Matematikadan Sinfdan tashqari ishlar va Qiziqarli matematik savol javoblar!!!  ( 153469 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 B

Abdullоh  01 May 2009, 17:51:42

Savol:
Uzunligi 36 metr bo`lgan chitni sotuvchi har qaysi xaridorga 3 metrdan sotdi. Sotuvchi chitni necha marta kesgan?

36 m lik materialni o'rtasidan bir buklab, qirqamiz -->1 marta buklash. U 18 m lik ikki bo'lakka ajraydi. Endi har ikkala 18 m lik bo'lakni o'rtasidan buklaymiz va qirqamiz --> 2 marta buklash. 4 ta 9 m lik material hosil bo'ladi. Endi har bir 9 m lik materialni ikki buklash orqali, ya'ni ---|---|--- shaklida 3 m lik bo'laklarga ajratamiz --> 8 ta buklash. Umumiy javob, 1+2+8=11 marta buklanadi.

Qayd etilgan

Vаrzikiy  09 May 2009, 12:47:42

DIQQAT YANGI SAVOLLAR
MAVZU: MATEMATIKA TARIXI

Qayd etilgan

Vаrzikiy  09 May 2009, 12:54:13

Savollar:

1) Birinichi matematik ayol kim va u qachon yashagan???
2) Birinchi "Hisoblash markazi" kim tomonidan va qayerda tashkil qilingan?
3) Hozir biz foydalanayotgan raqamlar qanday raqamlar va ularni biz nega arab raqamlari deb ataymiz???

Qayd etilgan

Abdullоh  10 May 2009, 12:28:23

Savollar:

1) Birinichi matematik ayol kim va u qachon yashagan???
2) Birinchi "Hisoblash markazi" kim tomonidan va qayerda tashkil qilingan?
3) Hozir biz foydalanayotgan raqamlar qanday raqamlar va ularni biz nega arab raqamlari deb ataymiz???

3. Hozirda biz foydalanayotgan 0-9 raqamlar aslida Hind raqamlari hisoblanadi. Adashmasam ularning arab raqamlari deyilishiga sabab, sonlarni hosil qilishda arablarning usulidan foydalanganligi uchun bo'lsa kerak. Masalan, 10 sonini hosil qilish uchun vatandoshimiz Al-Xorazmiy 1 raqamining oldiga 0 raqamini qo'ygan va uni "O'n" deb atagan. Shu bilan bu raqamlar Arab raqamlari deb nomlana boshlangan. Hindlar aslida 10 dan katta sonlarni yozishni bilmagan. Vallohu a'lam!

Qayd etilgan

Vаrzikiy  10 May 2009, 14:11:29

Javobingiz to`g`ri. Javobingizga qo`shimcha kiritaman: hind raqamlarini yevropa va osiyoga arablar tarqatishgan!

Qayd etilgan

Vаrzikiy  11 May 2009, 22:44:32

Javoblarni E`lon  qilamiz!!!
1-Javob: Birinchi matematik ayol Gipatiya eramizning V asrida yashagan
2-Javob:
Birinchi "Hisbolash Markazi" bobokalonimiz  Mirzo Ulug`bek tomonidan Samarqandda tashkil qilingan!
3-Javob: Hozir biz foydalanayotgan raqamlar hind raqamlari va ularni yevropa va osiyoga arablar tarqatishgan shuning uchun biz ularni arab raqamlari deb ataymiz!

Qayd etilgan

Vаrzikiy  16 May 2009, 20:04:47

Matematikadan Sinfdan tashqari ishlar va Qiziqarli matematik savol javoblar davom etadi:
1. Bir kilometr  bir metrdan ming marta katta bo`lsa, 50 kilometr 50 metrdan necha marta katta bo`ladi.[^]
2. Bir tayoqning ikkita uchi bo`lsa, bir yarimta tayoqning nechta uchi bor? [^]
3. Bir bola yigirmadan yigirma ikkini ayirib sakson sakkiz chiqardi. U amalni qanday bajargan? [^^]

                                                                                                     ^^^-misolning qiyinlik darajasi
                                                            (Masalan [^] bo`lsa oson [^^] o`rtacha [^^^] bo`lsa qiyin)

Qayd etilgan

Shokir63  19 May 2009, 21:12:31

1. 1000 marta  :D
2. 4 ta  :D

matimatik emasman :)

Qayd etilgan

Abdullоh  20 May 2009, 15:53:34

Matematikadan Sinfdan tashqari ishlar va Qiziqarli matematik savol javoblar davom etadi:
1. Bir kilometr  bir metrdan ming marta katta bo`lsa, 50 kilometr 50 metrdan necha marta katta bo`ladi.[^]
2. Bir tayoqning ikkita uchi bo`lsa, bir yarimta tayoqning nechta uchi bor? [^]
3. Bir bola yigirmadan yigirma ikkini ayirib sakson sakkiz chiqardi. U amalni qanday bajargan? [^^]

                                                                                                     ^^^-misolning qiyinlik darajasi
                                                            (Masalan [^] bo`lsa oson [^^] o`rtacha [^^^] bo`lsa qiyin)

3. Adashmsam, u bola 20 ni Rim raqamida yozgan: XX - 20. 22 ni esa oddiy arav raqamida yozgan va ustun shaklida ayirsak:
 XX
-
 22
 88

Qayd etilgan

Abdullоh  20 May 2009, 15:58:11

Yangi savol:

Bir kilometr bir metrdan ming marta katta bo'lsa, u holda 50 kilometr kvadrat 50 metr kvadratdan necha marta katta?

Qayd etilgan