Muallif Mavzu: Alkimyogar (roman). Paolo Koelo  ( 78534 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Alkimyogar (roman). Paolo Koelo
« : 10 Iyul 2006, 19:40:01 »
Alkimyogar



Muallif: Paolo Koelo
Hajmi: 237 Kb
Fayl tipi: pdf, zip
Saqlab olish
Online o'qish
« So'nggi tahrir: 24 Fevral 2010, 08:00:53 muallifi AbdulAziz »
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Alkimyogar (roman). Paolo Koelo
« Javob #1 : 10 Oktyabr 2007, 14:35:45 »
Paulo KOELO

ALKIMYOGAR



Insonning Yerdagi umri mobaynida amalga oshiradigan ishlari nimalardan iborat? O‘z Taqdiri yo‘lidan borib, ko‘ngliga tukkan orzu-umidlarini amalga oshirishi uchun insonga eng zarur narsa nima?..
“Alkimyogar” romani mana shunday ko‘lamli, mazmunan falsafiy, mohiyatan esa oddiy insoniy muammo haqida.
Asar muallifi— hozirgi zamonning mashhur yozuvchisi braziliyalik Paulo Koelo.
“Alkimyogar” Richard Baxning “Oqcharloq Jonatan” yoki “Sharpalar” asarlariga o‘xshamaydi. Ekzyuperining “Kichik Shahzoda”siga ham o‘xshash tomonlari juda kam. Biroq negadir “Alkimyogar”ni o‘qiganda beixtiyor o‘sha rivoyat-qissalar yodga tushadi. Zotan, bu asar aynan hozirgi zamon kitobxonlari uchun yozilgandek va “Alkimyogar”ning turli davlatlar arboblariyu, mashhur san’atkorlar hamda hozircha bir yuz o‘n yetti mamlakatdagi millionlab adabiyot muxlislari tomonidan sevib o‘qilishi shundan dalolatdir.
“Bizning sayyoramizda bir buyuk haqiqat barqaror: agar siz chindan nimanidir orzu qilsangiz, unga albatta erishasiz. Zotan, bu orzu Olam Qalbida ham tug‘iladi va ayni shuning o‘zi sizning Yerda mavjudligingiz tasdiqi, sizning taqdiringizdir”, deb yozadi P. Koelo.

Tarjimon
Ahmad OTABOY tarjimasi
« So'nggi tahrir: 24 Fevral 2010, 07:59:52 muallifi AbdulAziz »

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Alkimyogar (roman). Paolo Koelo
« Javob #2 : 10 Oktyabr 2007, 14:36:12 »
ORZU YO‘LIDAGI TO‘RT TO‘SIQ

“Sofiya” nashriyoti chop etgan “Alkimyogar” romanining birinchi nashrini qo‘lga olib, chin dildan quvondim. Bir necha yil mobaynida rossiyalik tashabbuskor kitobxonlar bu kitobni imkon darajasida yoyishga urinishdi— Internetga joylashdi, qo‘lbola kitob shaklida tayyorlab almashib o‘qishdi, asar matnining fotonusxasini chiqarishdi. Biroq barcha sa’y-harakatlarga qaramay, turli bahonayu sabablar bois, hozirgacha “Alkimyogar”ni kitob tarzida nashr etib, bozorga olib kirishning iloji bo‘lmagan edi.
Mana, nihoyat uni nashr qilib, talab darajasida tarqatishga jur’at etadigan nashriyot chiqib qoldi. Romanda hikoya qilingan cho‘pon bola Santyagoning sayohati bilan bog‘liq voqealar asosida yotgan tub ma’no-mazmun— bu “O‘z Taqdiring” tushunchasidir. “O‘z Taqdiring” nima degani? Bu Xudo tomonidan bizga buyurilgan, umrimiz mobaynida ado etishimiz lozim bo‘lgan oliy majburiyat, har qaysimizning bosib o‘tadigan o‘z yo‘limizdir. Biz har safar biror-bir amalni quvonch va hafsala bilan bajarganimizda, O‘z Taqdirimizga mos tarzda ish tutgan bo‘lamiz. Biroq yorug‘ orzu-niyatlarga peshvoz chiqishday baxtga erishmoq uchun bu yo‘ldan matonat bilan o‘tish har kimga ham nasib etavermaydi.
Xo‘sh, nima uchun hammaning ham istak va orzulari ushalavermaydi?
Bunga to‘rtta to‘siq xalal beradi. Birinchisi shundan iboratki, go‘daklik paytdayoq, hayotda erishishni juda istagan narsalarga intilganimizda, yo‘q, bu narsalarga erishib bo‘lmaydi, degan gapni quloqqa quyib qo‘yishadi. Bola: harchand urinmay, baribir o‘zim xohlagan narsaga erisholmayman, degan fikr bilan ulg‘ayadi. Shu tariqa, yillar mobaynida qalbida turli xil shubha-gumonlar va qo‘rquvlar ildiz otadi, umidsizlik va aybdorlik tuyg‘usi kuchayib boradi. Va bir kun kelib, O‘z Taqdirini yashash istagi shu og‘ir yuk ostida qolganini anglaganda, o‘ziga in’om etilgan oliy imkonni yo‘qotib qo‘yganday tuyuladi. Biroq aslida bu imkon uning qalbida yashayotgan bo‘ladi.

