Omen (birinchi kitob). Devid Zeltser  ( 92840 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 ... 19 B


shoir  27 Oktyabr 2007, 16:14:41

- Men janob Rokfeller emasman.
- Buni ko’rib turibmiz!
- Javob berishimga ijozat eting?
- Birgina go’dak! Och qolgan birgina go’dak! Hech bo’lmasa och qolgan bitta go’dakka yordam bering! Shunda biz sizga ishonamiz! Ma’ruza o’qishning o’rniga unga yordam qo’lini cho’zing!
- Men shunday qilganman, - xotirjamlik bilan javob qildi Torn.
- Xo’sh, qani u? - so’radi talaba. - Qani o’sha go’dak? Kimni qutqargansiz, janob Torn? Kimni qutqarmoqchisiz? Agar ochlikdan qiynalayotgan birgina go’dakka yordam bera olmasangiz, siz dunyoni qutqara olmaysiz, janob Torn!
Zaldagilarning hammasi talabaning fikrini ma’qullashardi.
- Men sizni ko’rmayapman, - dedi Torn. - Qorong’ulikda turib olib, menga ayb taqayapsiz.
- Men tomonga yoruyolikni tushiringlar, undan ham qattiqroq gapiraman!
Hamma kulib yubordi, projektorlar talaba tomon qaratildi, fotograflar o’rinlaridan turishdi. Jennings ham fotoapparatini yigit tomon qaratdi.
Torn o’zini xotirjam tutardi, ammo projektorlar orqa qatorda turganlarni yoritishi bilan, uning rangi o’zgarib ketdi. U talabaga emas, uning ortida turgan kishiga qarab turardi. U yerda shlyapasini qo’liga olganicha, ruhoniy turardi. U Tassone edi. Torn uni tanidi va turgan joyida qotib qoldi.

Qayd etilgan


shoir  27 Oktyabr 2007, 16:14:52

- Nima bo’ldi, janob Torn? - dedi talaba. - Gapirmaysizmi?
Tornni qo’rquv hissi chulg’ab olgan, u jim turardi. Jennings uning nigohi qaratilgan tomonni bir necha marta suratga oldi.
- Gapiring, Torn! - talab qildi yigit. - Mana, meni ko’rib turibsiz. Endi nima deysiz?
- Menimcha... - boshladi Torn bo’g’iq ovozda. - ... siz haqsiz. Men... men biror narsa qilishga urinib ko’raman.
Yigit bolalarcha kuldi. Torn o’zini bosib olishga urinar, ammo ruhoniy turgan tarafdan ko’zini uzmasdi.
Jennings uyiga kech qaytdi va olgan suratlarini chiqara boshladi. Elchi uni yanada qiziqtirib qolgandi. Muxbir uning ko’zlaridagi qo’rquvni sezgandi. Torn yig’ilganlar orasida kimnidir ko’rgandi. Jennings qorong’u taraf olingan suratda birorta tanishni ko’rishiga umid qilardi. U qorni ochganligini his qildi va uyiga qaytishda sotib olgan qovurilgan jo’jani yeyishga kirishdi.
Zalning uzoq burchagi olingan suratlarda odamlarning yuzi aniq ko’rinmasdi, lekin har bir suratda nayzasimon tutunga o’xshagan dog’ bor edi. Suratda sigara chekayotgan baqaloq kishi aks etgandi. Bu dog’ o’sha sigaraning tutuni bo’lishi mumkin edi. Jennings eng tiniq suratlarni oldi va ularni kattalashtirdi. Yo’q. Bu tutun emasdi. Agar u sigaraning tutuni bo’lganda, baqaloq to’xtovsiz ravishda sigara chekishi lozim edi. Buning ustiga yig’ilganlar unga emas, boshqa tomonga qarab turishardi.

