Alkimyogar (roman). Paolo Koelo  ( 118361 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 ... 16 B


shoir  10 Oktyabr 2007, 14:46:02

U yana to‘rvaga qo‘lini tiqdi va toshlarni aralashtirib javobni olaman deganida ikkala tosh ham to‘rvaning teshigidan tushib ketdi. Negadir u oldinlari to‘rvaning eskirib qolganini sezmagandi. Santyago toshlarni yerdan terib olib, ularni tag‘in yashirish uchun egilgan chog‘da miyasiga bir yangi fikr keldi: "œBelgilarga e’tibor bilan qarashga va ularga ergashishga o‘rgan", — degandi qariya.
Belgi! Santyago kulib yubordi. Keyin darhol yerdan toshni olib, to‘rvasiga tiqdi. U to‘rvaning teshigini tikishni xayoliga ham keltirmaydi, chunki xohlagan damda toshlar to‘rvani tark etishi mumkin. U tushundi, dunyoda shunday narsalar borki, ular haqida so‘rab-surishtirish befoyda — bu o‘z taqdiringdan qochib qutila olmasligingga o‘xshaydi. "œAxir, men qariyaga faqat o‘zim qaror qabul qilaman, deb va’da berganman-ku", — dedi u ichida.
Biroq toshlar unga qariyaning hali ham u bilan birga ekanidan ishora berdi va bu bo‘zbolada ishonch uyg‘otdi. U yana bo‘m-bo‘sh maydonga ko‘z yugurtirdi, biroq endi uning nigohi oldingiday umidsiz emas edi. U yot bir dunyoga kelib qolmagan, shunchaki yangi bir joyda edi.
Axir, unga ayni shu — yangi joylarni ko‘rish yoqardi-da. Agar ehromlargacha yetib borish nasib etmasa-da, achinmaydi, chunki u har qanday cho‘pondan ham ko‘proq narsalarni ko‘rdi, bildi.
"œUlar bilsaydi, — o‘yladi bo‘zbola, — atigi ikki soatli yo‘l narisida hammasi mutlaqo boshqacha ekanini".
Yangi dunyo hozir uning ko‘z o‘ngida o‘lik maydonga aylanib yotardi, biroq haligina bu joyda hayotning qaynab-toshganini ko‘rishga u ulgurdi va endi buni hech qachon unutmaydi. U o‘zi ko‘rgan qilichni ham esladi: ha, ikki daqiqali tomosha uchun ko‘p pulidan ajrab qolishiga to‘g‘ri keldi, biroq bunday narsani u avval hech qachon ko‘rmagandi-da. Tuyqusdan Santyago dunyoga nafaqat tovlamachi va yaramas kimsaning qurboni bo‘lgan odam ko‘zi bilan, balki jasur xazina qidiruvchi va sarguzashtlar ishqibozining nigohi bilan ham qaray olishini anglab qoldi.
— Men — jasur xazina qidiruvchi va sarguzashtlar ishqiboziman, — ming‘irladi u uyquga ketarkan.

Qayd etilgan


shoir  10 Oktyabr 2007, 14:46:11

Kimdir biqinidan turtganidan u uyg‘onib ketdi. Santyago qoq o‘rtasida tunagan bozor maydoni tong otishi bilan tag‘in jonlana boshlagan edi.
Odatiga ko‘ra, qo‘ylarni ko‘rmoqchi bo‘lib alanglarkan Santyagoning uyqusi butkul ochildi va o‘zining yangi bir olamda ekani yodiga tushdi, esladi, biroq bundan ko‘ngli cho‘kmadi, aksincha, u baxtiyor edi. Endi qorin g‘amida tentirab yurmaydi — to‘g‘ri xazinaga yo‘l oladi! Garchi cho‘ntagida bir miri bo‘lmasayam, ertangi kuniga ishonchi bor, ko‘ngli to‘q. Kecha oqshom u sarguzashtlar ishqibozining taqdirini havas qildi, bunday qismatni o‘ziga tanladi: endi u bir paytlar kitoblarda o‘qigan qahramonlardan biriga aylanadi.
Bo‘zbola shoshilmasdan qadam tashlab, bozor maydonining chetidan yurdi. Savdogarlar chodirlarini ocha boshlashgandi, u shirinliklar sotadigan bir savdogarga peshtaxtaga narsalarini terishga ko‘maklashdi.
Savdogar xursand bo‘lib kuldi; u o‘z hayotidan mamnun, nima uchun yashayotganini bilar va yangi ish kunini xush kayfiyat bilan qarshilashga hozirlanayotgan edi. Uning kulgisi bo‘zbolaga qariyani — sehrli podshoh Malkisidqni eslatdi.
"œBu savdogar dunyo kezish yoki movutchining qiziga uylanish uchun shirinlik pishirmaydi. Bu shunchaki uning ko‘nglidagi mashg‘uloti, shu ish unga yoqadi", — deb o‘yladi bo‘zbola va bir qarashda har qanday odamning o‘z taqdiri Yo‘liga qanchalik uzoq yoki yaqinligini qariyadan yomonroq bilmasligini payqadi.
"œBu juda oddiy, nahotki men avval buni tushunmaganman?"

