Muallif Mavzu: Abdurashid Zohid. Siddiqnoma  ( 25547 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

mubashshir

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 4
  • Xabarlar: 103
  • Jins: Erkak
  • "Mo'minlar hech shak-shubhasiz og'a-inilardir!"
Abdurashid Zohid. Siddiqnoma
« : 11 Iyul 2006, 11:24:17 »
SIDDIQNOMA

Abdurashid Zohid

Mundarija

Abu Kuhofa
Abdulloh ibn Usmon kim?
"Sidq" so’zining ma’nosi haqida
Hazrati Abu Bakrning Islomdan oldingi va keyingi hayotlari
Siyrat va fazilatlari
Bay’at
Bay’atdan keyingi ilk hutba
Qo’shin jo’natish
Hazrati Abu Bakrning kasblari va halifalik davridagi manzillari
Yazid ibn Abu Sufyonga qilingan vasiyat
Abu Bakr r.a. davrida baytul mol
Qur’onning jamlanishi
So’nggi onlaridagi vasiyat va nasihatlari
Umar r.a.ga qilgan vasiyatlari
Sahobalarga qilgan vasiyatlari
Vafotlari
Ali ibn Abu Tolibning ta’ziya so’zlari
Oisha onamizning ta’ziya sozlari
Abu Bakr r.a. e’tiroflari
O’ylatadigan savollar. So’nggi so’z o’rnida
Abu Bakr Siddiqning r.a. hikmatli so'zlari


Bismillahir rohmanir rohiym. Bandalarning qalbini ma’rifat ziyosi ila yoritib O’zini tanitgan Zot - Alloh taologa beadad hamdu sanolar, butun insoniyatga hidoyat yo’lini ko’rsatgan Rasululloh s.a.v.ga, u kishining ahli baytlariga va ashobi kiromlariga ummatga jonli namuna bo’lgan zotlarga salovotu salomlar bo’lsin. Amiyn.

"Siz mening Havz bo’yidagi va g’ordagi birodarimsiz" degan edilar Rasuli akram s.a.v. Abu Bakr Siddiqqa (Termiziy rivoyati.) Bu qanday insonki Allohning habibi uni "do’stim" deyapti! Bu qanday do’stlikki, sirlarga boy! Sirlarki, bu dunyoda ochilmas, lekin dilga yaqin! Shonli Islom tarixining aziz muhlisi! Mana butun olamlarga rahmat qilib yuborilgan Muhammad s.a.v.dan keyingi eng yaxshi inson haqida bitilgan noma shunchaki noma emas "Siddiqnoma". Qalbi sidqqa moyil do’stim, keling siddiqlar ila sirlashing... Alloh taolo barchamizni siddiq ko’ngillar ila oshno etsin.Qiyomatda esa siddiqlar ila birga tiriltirsin. Amiyn.
« So'nggi tahrir: 19 Yanvar 2012, 15:22:06 muallifi AbdulAziz »
"Mo'min va mo'minalar bir-birlariga do'stdirlar. Ular yahshilikka buyuradilar, yomonlikdan qaytaradilar".( Tavba,71).

mubashshir

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 4
  • Xabarlar: 103
  • Jins: Erkak
  • "Mo'minlar hech shak-shubhasiz og'a-inilardir!"
Re: SIDDIQNOMA. Abdurashid Zohid
« Javob #1 : 11 Iyul 2006, 11:24:31 »
Abu Kuhofa

Abu Kuhofa hazrati Abu Bakrning otalaridir. Makka fath etilganida Abu Bakrning butun oilasi musulmon edi, faqat otalari Abu Kuhofagina hamon bobolarining dinini tutib turardi. Makka fath etilganida hazrati Abu Bakr otalarini qo’lidan yetaklab Rasululloh s.a.v. huzurlariga keltirdilar. Abu Kuhofa qarib, munkillab qolgan, ko’zi ham ojiz bo’lib qolgan edi. Allohning Rasuli qari kishini toliqtirib huzuriga yetaklab krlishlarini hush ko’rmadilar va hazrati Abu Bakrga:
- Alloh sizni marhamat qilsin, otangizni bu yoqqa olib kelmasdan, uyida qoldirsangiz yaxshi bo’lardi, men o’zim uning oldiga borardim, - dedilar.
Abu Bakr esa:
- Ey, Allohning rasuli, siz otamning oldiga borganingizdan ko’ra, otam sizning huzuringizga kelgani yaxshiroqdir, - deb javob berdilar. Keyin Rasululloh s.a.v. Abu Kuhofani yaqinlariga chorlab: "Ey, Abu Kuhofa, musulmon bo’l va huzur top!" dedilar. U o’sha zahoti shahodat kalimasini aytib musulmon bo’ldi.

