Matematikadan Sinfdan tashqari ishlar va Qiziqarli matematik savol javoblar!!!  ( 92526 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 B


ZUBAIR  25 Aprel 2009, 19:20:58

Masala:

Shilliqqurt 10 m lik yog'ochga chiqmoqda. U har kuni kunduzi 1 m yuqoriga chiqadi va kechgacha 0,5 m pastga tushadi. Savol: u necha kundan keyin yog'ochning ustiga chiqadi?

15 kunda

Qayd etilgan


Vаrzikiy  25 Aprel 2009, 19:56:35

:as:

1) 28 va 1
2) (5*5-5)*5=100
3) (1*2+3)*4*5=100


To`ppa to`g`ri. Alloh ilmizzi ziyoda qilsin! :D

Qayd etilgan


Vаrzikiy  25 Aprel 2009, 19:59:48

Masala:

Shilliqqurt 10 m lik yog'ochga chiqmoqda. U har kuni kunduzi 1 m yuqoriga chiqadi va kechgacha 0,5 m pastga tushadi. Savol: u necha kundan keyin yog'ochning ustiga chiqadi?
Javob: 15 kunda  (10*0,5=5 10*1=10 10+5=15)

Qayd etilgan


Abdullоh  26 Aprel 2009, 15:18:06

Javob: 19 kunda manziliga etadi.

Afsus, javob noto'g'ri. Birodar abiturientlik damlaridagi shijoat yo'qolganmi?  ;)

To'g'ri javob aslida 19-kuni kunduzi bo'lishi kerak. Javobga izoh berib o'tsam:

Ko'rinib turibdiki, shilliqqurt bir-kecha kunduzda atigi 0,5 m yuqoriga yurmoqda (Kunduzi 1 m yuqoriga chiqib, kechqurun 0,5 m pastga tushadi). Demak, bundan 18 kundan so'ng, kechqurun u 9-metrda to'xtaydi. Va ertasi kuni - 19-kuni u yog'ochning ustiga chiqadi. Demak, to'g'ri javob - 19-kuni kunduzi.

Akbarning ham javobi bunday olib qaraganda to'g'ri. Lekin shilliqqurt 19-kundan so'ng, ya'ni 19-kuni kechqurun 9,5 m da turadi.  ;)

Bu savolni berishimdan maqsad, bu savol Matematikadan Axborotnoma savollarida ham bor edi. Unda oz-muncha anglashilmovchilik, ya'ni so'z o'yini ketgan.

Qayd etilgan


Abdullоh  26 Aprel 2009, 15:20:53

Savol:

1) 1 dan 100 gacha natural sonlarning ko'paytmasi nechta nol bilan tugaydi?

2) 1 dan 1000 gacha natural sonlarning ko'paytmasi nechta nol bilan tugaydi?

3) 1 dan N gacha natural sonlarning ko'paytmasi nechta nol bilan tugaydi

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  27 Aprel 2009, 20:15:03

Ushbu mavzuni Intellekt bo'limiga ko'chiringlar!!!

Qayd etilgan


Abdullоh  30 Aprel 2009, 17:06:08

Ushbu mavzuni Intellekt bo'limiga ko'chiringlar!!!

Adashmasam, bungacha ham bu mavzu qayerdandir ko'chirilgan ekan-ku?

Qayd etilgan


Vаrzikiy  30 Aprel 2009, 23:27:21

Ushbu mavzuni Intellekt bo'limiga ko'chiringlar!!!

Adashmasam, bungacha ham bu mavzu qayerdandir ko'chirilgan ekan-ku?
To`g`ri adashmadingiz bu mavzu Darsxona bo`limida yaratilgan!

Qayd etilgan


Vаrzikiy  30 Aprel 2009, 23:31:58

Savol:
Uzunligi 36 metr bo`lgan chitni sotuvchi har qaysi xaridorga 3 metrdan sotdi. Sotuvchi chitni necha marta kesgan?

Qayd etilgan


Abdullоh  01 May 2009, 17:43:12

Savol:

1) 1 dan 100 gacha natural sonlarning ko'paytmasi nechta nol bilan tugaydi?

2) 1 dan 1000 gacha natural sonlarning ko'paytmasi nechta nol bilan tugaydi?

3) 1 dan N gacha natural sonlarning ko'paytmasi nechta nol bilan tugaydi

Mayli, savollarga o'zim javob bera qolay:

1. 100!=1*2*3*...*99*100 ifoda 24 ta nol bilan tugaydi.

2. 1000!=1*2*3*...*999*1000 ifoda 249 ta nol bilan tugaydi.

3. N!=1*2*3*...*(N-1)*N ifoda
X=[N/5]+[N/25]+[N/125]+[N/625]+...+[N/5n]+...

X ta nol bilan tugaydi. Bu yerda:

N! - N faktorial, ya'ni 1 dan N gacha bo'lgan natural sonlarning ko'paytmasi.
[A] - A sonning butun qismi; Masalan, [7,6]=7

Yuqoridagi formulada maxrajda 5 ning darajalari keladi va u N dan katta bo'lib ketguncha davom ettiriladi. Masalan, 2-misolning yechimi quyidagicha topiladi:

X=[1000/5]+[1000/25]+[1000/125]+[1000/625]=200+40+8+1=249. Ishni 54 bilan to'xtadik, chunki 55=3125 va u 1000 dan katta.

Qayd etilgan