Omen (birinchi kitob). Devid Zeltser  ( 92881 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 ... 19 B


shoir  27 Oktyabr 2007, 16:02:53

Tornlar esa bu paytda hovlida o’tirishardi. Allaqachon qorong’i tushgan edi. Demen uxlardi. Ular yulduzli osmonga tikilishardi. Katerinaning yuzi shishib, yara bo’lib ketgan va u namlangan matoni yuziga bosib o’tirardi.
- Xo’sh, - dedi u nihoyat, - yomon kunni tugatish uchun uxlash kerak. Men uxlayman.
- Men birpas o’tiraman.
Xotinining qadam tovushlari tindi va Jeremi o’yga cho’mdi. U o’rmonga ko’z tikdi, lekin ko’z oldida o’rmon o’rniga Rimdagi kasalxona va oynavand to’siq namoyon bo’ldi.
Nima uchun u Demenning onasi haqida so’ramadi? Uning onasi kim edi? Qaerlik edi? Bolaning otasi kim va u nima uchun bolasining oldiga kelmadi? O’tgan yillar davomida u bir necha taxminlar bilan o’zini ovutib kelgandi. Balki, Demenning haqiqiy onasi oddiygina dindor ayol bo’lgani uchun katoliklar kasalxonasida ko’z yorigandir. Bu kasalxona xizmati juda qimmat edi va tanishlarsiz bu yerga kelish qiyin edi. Balki, u yetim bo’lgandir va bola nikohsiz dunyoga kelgandir — bolaning otasi yo’qligini u shu bilan izohlardi. Yana nimalarni bilish kerak edi? Yana nima muhim edi? Bola juda chiroyli va sog’lom edi.
Torn o’z hatti-harakatlarida ikkilanmas va buning uchun o’zini ayblamasdi. U doimo barcha ishni to’yori bajaryapman, deb o’ylardi. Balki u noto’yori qadam bosgandir? Balki u ko’p narsani bilishi lozim edimi?
Torn bu savollarga javob topa olmadi.

Qayd etilgan


shoir  27 Oktyabr 2007, 16:03:12

Javobni bir necha kishigina bilar va ular ham turli joylarga tarqalib ketishgandi. Rohiba Tereza, Spilletto ota, Tassone ota. Faqat ular bilishardi. Bu sir ularning yurak tubida edi. O’sha mash’um tunda ular bu ishni bajarishga tanlanishgani uchun faxrlanishardi. Dunyo tarixida bu ishni bajarishga ikki marta urinishgan, lekin faqat mana shu safar ish o’ngidan kelishi kerak edi. Ularning bu ishi haqida birorta ham tirik jon bilmasdi. Demen tug’ilgach, Tereza uni bo’lajak ota uchun tayyorladi: uning peshonasi va qo’llaridagi tuklarni tozaladi, Torn kelgan paytda chiroyli ko’rinsin deb unga upa sepdi. Chaqaloqning sochlari ular kutganday qalin edi. Torn Terezani ham, yerto’lada ikkita jasadni qutiga joylagan Tassoneni ham hech qachon ko’rmaydi. Birinchi jasad Tornning endigina dunyoga kelgan farzandiniki edi — u tug’ilib, yiyolashga ham ulgurmay dunyoni tark etdi, ikkinchi jasad esa yashashga hukm etilgan chaqaloqning onasiga tegishli edi. Tashqarida esa jasadlarni Cherveteridagi qabristonga olib ketish uchun yuk mashinasi kutib turardi.
Reja Shaytonga sig’inuvchilar jamiyati tomonidan tuzilgan bo’lib, Spilletto uning rahbari edi. U ishtirokchilarni o’ta ehtiyotkorlik bilan tanladi. Terezadan uning ko’ngli to’q edi, ammo so’nggi daqiqalarda Tassone ota uni tashvishga soldi. Oxirgi kuni u jur’atsizlik qilib Spillettoni o’ylantirib qo’ydi. Tassone bu ishning naqadar muhimligini unutib qo’ygandi. Spilletto uni o’yindan chiqarmoqchi bo’ldi. Agar ulardan birortasi og’zidan gullab qo’ysa, uchalovi ham buning uchun javob berishardi. Ammo eng asosiysi, ish yana ming yilga cho’zilardi.

