Tibbiyot.ziyouz.com  ( 42941 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B


Munavvara  17 Aprel 2009, 15:35:04

:bsm:

Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh!

Aziz forumdoshlar bu blogda endi biz tibbiyot sohasida bilganlarimiz yoki endi o'rganmoqchi bo'lgan bilimlarimizni almashamiz ha aytgancha blogda bir qoida bor Offlar bo'lmasin  ;) demak boshladik


Hush kelibsiz


Qayd etilgan


Munavvara  17 Aprel 2009, 15:41:38

   
Foydadan xoli emas

Xusnbuzar (ugri)lardn qutulmoqchimisiz?
1. Aloyning 50 gramm suviga 50 gramm iliq suv qo`shib 3 kun bir mahaldan ichiladi ...
2. 50 gramm uzum sirkasiga 20 gramm sedana talqonini aralashtirib, 1 sutkadan keyin boshlab 5 kun 3 mahal husnbuzarga surtilsa, tuzaladi InshaAlloh.

Qayd etilgan


Munavvara  17 Aprel 2009, 15:43:29

Endi sabzi haqida.
1. Sabzini 10 kun 250 grammdan yeyilsa, polivitamin sifatida gipovitaminoz hamda avitaminozda, darmonsizlikda, kamqonlikda foyda qiladi ...
2.Sabzi sharbatini parxez bilan och xolda 10 kun 3 mahal, ertalab va kechqurun 200 grammdan ichilsa, gastrit (ichki) kasalliklarida yaxshi ta'sir ko'rsatadi InshaAlloh.

Qayd etilgan


Munavvara  17 Aprel 2009, 16:18:47

Sepkillar joningizga tegdi-mi?
Moshni yanchib unini atala qilib yuzingizga niqob (maska) qiling. Biroz vaqt o'tgach iliq suvda yuvib tashlang ...

Qayd etilgan


Munavvara  17 Aprel 2009, 16:20:02

Ishsizlik kashandalikdan ham zararli!
Mutaxassislar ishsizlik bir kunda 400 ta sigaret chekishdan ham zararli ekanligini aniqlashdi"¦ 
Yarim yil davomida ishsiz yurish vaqtida salomatlikka yetadiga zararni kuniga 20 quti sigaret chekishdan ko‘rilayotgan ziyonga tenglashtirish mumkin.

Qayd etilgan


Munavvara  17 Aprel 2009, 16:22:13

Xalq tabobati
Qadoq.
Uyqudan oldin oyoqlarni issiq suvga solib o‘tirish kerak. Quruq qilib artasiz. So‘ng qadoqqa limon po‘stini tortib bog‘lang. Uning sergo‘sht qismini ikkiga bo‘lib, qadoqqa bog‘lasa ham bo‘ladi. 4-5 kundan keyin qadoq yoqoladi.

Qayd etilgan


Munavvara  17 Aprel 2009, 16:28:20

Nevralgiya.
Asab tizmining biror yeri kasallanishi yoki yallig‘lanishi natijasida kelib chiqadigan og‘riq. U xuruj qilganda tuxumni qaynatasiz. Keyin uni ikkiga bo‘lib, og‘riq bezovta qilayotgan joyga qo‘yasiz. Tuxum sovigach, og‘riq ham qoladi.

Qayd etilgan


Munavvara  17 Aprel 2009, 16:29:43

Holsizlanish va ishtaha yo‘qolishi.
Bir necha kun davomida qirg‘ichdan o‘tkazilgan turp iste`mol qilasiz. Har safar yeganingizda, bir osh qoshiq suv ham ichasiz. Keyin xantal urug‘idan kuniga 20 tadan 30 donagacha suv bilan tavsiya qilinadi. Xantal urug‘i yangi, shu yil yig‘ib olingan bo‘lsin. Xantal oshqozon- ichak va boshqa kasalliklarda eng samarali vosita hisoblanadi. Biroq uni davolashni uzmasdan 20 va undan ziyod kunlar davomida iste`mol qilish kerak.

Qayd etilgan


Munavvara  17 Aprel 2009, 17:00:12

Anemiyaning shifosi.
Anemiya xastaligi temir moddasi, B vitamini, foliy kislotasi yetishmasligi tufayli vujudga keladi. Asalda esa bu moddalarning barchasi mavjud. Shunday ekan, asal tarkibidagi vitaminlar muolaja jarayonini tezlashtirib, anemiyadan xalos bo‘lishga yordam beradi. Istisno tariqasida anemiya bilan kasallangan bir bemorda bu usul sinab ko‘rildi. 30 kunlik muolajadan so‘ng ma`lum bo‘lishicha, bemor gemoglabini 10-30 foizga oshib, oqqon hujayrasi va eritrotsitlar miqdori me`yoriga kelgan. Bosh aylanishi va charchoq yoqolib, yaxshi uxlaydigan bo‘lgan. Asalning qora navi bunday muolaja uchun ayniqsa, foydali. Chunki u mineral moddalarga juda boy.
Davolash usuli.200 ml sutga 1,5 osh qoshiq asal solinib yaxshilab aralashtiriladi. 40-50 kun mobaynida kuniga 4 marta ichib turiladi. Anemiyaga qarshi davolanishning yana bir usuli quyidagicha: Bunda 20% qizil poycha, 15% yong‘oq bargi, 15% oq yasnotka ko‘kati, 25% oq tikanli karrak guli, 10% oq qayin bargi, 15% qalampirmunchoq bargidan qorishma tayyorlanadi. Hosil bo‘lgan aralashmadan biror idishga 3 osh qoshiq solib, ustidan 0,5 l qaynatilgan suv quyiladi va 40-60 daqiqa damlanadi. So`ng dokadan o‘tkazilib, unga 150 g asal qo‘shiladi va yaxshilab aralashtiriladi. Bunday sharbat kuniga 2 marta ovqatdan 30 daqiqa oldin 100 ml.dan ichib turiladi.

Qayd etilgan


Munavvara  17 Aprel 2009, 17:36:51

Hasharot allergiyasi.
Allergiyani ko‘pincha qanotli hasharotlar- asalari va qovoqarilar keltirib chiqarar ekan. Odatda, asalari agressiv bo‘lmay, ko‘pincha bezovta bo‘lgandagina chaqib oladi. Uning ignasi garpun singaridir. Shu bois sanchilgach, qayta sug‘urolmaydi. Baxtsizlikni qarangki, "œgarpun" da zaxar bilan birg ovqat hazm qilish sistemasi joylashgan ekan. Shuning uchun asalari ko‘p o‘tmay halok bo‘ladi. qovoqari esa tabiatan hujumkor. Ayniqsa, yozda jazavasi tutadi. Ularning ignasi silliq. Badanga ham sanchilib qolmaydi.shu sabab bo‘lsa kerak, ular ketma- ket chaqish imkoniyatiga ega.
Allergiya belgilari: Ari chaqqach, teri qichishadi. Chunki hujayralar tanaga kirgan zaharga qarshi ayovsiz kurash boshlaydi. Shuningdek, ari zaxri yomon oqibatlarga ham olib kelishi mumkin. Masalan, u chaqqan joyda qizil shish paydo bo‘lib, 2 sutkada yanada yiriklashish ehtimoli mavjud. Bundan tashqari ich ketish, eshak emi toshish, qusish, rinit, ko‘ksov xuruji, anafilak shoki kabi holatlarni kuzatish mumkin. Shunday ekan, arilardan ham ehtiyot bo‘ling.

Qayd etilgan