Abu Kuhofa Madinaga borolmadi, Makkada qoldi. Rasululloh s.a.v. vafotlaridan keyin musulmonlar Abu Bakrga bay’at berishganida Abu Kuhofa: "Shu narsa haqiqatdirki Allohning berganini to’sguvchi va Alloh to’sganini ato etguvchi yo’q", deb Allohga shukrlar qildi. Abu Kuhofa r.a. uzoq umr ko’rdi. O’g’li Abu Bakrdan keyin ham bir yil yashadi. Hijratning 14 sanasida 97 yoshida foniy dunyodan rihlat qildi. Alloh u kishidan rozi bo’lsin. Amiyn.
"Mo'min va mo'minalar bir-birlariga do'stdirlar. Ular yahshilikka buyuradilar, yomonlikdan qaytaradilar".( Tavba,71).

mubashshir

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 4
  • Xabarlar: 103
  • Jins: Erkak
  • "Mo'minlar hech shak-shubhasiz og'a-inilardir!"
Re: SIDDIQNOMA. Abdurashid Zohid
« Javob #2 : 11 Iyul 2006, 11:24:44 »
Abdulloh ibn Usmon kim?

Abu Bakr ibn Abu Kuhofaning asl ismlari: Abdulloh ibn Usmon ibn Omir ibn Amr ibn Ka’b ibn Sa’d ibn Taym ibn Murra ibn Ka’b ibn Luvayl al-Qurayshiy at-Taymiydir. Otalarining ismi Usmon, onalarining ismi Ummul hayr Salmo binti Sahr ibn Omirdir.

Abu Bakrni "Atiq" (saqlangan) degan nom bilan ham chaqirishgan. Oisha r.a. rivoyat qiladilar: "Rasululloh s.a.v.: "Abu Bakr Allohning do’zaxdan saqlagan bandasidir" - dedilar. Ana shu kundan boshlab u "Atiq" nomini oldi. (Termiziy rivoyati) Bu hususda yana: "Nasabida aybsitadigan kamchlik bo’lmagani uchun uni "Atiq" deyishadi", degan qavl ham bor. Lekin ulug’ imomlar u zotni "Siddiq" deb nomlashga qaror qilishgan. Alloh rozi bo’lsin.
Ali ibn Abu Tolib deydi: "Alloh taolo Abu Bakrni O’zining rasuli tilida "Siddiq" deb nomladi". Darhaqiqat, Abu Bakr har qanday holatda Allohning rasulini tasdiqlashga shoshldi. "Kimni Islomga da’vat qilsam o’ylandi, ikkilandi. Lekin Abu Bakr, Alloh undan rozi bo’lsin, Islomni zikr qilishim bilan darhol qabul qildi", - deydilar Rasululloh s.a.v.

Oisha r.a. rivoyat qiladilar: "Payg’ambar s.a.v.ning Masjidul Aqsodan Me’rojga ko’tarilgani haqidagi xabar tarqalgach ko’pchilik, hatto Rasulullohning payg’ambarligiga ishonmagan va buni tasdiqlagan odamlarning ba’zilari bu habarni rad qildilar. O’shanda Abu Bakrga: "Endi ham uni tasdiqlaysanmi?" – dedilar. Shunda Abu Bakr: "Agar Allohning rasuli bundan-da ishonish mushkulroq voqea sodir bo’lganini aytganida ham men bu ishni rost deb bilaman, samodan kelgan xabarni doim tasdiqlayman", - deb javob berdilar. Shuning uchun Abu Bakr "Siddiq" deb nom oldilar".
"Mo'min va mo'minalar bir-birlariga do'stdirlar. Ular yahshilikka buyuradilar, yomonlikdan qaytaradilar".( Tavba,71).

mubashshir

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 4
  • Xabarlar: 103
  • Jins: Erkak
  • "Mo'minlar hech shak-shubhasiz og'a-inilardir!"
Re: SIDDIQNOMA. Abdurashid Zohid
« Javob #3 : 11 Iyul 2006, 11:25:00 »
"Sidq" so’zining ma’nosi haqida

Shu o’rinda "sidq" so’ziga qisqacha bo’lsada to’xtalib o’taylik. Tilimizda "sadoqat", "tasdiq" degan so’zlar mavjud. Arab tilidan o’zlashgan mazkur so’zlarning iste’mol ma’nolari o’zbek tilining lug’at kitoblarida to’liq bo’lmasada qaysidir darajada izohlangan. "Sidq" va "siddiq" so’zlari ham shu so’zlar bilan o’zakdosh. Bu so’zlarning o’zak ma’nosi o’zbek tilidagi "to’g’rilik", "rostgo’ylik" tushunchalariga yaqindir.