Qayd etilgan


shoir  10 Oktyabr 2007, 14:46:30

Chodirni tortib bog‘lashgandan so‘ng qandolatchi unga yog‘da pishgan birinchi somsani uzatdi. Santyago uni bahuzur yedi va tashakkur bildirib, chodirdan jildi. Ketayotib tuyqusdan chodirni qurishayotganda qandolatchining arabcha gapirgani va o‘zining ispancha javob qilgani yodiga tushdi, biroq ular baribir bir-birlarini tushunishibdi-da.
"œDemak, so‘zlarga tobe bo‘lib qolmagan til ham bor ekan, — o‘yladi u. — Men shu tilda qo‘ylar bilan gaplashardim, mana, endi odam bilan gaplashishga urinib ko‘rdim".
"œHammasi bir butun, yaxlit", degan edi Qariya.
Santyago belgilarni ko‘zdan qochirmaslik uchun Tanjerning tor ko‘chalaridan shoshilmay yurishga qaror qildi. Bu sabr-qanoatni talab etadi, biroq sabr-qanoat shunday ezgu ne’matki, har qanday cho‘pon dastlab ana shu saboqni oladi.
"œHammasi bir butun, yaxlit", — Malkisidqning so‘zlari tag‘in yodiga tushdi.
Billur buyumlar sotuvchi savdogar yangi kunning boshlanishini kuzata turib, ertalabdanoq ko‘nglini cho‘ktiradigan odatdagi g‘am-tashvishdan og‘rindi. U tik tushgan tor ko‘chadagi xaridorlar onda-sonda bosh suqadigan do‘konida, qariyb o‘ttiz yildan beri, tirikchilik qiladi. Hayotida biror-bir o‘zgarish qilishga endi kech; billur idishlarni sotishdan bo‘lak yumush qo‘lidan kelmaydi. Bir paytlar uning do‘koni gavjum bo‘lardi, arab savdogarlari, ingliz va frantsuz geologlari, olmon askarlari — puldor odamlar ko‘p kelishardi. O‘shanda billur savdosi foydaning koni edi va u boyib ketishiga, yoshi qaytganda malohatli ayollar ko‘nglini charog‘on etishga umidlanardi.
Biroq zamon evrildi, bu bilan baqamti shahar ham o‘zgarishlarga yuz burdi. Tanjerning shundoq biqinidagi Seut tez qad rostladi va savdoning avj nuqtasi o‘sha tarafga ko‘chdi. Yon-atrofidagi savdogar-qo‘shnilar har qaysi har yoqqa ravona bo‘lishdi, bu tor ko‘chada sanoqligina do‘konchalar qoldi va deyarli hech kim ularga bosh suqaydi, bu joyga qadam bosmaydi.