Qayd etilgan


shoir  27 Oktyabr 2007, 16:15:02

Dog’ zalning orqa burchagidan ko’tarilgandi. Jennings suratni yanada kattalashtirdi va unga astoydil razm soldi. Dog’ ostida ruhoniylar kiyadigan kiyim ko’rindi. Suratkash qo’llarini ko’tarib xursandligini nishonladi. Yana o’sha ruhoniy! Uning Tornga qandaydir boyoliqlik tomoni bor edi.
- Ruhoniy! - qichqirdi Jennings. - Yana o’sha jin urgur ruhoniy!
U xursandligidan jo’janing bir qanotini sindirib oldi va g’ajiy ketdi.
- Men uni topaman! - haholab kuldi u.
... Ertasiga ertalab suratkash ruhoniyning elchixona oldida olingan suratlaridan birini olib ko’chaga chiqdi. U suratni bir nechta cherkovlarga ko’rsatdi. Ammo uni hech kim tanimas ekan. Agar u shu yerlik bo’lsa, uni tanirdik, deyishdi. Ruhoniy boshqa yerlik ekani aniq edi. Ish murakkablashdi. Jennings Skotland-Yardga keldi va jinoyatchilarning suratlarini ko’rib chiqdi. Ular ichida ruhoniyning surati yo’q edi. U ruhoniyni birinchi marta elchixonadan chiqayotganida ko’rgandi. Uni o’sha yerdagilar bilishi mumkin edi.
Soqchilar uning hujjatlarini uzoq tekshirishdi, ammo ichkariga qo’yishmadi.
- Men elchi bilan ko’rishmoqchi edim, - dedi Jennings. - Janob Torn mening fotoapparatimni sindirib qo’ygan. Menga uning pulini to’lashi kerak.
Soqchilar unga qo’ng’iroq qilishdi. Keyin uni ichkariga kiritishdi. Ichkaridagi telefonda u Tornning kotibasi bilan gaplashdi. Kotiba undan fotoapparat necha pul turishini va pulni qaysi manzilga jo’natish kerakligini so’radi.
- Buni men shaxsan o’ziga aytmoqchi edim, - dedi Jennings.

Qayd etilgan


shoir  27 Oktyabr 2007, 16:15:12

Kotiba buning iloji yo’qligini, elchi hozir zarur uchrashuvda ishtirok etishi lozimligini aytdi. Jennings tavakkal qildi.
- To’yorisini aytsam, men elchi bilan shaxsiy masalada gaplashmoqchi edim. Balki, yordam berarsiz. Men bir ruhoniyni qidirib yuribman. U mening qarindoshim. U elchixonaga kelgan ekan, balki uni bu yerda ko’rganlar uni topishda menga yordam berishar.
Bu juda g’alati iltimos edi va kotiba bir oz jim bo’lib qoldi.
- U past bo’yli, - qo’shib qo’ydi Jennings.
- Italyanmi? - so’radi kotiba.
- U ancha vaqt Italiyada yurgan, - dedi Jennings hiylam ish berarmikin, degan umidda.
- Uning ismi Tassone emasmi?
- Aniq bilmayman. Men yo’qolib qolgan qarindoshimni izlayapman. Bilasizmi, onam va uning akasi yoshliklarida bir-birlarini yo’qotib qo’yishgan. Onam hozir og’ir ahvolda yotibdi. U akasini ko’rmoqchi. Biz uning bo’yi pastligini va ruhoniy ekanligini bilamiz xolos. Bir tanishim o’tgan haftada bu yerdan qandaydir ruhoniy chiqayotganini ko’rgan ekan. Tanishim u onamga judayam o’xshab ketishini aytgandi.
- Bu yerga bir ruhoniy kelgan edi, - dedi kotiba. - U Rimdan kelganligini, ismi Tassone ekanligini aytgandi.
- Uning qaerda yashashini bilasizmi?
- Yo’q.

