Omen (birinchi kitob). Devid Zeltser  ( 92760 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 ... 19 B


shoir  27 Oktyabr 2007, 16:05:41

- Saudiya Arabistoni masalasida noto’yori qarorga kelmang.
- Bir qarorga kelib bo’ldim, - dedi Torn. - Yoki boshqa birov boradi yoki uni keyinroqqa qoldiramiz.
- Qachonga?
- Keyinroqqa, - javob berdi Torn. — Qachon borgim kelganida o’shanda.
Eshik ochilib, pastakkina kishi ko’rindi. U ruhoniy edi. Uning kiyimlari g’ijim bo’lib ketgandi. Yordamchilar bir-birlariga qarashdi.
- Mumkinmi"¦ - dedi ruhoniy kuchli italyancha talaffuz bilan, - siz bilan xoli gaplashsam bo’ladimi?
- Gospital haqidami?
- Si.
Torn bosh irg’adi va yordamchilar sekin tashqariga yo’l olishdi. Ular chiqib ketishgach, ruhoniy eshikni yopdi va unga g’amgin qiyofada tikildi.
- Xo’sh, - dedi Torn.
- Bizning vaqtimiz oz qoldi.
- Nima?
- Siz gapimga quloq solishingiz shart.
Ruhoniy eshikka suyanganicha qimirlamay turardi.
- Nima demoqchisiz? — so’radi Torn.
- Siz Xudoga, Xaloskoringizga ishonishingiz shart. Hozirning o’zida"¦
Bir necha soniyaga jimlik cho’kdi.

Qayd etilgan


shoir  27 Oktyabr 2007, 16:05:50

- Marhamat, janob"¦
- Kechirasiz, - uning gapini bo’ldi Torn. — Agar sizni to’yori tushungan bo’lsam, siz oldimga shaxsiy masalada kelgandingiz, shundaymi?
- Siz imon keltirishingiz shart, - davom etdi ruhoniy, - ana shundagina iblisning farzandini yenga olasiz.
- U bir marta o’ldirdi, - pichirladi ruhoniy, - yana o’ldiradi. U barcha mulkingiz uning qo’liga o’tmagunicha o’ldiraveradi.
Ruhoniy unga yaqinlashdi, uning ovozida hayajon bor edi.
- Faqat Xudoning yordamida u bilan kurasha olasiz, - po’pisali ohangda gapirdi u. — Unga imon keltiring.
Torn qo’ng’iroq tugmasini bosdi.
- Men eshikni yopib qo’ydim, janob Torn, - dedi ruhoniy.
Torn uning so’zlaridan cho’chib ketdi.
- Eshitaman? — kotibaning ovozi eshitildi.
- Soqchilarni bu yerga jo’nating.
- Nima bo’ldi, janob?
- O’tinaman, janob, - hayqirdi ruhoniy, - gaplarimni tinglang.
- Janob? — qaytardi kotiba.
- Farzandingiz dunyoga kelgan o’sha tunda men gospitalda edim, janob Torn, - dedi ruhoniy.

Qayd etilgan


shoir  27 Oktyabr 2007, 16:06:01

Torn qotib qoldi. U Tassone otadan ko’z uzolmasdi.
- Men"¦ doyalik qilganman, - dedi ruhoniy. — Men uning tug’ilishiga guvoh bo’lganman.
Yana kotibaning tahlikali ovozi eshitildi.
- Janob Torn? Men sizni eshitmayapman.
- Hech narsa. Faqat, joyingizda bo’lib turing.
U dahshat bilan ruhoniyga tikildi.
- O’tinaman, - dedi Tassone, ko’z yoshlarini zo’rg’a tiyib.
- Nima kerak sizga?
- Sizni qutqarmoqchiman, janob Torn. Xudo mening gunohimni kechirishini istayman.
- O’yolim haqida nima bilasiz?
- Hamma narsani.
- Nimani? — do’q urdi Torn.
Ruhoniy qaltirab ketdi.
- Men uning onasini ko’rganman.
- Mening xotinimnimi?
- Uning ONASIni, janob Torn!
- Meni shantaj qilmoqchimisiz?
- Yo’q, janob.
- Unda mendan nima istaysiz?
- AYTIB BERMOQCHIMAN.

