino chetiga tegib ketdi va soniyalar ichida deraza romlaridan birining oynasi tushib ketdi.

Qayd etilgan


shoir  27 Oktyabr 2007, 16:56:32

Oyna parchasi xuddi oyboltadek keskir edi.
U Jenningsning boshini shartta uzib yerga tushdi va mayda-mayda bo’laklarga bo’linib ketdi.
Torn dastlab shisha singanini, keyin baqir-chaqirni eshitdi. U odamlarning Jennings ketgan tomonga yugurishayotganini ko’rdi. U yugurayotganlar ortidan ergashdi va to’planganlar orasiga suqildi.
Yerda boshsiz tana yotar, bo’ynidan qon tizillab otilardi. Ularning yuqorisidagi balkonda turgan ayol telbalarcha kular va pastni ko’rsatardi. Axlat chelak ichida esa ko’zlari katta-katta ochilgan bosh yotardi.
Torn bor kuchini yig’ib oldinga yurdi va Jenningsning jonsiz qo’li yonida turgan tugunni oldi. Uning ko’zlari hech nimani ko’rmasdi. U mehmonxona tomon yo’l oldi.

Qayd etilgan


shoir  27 Oktyabr 2007, 16:56:44

12

Londongacha parvoz uchun sakkiz soat ketdi. Tornning miyasi umuman ishlashni xohlamasdi. Na qo’rquv, na qayg’u, na ikkilanish bor edi - u faqat amalga oshiradigan ishini o’ylardi xolos. London aeroportida styuardessa unga xavfsizlikni ta’minlash maqsadida olib qo’yilgan pichoq solingan xaltani qaytarib berdi. Styuardessa ularning chiroyli ishlanganiga e’tibor berdi va Torndan pichoqlarni qaerdan olganligini so’radi. U nimadir deb g’o’ldiradi va xaltani cho’ntagiga yashirdi. Yarim tun bo’lib, aeroport yopilgan - bu amaldagi tartibga muvofiq oxirgi reys edi. Shaharni quyuq tuman qoplagandi. hattoki, taksichilar ham uni Pirfordga olib borib qo’yishdan bosh tortishdi. Torn dahshatli yolg’izlikni his etdi.
Nihoyat u taksi topdi. Mashina tumanga singib ketdi. Torn oldinda nimalar kutayotganligini o’ylamasdi. O’tmish allaqachon bir umrga o’tib ketgan, kelajakni ko’rishning esa imkoni yo’q edi. Faqat abadiy davom etayotgan bugun, ayni daqiqalar bor edi xolos. Mashina Pirfordga yetib keldi. Torn taksidan tushdi va yaqindagina ham baxtli hayot kechirgan uyiga qaradi va uning ko’z oldidan bo’lib o’tgan voqealar o’ta boshladi. U Demen bilan o’ynayotgan Katerinani, mehmonlarni kuldirayotgan Chessani ko’rdi. Kutilmaganda uning ko’z oldiga Jennings keldi va Torn yuragi qinidan chiqib ketay deb urayotganini his etdi.

Qayd etilgan