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Alkimyogar (roman). Paolo Koelo
« Javob #3 : 10 Oktyabr 2007, 14:36:29 »
Shunga qaramay, kishi qalbi tubidagi orzu-niyatini yuzaga chiqarishga, amalga oshirishga bel bog‘lab kirishguday bo‘lsa, uni yana bir sinov kutadi: bu— sevgi, mehr-muhabbatdir. Kishi hayotda nimaga erishmoqchi ekanini yoki qanday sinovlarga bardosh bera olishini biladi, biroq orzusiga yetish uchun hamma narsadan voz kechsa, oqibatda o‘z yaqinlariga ozor yetkazib qo‘yishdan qo‘rqadi. Inson mehr-muhabbatning orzu yo‘lida to‘siq emasligini tushunmaydi, zotan, sevgi xalal bermaydi, balki aksincha, harakatga rag‘bat uyg‘otadi. Faol insonga chindan yaxshilikni ravo ko‘radigan, unga doimo yelkasini tutishga shay odam uni tushunishga va qo‘llab-quvvatlashga tayyor bo‘ladi.
Kishi sevgining to‘siq emas, balki tayanch ekanligini anglab yetgan chog‘da, unga uchinchi to‘siq xavf soladi: bu— omadsizlik va mag‘lubiyatlardan qo‘rqish tuyg‘usi. O‘z orzulari yo‘lida kurashayotgan odam boshqalardan ko‘ra kuchliroq zahmat chekadi, harakatlari zoe ketayotgan damlarda esa u, odatdagiday, “bo‘lsa bo‘lar, bo‘lmasa g‘ovlab ketar”, degan maslakka iyak suyamaydi. Aslida ham, u aynan orzu yo‘liga o‘zini butunlay baxshida etganini anglaydi. Shuningdek, u O‘z Taqdiri belgilagan yo‘l barcha yo‘llar kabi mashaqqatli ekanini anglaydi. Oradagi farq shundaki, u tanlagan yo‘l olib boradigan manzil o‘zgacha— bu manzilda yurak javhari mavjuddir. Shu bois Nur Askari eng og‘ir damlarda suv va havodek zarur sabr-qanoatga ega bo‘lishi va doimo borliq Olam chorasiz, o‘ta tang vaziyatlarda ham uning orzulari amalga oshishiga yordam berajagini yodda tutmog‘i kerak.
Siz: bu yo‘lda mag‘lubiyatlarning, omadsizliklarning ham nafi tegadimi, deb so‘rarsiz.
Nafi bormi, yo‘qmi, bundan qat’i nazar, ular ro‘y beradi. Inson o‘zining orzu-istaklari yo‘lida kurashni boshlagan paytda, tajribasizligi tufayli, ko‘plab xatoliklarga yo‘l qo‘yadi. Biroq borliqning mohiyati ham shunda-da, yiqilganni yer ko‘taradi, deganlaridek, necha bor yiqilmang, har gal oyoqqa turib olish zarur.