Qayd etilgan


shoir  27 Oktyabr 2007, 16:06:44

- Nimani?
- Uning onasini.
- Gapiring, uning onasiga nima bo’lgan?
- Uning onasi"¦ sh o q o l e d i! — Ruhoniy ingrab yubordi. — Farzandingiz shoqoldan tug’ilgan. Buni o’z ko’zlarim bilan ko’rganman!
Eshik shahd bilan ochildi. Xonaga soqchi va Tornning yordamchilari, kotiba otilib kirishdi. Torn rangi oppoq holda bir so’z demay o’tirardi. Ruhoniyning ko’zlaridan duvillab yosh to’kilardi.
- Bu yerda biror narsa bo’ldimi, janob? — so’radi soqchi.
- Ovozingiz g’alati eshitildi, - qo’shib qo’ydi kotiba. — Eshik esa berk edi.
- Bu kishini zudlik bilan olib chiqib ketinglar, - dedi Torn. — Agar bu yerda yana paydo bo’lsa, qamoqqa olinglar.
Hech kim joyidan qimirlamadi. Soqchi nima qilishni bilmasdi. Tassone sekin eshik tomon jo’nadi. Ostonada u Tornga o’girildi.
- Xudoga ishoning, - qayg’uli ohangda pichirladi u va chiqib ketdi.
- Nega kelibdi? — so’radi yordamchilardan biri.
- Bilmayman, - javob berdi Torn. — U aqldan ozgan shekilli.
Ko’chada esa Gaber Jennings avtomobilga suyanganicha ikkinchi fotoapparatini tekshirardi. U soqchi ruhoniyni kuzatayotganini ko’rdi va ikki marta suratga tushirdi.
Soqchi uni ko’rib qoldi.

Qayd etilgan


shoir  27 Oktyabr 2007, 16:06:59

- Bu mashmashalar joningizga tegmadimi? — dedi u fotoapparatga imo qilib.
- Mashmashalar jonu dilim, - dedi kulib Jennings va ruhoniyni ortidan yana suratga oldi.
Kechqurun Jennings qorong’i xonada o’tirganicha olgan suratlarini tomosha qilardi. Fotokamerasining yaxshi ishlashiga ishonch hosil qilish uchun u o’ttiz oltita surat olgandi. Ulardan uchtasi yaroqsiz chiqdi. Bu aynan Tornlarning uyidagi tug’ilgan kun marosimida enagani suratga olgandagi kabi nuqson edi. Endi bu narsa ruhoniy bilan yuz berayotgandi. Ruhoniyning barcha suratlarida dog’ bor edi.
Jennings beshta suratni qo’liga oldi. Ruhoniyning soqchi bilan turgan paytdagi ikkita surati, soqchining yolg’iz holdagi ikkita surati va yana ruhoniyning surati. So’nggi suratdagi dog’ ingichka shaklda edi.
Bu dog’ ruhoniyning ustida turar, go’yoki uzun nayza uning boshi uzra sanchilganday edi. Jennings o’yga toldi. Chamasi, o’ta kuchli hayajonda bo’lgan kishidan qandaydir nur taralar va bu nurni suratga olsa bo’lardi.
Bu Jenningsni hayajonlantirib yubordi va u o’ta sezgir fototasmalarni topish uchun ma’lumotnoma titkilashga tushdi. Bu fototasmalar 3-X-600 tasmalari bo’lib, u yaqindan beri ishlab chiqarilayotgandi. Uning sezgirligi o’ta yuqori - hattoki sham shu’lasida ko’rinib turgan jismlarni ham muhrlay olardi.

Qayd etilgan


shoir  27 Oktyabr 2007, 16:07:24

Ertasiga ertalab Jennings aynan mana shu fototasmadan sotib oldi. Unga kuchli hayajonga tushgan odamlar kerak edi, shuning uchun u kasalxonaga yo’l oldi va bu yerda o’limini kutayotgan bemorlarni suratga oldi. Natija esa uni hayratga soldi: birorta ham suratda dog’dan asar yo’q edi. Bu esa doyolar o’limdan darak beruvchi belgi emasligini bildirardi. Butun hafta davomida Jennings enaga va ruhoniyning suratlaridagi g’ayritabiiy doyolar haqida o’yladi. Keyin esa yana bir marta Tornning oldiga borishga qaror qildi.
Torn mahalliy universitetda, turli kechalarda chiqishlar qilar va uni tinglagani deyarli barcha qatnashardi. Elchi kuchli notiq bo’lib, qaerda nutq so’zlamasin, tinglovchilarni o’ziga jalb qila olardi.
- Bizda hamma narsa bo’linib qolgan, - derdi elchi. - Yoshlar va qarilar, boylar va kambag’allar"¦ ammo eng asosiy bo’linish shuki, kimlardadir katta imkoniyatlar bor, yana kimlardadir hech qanday imkoniyat yo’q! Demokratiya — bu tenglik! Teng imkoniyatlar yo’q joyda «demokratiya» so’zi yolg’onga aylanadi!
Torn bunday chiqishlar davomida savollarga javob qaytarar, tinglovchilar bilan muloqotda bo’lar, eng asosiysi, u odamlarni i sh o n t i r a o l a r d i.