Qayd etilgan


shoir  27 Oktyabr 2007, 16:15:25

- Elchida uning gapi bor ekanmi?
- Shunaqa shekilli.
- Balki elchi uning qaerda yashashini bilar?
- Menimcha bilmaydi.
- So’rab ko’rmaysizmi?
- Mayli.
- Qachon so’raysiz?
- Keyinroq.
- Onam og’ir kasal. U kasalxonada yotibdi. Uning ahvoli og’ir. Har bir daqiqa g’animat.
Kotiba Tornga qo’ng’iroq qildi va ikki hafta oldin uning oldiga kelgan ruhoniyning manzilini bilish-bilmasligini so’radi. Tornning eti jimirlab ketdi.
- Bu kimga kerak ekan?
- Bir kishiga. Siz uning fotoapparatini sindirib yuborgan ekansiz. U ruhoniy qarindoshi ekanligini aytdi.
Torn bir oz jim turgach, dedi:
- Unga ayting, xonamga kirsin.
Jennings Tornning xonasini darhol topdi. Xona yo’lakning oxirida joylashgan bo’lib, yo’lakning har ikki tomonidagi devorga AQShning Londondagi barcha elchilarining portretlari osilgandi. Jon Kvinsi Adams va Jeyms Monrolarning suratlarini ko’rib, ular ham AQSh prezidenti bo’lishdan ilgari mana shu lavozimda ishlaganliklarini bilgan Jennings ajablandi. Balki, Torn ham kelajakda prezident bo’lar.

Qayd etilgan


shoir  27 Oktyabr 2007, 16:15:48

- Kiring, - deb kulimsiradi Torn suratkash muxbir eshikni ochganida. - Keling, o’tiring.
Jennings fotomuxbirlik faoliyatida o’z «qurboni»ga birinchi marta shunchalik yaqin o’tirardi. Bu yerga kirish u o’ylaganidan osonroq bo’ldi. Uning tizzasi qaltirar, yuragi tez-tez urardi.
- Fotoapparatingizni sindirganim uchun sizdan uzr so’rayman, - dedi Torn.
- Hechqisi yo’q, o’zi eski edi.
- Uning pulini to’lamoqchiman.
- Yo’q, yo’q...
- Yo’q demang.
Jennings yelkasini qisdi.
- Eng yaxshi fotoapparat rusumi qaysi?
- Kerakmas.
- Eng zo’rining nomini aytsangiz bo’ldi.
- Nemislarniki. «Pentafleks-300».
- Kelishdik. Kotibamga manzilingizni aytarsiz.
Torn suratkashga diqqat bilan razm soldi. Uning oyog’idagi ikki xil paypoq ham, kurtkasining yoqasidan chiqib osilib turgan iplar ham Tornning nazaridan chetda qolmadi. Jennings odamlarni hayratga soladigan holda kiyinishni yoqtirardi. U o’zining tashqi ko’rinishi bilan suhbatdoshini boshi berk ko’chaga olib kirib qo’yishini bilardi.
- Men sizni yig’ilishda ko’rdim, - dedi Torn.

Qayd etilgan


shoir  27 Oktyabr 2007, 16:16:15

- O’z vaqtida kerakli joyda bo’lishga har doim harakat qilaman.
- Tirishqoq ekansiz.
- Rahmat.
Torn o’rnidan turdi, barni ochib, bir shisha brendi oldi. Jennings uning brendi quyishini kuzatib turdi va o’ziga uzatilgan qadahni oldi.
- Kecha haligi yigitga zo’r javob qildingiz, - dedi Jennings.
- Shunday deb o’ylaysizmi?
- Ha.
- Men esa yo’q.
Ular birinchi bo’lib kim gap ochishini kutib vaqtni cho’zishardi.
- Men uning fikrlariga qo’shilaman, - dedi Torn. - Endi gazetalar men haqimda istaganini yozishadi.
- Matbuotni bilasiz-ku.
- Ha.
- Axir ular ham yashashi kerak.
- To’yori.
Ular brendini maydalab ichishardi. Torn deraza oldiga keldi va tashqariga qaragancha so’radi:
- Siz qarindoshingizni izlayapsizmi?
- Ha, janob.
- U ruhoniy Tassonemi?
- U ruhoniy, lekin ismini aniq bilmayman. U onamning akasi. Ular yoshliklarida bir-birlarini yo’qotib qo’yishgan.

