VATAN SOG'INCHI  ( 55986 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B

Abdullah_Hayrullah  15 Iyun 2009, 17:12:49

Vatanim, minoralaringdan yuksalgan azonlaringni na qadar sog'indim, jumalardagi o'zbegimning hidini naqadar sog'indim...

   Kechirasiz, siz qaysi vatan haqida gapiryapsiz? Men uzun zamondan beri vatanim minoralaridan azonlar yuksalishini orzu qilib yashayapman.

Qayd etilgan

Abdullah_Hayrullah  15 Iyun 2009, 17:24:25

Musofir vatandoshlar, bir maslahat

www.mtrk.uz saytida O'zb TV va Radiolarini onlineda ko'rish eshitish mumkin.

Ba'zi paytlarda shu yerga kirib TV ko'rib o'tiraman.

   Men O'zbekistonda ham O'zTv ga qaramasdim. Ajablandingizmi? Asablarimni asrashga haarakat qilardim. Inson yoshi o'tgan sari tajang bo'lib qolakan.

Qayd etilgan

Abdullah_Hayrullah  18 Iyun 2009, 02:10:31

                       :as:
Bir majlisda o'tirgandik. O'rtoqlarimizdan biri yosh bolalarini olib kelishgan ekan. Taxminan menim kichik bolachalarim yoshida. Go'dakmasmi hali u yoqqa yugurishadi qiqir-qiqir kulib, hali bu yoqqa... Yonimdan o'tayotganda mahkam ushlab oldim, bag'rimga bosdim, biroz hidladim...Otasi yanlish anglamasin deya tezda qo'yvordim. Bolalarimning hidini u qadar sog'inibmanki... Boshiga tushmagan buni anglamas.
                           :as:

Qayd etilgan

Mas'ud  30 Iyun 2009, 00:47:50

O'zga yurtda kechgan o'ylar...

"O'zga yurtda shoh bo'lguncha, o'z yurtingda gado bo'l" deb bejiz aytmagan xalqimiz... Ish, o'qish bilan yurtdan tashqarida bo'lishga to'gri keladi... Harakat qilamiz,intilamiz...o'qiymiz...ishlaymiz...lekin.. lekin baribir bir kun kelib ona yurtga qaytish kerakligini ich-ichimizdan xis qilsak-da, buni hammamiz ham tan olgimiz kelmaydi... Hayot esa...to'xtamaydi, o'tib boraveradi... Har o'tgan yil bizlarni tobora yurtga begonalashtirib, o'zga yurtga bog'lab boraveradi...
Yaqinlarni, qon-qarindoshlarni, sinfdoshlarni, qadrdon do'stlarni eslab ich-ichimizdan g'alati sog'inch keladi-yu, kimga aytishni bilmaymiz... Yana o'zimizni ovutib yashayveramiz - "menga shu yerda yaxshi-ku.. Yaxshi o'qiyapman/ishlayapman..Yeganim oldimda, yemaganim ketimda" deb o'zimizni aldab yashayveramiz... soatlar, kunlar, haftalar esa o'tib boraveradi... Onajonimiz, buvijonimiz tizzalariga boshimizni qo'yib bir lahzaga bo'lsa-da, halovat topgimiz keladi... Ukamizga, akamizga yaqin bo'lib, yelkadosh bo'lib yashagimiz keladi... Onajonimiz, otajonimzga ertalab issiq non bilan qaymoq ko'tarib kirib, birga nonushta qilishdek orzuni, yetolmayotgan bo'lsak-da, qilaveramiz... oylar esa...o'taveradi, o'taveradi...
Haftaning ma'lum kuni uyga, yaqinlarimizga telefon qilib, ko'ngillarini ovlagandek bo'lamiz... "Qachon kelasan?" degan savollariga o'qishni, ishni "bahona" qilib, "shularni tugatib olay, boraman" ,- deb va'dalar beramiz... Bilmaymiz-ki, onajonimiz deyarli har kuni, har soatda bizlarni kutib yashaydilar...yonlarida bo'lishimizni judayam-judayam xohlasalar-da, "Mayli, o'glim/qizim, qayerda bo'lsang ham, tinch bo'lsang bo'ldi", -deb (noiloj) javob qaytaradilar... Biz esa, bir qo'ng'iroq qilib ularni "ko'ngillarini olganimiz"dan xursand bo'lib yashashda davom etaveramiz... fasllar almashaveradi...
Magazinda yoki ishxonada bizga g'alati ko'z bilan bilan "nonimni yarimta qilgan kelgindi" qabilida qaragan odamga yeb qo'ygudek bolib o'qrayib qaraymiz, lekin hech nima deyolmaymiz... O'zga yurtda baribir begonadek yashayotganimizni yana bir bor xis qilamiz... ertaga nasib qilsa, oilali bo'lsak, farzandimizni biz yashayotgan jamiyatda, o'zga yurt, o'zga xalq ichida katta bo'lib, tarbiya olishini umuman istamaymiz-u, lekin, nima ham qilardik, biz shu yerda yaxshi o'qiyapmiz/ishlayapmiz..." Shuning o'zi baxtli bo'lish uchun yetarli emasmi", - deb fikr qilamiz... Aslida esa, baxtning makoni ona yurtimizda, ona shahrimizda/qishlog'imizda, onajonimiz, buvijonimzning yonlarida ekani bilmaymiz... Ertalab nonushtaga olib kirilgan qaymoq uchun otamizning ko'ngli ko'tarilib, qilgan duolarida-yu, akamiz-ukamiz bilan yelkadosh bo'lib, kulib, yayrab yashashimizda, qarindoshlar, yaqin do'stlar, sinfdoshlar davrasida, oz bo'lsa-da, rizqimizni terib yurishimizda ekanini bilmaymiz... Umr esa... o'taveradi...o'taveradi...Shu kuyi yashab Olami Boqiyga safar vaqti yetganini ham bilmay qolamiz...Afsus...