Qayd etilgan


shoir  27 Oktyabr 2007, 16:07:53

Torn o’zini jamoat ishlari bilan chalg’itishga urinardi, chunki uni qandaydir dahshatli his ta’qib etayotgandi. U omma oldidagi chiqishlari davomida tanish ruhoniyga ikki marta ko’zi tushdi. Torn Tassonening so’zlariga jiddiy e’tibor bermadi: u bor-yo’g’i siyosiy arbobni ta’qib qiluvchi aqldan ozgan diniy mutaassib, Tornning farzandi haqidagi gaplari esa shunchaki tasodif. Lekin ruhoniyning so’zlari uning miyasiga o’rnashib qolgandi. Uning xayoliga ruhoniy balki qotildir, degan fikr ham keldi, ammo Torn bu fikrni miyasidan chiqarib tashladi. Torn o’zini xuddi lochin ta’qibidagi dala sichqonidek his qilardi.
Pirfordda esa hamma narsa o’z maromida ketayotgandek edi. Ammo tashqi xotirjamlik ortida hayajon yashiringan edi. Torn bilan Katerina kamdan-kam ko’rishishardi: turli joylardagi nutqlari sababli Torn uyda kam bo’lardi. Katerina ko’proq vaqtini Demenga ajrata boshladi. Ammo Demen uning oldida og’ziga tolqon solgandek jim yurar, kun bo’yi Beylok xonimning qaytishini kutib o’tirardi.
U enagasi bilan o’ynab-kular, Katerina esa unga yoqmasdi. Katerina uning mehrini qozonish uchun hamma narsa qilib ko’rdi. Kitobchalar, bo’yash uchun rasmli kitoblar, o’yinchoqlar sotib oldi. Ammo bolakay ularga qarab ham qo’ymadi. To’yori, Demen bir marta hayvonlar surati tushirilgan kitobchani tomosha qildi va ana shunda Katerina uni hayvonot bog’iga olib borishga qaror qildi.

Qayd etilgan


shoir  27 Oktyabr 2007, 16:08:08

Tomoshaga otlanar ekan, Katerina o’z hayoti boshqalarnikidan qanchalik kuchli farq qilishini his etdi. O’yoli to’rt yarimga kirgan bo’lsada, hali biror marta ham hayvonot bog’ida bo’lmagan edi. Balki, ko’chaga kam chiqqani uchun Demen kamgap, odamovi bo’lib qolgandir. Ammo bugun u quvnoq edi va Katerina nihoyat to’yori yo’lni tanlaganini tushundi. Demen hatto u bilan gaplashdi. Katerina o’zini baxtli his etishi uchun shuning o’zi yetarli edi. Shaharga yetguncha u to’xtamasdan gapirdi va Demen indamay unga quloq solib ketdi"¦
Qishning o’sha yakshanbasida Londonda havo ochiq bo’lib, hayvonot bog’i gavjum edi. Hayvonlar ham quyosh nuridan zavq olishar, ularning ovozi hatto kirish darvozasigacha eshitilardi. Ular oqqushlar oldida to’xtashdi va bolalarning ularga non tashlayotganini kuzatishdi. Katerina bilan Demen ularga yaqinlashishdi. Birdaniga qushlar non yeyishni to’xtatishdi va ko’lning o’rtasiga qarab suzib ketishdi. Ular oqqushlarga non tashlayotgan bolalarni kuzatib turishdi. Ammo oqqushlar qaytishmadi. Ona-bola nari ketishlari bilan qushlar yana bolalarning oldiga suzib kelishdi.