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Alkimyogar (roman). Paolo Koelo
« Javob #4 : 10 Oktyabr 2007, 14:36:38 »
Modomiki, bizning boshqalarga qaraganda ko‘proq aziyat chekishimizga to‘g‘ri kelar ekan, O‘z Taqdir yo‘limizdan yurishimiz shartmi, deb so‘rashingiz mumkin.
Bu shuning uchun ham zarurki, omadsizliklar va mag‘lubiyatlar ortda qolgach— ular oxir-oqibat baribir ortda qoladi,— biz to‘la-to‘kis baxt tuyg‘usini anglab yetamiz va o‘zimizga ishonchimiz yanada ortadi. Qalbimizning tub-tubida boshimizdan kechirgan g‘aroyib hodisalarga munosib ekanimizga ishonch hosil etamiz. Hayotimizning har bir kuni, har bir soati— bu Sharafli Jang daqiqalaridir. Vaqt o‘tishi bilan biz hayotning har bir lahzasini quvonch bilan qabul qilish va undan huzur-halovat tuyushni o‘rganib boramiz. Kutilmaganda boshimizga tushadigan og‘ir g‘am-qayg‘u chidasa bo‘ladiganday tuyuladigan, nisbatan yengil tashvishlarga qaraganda tezroq o‘tadi: nisbatan yengil tuyulgan mushkulotlar bir necha yillarga cho‘zilishi mumkinki, ular o‘zining og‘ir asoratlarini qoldirgancha, eng oxirgi nafasimizgacha hayotimizga soya solib, qalbimizni muttasil, sezdirmay kemiradi.
Xullas, inson qalbi tubidagi orzu-niyatlarini yuzaga chiqarish yo‘lida kechgan mashaqqatli kurashlarning yurakda qoldirgan jarohatlari izini payqamay, yillar mobaynida umidini yurak tafti bilan oziqlantirib, umr bo‘yi intilganiga erishadigan fursat yetganda— ko‘ngil istaklari amalga oshishi ayon, ehtimol, ertaga orzusi ro‘yobga chiqishiga ishonchi komil bo‘lganda— xuddi shu pallada uni so‘nggi to‘siq kutadi: bu— butun hayoti davomida unga hamroh bo‘lgan orzulari ijobatidan qo‘rquv hissidir.

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Alkimyogar (roman). Paolo Koelo
« Javob #5 : 10 Oktyabr 2007, 14:36:55 »
Oskar Uayld yozganiday, “odamlar doimo eng yaxshi ko‘rgan narsalarini vayron qiladilar”. Haqiqatan ham shunday. Umr bo‘yi orzu qilgani nihoyat ro‘yobga chiqa boshlaganini anglash hissi inson qalbini aybdorlik tuyg‘usiga chulg‘aydi. Tevarak-atrofga boqib, u ko‘plab kishilar istaklariga yetolmaganiga guvoh bo‘ladi va shunda o‘zi ham bunday g‘alabaga munosib emasligini o‘ylay boshlaydi. O‘z orzusi yo‘lida qancha qiyinchiliklarni boshdan kechirganini, ko‘p narsani qurbon qilganini unutadi. Men hayotda O‘z Taqdirlari yo‘lidan yurib, mashaqqatlar chekib, katta maqsadlariga erishishlariga atigi ikki qadam qolganida— eng oxirgi daqiqalarda talay ahmoqliklarga yo‘l qo‘yishgan odamlarni uchratdim. Oqibatda ularning, qo‘l uzatsa yetguday, amalga oshaman deb turgan orzu-niyatlari oqlanmay qolib ketgan.
Xullas, ana shu to‘rt to‘siqning orasida bu— so‘nggisi eng makkor to‘siq, chunki u allaqanday sirli-muqaddas pardaga burkangan— orzular ijobatining quvonchlariyu, g‘alaba samaralaridan bahramandlikning kushandasi. Inson mislsiz kurashlar evaziga erishgan g‘alabasiga o‘zining munosib ekanini anglab yetganda Yaratganning inoyatiga doxil bo‘ladi va unga bu joyda, Yerda umrguzaronlik qilayotganining asl mohiyati ochiladi.
“Alkimyogar” romanida, ramziy shaklda, mana shular haqida hikoya qilinadi.

Paulo KOELO
2000 yil, iyul

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Alkimyogar (roman). Paolo Koelo
« Javob #6 : 10 Oktyabr 2007, 14:37:21 »
J.ga bag‘ishlanadi.