Qur’oni karimda "sidq" o’zagidan yasalgan so’zlar 158 o’rinda uchraydi. Mufassirlarning sharhiga ko’ra, mazkur so’zlar asosan, "haqni so’ylash, haqdan chalg’imaslik, to’g’ri bo’lish" ma’nolariga dalolat qiladi:
"Biz senga haq azobni keltirdik. Biz, shak shubhasiz, rostgo’ydirmiz". (Hijr, 64- oyat)
"Ayting: "Parvardigorim, meni (qabrimga) haqqi rost (y’ani gunohlarimdan pok bo’lgan holimda) doxil qilgin va (Qiyomat kuni tiriltirganingda ham) haqqi rost (o’ng tomonim bilan) chiqargin..." ( Al- isro, 80-oyat).
"Alloh aytdi: "Bu Kun (y’ani qiyomat kuni) haqqi rost iymon keltirganlarga rost so’zlari foyda beradigan kundir". (Moida, 119-oyat)
"Darhaqiqat, u ( Ibrohim) juda rostgo’y (siddiq) payg’ambar edi"[/b] (Maryam,41-oyat)
"Mo'min va mo'minalar bir-birlariga do'stdirlar. Ular yahshilikka buyuradilar, yomonlikdan qaytaradilar".( Tavba,71).

mubashshir

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 4
  • Xabarlar: 103
  • Jins: Erkak
  • "Mo'minlar hech shak-shubhasiz og'a-inilardir!"
Re: SIDDIQNOMA. Abdurashid Zohid
« Javob #4 : 11 Iyul 2006, 11:25:13 »
Rasululloh s.a.v. aytadilar: "Albatta, sidq yaxshilikka yaxshilik esa jannatga yo’llaydi. Kishi to rost gapirar ekan uni "siddiq" deb yozib qo’yiladi. Shubha yo’qki yolg’on yomonlik sari yomonlik esa jahannamga haydaydi. Kishi to yolg’on gapirar ekan uni "kazzob" deb yozib qo’yiladi" (Muttafaqun alayh). Ibn Abbos r.a. deydi: "Kimda to’rt xislat bo’lsa u foyda ko’ribdi: sidq, hayo, husni xulq va shukr". Bishr ibn Horis aytadi: "Kim Alloh taologa sidq ila muomala qilsa odamlar ko’zidan yashirin bo’ladi". Abu Abdulloh Ramaliy deydi: "Mansur Danuriyni tushimda ko’rdim. Undan:
- Alloh senga qanday muomala qildi? - deb so’radim.
- Gunohlarimni kechirdi, rahmatini yog’dirdi, men kutmagan yaxshiliklarni berdi, - dedi. Men undan yana so’radim:
- Banda Allohga nima bilan yuzlansa yaxshi?
- Sidq bilan.
- Nima bilan yuzlansa yomon?
- Kizb bilan, - deya javob berdi rahmatlik Mansur".

Abu Sulaymon deydi: "Sidq uloving, haq qiliching va so’nggi talabing Alloh bo’lsin". Bir kishi Luqmoni Hakimga: "Bironta sodiq kishi topmadim?, - dedi. Luqmoni Hakim unga: "Agar o’zing sodiq bo’lganingda sodiqlarni tanigan bo’larding, - deb javob beribdi. Muhammad ibn Kittoniy deydi: "Alloh talolning dini uchta ustun ustiga barpo bo’lganini angladim: haq, sidq, adl. Haq - a’zolar ustida, adl - qalblarda, sidq - aqllarda barpo bo’lgan".

