Yuqorida keltirilgan fikrlarni o'qib juda ta'sirlandim va o'zim ham Vatan sog'inchini his qilayotganlardanman.
Qayerda bo'lsam ham O'zbekisotnga aloqasi bor narsaga ko'zim tushib qolsam, fahrlanib yonimdagilarga gapiraman. Ko'pgina baland binolarga chiqsak, u yerda dunyodagi eng baland minoralarni rasmlarni turgan bo'ladi, ko'pchiligida "Toshkent teleminorasi" ham kuchli 10 likda turgan buladi. Albatta rasmga tushirib olaman.
Ko'pgina musulmon davlatlarida odamlar qayerdan san deb surashsa O'zbekistondan desam, Pokiston deb eshitishadi. Chunki oddiy aholi O'zbekiston degan nomni eshitmaganda, faqat ziyolilar biladi. Hech tushunavermagach, Al-Buhoriyni yurtidanman, At-Temiziyni yurtidanman deyman. Shunda juda hurmat qilishganidan, shunday buyuk ulamolar bn bir yurtda tug'ilganimdan fahrlanib ketaman. Shunda ham ko'pchilik, O'rta Osiyodan chiqqan ulamolarni ko'pchilik, arab mamlakatlaridan deb bilishadi.
Ya'qinda internetda birinchi arab tilida gapiradigan robotni ko'rib qoldi, Dubayda ihtiro qilishibdi va unga Ibn Sino deb nom berishibdi. Arab tilida "Qandaysiz" desa "Alhamdulillah yaxshiman, ismim Ibn Sino, Afshonada tug'ilganman" deb gapirib ketdi.
http://www.youtube.com/watch?v=OIOtOmyySQoKo'pchilik, O'zbekistonni bilavermagach, boshqa bir o'zbek o'rtog'im bilan O'zbekiston haqida mahsus prezentatsiya qilib berdik. Unda to o'sha milodiy davrdan tortib hozirgacha bo'lgan tarihimiz va buyuk ulamo, mashxur kishilar haqida so'zlab berdik. Juda ko'pchilik, usha mashxur olimlarni eshitganu, lekin o'zbekistondan ekanligini haliyam bilmaydi.
Amerikaliklar O'zbekiston haqida usha mudxish 11 sentyabr voqealaridan keyin Amerika harbiy bazasi O'zbekistonda ochilgach, har kuni televizorda O'zbekiston deb qaytaversihgach bilishganini aytishgan aksariyati. Nechta Janubiy Amerikalarni uchratgan bo'lsam, hammasini O'zbekistonni birinchi marta eshitayotganini va man birinchi o'zbek tanishi ekanligimni aytgan. Shundan dunyo xaritasidan ko'rsatib O'zbekiston haqida gapirib beraman.
Qayerda bo'lsam ham O'zbekiston nomini tanitib, boshqalarda iliq ta'surotlar qoldirayotganligimdan juda hursandman.