Tibbiyot.ziyouz.com  ( 42896 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B


Munavvara  17 Aprel 2009, 18:00:30

Ko‘zlarning zaiflashishi.
Vaqtincha zaiflashgan ko‘rish qobiliyatini yaxshilash uchun quyidagilar foyda beradi.
   1. Sog‘lom, biroq toliqqan ko‘zlarni tetiklashtirish uchun quyuq choy, shama, moychechak yoki shuvoq qorishmasini ko‘zga yaxshilab tortib bog‘lanadi.bundan tashqari asal ham ko‘zga yaxshi ta`sir qiladi (yarim stakan suvda bir qoshiq asalni qaynatish).
   2. Ko‘z mushaklari uchun mashq: ko‘z soqqasini tepaga, pastga, yonga har kuni 30 martadan harakatlantiring. Bundan tashqari turli o‘simliklarni sovuq suvga solib ko‘zga 40 marta shapatilang. Bu qon aylanishini ta`minlaydi.
   3. Qo‘ng‘ir na`matak gullari qaynatmasi bilan zaiflashgan ko‘zni yuvish.
   4. Kuchli asabiylashish oqibatida ko‘rmay qolgan yoki ko‘rish qobiliyati susayganda quyidagi xalq usuli ta`vsiya etiladi: tuxumni qaynatib, ikkiga bo‘linadi. Sarig‘ini olib tashlaymiz. So‘ng tuxum oqini issiqligicha ko‘z ustiga qo‘yamiz. Lekin tuxum ko‘zga tegmasligi kerak.

Qayd etilgan


Munavvara  17 Aprel 2009, 18:12:20

Tumov.
Burun kovagi shilliq qavatini yallig‘lanishi o‘tkir va surunkali tumovga ajraladi. O‘tkir tumov odatda tomoqning qichishi, aksirish, burun achishi hamda quruqshab qolishidan boshlanadi. Ba`zan bosh og‘rig‘ bezovta qilib, darmonsizlik paydo bo‘ladi. Keyin burun balg‘amga to‘lib qoladi. U dastab toza, so‘ngra shilimshiq ko‘rinishga kelishini hamma biladi, albatta. Shilliq qavat shishgach, nafas olish qiyinlashadi. Ba`zan tumov burun bo‘shlig‘idagi o‘simta kasalligiga olib kelishi mumkin. O‘tkir tumovni shamollash, infektsiya, allergiya keltirib chiqarishi mumkin. Surunkali tumovda burunning doimiy oqishi kuzatiladi. Burunning shilliq qavati kattalashadi yoki ingichkalashib burun kovagi balg‘am qotishmalari bilan berkilib qolgach, nafas olish qiyinlashadi. Agar balg‘am chiriy boshlasa, qo‘lansa hidli tumov boshanadi. Buni hid bilmagani uchun bemorning o‘zi bilmaydi. Surunkali tumov sababchisi burun pardevorining buzulishi hamda burun kovagini kasallanishidir. Surunkali yiringi tumovning o‘ziga xos belgisi burun uchi qizarishi va qichishi hisoblanib, ensa, chakkada sanchiqli og‘riq paydo bo‘ladi. kasallik bemorning ko‘z va quloqlarida hamda uning ruhiy holatida aks etadi. Surunkali tumovga befarq qaramaslik kerak. Darrov shifokorga murojaat qilib, uni zudlik bilan davolashga kirishish lozim. Tumovni uy sharoitida davolashda quyidagi usullar ta`vsiya qilinadi. Tumov boshlanishi bilan darrov tovonga gorchichnik qo‘yib, maxkam bog‘lab tashlang. Keyin junli paypoq kiyib, uni iloji boricha ko‘proq saqlash kerak (odatta 1-2 soat).

Qayd etilgan


Munavvara  17 Aprel 2009, 19:19:31

   
Kulgiterapiya

Travmatolog huzuriga qo'l oyog'i bog'langan bir ayol keldi.
  - Nima bo'ldi?
  - Kir yuvadigan mashinani qo'ygan edim, qo'limni tok urdi.
  - Oyog'ingizga nima qildi?
  - Nima, meni urarkan-u, men qarab turarkanman-mi?

Qayd etilgan


Munavvara  17 Aprel 2009, 19:19:51

- Shifokor huzurida boshiga bolta qadalgan kishi o'tiribdi. Shifokor anketa to'ldiryapti:
  - Bolaligingizda qizamiq, suvchechak, sariq kasalligi bilan kasallanganmisiz?

Qayd etilgan


Munavvara  17 Aprel 2009, 19:20:30

Shifokor bemorga:
  - Shuni unutmang-ki, chuqur nafas olish - mikroblarni o'ldiradi.
  - Yaxshi, lekin mikroblarni qanday qilib chuqur nafas olishga majbur qilish mumkin?

Qayd etilgan


Munavvara  17 Aprel 2009, 19:21:11

 - Do'xtir, tilla qoshiq yutib yubordim...
  - qachon yutib yubordingiz!
  - uch oycha bo'lyapti, shekilli.
  - Iye, nega o'sha zahotiyoq kelmadingiz!?!
  - Unda puldan qiynalmayotgandim-da.

Qayd etilgan


Munavvara  17 Aprel 2009, 19:23:43

  - Faqat asabiylashmang.
  - Nega do'xtir, kasalim shunchalik og'irmi?, nima o'lamanmi???
  - Yo'q, qimmat dori yozib beryapman.

Ma'lumotlar tibbiyot.nm.ru saytidan olindi.

Qayd etilgan


AbdurRohman  18 Aprel 2009, 09:34:06

-Do'xtir, manga bir oy oldin kelganimda badanizga suv tegmasin degandiz, endi yuvinsam bo'ladimi?

Qayd etilgan


Munavvara  18 Aprel 2009, 17:08:07


Qayd etilgan


Munavvara  21 Aprel 2009, 15:45:40

do'xtir opa, astmaga qanday chora ko'rish kerak?

Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh!
Sizga Alergolog mutaxasis konsultatsiyasiga borishni tavsiya etaman. Astamani qo'zish davrlari kuz va bahor fasllarida bo'lganligi sababli doimo vrach nazoratida bo'lishni tavsiya etaman.

Qayd etilgan