Bir kishi Shayh Shibliyning majlisida o’zini Dajla daryosiga otdi. Shunda Shibliy dedi: "Agar u sodiq bo’lsa Alloh taolo Musoga najot berganidek najot beradi. Agar kozib bo’lsa Fir’avnni g’arq qilganidek uni ham g’arq qiladi". Abu Homid G’azzoliy aytadi: "Haromdan chetlashish -  Allohdan qo’rqish, shubhali narsadan garchi u halol bo’lsa ham chetlashish taqvodir, oxiratga yo’l ozig’i bo’lmaydigan barcha narsadan chetlashish esa sidqdir, bu amalning sohibi siddiqdir".
"Mo'min va mo'minalar bir-birlariga do'stdirlar. Ular yahshilikka buyuradilar, yomonlikdan qaytaradilar".( Tavba,71).

mubashshir

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 4
  • Xabarlar: 103
  • Jins: Erkak
  • "Mo'minlar hech shak-shubhasiz og'a-inilardir!"
Re: SIDDIQNOMA. Abdurashid Zohid
« Javob #5 : 11 Iyul 2006, 11:25:24 »
Hazrati Abu Bakrning Islomdan oldingi va keyingi hayotlari

Abu Bakr "Fil voqeasi"dan taxminan uch yil keyin - milodiy 573 yillar atrofida tug’ilganlar. Abu Bakr musulmon bo’lishidan oldin ham suyulgan va do’st tutilgan kishilardan bo’lib, Qurayshning ulug’laridan edilar. Tijorat bilan shug’ullanardilar, tush ta’birini yaxshi bilardilar. Agar Abu Bakr biron ishning boshida bo’lsalar, qurayshliklar u ishni tasdiqlashar xun haqi va qarzni kafillikka olsalar rozi bo’lishar, mabodo boshqasi bu ishni qilsa bekor qilishar edi.

Johiliyat davridayoq, fisqu-fujurdan, yolg’ondan uzoq bo’lganlar, hamr-ichkilikni o’zlari uchun harom bilgan Abu Bakrning pok va saxiy qalbiga Islom birinchilardan bo’lib yo’l topdi. Jannatiy ekani bashorat qilingan Usmon ibn Affon, Zubayr ibn Avvom, Abdurahmon ibn Avf, Sa’d ibn Abu Vaqqos va Talha ibn Ubaydullohlarning Islomga kirishlariga ham Abu Bakr Siddiq sababchi bo’lganlar.

Val-Layl surasining: "O’zi pokdomon bo’lib mol-davlatini (yaxshilik yo’lida) sarf qiladigan zot u (do’zaxdan) yiroq qilinur. U (taqvodor zot) huzurida - zimmasida biror kimsaga qaytariladigan na’mat yo’qdir. U faqat eng Oliy Zot bo’lmish Parvardigorining yuzini - roziligini istab ( mol-davlatini sarf qilur). Va yaqinda (Parvardigorini unga ato etadigan mukofot - jannat ne’matlaridan) rozi bo’lur (17- 21) oyatlar.
Bu oyatlarda zikr qilingan kishidan murod Abu Bakr ekaniga mufassirlar ijmo’ qilishgan. "Ishlaringizda ularga maslahat soling" (Oli- Imron, 159) oyatidagi "ular"dan murod - Abu Bakr va Umar r.a.lar deydi mufassirlar.
"Mo'min va mo'minalar bir-birlariga do'stdirlar. Ular yahshilikka buyuradilar, yomonlikdan qaytaradilar".( Tavba,71).

mubashshir

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 4
  • Xabarlar: 103
  • Jins: Erkak
  • "Mo'minlar hech shak-shubhasiz og'a-inilardir!"
Re: SIDDIQNOMA. Abdurashid Zohid
« Javob #6 : 11 Iyul 2006, 11:25:44 »
Abu Bakr Siddiq Nabiy alayhissalomni mushriklar ozoridan doim himoya qilib yurardilar. Bir gal Rasululloh s.a.v. Ka’bada namoz o’qiyotganlarida Uqba ibn Abu Muayt u zotni qattiq bo’g’di. Shunda Abu Bakr Uqbani itarib, Rasululloh s.a.v.ni uning qo’lidan bo’shatdilar va: "Bir kishini: "Mening Parvardigorim Allohdir", degani uchun o’ldirurmisizlar?! Holbuki, u sizlarga Parvardigorimiz tomonidan aniq hujjatlar keltirgandir." (G’ofir surasi, 28), deya haqni ularga eslatdilar.

