Omen (birinchi kitob). Devid Zeltser  ( 92780 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 ... 19 B


shoir  27 Oktyabr 2007, 16:10:00

6

Pirfordda uni Jeremi kutib turgandi. Jeremi uning yaxshi kayfiyatda kelishiga umid qilgan va u kelmaguncha tushlik qilmasligini aytgandi. Ular stol atrofida o’tirishganida Torn Katerinaning hayajonini sezib qoldi.
- Tuzukmisan, Katerina?
- Ha.
- Jim o’tiribsan?
- Charchadim, shekilli.
- Taassurotlar yaxshimi?
- Ha.
U qisqa-qisqa javob berardi.
- Yoqdimi?
- Ha.
- Hayajonlanyapsan?
- Rostdanmi?
- Nima bo’ldi?
- Nima bo’lishi mumkin?
- Bilmadim. Negadir jahling chiqyapti.
- Shunchaki charchadim. Uxlashim kerak.
U jilmayishga urindi, lekin eplolmadi. Torn tashvishlandi.

Qayd etilgan


shoir  27 Oktyabr 2007, 16:10:17

- Demen tuzukmi?
- Ha.
- Ishonching komilmi?
- Ha.
U Katerinaga diqqat bilan qaradi.
- Agar biror narsa yuz bergan bo’lsa"¦ menga aytarding, to’yorimi? Men Demenni nazarda tutyapman.
- Demenga nima bo’lishi mumkin, Jeremi? O’yolimizga nima bo’lishi mumkin? Axir biz baxtlimiz-ku!
Katerina jilmaydi, ammo uning yuzida g’amginlik alomatlari sezildi.
- Aytmoqchimanki, uyimizning eshigi faqat yaxshilik uchun ochiq. Qora bulutlar bizning uyni chetlab o’tadi.
- Nima bo’ldi o’zi? — xotirjamlik bilan so’radi Torn.
Katerina boshini egdi.
- Men shifokorga borishim kerak shekilli. — Uning ko’zlarida qayg’u ifodasi ko’rindi. — Men"¦ qo’rqyapman. Oddiy odam mendek qo’rqmaydi.
- Keti, - pichirladi Torn. — Nimadan qo’rqyapsan?
- Agar buni aytsam, sen meni tashlab ketasan.
- Yo’q, - dedi u. — Yo’q"¦ men seni sevaman.
- Unda menga yordam ber, - iltimos qildi u. — Shifokor top.
Uning ko’zlaridan yosh tomchiladi. Torn uning qo’lini ushladi.
- Albatta, - dedi u. — Albatta.

Qayd etilgan


shoir  27 Oktyabr 2007, 16:10:33

Katerina ho’ngrab yubordi. Kunduzi yuz bergan hodisa uning qalbiga toshdek botardi.
Angliyada ruhshunos shifokorni Amerikadagidek topish oson bo’lmasada, Torn ishonish mumkin bo’lgan shifokorni topdi. U yosh bo’lsada, yaxshi tavsiyanoma va katta tajribaga ega edi. Uning ismi Charlz Grier edi. U Priston universitetini bitirgan va Bellevuda ishlardi. Yana shunisi diqqatga sazovor ediki, u bir qancha vaqt Jorjtaunda yashagan va bir nechta senatorlarning xotinlarini davolagandi.
- Siyosiy arboblarning xotinlarida uchraydigan asosiy muammo — ichkilikbozlik, - dedi u Tornga. — Menimcha, bu yolg’izlikdan kelib chiqsa kerak.
- Suhbatimiz maxfiyligini tushunsangiz kerak, - dedi Torn.
- Albatta, - kuldi ruhshunos. — Odamlar menga ishonishadi va to’yorisini aytsam, ularga shundan boshqa narsani taklif qila olmayman. Ular boshqalarga aytolmagan dardlarini menga aytishadi.
- U oldingizga kelishi kerakmi?
- Unga manzilgohimni ayting. Kelishga m a j b u r l a m a n g.
- U o’zi kelishni istadi.
- Yaxshi.
Torn o’rnidan turdi. Yosh shifokor jilmaydi.
- U bilan gaplashganingizdan so’ng menga qo’ng’iroq qilasizmi? — so’radi Torn.
- Ishonchim komil emas.
- Aytmoqchimanki"¦ agar biror gapingiz bo’lsa.
- Barcha gaplarimni Uning O’ziga aytaman.
- Agar uning ahvolidan tashvishlansangiz"¦
- U o’zini o’ldirmoqchimi?
- "¦ Yo’q.

