Muallif Mavzu: Matematikadan Sinfdan tashqari ishlar va Qiziqarli matematik savol javoblar!!!  ( 78546 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Abdul_Malik

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 177
  • -oldi: 358
  • Xabarlar: 625
  • Jins: Erkak
     Uch kishi 30 so'mga tushlik qilishdi. Ular ketishgandan so'ng kafe xo'jaini tushlik narhi 30 so'm emas 25 so'm ekanligini payqab qoldi va o'sha yerdagi bir yosh bolani qo'liga 5 so'm berib ularning orqasidan jo'natdi. Xurrandalarning har biri o'zlariga 1 so'mdan olishdi va 2 so'mni bolaga qaytarib berishdi.Bundan chiqdi, har bir kishi tushlik uchun 10 so'mdan emas 9 so'mdan to'lashgan. Ular 3 kishi: 3x9=27, yana 2 so'm bolada: 27+2=29.
    Savol 1 so'm qayerga g'oyib bo'ldi?

registan

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 270
  • -oldi: 1201
  • Xabarlar: 1864
  • Jins: Erkak
Bu yerda restoran egasi va xo'randalar orasidagi old-berdini hisoblanayotgan bo'lsa boladagi ikki so'm qo'shilib chalg'itilyapti. Aslida esa bunaqa bo'lishi kerak:

3*9-2+5=30

9 - Har bir xo'randa tushlik uchun to'lagan haq.
2 - Boladagi pul.
5 - Xo'jayinning bolaga bergan qaytimi.


Abdul_Malik

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 177
  • -oldi: 358
  • Xabarlar: 625
  • Jins: Erkak
Bu yerda restoran egasi va xo'randalar orasidagi old-berdini hisoblanayotgan bo'lsa boladagi ikki so'm qo'shilib chalg'itilyapti. Aslida esa bunaqa bo'lishi kerak:

3*9-2+5=30

9 - Har bir xo'randa tushlik uchun to'lagan haq.
2 - Boladagi pul.
5 - Xo'jayinning bolaga bergan qaytimi.



To'g'ri, bu aslida sal chalg'ituvchi topishmoq edi: Xo'randalar 25 so'm tushlik uchun kafe ho'jainiga, 2 so'm bolaga berishgan.

Abdul_Malik

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 177
  • -oldi: 358
  • Xabarlar: 625
  • Jins: Erkak
        Ilhom bozordan 1 kg.lik tarvuz olib keldi. Tarvuz 99% suvdan iborat edi. Ilhom tarvuzni quyoshda unutib qoldirdi va keyin tarvuz 98% suvdan iborat bo'lib qoldi. Savol: quyoshda qolib ketgandan keyin tavuzning og'irligi necha kg bo'lgan?

registan

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 270
  • -oldi: 1201
  • Xabarlar: 1864
  • Jins: Erkak

Abdul_Malik

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 177
  • -oldi: 358
  • Xabarlar: 625
  • Jins: Erkak
Javob mutlaqo to'g'ri !!!