Abu Bakrning o’zi ham Qurayshdan ko’p aziyat chekdilar. Islomning ilk davrida Rasululloh s.a.v. va sahobalar Arqamning uyida maxfiy ibodat qilishar edi. Bir kuni Abu Bakr: "Ibodatni oshkora qilaylik", deb qoldilar. Rasululloh s.a.v.: "Ey, Abu Bakr, biz ozchilikmiz" desalar-da, u kishi so’zlarida turib oldilar. Bu ish bilan faqatgina Islomni oshkor qilishni o’ylagan edilar. Keyin Rasululloh s.a.v. sahobalar bilan birga chiqdilar. Abu Bakr odamlarga hitob qildilar. Rasululloh s.a.v. o’tirgan hollarida Allohga duo qila boshladilar. Abu Bakr Allohga oshkora da’vat qilgan ilk kishlardan edilar.
"Mo'min va mo'minalar bir-birlariga do'stdirlar. Ular yahshilikka buyuradilar, yomonlikdan qaytaradilar".( Tavba,71).

mubashshir

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 4
  • Xabarlar: 103
  • Jins: Erkak
  • "Mo'minlar hech shak-shubhasiz og'a-inilardir!"
Re: SIDDIQNOMA. Abdurashid Zohid
« Javob #7 : 11 Iyul 2006, 11:25:59 »
O’shanda mushriklar Abu Bakr r.a. va boshqa musulmonlarga tashlanib ularni qattiq kaltaklashdi. Abu Bakr oyoq ostida qolib ketdilar. Utba ibn Robi’a Abu Bakrning yuzlariga temir poshnali kavushi bilan ura boshladi. Shu darajada urdiki, burunlarini yuzlaridan ajratib bo’lmay qoldi. Taym qabilasidagilar kelib, oraga tushishdi. Abu Bakrni mushriklardan tortib olib uyiga eltishdi. U zot go’yo jonsiz holatda edilar. So’ngra taymliklar orqaga qaytishdi, masjidga kirib: "Agar Abu Bakr o’lsa, Utbani ham o’ldiramiz", deb qasam ichishdi. Keyin yana Abu Bakrning oldiga kelishdi. U yerda Abu Kuhofa ham bor edi. Ular Abu Bakrni so’zlashga undashdi. Lekin to kechgacha Abu Bakrning og’zidan biror so’z chiqmadi. Keyin gapirdilar, birinchi so’zlari shu bo’ldi:
- Rasulullohga nima qildi?
- Uni haqorat qilishdi.
Abu Bakr yana savolini takrorladi. Shunda onasi dedi:
- Allohga qasamki, do’sting to’g’risida hech nima bilmayman.
- Boring Ummi Jamildan Rasululloh haqida so’rang,- deidlar Abu Bakr. Abu Bakrning onasi Ummi Jamilnikiga chiqib, Muhammad Ibn Abdulloh haqlarida so’radi. Shunda u: "Muhammadning ham, Abu Bakrning ham ahvoli nima bo’lganini bilmayman, hohlasang birga boraman", - dedi. Ummi Jamil Abu Bakrning onasi bilan birga chiqib Abu Bakrning oldiga keldi. U zot behush yotgan edilar. Ahvollarini ko’rib Ummi Jamil chinqirib yubordi va:
- Bu qavm fisq ahli bo’lgani uchun ham sizni shu ahvolga soldi.Umid qilamanki Alloh albatta ulardan intiqom oladi,- dedi. Alloh rozi bo’lsin, Abu Bakr shunda o’ziga kelib:
- Rasulullohga nima bo’ldi? - dedilar.
- Rasululloh Arqamning uyida sog’-salomat, dedi Ummi Jamil. Shunda Abu Bakr:
- Allohga qasamki, to Rasulullohning huzurkariga bormagunimcha taom totmayman, sharob ham ichmayman, - dedilar.
"Mo'min va mo'minalar bir-birlariga do'stdirlar. Ular yahshilikka buyuradilar, yomonlikdan qaytaradilar".( Tavba,71).