Qayd etilgan


shoir  27 Oktyabr 2007, 16:10:42

- Unda tashvishlanishga asos yo’q. Ishonamanki, bu siz o’ylaganingizdek jiddiy emas.
O’zini tetik sezgan Torn eshik tomon yurdi.
- Janob Torn?
- Ha?
- Nima uchun mening oldimga keldingiz?
- Sizni ko’rish uchun.
- Nega?
Torn yelkasini qisdi:
- Ko’rinishingiz qandayligini bilish uchun bo’lsa kerak.
- Birorta muhim narsa haqida aytmoqchimasmisiz?
Torn o’zini noqulay his qildi. Bir oz o’ylanib turgach, bosh irg’adi.
- Menga ham ruhshunos kerak demoqchimisiz? Kasalga o’xshayapmanmi?
- Men-chi? — so’radi ruhshunos.
- Yo’q.
- Mening shaxsiy shifokorim bor. — kuldi Grier. — U menga doim kerak.
Bu suhbat Tornning jahlini chiqardi va u ishxonasiga qaytgach, kun bo’yi shu suhbatni o’yladi. Grierning oldida o’tirganida u hali hech kimga aytmagan barcha narsani aytishi lozimligini his qilgandi. Lekin bundan nima foyda chiqardi? Mash’um yolg’on uning hayotining ajralmas qismiga aylanib bo’lgandi.

Qayd etilgan


shoir  27 Oktyabr 2007, 16:10:51

Kun sekin o’tmoqda edi va Torn muhim nutqini yozmoqchi bo’ldi. U ertaga nomdor ishbilarmonlar guruhi oldida nutq so’zlashi lozim bo’lib, bu yerga neft kompaniyalari vakillari ham kelishlari kutilmoqda edi. Torn o’z nutqi Yaqin Sharqda tinchlik o’rnatishga xizmat qilishi uchun harakat qildi. Anchadan buyon davom etayotgan arab-isroil ziddiyatlari oqibatida Arab dunyosi AQShdan borgan sari uzoqlashmoqda edi. Torn arab-isroil nizolari uzoq tarixga taqalishini va bu muqaddas kitoblarda ham bayon etilganligini bilardi. Shuning uchun u yanada aniqroq tasavvurga ega bo’lish uchun Injilning uchta nashrini ko’rib chiqishga qaror qildi. Bundan tashqari, diniy kitoblardan ko’chirma keltirish tinglovchilarga kuchli ta’sir o’tkazishi mumkin edi.
Torn kimningdir ingraganini eshitdi. Bu ovoz ikki marta takrorlandi. Torn xonasidan chiqib yuqoriga, Katerinaning xonasiga yo’l oldi. Katerina terga pishgancha uxlab yotardi. Jeremi birpas unga qarab turdi va zina tomon yurdi. Qorong’i yo’lakda ketayotib u Beylok xonimning xonasi eshigi qiya ochiqligini ko’rdi. Gavdali ayol chalqanchasiga uxlab yotardi. Torn yo’lida davom etmoqchi edi , ammo ayolning yuzini ko’rib joyida qotib qoldi. Uning yuziga qalin qilib upa chaplangan, lablari esa qip-qizil labbo’yoq bilan bo’yalgandi. U o’zini g’alati his qildi.
Torn eshikni yopib, xonasiga kirdi va qalashib yotgan kitoblarga qaradi. U fikrini bir joyga jamlolmas, ko’zlari sahifalar uzra maqsadsiz yugurardi.