Qayd etilgan


shoir  27 Oktyabr 2007, 16:09:01

Tomoshabinlar haddan ziyod ko’p edi. Katerina oldida tomoshabin ozroq to’plangan qafasni izlay boshladi. O’ng tomonda «Itlar» deb yozilgan ko’rsatkich turardi. Ular o’sha tomonga yo’l olishdi. Katerina bu yerda ham odam oz emasligini ko’rdi.
Kutilmaganda itlar inlariga kirib ketishdi va tomoshabinlar asta-sekin tarqala boshladilar. Itlarni tomosha qilish uchun bo’ynini cho’zgan Demen qafas ichida ahlatdan boshqa narsani ko’rmadi va hayron bo’lib onasiga qaradi.
- Ular ovqat yegani kirib ketishdi shekilli, - dedi Katerina yelkasini qisib.
Ona-bola nariroqqa borishib, sosiska sotib olishdi.
- Maymunlarni ko’ramiz, - dedi Katerina. — Ketdikmi?
Ular qator tizilgan qafaslar yonidan o’tib borishardi. Demenning ko’zlari hayvonlarni ko’rish ishtiyoqida yonardi. U birinchi bo’lib ayiqni ko’rdi. Ayiq qafas ichida u yoqdan-bu yoqqa tinmay borib-kelardi. Ammo Katerina bilan Demen uning yoniga yaqinlashishigayoq ayiq to’xtab qoldi. Ularga bir qarab qo’ydi va shu zahoti iniga kirib ketdi. Qo’shni qafasda yovvoyi mushuk sap-sariq ko’zlarini ulardan uzmay o’tirardi. Uzoqroqdagi qafasda babuin maymuni bo’lib, maymun ularni ko’rishi bilan joyida qotib qoldi. Katerina o’zlarining hayvonlarga bo’lgan ta’sirini sezdi va qafaslar yonidan o’tib borar ekan, ularni diqqat bilan kuzatdi. Barcha hayvonlar Demendan ko’z uzishmasdi. Demen ham buni his qildi.

Qayd etilgan


shoir  27 Oktyabr 2007, 16:09:48

- Shirinligingdan ular sendan ko’z uzisholmayapti, - kuldi Katerina.
Oldinda maymunlar qafasi bor edi. Katerina Demenni qo’liga ko’tarib oldi.
Ularning qulog’iga maymunlarning shovqini chalindi. Katerina maymunlar oxirgi qafasda o’ynayotganligini tushundi. U oldinga o’tdi va ularni ko’rdi. O’rgimchaksimon maymunlar qafas ichida quvlashmachoq o’ynashar, shoxdan-shoxga sakrashardi. Demen ularni ko’rib kulib yubordi. Katerina eng oldingi qatorga o’tmoqchi bo’ldi. Maymunlar odamlarga e’tibor berishmasdi. Ammo Katerina va Demen yaqinlashishi bilan ularning kayfiyati keskin o’zgardi. O’yin birdaniga to’xtadi. Maymunlar tomoshabinlar orasidan kimnidir qidira boshlashdi. Tomoshabinlar ham nega bunday hol yuz berganiga ajablanib, jimgina qarab turishardi. Hamma ularning yana birdaniga o’yinni davom ettirishini kutardi. Qo’qqisdan qafas ichida xavf-xatardan ogohlantiruvchi chinqiriq yangradi. Unga boshqa maymunlar ham qo’shilishdi. Ular o’zlarini qafasga urishardi. Hayvonlar o’zlarini har tomonga urishar, bir-birlarini tirnar, tishlar, ularning butun badani qonga bo’yalardi. Tomoshabinlar dahshatdan jim bo’lib qolishdi, Demen esa qah-qah urib kulganicha, bu qonli tomoshadan zavq olardi. Qafas ichidagi tahlika kuchayib borardi. Maymunlardan biri yuqoridagi simga o’ralashib, bo’g’ilib qoldi va birpas tipirchilagach, joni uzildi. Odamlar baqirib yuborishdi, ammo ularning ovozini hayvonlarning shovqini bosib ketdi. Maymunlar o’zlarini u yoqdan-bu yoqqa urishardi. Ulardan biri beton polga boshini to’xtovsiz uraverib sulayib qoldi. Hamma tashqariga shoshildi. Katerina esa haykaldek qotib qolgandi. Uning o’yoli esa zavq bilan kulardi. U qonga belangan maymunlarni ko’rsatib, yanada qattiqroq kuldi. Barcha hayvonlar Undan qo’rqishardi. Bularning barchasini U qilayotgandi. Qafasdagi shovqin avjiga chiqqanida Katerina dahshat bilan qichqirdi.

Qayd etilgan