Qayd etilgan


shoir  10 Oktyabr 2007, 14:46:42

Biroq har nima bo‘lganda ham, billur idish sotuvchi bu savdogarning endi bo‘lari bo‘lib, bo‘yog‘i singgan edi. O‘ttiz yil u billur olib sotish bilan mash-g‘ul bo‘ldi, endi yoshi bir joyga borganda hayotini o‘zgartirishga kech.
Choshgohgacha savdogar unda-bunda o‘tganlarni kuzatib o‘tirdi. Ko‘p yillar shu zaylda o‘tirganidan bu tang ko‘chadan kimning qay mahalda o‘tishi unga yod bo‘lib ketgan. Biroq tushlikka bir necha daqiqa qolganda do‘konining peshtaxtasi ortida bir navqiron muhojir paydo bo‘ldi. U binoyiday kiyingan edi, biroq savdogar sinchkov nigohi bilan uning puli yo‘qligini payqadi. Shunday bo‘lsa-da, u chiqib ketgunicha tushlikka shoshilmay turishni ma’qul bildi.
Eshikdagi e’lon bu do‘konda xorijiy tillarda ham gapirilishini daraklardi. Santyagoning ko‘zi peshtaxta ortida ko‘ringan xo‘jayinga tushdi.
— Xohlasangiz, men mana bu idishlaringizni yuvib beraman, — dedi bo‘zbola. — Bu ahvolda ularni hech kim sotib olmaydi.
Xo‘jayin javob qilmadi.
— Evaziga menga biror yegulik berasiz.
Xo‘jayin miq etmay unga qarab turardi. Santyago bir qarorga kelishi zarurligini tushundi. To‘rvasida kamzuli bor edi — sahroda keragi bo‘lmaydi. U kamzulni to‘rvadan olib, idishlarni artishga kirishdi. Yarim soat ichida peshtaxtadagi idishlar yaraqladi va shu payt ikki kishi kirib, billur idishlardan xarid qildi.
Ishni tugatib, Santyago xo‘jayindan ovqat so‘radi.
— Yurchi men bilan, — dedi unga javoban xo‘jayin.
Eshikka "œTushlik payti" deb yozilgan lavhachani ilib, u Santyagoni tor ko‘chaning baland joyidagi yemakxonaga olib bordi. Ular bu yerdagi yagona stol-ga kelib o‘tirishdi.

Qayd etilgan


shoir  10 Oktyabr 2007, 14:47:01

Billur sotuvchi kuldi:
— Idishlarni tozalashingga hojat yo‘q edi. Qur’onda och odamning qornini to‘ydirish buyurilgan.
— Nega siz meni to‘xtatmadingiz?
— Chunki idishlar kir edi. Qolaversa, ikkalamiz ham miyamizni keraksiz lash-lushlardan tozalashimiz zarur-ku.
Ovqatlanib bo‘lishgach, savdogar dedi:
— Sen mening do‘konimda ishlasang deyman. Bugun, sen idishlarni artib tozalayotganingda ikkita xaridor keldi —bu xayrli alomat.
"œOdamlardan belgi-alomatlar haqida tez-tez eshitasan, — o‘yladi cho‘pon bola, — biroq ular o‘zlari aytishayotgan gaplarining fahmiga borishmaydi. O‘zim-chi, o‘zim ham, ma’nisiga bormay necha yil qo‘ylarim bilan so‘zsiz tilda gaplashib yurdim-ku".
— Xo‘sh, nima deysan — tiqilinch qildi savdogar. — Mening do‘konimda ishlaysanmi?
— Tong otguncha hamma idishlarni yuvib tozalayman, — javob qildi bo‘zbola. — Haqiga menga Misrga yetib olishimga yetarli pul berasiz.
Savdogar chol yana kulib yubordi.
— Mening do‘konimda yil bo‘yi billur idishlarni yuvib, buning ustiga har bir sotilgan idish pulidan yaxshigina foiz olib tursang ham Misrgacha yetadigan pul topolmaysan, baribir qarz ko‘tarishingga to‘g‘ri keladi.

Qayd etilgan


shoir  10 Oktyabr 2007, 14:47:31

Tanjer bilan Misr orasi — minglab kilometr sahro.
Bir daqiqa og‘ir jimlik cho‘kdi, go‘yo butun shahar uyquga cho‘mganday bo‘ldi. Bozorlar, o‘z molini maqtab yotgan savdogarlar, minoraga chiqib azon aytayotgan kishilaru, dastasi hashamli qilichlar — bari g‘oyib bo‘ldi. Umid va sarguzashtlar ishtiyoqi, keksa podshoh va Taqdir Yo‘li, xazina va ehromlar o‘z-o‘zidan yo‘qoldi-yitdi. Dunyoni o‘lik sukunat o‘z zabtiga oldi. Chunki Santyagoning ruhi tamom cho‘kib ketgan edi. U na og‘riqni, na azobni va na afsus-nadomatni his etar, nigohi yemakxonaning ochiq eshigiga qarab qotib qolgan va faqat juda-juda o‘lgisi kelar, hammasi hozirning o‘zidayoq butkul yo‘q bo‘lishini istardi.
Savdogar unga qarab qoshini kerdi — ertalab, haligina bu bola quvnoq ko‘ringan edi. Endi qovog‘idan qor yog‘ayapti: quvnoqligidan asar ham qolmadi.
— Men senga, o‘g‘lim, vataning-ga borib olishing uchun yetadigan pul bera olaman, — dedi savdogar.
Bo‘zbola indamadi. Keyin o‘rnidan turdi, kiyimlarini tortib to‘g‘riladi va to‘rvasini qo‘liga oldi.
— Men do‘koningizda qolib ishlayman, —dedi u.
Va biroz sukut saqlab, qo‘shib qo‘ydi:
— Menga pul kerak, to‘rt-beshta qo‘y sotib olishim uchun.