mubashshir

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 4
  • Xabarlar: 103
  • Jins: Erkak
  • "Mo'minlar hech shak-shubhasiz og'a-inilardir!"
Re: SIDDIQNOMA. Abdurashid Zohid
« Javob #8 : 11 Iyul 2006, 11:26:10 »
Onasi deydi: "Odamlar ko’chada siyrakalshib qadamlar tinganida o’g’lim menga suyangan ko’yi tahsqariga chiqdi. Bir ozdan keyin Rasulullohning huzurlariga yetdik. Rasululloh s.a.v. Abu Bakr tomon qadam tashlab engashdilar, uni o’ta muloyimlik bilan bag’rilariga bosdilar, musulmonlar ham shunday qilishdi. Abu Bakr: "Ota-onam sizga fido bo’lsin, ey, Allohnig rasuli menga hech narsa bo’lmadi, faqat yuzimga ozgina ozor yetkazishdi. Bu ayol mening mehribon onajonim, qani endi Alloh onamni ham do’zax olovidan halos etsa!", dedilar. Shunda Rasululloh s.a.v. uning haqqiga duo qildilar va u musulmon bo’ldi.

Hijratga izn berilgach, Rasululloh s.a.v. Abu Bakrnikiga bordilar. U zot uxlayotgan edilar, uyg’otdilar va dedilar: "Menga ham chiqishga izn bo’ldi". Oisha r.a. deydilar: "Otam sevinganidan yig’lab yubordi. Keyin ular to g’orgacha bordilar va g’orda uch kun turdilar".
"Mo'min va mo'minalar bir-birlariga do'stdirlar. Ular yahshilikka buyuradilar, yomonlikdan qaytaradilar".( Tavba,71).

mubashshir

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 4
  • Xabarlar: 103
  • Jins: Erkak
  • "Mo'minlar hech shak-shubhasiz og'a-inilardir!"
Re: SIDDIQNOMA. Abdurashid Zohid
« Javob #9 : 11 Iyul 2006, 11:26:21 »
Siyrat va fazilatlari

Alloh rozi bo’lsin Abu Bakrni shunday ta’riflashadi: oqishdan kelgan, yonoqlari ozg’in, qirra burun, siyrak soqolli, ochiq yuzli, ko’zlari ichiga botgan, peshonasi keng, kaftlari katta, tetik ko’rinuvchi kishi edilar. Soch-soqolining oqlarini hina va katam bilan bo’yab yurardilar. Zuhriy aytadi: "Abu Bakr oq-sariqdan kelgan, latif, muloyim, sochlari jingalak, ikki yonboshi ingichka kishi bo’lganlar. Shuning uchun ham kiygan izorlari bellarida turmasdi. U zotning Busraga bir necha marta savdo uchun kelganlari rivoyat qilinagan. Abu Bakr Siddiq ser ibodat, yaxshilikda ummatning peshqadami edilar. Abu Hurayra rivoyat qiladilar: "Rasululloh s.a.v bir kuni sahobalardan so’radilar:
- Qaysi biringiz bugun ro’zadorsiz?
- Men, - dedilar Abu Bakr.
- Qaysi biringiz bugun janoza namozida qatnashdingiz?
- Men, - dedilar Abu Bakr.
- Qay biringiz bugun bir miskinni to’ydirdingiz?
- Men,- dedilar Abu Bakr.
- Qaysi biringiz bugun bir bemorni borib ziyorat qildingiz?
- Men , - dedilar Abu Bakr.
- Qaysi kishida bu fazilatlar jamlansa jannatga kiradi, - dedilar Rasululloh s.a.v." ( Muslim rivoyati). Abu Bakr Siddiq Islom niholining bo’y berib, tomir otishi uchun molu-jonini ayamadilar. Abu Hurayradan: "Rasululloh s.a.v: "Hech kimning moli menga Abu Bakrning molidek naf bergan emas”,- dedilar. Shunda Abu Bakr yig’lab aytdilarki: "Ey, Allohning rasuli! O’zim ham molim ham sizga fidodir".
"Mo'min va mo'minalar bir-birlariga do'stdirlar. Ular yahshilikka buyuradilar, yomonlikdan qaytaradilar".( Tavba,71).