Qayd etilgan


shoir  27 Oktyabr 2007, 16:03:30

Biroq Tassone sodiqlik bilan ishini bajarib o’zini oqladi. U chaqaloqning boshini tosh bilan urib majaqladi. Bu ish unga yomon ta’sir qildi, lekin u o’z ishini bajargandi, qolgan narsalar esa unchalik muhim emasdi. O’sha tunda shifokor va hamshiralar yonlarida nimalar sodir bo’layotganidan bexabar holda o’z ishlarini bajarardilar. Barcha narsa o’ta hushyorlik bilan amalga oshirilgandi. Hech kim, ayniqsa Torn hech narsani bilmay qolgandi.
Torn hovlida o’tirganicha tunni tomosha qilardi. Torn Pirford o’rmoni endi uni bezovta qilmay qo’yganini sezib qoldi. Endi o’rmon osoyishta bo’lib qolgan, chigirtka va qurbaqalar esa hayot tinchgina davom etayotganidan darak berayotgandek sayrashardi. Jeremi Demenning xonasiga qaradi. U yerda tungi chiroq yonib turar va Torn uxlayotgan go’dakning yuzini tasavvur qilardi. Bu dahshatli kun nihoyasida u bolaning yuziga boqishni istadi. Jeremi o’rnidan turdi, chiroqni o’chirib, uyqudagi uyga yo’l oldi. Ichkarini zimiston qoplagan, jimjitlik odamning yuragiga vahima solardi. Torn qo’llari bilan paypaslab zinapoya tutqichini ushladi va yuqoriga ko’tarildi. Butun atrof uyquga cho’mgandi. Jeremi devor bo’ylab asta-sekin yura boshladi, keyin yo’lakdan burildi. Oldinda Demenning xonasi bo’lib, eshik tirqishidan tungi chiroqning nuri tushib turardi. Torn joyida qotib qoldi, uning qulog’iga qandaydir tovush chalingandek bo’ldi.
Torn oldinga qadam tashlamoqchi bo’lgandi, tovush yana takrorlandi. Bu safar u qattiqroq eshitildi va Jeremining yuragi orqaga tortib ketdi. U pastga qarab bir juft ko’zni ko’rdi. Uning nafasi chiqmay qoldi va rangi oqarib, devorga qapishdi. Zulmat qo’ynidan bolaning xonasini qo’riqlashga shay it chiqib keldi. Uning ko’zlari yonardi.

Qayd etilgan


shoir  27 Oktyabr 2007, 16:03:44

- Xo’sh"¦xo’sh, - dedi Torn qaltiroq ovozda va it unga tashlanishga shaylandi.
- Tinchlan, - dedi o’z xonasidan chiqqan Beylok xonim. — Bu kishi uyning xo’jayini.
It darhol tinchlandi. Beylok xonim chiroqni yoqdi va butun yo’lak yorishib ketdi. Torn itdan ko’zlarini uzmasdi.
- Bu nimasi? — dedi u.
- Nima, janob? — xotirjamgina so’radi Beylok xonim.
- Mana bu it.
- Menimcha, qo’riqchi it. Chiroyli ekanmi? Biz uni o’rmondan topib oldik.
It uning oyoqlari ostiga yotdi.
- Sizga kim ruxsat berdi itni"¦
- Men bizga qo’riqchi it kerak deb o’ylabman. Bola uni juda yaxshi ko’radi.
Torn g’azabdan titrab ketdi. Beylok xonim esa qiziqish bilan so’radi:
- U sizni qo’rqitib yubordimi?
- Ha.
- Qarang, u juda yaxshi. Qo’riqchi sifatida. Ishonavering, ketganingizdan keyin, siz mendan minnatdor bo’lasiz.
- Qaerga ketganimdan keyin? — so’radi Torn.
- Saudiya Arabistoniga bormaysizmi?
- Saudiya Arabistoniga borishim kerakligini siz qaerdan bilasiz?