Qayd etilgan


shoir  10 Oktyabr 2007, 14:48:08

IKKINCHI QISM

Santyago qariyb bir oy do‘konda ishladi, biroq yangi ish ayni uning ko‘nglidagiday edi, deb bo‘lmasdi. Billur buyumlar sotuvchi savdogar kun bo‘yi do‘kon peshtaxtasi ortida o‘tirar va bo‘zbolaga idishlarga ehtiyot bo‘lishini tayinlab tinimsiz to‘ng‘illardi.
Shunga qaramay ishdan bo‘shab ketishga majbur bo‘lgani yo‘q, chunki Savdogar, vaysaqiligiga qaramay, halol va va’dasida turadigan kishi edi: Santyago har bir sotilgan idishdan shirinkoma olar va hatto ozgina pul ham jamg‘argandi. Bir kuni ertalab u topgan-tutganini sanab chamaladi, agar hozirgiday ishlab tursa, bir yildan keyingina to‘rt-beshta qo‘y sotib olishga qurbi yetar ekan.
— Peshtaxtani tashqariga chiqarib, idishlarni shunga terib qo‘ysak yaxshi bo‘ladi, — dedi u xo‘jayinga. — Uni do‘konning eshigi oldiga qo‘yardik, o‘tgan-ketganning ko‘zi tushadi.
—Shu paytgacha idishlarni ko‘chaga olib chiqqanimiz yo‘q, — javob qildi Savdogar. — Birortasi turtib yuborib billurni sindirishi mumkin.
— Qo‘y boqib yurganimda ulardan birortasini ilon chaqib nobud qilishi mumkin edi. Biroq, nachora, qo‘ylarning, cho‘ponlarning ham hayoti shunaqa.
Bu payt Savdogar uchta qadah sotib olayotgan xaridorga xizmat ko‘rsatayotgan edi. Xullas, savdo jonlangan, go‘yo bir paytlari bo‘lgani kabi, do‘kon joylashgan bu tor ko‘cha tag‘in butun shahardan odamlarni o‘ziga ohanraboday torta boshlagandi.
— Ishlar yomonmas, — dedi u xaridor chiqib ketgach. — Hozir men yaxshi daromad qilayapman, nasib etsa senga yaqin-orada bir otar qo‘y sotib olishingga yetadigan pul beraman. Xo‘sh, senga nima yetmaydi o‘zi? Boriga qanoat qilmay, besh qo‘lni og‘izga tiqishga hojat bormi?

Qayd etilgan


shoir  10 Oktyabr 2007, 14:48:40

— Bor, belgilarga qarab qadam tashlash kerak, — beixtiyor og‘zidan chiqib ketdi bo‘zbolaning va shu lahzadayoq u aytgan gapiga afsuslandi: axir, bu savdogar sehrli qariyani uchratmagan-ku.
"œBuni Xayrli Ibtido deydilar, — qariyaning gapi uning yodiga tushdi. — Yangi ish boshlaganlarga omad yor bo‘ladi. Zero, hayot insonning o‘z Taqdiri yo‘lidan borishiga xayrixohdir".
Shu orada xo‘jayin Santyago aytgan gapni fahmlab oldi. Ayonki, uning bu do‘konga qo‘ygan qadami xayru barakadan belgi berdi — pul oqib kela boshladi va Savdogar bu ispan bolani yollaganiga hech ham pushaymon bo‘lmadi. Garchi qilayotgan mehnatiga kutganidan ko‘ra ko‘p daromad olayotgan esa-da, Savdogar ishlari bu qadar yurishib ketishini o‘ylamay turib bo‘zbolaga binoyiday haq to‘lashni taklif qilgandi. Bola yaqin-orada qo‘ylariga ketib qoladiganday tuyuldi unga.
— Ehromlar senga nima uchun zarur bo‘lib qoldi? — so‘radi u mavzuni o‘zgartirish maqsadida.
— Menga ular haqida juda ko‘p gapirib berishgan, — javob qildi Santyago.
Xazina endi alamli xotiraga aylangani bois, bo‘zbola bu haqda o‘ylamaslikka harakat qildi, shu bois xo‘jayinga ko‘rgan tushini aytib o‘tirmadi.
— Umrimda birinchi marta ehromlarni o‘z ko‘zi bilan ko‘rish uchun sahroni kezib o‘tishga chog‘langan odamni uchratishim. Ehrom degani — bu shunchaki bir sangzor-ku. O‘zing ham hovlingda buni qursang bo‘ladi.