Qayd etilgan


shoir  27 Oktyabr 2007, 16:11:28

«"¦ Va unga qarshilik qilinadi va unga hukmronlik berilmaydi, lekin u jimlik bilan kelib, hukmronlikni qo’lga kiritadi. U barcha qo’shinlarni cho’ktirib yo’q qilib yuboradi"¦ u yolg’on bilan keladi va ozchilik xalq ustidan hukmronlik qiladi. U tinch va farovon mamlakatlarga keladi hamda otasi va otasining otalari qilmagan ishni qiladi. Talab qo’lga kiritgan barcha boylik va mulklarini qo’l ostidagilariga tarqatadi. Va u o’z bilganini qiladi, kuchayib ketadi va u o’zini Yaratgandan ham ustun qo’ya boshlaydi U Yaratganga ham bo’ysunmay qo’yadi va g’azabga uchraydi: taqdir qilingan narsa ijobat bo’ladi».
Torn sigaret tutatdi, keyin stakanga vino quydi. U yuqorida ko’rgan narsasini unutishga harakat qildi. U yana kitob varaqlashga tushdi.
«Yer va dengizdagi barcha mahluqotlar, iblis g’azab bilan yirtqichni jo’natadi, zero u vaqti oz qolganini biladi. Bu yerda donolik bor. Kimning idroki bo’lsa, yirtqichning raqamini biladi; Zero bu insonlarning ham raqamidir. Uning raqami olti yuz oltmish olti».
Armageddon. Qiyomat.
«"¦ va Xaloskor keladi"¦ va u Quddusning sharq tomonidagi Oliv tog’ida turadi"¦ va Xaloskor barcha itoatkorlari bilan keladi».

Qayd etilgan


shoir  27 Oktyabr 2007, 16:12:21

Torn kitoblarni yopdi va stol chirog’ini o’chirdi. Ancha vaqtgacha u Injilni kim yozganligini, nega yozilganligini mushohada qilib o’tirdi. Keyin u karavotga yotdi va uxlab qoldi. Torn dahshatli tush ko’rdi. U ayollar kiyimida shovqinli ko’chada turardi. U politsiyachining yoniga kelib, adashib qolganligini va qo’rqayotganini aytdi. Ammo politsiyachi unga quloq solmay, mashinalar harakatini tartibga solib turaverdi. Mashinalar Tornning oldiga yaqinlashganida, u shamolni sezdi. Shamol kuchayib, mashinalar tezlik bilan o’ta boshladilar. U quyunda qolgandi. Jeremi politsiyachining qo’lidan tutdi, ammo politsiyachi uni sezmadi. Jeremi qichqirdi, ammo qichqirig’i quyunga singib ketdi. Kutilmaganda qora mashina Jeremi tomon kela boshladi. U joyida qotib qoldi. Mashina uning oldiga yaqinlashdi va u haydovchini ko’rdi. Uning yuzi yo’q edi. Haydovchi kula boshladi. Og’iz o’rnidan qon otilib chiqdi va mashina uning ustiga bostirib kela boshladi.
Shu payt Torn uyg’onib ketdi. Uning nafasi bo’g’ilib qolgan, o’zi esa terga botib ketgandi. Hamma uxlayotgandi. Torn o’kirib yiyolab yuborishdan o’zini zo’rg’a tiyib qoldi.

Qayd etilgan


shoir  27 Oktyabr 2007, 16:14:07

7

Torn «Meyfer» mehmonxonasida ishbilarmonlar oldida nutq so’zlashi lozim edi. U nutqi gazetalarda ham yoritilishi lozimligini yordamchilariga aytgan va ertalabki gazetalar ushbu yig’ilish o’tkazilishi to’yorisida bildiruv berishgan edi. Odam juda ko’p kelgan, jurnalistlar ham oz emasdi. Torn yig’ilganlar orasida fotoapparatini urib sindirgan muxbirni ham ko’rdi. Suratkash unga qarab jilmaydi va yangi fotoapparatini ko’rsatdi. Torn ham unga javoban jilmaydi. U yig’ilganlar jim bo’lishini kutib turdi va shovqin pasaygach nutqini boshladi. U dunyo iqtisodiy tizimi va umumiy bozorning ahamiyati haqida so’zlardi. Har qanday jamiyatda ham bozor juda katta rol o’ynaydi. Bir tomon sotishni, ikkinchi tomon sotib olishni istasa, u holda o’zaro hamkorlikka asos paydo bo’ladi. Agar bir tomon sotib olishni istasa va ikkinchi tomon sotishdan bosh tortsa, unda biz urush sari qadam tashlaymiz. Torn insoniyat haqida, hamma odamlar bir-biri bilan birodar ekanligi, yer yuzidagi boyliklar barchaga yetishi haqida so’zlardi.
- Biz hammamiz, - dedi u, - vaqt to’rida yashaymiz. Biz manmanlik va og’ir mehnatning asirimiz.
Uning nutqi yig’ilganlarni tobora o’ziga tortayotgan edi. Keyin elchi siyosiy tartibsizliklar va ularning iqtisodiy munosabatlarga ta’siri haqida gapira boshladi. Torn yig’ilganlar orasida arablarni ko’rdi va bevosita ularga murojaat qildi.