Qayd etilgan


shoir  27 Oktyabr 2007, 16:03:58

U yelkasini qisdi:
- Buning sir ekanligini bilmabman.
- Men safar haqida hech kimga indamagan edim.
- Gorton xonim aytgan edi.
Torn bosh silkidi va yana itga qaradi.
- It endi hech kimni bezovta qilmaydi, - ishontirdi uni Beylok xonim. — Biz uni ortib qolgan ovqatlar bilan boqamiz.
- Uning bu yerda qolishini istamayman, - dedi keskin ohangda Torn.
Beylok xonim unga hayronlik bilan qaradi.
- Siz itlarni yomon ko’rasizmi?
- Qachon xohlasam, o’shanda it olib boqaman.
- Lekin bola uni juda yaxshi ko’radi. Bu it unga juda kerak.
- Unga qanaqa it kerakligini o’zim bilaman.
- Bolalar itlarni o’zlarining himoyachilari deb bilishadi, janob. Boshqa narsalar ularni qiziqtirmaydi.
U yana qandaydir muhim bir narsani aytmoqchi bo’lgandek taraddudlanib qoldi.
- Yana biror narsani aytmoqchimisiz?
- Aytishga botinolmayapman, janob.
Uning yuzi Tornni xavotirga soldi.
- Agar biror gapingiz bo’lsa, sizga jon deb quloq solaman.
- Yo’q, janob. Shusiz ham ishingiz ko’p"¦
- Aytdimku, sizni tinglashga tayyorman.
- Nazarimda, bola o’zini yolg’iz his qilyapti.

Qayd etilgan


shoir  27 Oktyabr 2007, 16:04:19

- Nega bunday deyapsiz?
- Onasi unga yaxshi e’tibor bermayapti.
Torn qotib qoldi.
- Mana, ko’rdingizmi? — dedi enaga. — Buni aytmasligim kerak edi.
- Yaxshi e’tibor bermayaptimi?
- U bolasini yaxshi ko’rmaydi. Bola ham buni his qilyapti.
Torn aytishga so’z topolmasdi.
- Ba’zida Demenning mendan boshqa hech kimi yo’qdek tuyuladi, - qo’shib qo’ydi u.
- Siz adashyapsiz.
- Endi uning iti bor. It unga juda yoqadi. Bolangiz uchun uni haydamang.
Torn ulkan itga qaradi va bosh chayqadi.
- Menga bu it yoqmayapti. Ertagayoq uni berib yuboring.
- Kimga berib yuboraman?
- It otadiganlarga.
- Axir ular itlarni O’LDIRIShADI-KU?
- Unda bu uydan haydab yuboring. Ertaga bu yerda uning qorasini ko’rmay.
Beylok xonimning rangi devordek oqarib ketdi. Torn burilib jo’nab qoldi. It va ayol uning ortidan tikilib turishar, ularning ko’zlarida nafrat o’ti yonardi.

Qayd etilgan


shoir  27 Oktyabr 2007, 16:04:32

5

Torn tunni bedor o’tkazdi. U ayvonda o’tirganicha sigaret chekar, tamakining ta’midan uning ko’ngli aynib ketay derdi. Yotoqxonadan Katerinaning ingrashi eshitildi va Torn u tushida qanday mahluq bilan olishayaptikin, deb o’yladi. Tushkunlik uni yana ta’qib etmayaptimikin? Torn butun tunni xayollar girdobida o’tkazdi.
Katerina uyg’onganida, uning jarohatlangan ko’zi yanada shishib, butunlay yumilib qolgandi. Torn ishga ketayotib, unga shifokorga uchrashish lozimligini aytdi. Ular boshqa hech narsa haqida gaplashmadilar. Katerina jim turar, Torn esa yangi kunning muammolari bilan band edi. Saudiya Arabistoniga safar uchun ayrim mayda-chuydalarni olish qolgandi xolos, ammo u yerga bormasligi lozimligi haqidagi fikr Tornni o’yga toldirgandi. U qo’rqardi. Katerina uchun, Demen uchun, o’zi uchun tashvishlanar, lekin nega bunday bo’layotganini tushunmasdi. Ularning hayoti go’yoki qil ustida turgandek edi. Ilgarilari Torn o’lim haqida umuman o’ylamasdi. Ammo hozir u hayoti xavf ostidaligini his qilayotgandi.
Limuzinda ketayotib, u yo’l bo’yi sug’urta varaqalarini to’ldirib bordi, o’limidan so’ng nimalar qilish lozimligi haqida ko’rsatmalar yozdi. Va nihoyat, yozishni tugatgach, Tornni birdan qo’rquv hissi chulg’ab oldi. Jeremi qandaydir xatarni sezayotgandi.
Limuzin to’xtadi. U oldiga ikki kishi yugurib kelayotganini ko’rdi. Ulardan biri fotoapparatini chiqillatdi, ikkinchisi esa uni savolga tutdi. Torn elchixona tomon yurmoqchi bo’ldi, lekin ular uning yo’lini to’sishdi.