— Buyuk Ijod sirini anglagan Alkimyogarga.
O‘z yo‘llarida davom etishdi. Iso bir qishloqqa kirdi. Bu yerda Marfa ismli ayol uni uyiga taklif qildi. Uning Maryam ismli bir singlisi bor edi. Maryam Isoning oyoqlari oldida o‘tirib, uning so‘zlarini tinglar edi. Marfa esa tayyorgarchilik ishlari bilan juda ovora edi. Nihoyat u Iso yoniga kelib:
— Hazrat! Singlim bir o‘zimni xizmatda qoldirib qo‘yganiga e’tibor bermayapsanmi? Unga aytgin, menga yordam bersin! — dedi. Iso unga shunday javob berdi:
— Marfa, Marfa, buncha urinib tashvishlanmasang! Zarur bo‘lgan bittagina ish bor. Maryam esa o‘zi uchun yaxshi ulushni tanladi va bu undan tortib olinmaydi.

Luka bayon etgan Muqaddas
Xushxabar, 10:38-42

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Alkimyogar (roman). Paolo Koelo
« Javob #7 : 10 Oktyabr 2007, 14:37:51 »
MUQADDIMA

Alkimyogar kitobni qo‘liga oldi, uni sayyohlardan kimdir olib kelgan edi. Kitob muqovasiz edi, biroq u muallifning ism-sharifini topdi — Oskar Uayld — va uni varaqlab, tuyqusdan nigohi Nargis haqidagi rivoyatga tushdi.
Kun-uzzun anhor bo‘yida o‘z aksiga mahliyo bo‘lib o‘tiradigan sohibjamol bo‘zbola haqidagi rivoyat Alkimyogarga ma’lum edi: Nargis shu qadar mahliyo bo‘lib anhorga termilib qolgan ediki, oxir-oqibat suvga qulab, cho‘kib ketdi, qirg‘oqdan esa gul unib chiqdi, gulni uning nomi bilan atashdi.
Biroq Oskar Uayld bu rivoyatni boshqacha hikoya qilgan.
“Nargis halok bo‘lgach, o‘rmon nimfalari — driadalar sezdilarki, anhorning chuchuk suvi ko‘z yoshdan sho‘rlanibdi.
— Sen nega yig‘layapsan? — so‘rashdi driadalar.
— Men Nargisga aza tutayapman, — javob qildi anhor.
— Buning ajablanadigan joyi yo‘q, — deyishdi driadalar. — Oqibat shu ekan, axir, u o‘rmondan o‘tganda biz doimo ortidan yugurar edik, yolg‘iz sensan — uning husnu jamolini yaqindan ko‘rgan.
— U sohibjamolmidi? — so‘radi shunda anhor.
— Ha, bu haqda sendan o‘zga kim ham bir so‘z ayta olardi? — ajablanishdi o‘rmon nimfalari: — Sening qirg‘og‘ingda o‘tirib, sening suvlaringga termilib, azondan shom qorong‘usigacha vaqt o‘tkazgan emasmidi u?
Anhor uzoq sukut saqladi va nihoyat javob qildi:
— Men Nargisga aza tutayapman, biroq hech qachon uning go‘zal ekanini payqamabman. Ko‘z yoshlarimni oqizayotganim boisi, har safar u qirg‘og‘imga kelib, egilib suvlarimga termilib o‘tirganida, ko‘zlarining tubida mening go‘zalligim yuz ko‘rsatardi”.
“Naqadar g‘aroyib rivoyat”, — o‘yladi Alkimyogar.

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Alkimyogar (roman). Paolo Koelo
« Javob #8 : 10 Oktyabr 2007, 14:38:13 »
BIRINCHI QISM