(c) Iyun... 2009 yil

Qayd etilgan

Chustiy  15 Iyul 2009, 01:47:53

Oka, qachon endi Vatanga qaytishni niyat qilyapsiz?   ::)
Odam suhbatizi sog'indi...   ;)

Qayd etilgan

ikbaljohn  17 Avgust 2009, 12:54:02

Kop-kotta bollar oh-voh qilasizlar,uyatee  :D

Manam sog'inib ketdim,ota-onamni,uyimni,qarindoshlarni,o'rtoqlarimni,M.Ulug'bek metrodan Chilonzor metrogacha bo'lgan yo'lni,o'zbekchani  :(

Qayd etilgan

Ansora  17 Avgust 2009, 15:05:40

A.alaykum. Vatan sog'inchini faqat boshidan o'tgan biladi. Xalqimiz bekorga "tabib tabib emas, boshidan o'tgan tabib" demagan. Lekin yana bir tarafi ham bor, Vatanda yurib, qadrini bilmagandan ko'ra uzoqda yashab qadriga yetishni o'rganish ham kerak. Masalan, akam armiya xizmatini hali sovetlar tarqamasdan Germaniyada o'tadi. Qaytib kelgandan keyin shunaqangi o'zgargan ediki, hayron bo'lgandim:) Eng muhimi ota-onamizga bo'lgan muomalasi juda yaxshi tomonga o'zgargan edi.
Faqat biz O'zbeklar sog'inamizmi, deb o'ylagandim. İstanbulda o'qir ekanmiz, Hindistonlik o'rtog'im bor edi. Musulmonlardan. Ha familyasi ham qiziq edi. Qurayshi. Aytishiga qaraganda sulolasi Payg'ambarimizni qavmidan bo'lib, Hindistonga İslom dinini yoyish uchun kelganlardan ekan. Bechora kecha-kunduz yig'lab Hindcha ashulalarini eshitaverardi. Unga bunchalik ko'p eshitma, bu faqat sog'inchingni kuchaytiradi, deb nasihat qildim. Yo'q, tinglamadi meni. Ohiri kasal bo'ldi.
Vatan hasrati bazan shunchalik kuchayib ketadiki, yo'lda ketayotib birdaniga tug'ilib o'sgan ko'chalardan biriga chiqib qoladiganday his qilasiz o'zingizni va yuraverasiz, yuraverasiz... Bazan bir hid sizni oilangizga olib ketadi, yaqinlaringizni yonida o'tirganday his qilasiz....Men choyni piyolada ichaman, bir navi o'zimni yurtimda his qilay deb:)

Qayd etilgan

Jalol Ahmad  28 Sentyabr 2009, 04:25:10

Musofir yo`l olsa Vatanga.

Musofir yo`l olsa Vatanga,
Yurakkinasi berarmikin dosh,
Majruh qalbi olmasmi alanga,
Ko`zlari-chi!? Ikki chashma yosh.

Vatan olis, Vatan yaqin,
Yana bir kun, bir soat, bir qadam,
Vujud - olov, vujud - to`lqin,
Ming hayajon unda jam.

G`am, anduh, alamlarim,
Vatan yaqin, siz guvoh!
Hijronda singan qalamlarim,
Bugun sizga yurtim qiblagoh!

Ming la`nat senga, firoq,
Derlar "Al-qasos min Al-Haq",
Bugun seni qon yig`latmoq
Menga orom, huzur mutlaq.

Vatanim, men bir musofir,
Senga telba oshiq, devona,
Vatanim, men bir muhojir,
Kelmoqdaman, hajr endi afsona.

Ostonang menga sajdagoh,
Soylaring yuvsin yoshlarim.
Yo`ldaman, Vatan, bo`l ogoh,
Qolmadi endi bardoshlarim!

Musofir Vatanga qo`ysa qadam,
Yurakkinasi to`htab qolmasmikin...

Qayd etilgan

Rustam Ahun  09 Noyabr 2009, 19:37:10

judayam tasirli sher ekan

Qayd etilgan

Ansora  09 Noyabr 2009, 19:39:52

judayam tasirli sher ekan

Men odatda bunday she'rlarni o'qimaslikka harakat qilaman...

Qayd etilgan