mubashshir

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 4
  • Xabarlar: 103
  • Jins: Erkak
  • "Mo'minlar hech shak-shubhasiz og'a-inilardir!"
Re: SIDDIQNOMA. Abdurashid Zohid
« Javob #10 : 11 Iyul 2006, 11:26:38 »
Hazrati Abu Bakr Siddiq Alloh suygan banda edilar. Rasululloh s.a.v. shunday deganlar: "Alloh taolo ohiratda insonlarga ommatan, y’ani hammalariga baravar tajalli qiladi. Ammo Abu Bakrning o’ziga alohida tajalli qiladi" (Ibn Adiy rivoyati). Hujjatul Islom G’azzoliy bu hadisni sharhlar ekan shunday deydi: "Bu so’zlardan: "Hamma Allohning diydorini topadi, Alloh ko’rish lazzatini totadi, faqat bu lazzat Abu Bakrga yetishgan lazzatdan kam bo’ladi, degan xulosani chiqarmaslik kerak. Chunki, Diydorga hamma ham yetolmaydi. Agar kimga bu oliy saodat nasib etsa, Abu Bakrga yetgan zavqning yuzdan, balki mingdan birini topishi mumkin. Shunda ham bu dunyodagi Allohni tanish darajasi Abu Bakr ma’rifatining yuzdan, mingdan biriga teng bo’lsa. Shubha yo’qki, Abu Bakr qalbining tub tubiga o’rnashgan siri bilan ummatning eng afzali bo’ldilar. Shunday ekan, nima uchun u zot o’sha sir tufayli Allohning alohida e’tiboriga va tajallisiga sazivor bo’lmasinlar?!" Abu Bakr yaxshilik qilishda barchadan peshqadam edilar. Umar ibn Hattob Madinaning chekkasida yashaydigan bir ko’zi ojiz kampirnikiga tunlari borib, uy yumushlariga qarashar, hatto ovqatlantirib qo’yar edilar. Navbatdagi tunlardan birida kimdir kampirnikiga borib undan oldin barcha yumushlarni ado qilib ketganiga guvoh bo’ldilar. Bu ish ahr safar takrorlanaverdi. Umarning sabri chidamadi, bu ishlarni kim qilayotganini bilish uchun uyni kuzata boshladi. Ne ko’z bilan ko’rsinki, bu kishi halifa Abu Bakr Siddiq r.a. edilar.
- Siz ekansizda bu ishlarni mendan oldin bajarayotgan, doimo hayrli ishda mendan peshqadamsiz, - dedi shunda Umar do’sti Abu Bakrga.
"Mo'min va mo'minalar bir-birlariga do'stdirlar. Ular yahshilikka buyuradilar, yomonlikdan qaytaradilar".( Tavba,71).

mubashshir

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 4
  • Xabarlar: 103
  • Jins: Erkak
  • "Mo'minlar hech shak-shubhasiz og'a-inilardir!"
Re: SIDDIQNOMA. Abdurashid Zohid
« Javob #11 : 11 Iyul 2006, 11:26:56 »
Abu Bakr Siddiq Alloh va Rasuliga sadoqatlari tufayli jannatda payg’ambarlardan keyingi maqomga sohibdirlar. Ali ibn Abu Tolibdan rivoyat qilinadi: "Rasululloh s.a.v Abu Bakr va Umarga qarab turib: "Bu ikkisi nabiy va rasullardan boshqa barcha avvalinu ohirin jannat ahlining sayyididir!Ey, Ali faqat ularning o’zini bu gapdan habardor qilmagin", dedilar". (Termiziy rivboyati).

Abu Bakr sadoqatlari uchun Nabiy alayhissalomning qalblarida suyukli edilar. Abdulloh ibn Shaqiqdan: "Men Oisha r.a.dan so’radim:
- Allohning rasuliga ashobidan kim eng suyukli edi?
- Abu Bakr!- deb javob berdilar Oisha r.a.
- Keyin-chi?
- Umar!
- Keyin-chi?
- Abu Ubayda!
- Keyinchi?
Oisha r.a. sukut qildilar". (Termiziy rivoyati)

Abu Bakr Siddiq nihoyatda fayonatli, ziyrak, fahmli kishi edilar. "Rasululloh s.a.v. minbar ustida turib shunday dedilar: "Alloh taolo bir bandani dunyo go’zalligidan istaganini berish bilan O’z huzuridagi narsani berish o’rtasida ihtiyorli qildi. Banda Alloh huzuridagi narsani tanladi!" Shunda Abu Bakr: "Yo, Rasululloh ota- onam sizga fido bo’lsin!" dedilar. Biz ajablandik. Kimdir o’shanda: "Mana bu qariyaga qaranglar. Rasululloh s.a.v. Alloh ihtiyorli qilgan banda haqida gapirsalar," ota-onam Sizga fido bo’lsin" deydi-ya" deyishdi. O’sha tanlash huquqi berilgan banda Rasululloh s.a.v. ning o’zlari ekanlar. Abu Bkar bu narsani boshqalardan ko’ra eng avval anglagan edilar". (Buxoriy rivoyati)
"Mo'min va mo'minalar bir-birlariga do'stdirlar. Ular yahshilikka buyuradilar, yomonlikdan qaytaradilar".( Tavba,71).