Bo‘zbolaning ismi Santyago. U qo‘ylarini tashlandiq holga kelgan yarim vayrona cherkovga haydab kirayotganda qosh qoraya boshlagandi. Cherkov gumbazi allaqachonlar o‘pirilgan va xaroba holga kelgan, bir paytlar mehrob bo‘lgan joydan kattakon tutanjir o‘sib chiqqan.
Shu yerda tunashga qaror qildi Santyago, chirib sinib yotgan eshikdan qo‘ylarini ichkariga haydab kiritdi-da, bo‘lak-so‘lak taxtalar bilan suruv chiqib ketolmaydigan qilib eshikni tambaladi. Okrugda bo‘rilar yo‘q edi, biroq ba’zan qo‘ylar uloqib ketib qolar, biror-bir daydi qo‘yni qidirib kun-uzzun ovora bo‘lishga to‘g‘ri kelardi.
Santyago kamzulini yerga to‘shadi, boshi tagiga yaqinda o‘qib tugatgan kitobni qo‘ydi va cho‘zildi. Uyquga ketishdan oldin: qalinroq kitob olib chiqqanim tuzuk ekan — ancha vaqt o‘qirdim, yostiq uchun ham qulay bo‘lardi, deb o‘yladi. U uyg‘onganda hali qorong‘u, tepasida tun choyshabining yirtiqlaridan yulduzlar charaqlab turardi.
“Yana ozgina uxlasam”, o‘yladi Santyago.
Uyqusida yana o‘sha – o‘tgan hafta ko‘rgan tushi jonlandi va tushni tag‘in oxirigacha ko‘rishga ulgurmadi.
U boshini ko‘tardi, vinodan bir qultum ichdi. Tayog‘ini qo‘liga oldi va mudrab yotgan qo‘ylarni turtkilay boshladi. Biroq suruvning katta bir to‘dasi u ko‘zini ochgan damdayoq qo‘zg‘algan, go‘yo u bilan qo‘ylar orasida allaqanday sirli aloqa borday, u suruv bilan, mana, ikki yildan beri suv va ozuqa qidirib, bir joydan boshqa joyga sang‘iydi. “Menga shu qadar o‘rganib qolishdiki, hamma odatimni o‘zlashtirib oldi bular, — ming‘illadi u. — Mening hatto kundalik rejamdan ham boxabar”.

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Alkimyogar (roman). Paolo Koelo
« Javob #9 : 10 Oktyabr 2007, 14:38:31 »
U yana shu haqda biroz mulohaza qilib, ehtimol, buning aksidir — men ularning odatlarini o‘zlashtirib, suruvning tartibiga tushib olgandirman, degan xulosaga keldi.
Biroq boshqa bir to‘da qo‘y Santyagoning tayoq uchi bilan birma-bir nomini aytib turtkilaganiga qaramay, qo‘zg‘alishga shoshilmasdi. Umuman, uning ishonchi komil edi — qo‘ylar Santyago aytgan gaplarni yaxshi tushunardi, shuning uchun ba’zan u kitobchalarning o‘ziga yoqqan joylarini qo‘ylarga eshittirib o‘qir yoki suruvni haydab o‘tgan shaharlar, qishloqlarda eshitgan yangiliklarni ularga gapirib berardi.
Darvoqe, keyingi paytlarda bo‘zbola faqat bir narsa — yana to‘rt kundan keyin o‘zi yetib keladigan shaharda yashaydigan savdogarning qizi haqida gapirardi. U qizni faqat bir marta — o‘tgan yili ko‘rgan. Movut va jun bilan oldi-sotdi qiladigan do‘kondor qo‘ylarning junini ko‘z oldida qirqtirishni xohlaydi — shunday qilinsa uni aldasholmaydi. Oshnalaridan kimdir Santyagoga shu do‘konni ko‘rsatdi va u qo‘ylarini o‘sha tarafga haydadi.
“Jun sotmoqchiman”, dedi u do‘kondorga.
Do‘kon peshtaxtasi oldida odamlar uymalashib turardi, xo‘jayin cho‘pondan tushlikkacha kutib turishini so‘radi. Santyago rozi bo‘ldi va yo‘lakka o‘tirib, to‘rvasidan kitobchasini oldi.
— Voy, cho‘ponlar ham kitob o‘qisharkan-da, bilmas ekanman, — yonginasidan qiz bolaning qo‘ng‘iroqday tovushi jarangladi.