Qayd etilgan


shoir  27 Oktyabr 2007, 16:14:18

- Tartibsizliklarning qashshoqlikka qanchalik boyoliqligini bilamiz, lekin insoniyat ortiqcha to’qlikdan ham inqirozga yuz tutishi mumkin!
Torn butun vujudi bilan nutq so’zlashga kirishib ketgandi. Devor yonida turgan Jennings uni bir necha marta suratga oldi.
- Yana bir achchiq haqiqat borki, u Sulaymon podsho davriga borib taqaladi, - davom etdi Torn. - Boylik va mansab uchun tug’ilganlar...
- Bu haqda ko’p narsa bilishingiz aniq, - orqa qatordan kimdir qichqirdi.
Torn gapirishdan to’xtab, yig’ilganlarga qaradi. So’z tashlagan kishi jim bo’lib qoldi. Torn yana so’zida davom etdi:
- Misrda fir’avnlar davridayoq boylik va mansab uchun tug’ilganlar...
- Gapiravering, qani! - yana o’sha ovoz eshitildi. Bu safar yig’ilganlar jonlanishdi. Torn ovoz kelgan tomonga sinchiklab qaradi. Yirtiq jinsi shim kiygan soqolli bir talaba uning so’zini bo’lgandi.
- Qashshoqlik haqida nima bilasiz, janob Torn? - davom etdi u. - Umringizda biror marotaba ham ter to’kib mehnat qilmagansiz-ku!
Olomon talabaga norozi tarzda guvilladi, ayrimlar qichqira boshlashdi. Torn qo’llarini ko’tarib, ularni tinchlantirishga urindi.

Qayd etilgan


shoir  27 Oktyabr 2007, 16:14:28

- Bu yigitning so’zlariga quloq solaylik-chi.
- Dunyodagi boyliklarni bo’lishmoqchi ekansiz, nega o’z boyligingizni boshqalarga berishdan boshlamaysiz? - dedi talaba baland ovozda. - Sizning necha millionlab pulingiz bor. Dunyoda qanchadan-qancha insonlar och ekanligini bilasizmi? Cho’ntagingizdagi pullar qancha odamga yetishini bilasizmi? Haydovchingiz olayotgan maosh bilan Hindistonda butun boshli oilani bir oy boqish mumkin. Sizning qirq gektarli yeringizda o’sayotgan mevalar Bangladeshning yarim aholisiga yetadi. Bolangizning tug’ilgan kuniga sarflagan pulingizga shu yerda, London janubida butun boshli kasalxona qurish mumkin. Agar siz odamlarni boylik bo’lishishga da’vat qilayotgan bo’lsangiz, o’zingiz ibrat ko’rsating! To’rt yuz dollarli kostyum kiyib olib bizning oldimizda qashshoqlik to’yorisida ma’ruza qilmang!
Talabaning bu so’zlari ommaga yoqdi. U g’alaba qozongandi. Hattoki, olqishlar ham yangradi. Yig’ilganlar Tornning qanday javob qilishini kutishardi.
- Gapirib bo’ldingizmi? - so’radi u.
- Sizning boyligingiz Rokfellernikidan ko’pmi? - qichqirdi yigit.
- Ancha oz.
- Rokfellerni vitse-prezident etib saylashganida gazetalar uning boyligi uch yuz million dollardan sal ko’proqligini yozishgandi. «Sal ko’prog’i» qanchaligini bilasizmi? O’ttiz uch million dollar! Bu raqamni ular hatto hisobga ham kiritishmagan. Yer yuzi aholisining yarmi ochlikdan halok bo’layotganida, uning cho’ntagida shuncha pul tursa! Bu axir tahqirlash emasmi? Nahotki bir kishiga shuncha pul kerak bo’lsa?

Qayd etilgan