Qayd etilgan


shoir  27 Oktyabr 2007, 16:16:24

Torn Jenningsga qaradi va u Tornning nigohida ajablanish alomatini ko’rdi.
- Demak, siz uni yaxshi bilmaysiz? - so’radi elchi.
- Yo’q, janob. Men uni topmoqchiman.
Torn qovog’ini uydi va stulga o’tirdi.
- So’rasam maylimi?... - so’z boshladi Jennings. - Agar u sizning oldingizga nega kelganini bilganimda edi, men...
- U bir kasalxona masalasida kelgandi. U... xayriya so’ragandi.
- Qaysi kasalxonaga?
- Rimdagi. Aniq esimda yo’q.
- U sizga manzilini aytmadimi?
- Yo’q. Buni qarang, men unga pul jo’natmoqchiman, lekin manzilini bilmayman.
Jennings bosh irg’adi:
- Demak, ikkimiz ham uni izlayapmiz ekan.
- Shunaqaga o’xshaydi, - dedi Torn.
- U shunchaki kelib-ketdimi?
- Ha.
- Uni boshqa ko’rmadingizmi?
Tornning yuzi burishdi. Jennings buni sezdi va elchi nimanidir yashirayotganini bildi.
- Qaytib ko’rmadim.
- Men o’ylovdimki... biror joyda nutq so’zlayotganingizda balki ko’rgandirsiz?
Ularning nigohlari to’qnashdi va Torn Jennings u bilan qandaydir o’yin o’ynayotganini sezdi.

Qayd etilgan


shoir  27 Oktyabr 2007, 16:16:54

- Ismingiz nima? - so’radi u.
- Jennings. Gaber Jennings.
- Janob Jennings...
- Gaber.
- Gaber. - Torn uning yuziga uzoq tikildi, keyin ko’zlarini oyna tomon qadadi. - Men o’sha kishini topishim zarur. O’sha ruhoniyni. Men unga qo’pollik qildim. Undan uzr so’ramoqchiman.
- Nima uchun?
- Men unga ortiqcha qo’pollik qildim. hattoki, uning gapini oxirigacha eshitmadim.
- U bunga o’rganib qolgan bo’lsa kerak. Xayriya so’ragan paytda...
- Uni topishim shart. Bu men uchun juda muhim.
Tornga qarab uning gaplari to’yoriligini bilish qiyin emasdi. Jennings to’yori yo’ldan ketayotganini bildi, ammo bu yo’l uni qayoqqa olib borishini bilmasdi.
- Agar uni topsam, sizga xabar beraman, - dedi u.
- Yaxshi bo’lardi.
Torn bosh silkidi. Jennings o’rnidan turib, uning qo’lini siqib qo’ydi.
- Siz nimadandir hayajonlanyapsizmi, janob elchi? Umid qilamanki, dunyo portlab ketmas.
- Yo’q, - jilmaydi Torn.
- Men sizning muxlisingizman. Shuning uchun doim sizni kuzatib yuraman.
- Rahmat.

Qayd etilgan


shoir  27 Oktyabr 2007, 16:17:03

Jennings eshik tomon yurdi, ammo Torn uni to’xtatdi.
- Janob Jennings?
- Ha, janob?
- Men bir narsani bilmoqchi edim. Siz o’sha ruhoniyni hech ko’rganmisiz?
- Yo’q.
- Siz u mening ma’ruzamda qatnashganini so’radingiz-a? Balki u...
- Nima?
- Yo’q, yo’q. Ahamiyati yo’q.
- Oilaviy suratingizni olib qo’yaymi? - so’radi kutilmaganda Jennings.
- Hozir vaqti emas.
- Balki bir necha kundan so’ng sizga qo’ng’iroq qilarman?
- Mayli.
- Bo’pti, qo’ng’iroq qilaman.
Muxbir xonani tark etdi. Torn uni diqqat bilan kuzatdi. Bu kishi nimanidir biladi, lekin ruhoniy haqida nima bilarkin? Tasodifan tanishib qolgan bu muxbir nima uchun kechayu kunduz uni kuzatib yurgan ruhoniyni izlayapti? Torn uzoq o’ylandi, lekin savollariga javob topolmadi. Keyingi paytdagi voqealar singari bu ham uning uchun bir tasodifdek tuyuldi.

Qayd etilgan