sadikov

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 1
  • Xabarlar: 1
1. Rostgo'y doim rost, yolg'onchi doim yolg'on gapiradi, deb faraz qilaylik. Kimdir "Men yolg'onchiman" deb aytdi. Bu gap rostmi yoki yolg'on?  bunaqa gap bo`midi
2. Komandir soldatlar icidan bir sartarosh tayinlab, "Sen soqolini olishni bilmaydiganlarning soqolini olasan, biladiganlar o'zi oladi", deb buyruq beribdi. Sartarosh-soldat o'z soqolini olishi kerakmi yoki yo'qmi?  o`zini soch soqolini oladi
3. O'g'rini quvib ketayotgan politsiyachi yo'l ikkiga ayrilgan joyda qaysi yo'lga yurishini bilmay to'xtab qoldi. Qarasa, chetda ikki odam turibdi: ularning biri rostgo'y, ikkinchisi esa yolg'onchi. Lekin politsiyachi aynan kim rostgo'yyu, kim yolg'onchiligini bilmaydi. Politsiyachining vazifasi o'g'rini qaysi yol'ga ketganligini tezroq aniqlab olish. Buning uchun u avvalo, kam savol berishi kerak, ikkinchidan savollariga "Ha" yoki "Yo'q" deb javob berish mumkin bo'lsin. Masalan, 2 tagina savol bilan aniqlasin, deb shart qo'ysak, masala ancha oson bo'ladi. Birinchi savol poloitsiyachi javobini o'zi biladigan istagan savol bo'lishi mumkin, masalan, anu osmondagi quyosh, to'g'rimi? degan kabi. Bu savol anu ikki odamning istalgan bittasiga beriladi v javobiga qarab uning rostgo'y yoki yolg'onchiligini bilib olish mumkin. Endi politsiyachi kim rostgo'yyu, kim yolg'onchiligini biladi. Uning ikkinchi savoli "O'g'ri o'ng tarafdagi yo'ldan ketdi, to'g'rimi?" deganga o'xsash bo'lishi mumkin. Politsiyachi ikkinchi savolni ham anu ikki odamning istagan bittasiga berishi mumkin: agar rostgo'yga bergan bo'lsa, uning aytganiga ishonish, yolg'onchiga bergan bo'lsa, ishonmaslik kerak. Shunday qilib politsiyachi 2 ta savol yordamida o'g'rining qaysi yo'lga ketganligini oson aniqlaydi.
   Agar faqat bitta savol berilishiga ruxsat etilsachi? Demak anu ikki odamning istagan bittasiga (va faqat bittasiga) javobi "Ha" yoki "Yo'q" bo'ladigan birgina savol bering va o'g'riniqaysi yo'lga ketganligini aniqlang.  "agar man sherigindan o`g`ri qaqqa ketti db so`rasam u nima db jovob beradi" dgan sovol beriladi

Rahmatnoma


Majidov Murodjon

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 1
  • -oldi: 0
  • Xabarlar: 1
Podshohning ikki maslahatchisi bor ekan: Ali va Vali. Bir kuni podshoh ularning qaysi biri aqlliroq ekanligini sinab ko'rmoqci bo'libdi. Podshoh maslahatchilariga aytibdi: "Men ikki musbat butun son o'yladim. Ularning ko'paytmasi 60 dan kichik. Ko'paytma nechaligini faqat Aliga, u sonlarning yig'indisini esa faqat Valiga aytaman", debdi-yu, Alining qulog'iga ko'paytmani, Valining qulog'iga esa yig'indini aytibdi. "Shu sonlarni toping", debdi podshoh. Birinchi bo'lib, Ali "Men bu sonlarni topolmayman", deya tan olibdi. Shunda Vali "Men ham avval ulrni topolmas edim, lekin Alining topolmaslikka tan berganidan keyin, endi men ularni topdim", debdi. "Unday bo'lsa, men ham endi ularni topdim", debdi Ali. Podshoh ikkala maslahatchining ham donoligiga tan bergan ekan.
          Qani Siz ham shu sonlarni topishga xarakat qilib ko'ringchi? Ehtimol podsho sizga ham qoyil qolar.
       
    Savolning javobi 2 va 3. Podshoh Alining qulog'iga 6, Valinikiga 5 degan

 

Ko'chirildi: Matematikadan Sinfdan tashqari ishlar va Qiziqarli matematik savol javoblar!!!

Muallif AbdulAzizBo'lim Darsxona

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 7614
So'nggi javob 28 Aprel 2009, 07:44:59
muallifi AbdulAziz
Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)

Muallif AbdulAzizBo'lim Intellekt

Javoblar: 192
Ko'rilgan: 353866
So'nggi javob 13 Yanvar 2010, 18:51:31
muallifi Y_U_R_I_S_T
Qiziqarli savol- javoblar :)

Muallif Mr.ZIBo'lim Intellekt

Javoblar: 204
Ko'rilgan: 89897
So'nggi javob 11 Avgust 2010, 13:58:34
muallifi Y_U_R_I_S_T
Windows operatsion tizimi bo`yicha savol-javoblar

Muallif MaxCmdBo'lim Operatsion tizimlar va komputer qurilmalari

Javoblar: 111
Ko'rilgan: 58821
So'nggi javob 01 Oktyabr 2013, 10:42:13
muallifi UlugbekFergana
Turli xildagi programmalar bo`yicha savol-javoblar

Muallif MaxCmdBo'lim Operatsion tizimlar va komputer qurilmalari

Javoblar: 84
Ko'rilgan: 55482
So'nggi javob 27 Dekabr 2012, 19:58:25
muallifi Abdulhafizaka