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Alkimyogar (roman). Paolo Koelo
« Javob #10 : 10 Oktyabr 2007, 14:38:45 »
U boshini ko‘tarib, ko‘rinishidan haqiqiy andaluslik, sochlari taqimiga tushgan, qop-qora va mayin ko‘zlari esa xuddi bir vaqtlar Ispaniyani zabt etgan mavrlarnikiday qizni ko‘rdi.
— Cho‘ponlar kitob o‘qishi shart emas: qo‘ylar har qanday kitobdan ham ko‘proq narsaga o‘rgatadi, — javob qildi unga Santyago.
Shu zayl gap gapga ulashib, ular gurunglashib ketishdi va rosa ikki soat miriqib suhbatlashdi. Qizaloq do‘kondorga qiz bo‘lishini, hayoti zerikarli, kunlari xuddi ikki tomchi suvday bir xilligini aytdi. Santyago esa unga Andalusiya yaylovlari haqida, yo‘lining ustidagi katta shaharlar haqida eshitganlarini gapirib berdi. Qiz bilan suhbat qurganidan uning kayfi chog‘ bo‘ldi — axir, bu qo‘ylarga gapirgandan yaxshi-da.
— Sen o‘qishni qaerda o‘rgangansan, — so‘radi qiz.
— Hamma qaerda o‘rgansa, o‘sha yerda-da, — javob qildi bo‘zbola. — Maktabda.
— Nega endi savoding bo‘lsayam qo‘y boqib yuribsan?
Javob o‘rniga Santyago boshqa narsa haqida gapirdi: qiz uni baribir tushunmasligiga ishonchi komil edi. U qizga o‘zining jahongashtaligidan gapirdi, qizning mavrlarnikiga o‘xshagan ko‘zlari goh moshday ochilsa, goh hayratdan qisilib ketardi. Vaqt bilinmay o‘tar, Santyago ichida bu kunning tugamasligini, savdogarning do‘koniga odam yog‘ilishini va qo‘ylarni qirqtirish bahonasida uch-to‘rt kun shu yerda qolib ketishini xohlardi. Hech qachon hozirgiday holatni tuymagan edi; uning shu yerda umrbod qolgisi keldi. Bu qorasoch qiz bilan kunlari sira ham ikki tomchi suvday bir xil kechmasligi aniq edi.
Biroq shu payt qizning otasi do‘kondan chiqib keldi va suruvni oralab, qirqish uchun to‘rtta qo‘yni ajratib oldi. Keyin kelishilganiday haq to‘ladi va dedi:
— Endi bir yildan keyin kel.

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Alkimyogar (roman). Paolo Koelo
« Javob #11 : 10 Oktyabr 2007, 14:39:07 »
Mana, nihoyat o‘shanda belgilangan muddatgacha bor-yo‘g‘i to‘rt kun qoldi. Bo‘zbola uchrashishni o‘ylab quvonar va ayni chog‘da ko‘ngli xijil tortardi: bordi-yu qiz uni yodidan chiqarib yuborgan bo‘lsa-chi? Axir, ularning shaharchasi yonidan qo‘y haydab o‘tadigan cho‘ponlar son mingta.
— Bo‘lganicha bo‘lar, — dedi u qo‘ylariga. — Unchalik ahamiyati yo‘q. Boshqa shaharlarda ham qizlar to‘lib yotibdi.
Biroq u ko‘nglining tub-tubida buning ahamiyati chindan ham juda katta ekanini his etib turardi. Cho‘ponlarda ham, dengizchi-yu jahongashta savdogarlarda ham doim intiq bo‘lib, sog‘inib yashaydigan bir shahri bo‘ladi va u yerda, ozod qushday dunyo kezish baxtidan voz kechishga arziydigan hurliqo yashaydi.
Kun yorishib ketdi, Santyago otarini quyosh ko‘tarilib kelayotgan tarafga haydadi.
“Qo‘ylarga oson, — o‘yladi u, — hech qanday tashvishi yo‘q. Ehtimol, shuning uchun ularning mendan ajralgisi kelmas”.
Aslida ularga hech narsaning keragi yo‘q — suv bo‘lsa, tuyoqlari tagida o‘t-o‘lan bo‘lsa bas. Santyago Andalusiyaning qaerlarida sero‘t yaylovlar borligini bilsa bo‘lgani, qo‘ylar unga sodiq hamroh bo‘lib, ergashib yuraveradi. Mayliga, kunlari bir zaylda o‘taversin, ular tirikligida birorta ham kitob o‘qimasa o‘qimas, odamlarning shaharlarda, qishloqlarda bir-birlariga yangiliklarni yetkazadigan tilini ular tushunmasa ham mayliga — baribir ular o‘zlaricha baxtli, suv va yemishga zoriqmasa bo‘lgani. Bular evaziga qo‘ylar saxiylik bilan o‘z junini, naslini va vaqt-vaqti bilan go‘shtini odamlarga beradi.
“Agar bugun men yirtqich hayvonga aylanib, ularga bir boshdan qiron solsam, otarning yarmidan ko‘pini nobud qilganimdan keyingina ular nima bo‘layotganini tushunib yetadi, — o‘yladi Santyago. — Ular menga o‘z instinktlaridan ko‘ra ortiqroq ishonadi, chunki faqat men ularni qorin to‘yg‘azadigan joyga olib boraman”.

