Ilm va ziyo > Intellekt

Matematikadan Sinfdan tashqari ishlar va Qiziqarli matematik savol javoblar!!!

Sahifalar: (1/14) > >>

Vаrzikiy:

Umumta`lim maktablarida o`qitish, ta`lim-tarbiya ishlari sifatini yaxshilash, jumladan, matematika fanidan darsda olingan bilimlarni mustahkamlash, ko`p jihatdan, sinfdan tashqari mashg`ulotlarga bog`liq. Ushbu blogda biz matematikadan bilimlarimizni mustahkamlash maqsadida bir birimizga o`zaro qiziqarli matematik boshqotirmalar, masalalar va qiziqarli savol javoblarni taqdim etishimiz va ularga javob berishimiz mumkin!!!

Demak boshladik!!!

1.Men bir son o`yladim. Uning yarmiga choragini qo`shsak , 18 hosil bo`ladi. Savol: Men qanday son o`ylabman???
2.Bir sutkada soatning minut strelkasi necha marta ustma-ust tushadi???


Zamiraxon:

 :as:
Javoblar:
1. 24.
Yechilishi: x/2+x/4=18
     Umumiy mahraj beramiz. 4 -  umumiy mahraj.
              2x+x=72
                   3x=72
                    x=24

2. 12marta

Erkin01:

1.       1, 2, 6, 42, 1806, ...    Keyingi sonni toping.
2.       Podshohning ikki maslahatchisi bor ekan: Ali va Vali. Bir kuni podshoh ularning qaysi biri aqlliroq ekanligini sinab ko'rmoqci bo'libdi. Podshoh maslahatchilariga aytibdi: "Men ikki musbat butun son o'yladim. Ularning ko'paytmasi 60 dan kichik. Ko'paytma nechaligini faqat Aliga, u sonlarning yig'indisini esa faqat Valiga aytaman", debdi-yu, Alining qulog'iga ko'paytmani, Valining qulog'iga esa yig'indini aytibdi. "Shu sonlarni toping", debdi podshoh. Birinchi bo'lib, Ali "Men bu sonlarni topolmayman", deya tan olibdi. Shunda Vali "Men ham avval ulrni topolmas edim, lekin Alining topolmaslikka tan berganidan keyin, endi men ularni topdim", debdi. "Unday bo'lsa, men ham endi ularni topdim", debdi Ali. Podshoh ikkala maslahatchining ham donoligiga tan bergan ekan.
          Qani Siz ham shu sonlarni topishga xarakat qilib ko'ringchi? Ehtimol podsho sizga ham qoyil qolar.

Erkin01:

1. Rostgo'y doim rost, yolg'onchi doim yolg'on gapiradi, deb faraz qilaylik. Kimdir "Men yolg'onchiman" deb aytdi. Bu gap rostmi yoki yolg'on? 
2. Komandir soldatlar icidan bir sartarosh tayinlab, "Sen soqolini olishni bilmaydiganlarning soqolini olasan, biladiganlar o'zi oladi", deb buyruq beribdi. Sartarosh-soldat o'z soqolini olishi kerakmi yoki yo'qmi?
3. O'g'rini quvib ketayotgan politsiyachi yo'l ikkiga ayrilgan joyda qaysi yo'lga yurishini bilmay to'xtab qoldi. Qarasa, chetda ikki odam turibdi: ularning biri rostgo'y, ikkinchisi esa yolg'onchi. Lekin politsiyachi aynan kim rostgo'yyu, kim yolg'onchiligini bilmaydi. Politsiyachining vazifasi o'g'rini qaysi yol'ga ketganligini tezroq aniqlab olish. Buning uchun u avvalo, kam savol berishi kerak, ikkinchidan savollariga "Ha" yoki "Yo'q" deb javob berish mumkin bo'lsin. Masalan, 2 tagina savol bilan aniqlasin, deb shart qo'ysak, masala ancha oson bo'ladi. Birinchi savol poloitsiyachi javobini o'zi biladigan istagan savol bo'lishi mumkin, masalan, anu osmondagi quyosh, to'g'rimi? degan kabi. Bu savol anu ikki odamning istalgan bittasiga beriladi v javobiga qarab uning rostgo'y yoki yolg'onchiligini bilib olish mumkin. Endi politsiyachi kim rostgo'yyu, kim yolg'onchiligini biladi. Uning ikkinchi savoli "O'g'ri o'ng tarafdagi yo'ldan ketdi, to'g'rimi?" deganga o'xsash bo'lishi mumkin. Politsiyachi ikkinchi savolni ham anu ikki odamning istagan bittasiga berishi mumkin: agar rostgo'yga bergan bo'lsa, uning aytganiga ishonish, yolg'onchiga bergan bo'lsa, ishonmaslik kerak. Shunday qilib politsiyachi 2 ta savol yordamida o'g'rining qaysi yo'lga ketganligini oson aniqlaydi.
   Agar faqat bitta savol berilishiga ruxsat etilsachi? Demak anu ikki odamning istagan bittasiga (va faqat bittasiga) javobi "Ha" yoki "Yo'q" bo'ladigan birgina savol bering va o'g'riniqaysi yo'lga ketganligini aniqlang. 

Vаrzikiy:


--- Iqtibos: Zamiraxon  15 Aprel 2009, 09:05:13 --- :as:
Javoblar:
1. 24.
Yechilishi: x/2+x/4=18
     Umumiy mahraj beramiz. 4 -  umumiy mahraj.
              2x+x=72
                   3x=72
                    x=24

2. 12marta

--- End quote ---
1-javobingiz ya`ni 24 to`g`ri!!!
ammo 2-javobingiz xato to`g`ri javob esa 22marta

Sahifalar: (1/14) > >>

Go to full version