Qayd etilgan


shoir  27 Oktyabr 2007, 16:04:50

- Bugungi «Reporter»ni o’qidingizmi, janob Torn?
- Yo’q, o’qimadim"¦
- Unda farzandingizning enagasi haqida maqola chiqibdi"¦
- Ko’rmadim.
- Maqolada yozilishicha, enaga o’limidan oldin qandaydir xat yozgan ekan.
- Bema’ni gap.
- Bu yoqqa qarang, iltimos, - dedi Jennings va uni suratga oldi.
- Meni o’tkazib yuboring, - dedi Torn.
- U giyohvand bo’lganligi rostmi? — so’radi jurnalist.
- Albatta yo’q.
- Uning qoni tarkibida dori bo’lgan.
- Bu allergiyaga qarshi dori edi, - javob berdi Torn tishlarini g’ijirlatib. — Uning allergiyasi bor edi.
- Aytishlaricha, u dorini me’yoridan ortiq ichgan.
- Bir daqiqa to’xtang, - so’radi Jennings.
- Yo’limdan qoching! - baqirdi Torn.
- Bizning ishimiz shu, janob.
Torn chetlanib o’tib ketmoqchi bo’ldi, lekin ular yana uning yo’lini to’sishdi.
- U giyohvand edimi, janob Torn?
- Aytdim-ku sizga.
- Maqolada yozilishicha"¦

Qayd etilgan


shoir  27 Oktyabr 2007, 16:05:00

- Tupurdim o’sha maqolangizga!
- Juda yaxshi! — dedi Jennings. — Birpas qimirlamay turing!
U fotoapparatini to’yoriladi. Torn uni turtib yubordi va fotoapparat qattiq zarb bilan yo’lakka tushdi. Ular bir necha soniyaga qotib qolishdi.
Jennings yerga engashdi.
- Kechirasiz, - dedi Torn. Uning ovozi qaltirardi. — Pulini to’layman.
Jennings singan apparatni asta qo’liga oldi va jimgina Tornga qaradi.
- Hammasi joyida, janob elchi, - dedi u. — Keling, sizni mendan «qarzdor» deb hisoblaymiz.
Tornning xonasida to’polon boshlandi. Saudiya Arabistoniga safar barbod bo’layotgandi, chunki Torn hech qanday tushuntirishlarsiz u yerga borishni rad etgandi. Safar rejasi ikki hafta davomida tuzilgan, endi esa uning yordamchilari elchidan izoh talab qilishayotgandi.
- Siz uni rad eta olmaysiz, - ishontirishga urinardi yordamchilardan biri. — Shuncha tayyorgarlikdan keyin siz «bormayman» deya olmaysiz.
- Men boraman, - e’tiroz bildirdi Torn. — Faqat keyinroq.
- Ular buni haqorat deb tushunishadi.
- Mayli.
- Nima uchun?
- Hozir borolmayman, - dedi Torn. — Vaqti emas.

Qayd etilgan


shoir  27 Oktyabr 2007, 16:05:10

- Buning nimaligini tushunasizmi? — so’radi yana bir yordamchi.
- Diplomatiya, - javob berdi Torn. — Boshqa birortasini jo’nataman.
- Prezident sizning borishingizni istagandi.
- Men u bilan gaplashaman. Hammasini tushuntiraman.
- Ey xudo! Biz ikki hafta reja tuzgandik!
- Unda boshqatdan tuzinglar! — qichqirdi Torn.
Uning g’azabi har ikki yordamchini jim bo’lishga majbur qildi.
Qo’ng’iroq jiringladi.
- Eshitaman?
- Sizni Tassone ota ko’rmoqchi, - kotibaning ovozi eshitildi.
- Kim?
- Tassone ota. Rimdan kelibdi. Uning sizda zarur ishi bor ekan.
- Men u kishi haqida umrimda eshitmaganman, - dedi Torn.
- U bor-yo’g’i bir daqiqa vaqtingizni olarkan. Qandaydir gospital haqida gaplashmoqchi ekan.
- Xayriya so’ragani kelgandir-da, - dedi yordamchilardan biri.
- Bo’pti, - dedi Torn. — Mayli, kirsin.
- Sizning oldingizga kirish bunchalik osonligini bilmagan ekanman, - dedi yordamchi.
- Jamoat ishlari, - ming’irladi Torn.

Qayd etilgan