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Alkimyogar (roman). Paolo Koelo
« Javob #12 : 10 Oktyabr 2007, 14:39:23 »
U bugun miyasiga kelayotgan g‘alati o‘ylardan hayron. Ehtimol, qarg‘ish tekkan, naqd mehrobidan tutanjir o‘sib chiqqan xaroba cherkovda tunab qolgani uchun shunday bo‘layotgandir? Uyqusida oldin ko‘rgan bir tushni qayta ko‘rdi, mana, endi sodiq hamrohlariga tish qayrayapti. U kechki ovqatdan qolgan vinodan bir qultum yutdi va kamzuliga yaxshilab burkanib oldi. Yana bir necha soatdan keyin quyosh chosh tepaga keladi, jazirama avjiga minib, suruvni yaydoq dalada haydashning iloji bo‘lmay qoladi. Bu pallada butun Ispaniya mudraydi. Kechga boribgina havoning hovuri biroz tushadi, shungacha kun bo‘yi yelkasida og‘ir kamzulni ko‘tarib yurishi kerak. Boshqa iloji ham yo‘q-da: sahargi salqindan ayni shu kamzul jonni asraydi.
“Ob-havoning injiqliklariga shay turgan ma’qul”, — o‘yladi Santyago kamzuliga tashakkur bildirib, uning og‘ir va issiqligidan mamnun bo‘lib. Aslida ham, kamzulning o‘z vazifasi bo‘lganiday, Santyagoning ham o‘z qismati bor. Uning peshonasiga yozilgani — dashtu dala kezish. Ikki yil mobaynida u Andalusiyaning yassi tog‘lariyu yaydoq dalalarini izg‘ib, qancha shahar va qishloqlarni ko‘rdi. Santyago movutchining qiziga, o‘zi oddiy cho‘pon esa-da, qanday qilib savodxon bo‘lib olganini tushuntirishga chog‘landi.
Gap shunda ediki, u o‘n olti yoshga to‘lguncha diniy maktabda o‘qidi. Ota-onasi uning ruhoniy bo‘lishini — oddiy qishloq oilasining faxriga aylanishini orzu qilishardi. Ularning tirikchiligi qiyin kechar, tinim bilmay qilgan mehnatlari, xuddi qo‘ylar singari, qorin to‘yg‘azishdan boshqaga ortmasdi.
Santyago diniy maktabda lotinchani, ispancha va dinshunoslikni o‘rgandi. Biroq go‘dakligidayoq unda dunyoni ko‘rishga ishtiyoq kuchli edi, bu tuyg‘u Tangrini anglash yoki insoniyat gunohlarini miridan-sirigacha bilib olishdan ustun keldi. Va bir kuni ota-onasini ko‘rgani kelganida, u yurak yutib, men ruhoniy bo‘lishni xohlamayman, dedi. U yurt kezishni xohlardi.

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Alkimyogar (roman). Paolo Koelo
« Javob #13 : 10 Oktyabr 2007, 14:39:36 »
— O‘g‘lim, — dedi bu gapiga javoban otasi, — bizning qishlog‘imizga kimlar kelib ketmadi. Butun dunyodan odamlar bu yerga biror-bir yangilik toparmikanman, deb kelishadi, biroq qanday kelishsa shunday qaytib ketishadi. Ular toqqa chiqishadi, ko‘hna qasrni ko‘raman deb va o‘tmishning hozirgi zamondan afzal bo‘lganiga guvoh bo‘lishadi. Ularning, ehtimol, soch-lari oqdir yoki qora tanlidir ular, biroq bizning hamqishloqlardan hech bir ortiq joyi yo‘q.
— Biroq men bilmayman-ku, u yoqlarda, ular tug‘ilgan o‘lkalarda qanaqa qasrlar borligini, — e’tiroz bildirdi Santyago.
— Bu odamlar bizning yerimizni, bizning ayollarimizni ko‘rishganda, bu yerda umrbod qolgimiz keladi, deb gapirishadi, — davom etdi ota.
— Men esa boshqa yerlarni ko‘rishni, boshqa ayollarga qarashni xohlayman. Axir, bu odamlar hech qachon bizning qishloqda qolib ketishmaydi-ku.
— Yurt kezish uchun ko‘p pul kerak, bolam. Bizda muqim bir joyda yashamaydiganlar faqat cho‘ponlar, xolos.
— Iloj qancha, demak, cho‘pon bo‘laman, — dedi Santyago.
Ota hech nima demadi, ertalab unga uchta qadimgi tilla tanga solingan hamyonni tut-qazdi:
— Bir kun daladan topib olgandim. Osmondan tushgan desa ham bo‘laveradi. O‘zingga bir otar qo‘y sotib ol va yurt kezib mol boqib yuraver, qachonki, dunyoda bizning qasrimizday eng zo‘r qasr va bizning ayollarimizday go‘zal ayol yo‘qligini tushunsang, bir kun qaytarsan.