Qayd etilgan


shoir  10 Oktyabr 2007, 14:48:55

— Bundan chiqdi, sizning tushingizga biror marta uzoq begona yurtlar kirmagan ekan, — dedi unga javoban Santyago va navbatdagi xaridor tomon yurdi.
Oradan ikki kun o‘tib, xo‘jayin Santyagoning peshtaxtani do‘kon tashqarisiga chiqarish haqidagi taklifini esladi.
— Men har xil yangiliklarga ishqiboz emasman, — dedi u. — Qolaversa, Hasanday boy ham emasman, u xato qilib qo‘yishdan qo‘rqmaydi, chunki bu unga qimmatga tushmaydi. Sen bilan men esa o‘z xatolarimiz uchun umr bo‘yi jabr chekamiz.
"œTo‘g‘ri aytadi", — o‘yladi bo‘zbola.
— Qani, menga ayt-chi, peshtaxtani ko‘chaga chiqarib, idishlarni terib qo‘yishning senga nima nafi bor? — davom etdi xo‘jayin.
— Men qo‘ylarimning oldiga tezroq qaytishni xohlayman. Ishimiz o‘ngidan kelib turganda fursatni boy bermaylik, omadimizdan foydalanib qolaylik. Buni Xayrli Ibtido, deyishadi. Yangi ish boshlaganlarga omad yor bo‘ladi.
Qariya biroz sukut saqlab, javob qildi:
— Payg‘ambarimiz bizlarga Qur’onni berdi va zimmamizga besh farzni qo‘ydi, ularni biz umrimiz mobaynida ado etmog‘imiz lozim. Eng muhimi — Ollohning borligi va birligi — shuni yodda tutib yashamoq. Qolgan to‘rtta shart — bir kunda besh vaqt namoz o‘qish, Ramazon oyida ro‘za tutmoq, beva-bechoralarga xayr-ehson qilmoq...

Qayd etilgan


shoir  10 Oktyabr 2007, 14:49:18

U yana jimib qoldi. Payg‘ambarni tilga olayotib uning ko‘zlari namlandi, garchi u foniy dunyoda yashayotgan, betoqat va qiziqqon banda esa-da, baribir musulmonchilikning qonun-qoidalariga, payg‘ambar Muhammad buyurganlariga amal etib yashayotgan edi.
— Xo‘sh, beshinchi shart-chi? — so‘radi Santyago.
— O‘tgan kuni sen menga, tushingizga biror marta uzoq begona yurtlar kirmagan ekan, deding. Bilib qo‘y, har bir musulmonning zimmasidagi beshinchi farz — haj safarini amalga oshirmoqdir. Bizlarning har birimiz umrimizda bir bor bo‘lsa-da muqaddas Makka shahrini ziyorat qilishimiz shart. Bu shahar ehromlardan ham uzoqda. Yoshligimda ozroq pul topib, mana shu do‘konni olgan edim. O‘ylardim: boyib ketsam, albatta, Makkaga boraman, deb. Keyin qo‘lim pul ko‘rdi, mol-dunyo orttirdim, biroq savdoni hech kimga ishonolmadim, chunki men sotadigan buyumlar juda nozik. Va har kuni haj safariga otlanganlarga ko‘zim tushadi, ularning orasida badavlatlari bor — o‘nlab xizmatkorlariyu butun bir tuya karvoni ularni kuzatib boradi, biroq yo‘l olganlarning ko‘pchiligi mendan ko‘ra kambag‘al bandalar. Men ularning nechog‘li xushbaxt bo‘lib qaytib kelishganini va uylarining eshigiga Makkaga hajga borishganidan darak beradigan belgi qo‘yishganini ham ko‘rganman. Ularning biri, eski poyafzallarni yamaydigan etikdo‘z menga sahroda bir yil yo‘l yurdik, biroq Tanjerda qo‘shni mahallaga ko‘n olgani borganimda charchab qolardim, haj safarida hecham toliqmadim, deb aytdi.
— Nega hoziroq to‘g‘ri Makkaga yo‘l olmaysiz? — so‘radi Santyago.

Qayd etilgan