- Hozir sizlarga qiyinligini bilaman, - dedi u paltosini yecharkan, er-xotin Tornlarga, - shuning uchun qayg’ungiz haqida eslatib o’tirmayman. Ammo yosh qizni enagalikka yollagan odam g’alvani pulga sotib oladi.
Torn va Katerina og’izlarini ochganicha unga qarab turishardi.
- Yaxshi enagani qaydan bilish mumkinligini aytaymi? — Kuldi u. — Ko’kragining katta-kichikligidan. Bu kichkina qizlar har haftada almashishadi. Menga o’xshaganlar esa uzoq vaqt qolishadi. Gayd-parkka borsangiz, gapim rostligini ko’rasiz.
U birpas jim qoldi. Keyin chamadonini ko’tardi.
- Xo’p, yaxshi. Bola qani?
- Yuring, ko’rsataman, - dedi Katerina zinadan ko’tarilar ekan.
- Bizni yolg’iz qoldirasiz, xo’pmi? O’zimiz tanishib olamiz, - taklif qildi Beylok xonim.
- Demen notanish odamlardan uyaladi.
- Faqat mendan emas, ishonavering.
- Rostini aytyapman"¦
- Qo’ysangiz-chi. Urinib ko’raman.
U chiqib ketgach, Tornlar bir-biriga qarashdi.
- U menga yoqdi, - dedi Jeremi.
- Mengayam.
- Uni qaerdan topding?
- Qaerdan topdim? — so’radi Katerina.
- Ha.
- Uni men topganim yo’q. Uni sen topding deb o’ylabman.