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Alkimyogar (roman). Paolo Koelo
« Javob #14 : 10 Oktyabr 2007, 14:39:56 »
O‘g‘lini tangriga topshirib fotiha berayotganda, Santyago uning ko‘zlariga qarab, qarib qolganiga, muqim hayotning huzur-halovati: yeb-ichishi yetarli va boshida kapasi borligidan qoniqish hosil qilib, o‘zini xotirjam tutishiga qaramay, otasining ko‘nglida yurt oshib, el kezib yurish ishtiyoqi so‘nmaganini payqadi.
Ufq qirmizi tusga kirdi, so‘ng quyosh botdi. Otasining gaplarini eslab kulimsiradi: u ko‘plab qasrlarni va ko‘plab go‘zallarni ko‘rishga ulgurdi, darvoqe, ular orasida tengi yo‘q bir hurliqo bilan ikki kundan keyin tag‘in uchrashadi. Uning bir otar qo‘yi bor, egnida kamzuli bor, kitobi bor, kitobni xohlagan paytda boshqasiga almashtirsa bo‘ladi. Muhimi — uning eng aziz orzusi amalga oshayotir: dashtu dala kezib, safar qilib yuribdi. Andalusiyaning qir-adirlari zeriktirsa, xohlagan paytda qo‘ylarni sotib, dengizchi bo‘lishi mumkin. Agar dengizda suzish joniga tegsa, bu paytga kelib u boshqa shaharlarni ko‘rib, boshqa ayollar bilan tanishib oladi, baxtli bo‘lishning boshqacha yo‘llarini topadi.
“Bilmadim, diniy maktabda Tangrini qanday topardim”, — o‘yladi Santyago ko‘tarilib kelayotgan quyoshga qarab.
O‘zining safarlarida u doim noma’lum yo‘llardan yurishni ma’qul ko‘rardi. Bu cherkovda hali biror marta tunashga to‘g‘ri kelmagan, garchi bu o‘lkalarda tez-tez bo‘lib tursa-da. Dunyo keng, cheku chegarasi yo‘q va Santyago ozroq vaqt qo‘ylarni o‘z mayliga qo‘yib bersa, albatta, qandaydir qiziq voqeaga duch kelardi. Faqat qo‘ylar har kuni yangi yo‘llarni topishayotganini, yaylovlar va yil fasllari o‘zgarayotganini tushunmaydi: ularning miyasida faqat qorin to‘yg‘azish ehtiyoji bor, xolos.
“Ehtimol, biz ham shunaqadirmiz, — o‘yladi cho‘pon. — Axir, men o‘zim ham movutchining qizi bilan tanishganimdan keyin xayolim biror marta ham boshqa ayollarga ketmadi-ku”.

 

Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys

Muallif AbdulAzizBo'lim Jahon adabiyoti

Javoblar: 353
Ko'rilgan: 88919
So'nggi javob 08 Yanvar 2009, 07:11:15
muallifi AbdulAziz
Abdulla Qodiriy. O'tkan kunlar (roman)

Muallif shoirBo'lim O'zbek nasri

Javoblar: 617
Ko'rilgan: 258135
So'nggi javob 21 Noyabr 2009, 11:40:32
muallifi AbdulAziz
Baxt kaliti (rivoyat). Paulo Koelo

Muallif AbdulAzizBo'lim Jahon adabiyoti

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 5596
So'nggi javob 02 Noyabr 2006, 07:17:45
muallifi AbdulAziz
Ahmad Lutfiy Qozonchi. Qaynona (roman)

Muallif Munira xonimBo'lim Jahon adabiyoti

Javoblar: 160
Ko'rilgan: 65603
So'nggi javob 03 Fevral 2010, 10:27:33
muallifi AbdulAziz
Tog'ay Murod. Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman)

Muallif AbdulAzizBo'lim O'zbek nasri

Javoblar: 322
Ko'rilgan: 94806
So'nggi javob 21 Noyabr 2009, 11:37:15
muallifi AbdulAziz