mubashshir

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 4
  • Xabarlar: 103
  • Jins: Erkak
  • "Mo'minlar hech shak-shubhasiz og'a-inilardir!"
Re: SIDDIQNOMA. Abdurashid Zohid
« Javob #12 : 11 Iyul 2006, 11:27:08 »
Abu Bakrning moli Nabiy s.a.v.ga eng foyda bergan mol ei. Abu Hurayra r.a.dan: "Rasululloh s.a.v. shunday dedilar: "Bizning oldimizda kimning qo’li biror hizmati bo’lsa barchasiga munosib mukofatini berdik. Faqat Abu Bakrgina bundan mustasnodir.Bizning huzurimizda uning shunday yaxshi hizmati borki, Alloh Qiyomat kunida unga munosib mukofatini berur. Agar o’zimga do’st tanlash ihtiyori berilsa, albatta Abu Bakrni tanlagan bo’lardim. Ogoh bo’ling sohibingiz Allohning do’stidir". (Termiziy rivoyati.)

Abu Bakr shubhali narsalardan qattiq qochuvchi edilar. Bir kuni ichgan sutlari hususida shubhaga bordilar. So’ng barmoqlarini bo’g’zilarigacha tiqib ichgan sutlarini qayt qildilar. Hatto jonlari chiqib ketay dedi.
Birodar, Abu Bakr Siddiqday zot shu shubhali narsani bilmasdan ichib qo’ganlarida buning uchun gunohkor bo’lmasliklaridan, fiqhiy fatvoda uni qayt qilish vojib emasligidan behabarmidilar? Agar habardor bo’lsalar nega bunday yo’l tutdilar? Bu narsa Abu Bakr r.a.ning ko’ksilariga o’rnashgan sirdir.Shu sir unga umumiy fatvoning yo’rig’i boshqaligini, ohirat yo’lining hatarini SIDDIQlargina anglashini ayon etadi.

Abu Bakr tengi yo’q inson edilar. Abdulloh ibn Umar aytadilar: "Biz Rasululloh s.a.v. zamonlarida: "Agar Abu Bakr, Umar va Usmon ketsa, odamalr barobar bir hil bo’lib qoladi", der edik. Bu gapimiz Rasululloh s.a.v.ga yetganida, u zot gapimizni inkor etmadilar".
"Mo'min va mo'minalar bir-birlariga do'stdirlar. Ular yahshilikka buyuradilar, yomonlikdan qaytaradilar".( Tavba,71).

mubashshir

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 4
  • Xabarlar: 103
  • Jins: Erkak
  • "Mo'minlar hech shak-shubhasiz og'a-inilardir!"
Re: SIDDIQNOMA. Abdurashid Zohid
« Javob #13 : 11 Iyul 2006, 11:27:18 »
Abu Bakr Siddiq ilmga chanqoq, shikastanafs inson edilar. Bir kuni Rasululloh s.a.v.ning huzurlariga kelib: "Ey, Rasululloh namozda o’qishim uchun menga bir duo o’rgating", deya o’tindilar. Shunda Rasululloh s.a.v: "Allohim men o’zimga ko’p zulm qildim.Gunohlarni faqat Sen mag’firat qilasan. Bas, huzuringdagi mag’firat ila mani avf etgin menga rahm qil. Albatta Sen mag’firatli, rahmli Zotsan", deb o’rgatdilar.

Rasululloh s.a.v. bu duoni "o’ziga ko’p zulm qilgan"kishiga - Abu Bakrga o’rgatdilar. Ummatning orasidagi eng ulug’ zotga, iymoni eng mukammaliga, Qur’on o’qiganida ko’z yoshini tiyolmaydigan qalbi halimiga, o’zlari jannatiy deb bashorat berganlari, butun mo’minlarning iymoni tarozining bir pallasiga, uniki boshqasiga qo’yilsa ikkinchi pallaga qo’yilgani og’ir keladi, deb vasf qilganlari, Umarning hulqi uning ahloqi oldida dengizdan bir tomchi deb baholaganlari o’sha Abu Bakrga o’rgatganlar!... Rostgo’y Abu Bakr risolatni tasdiq etgan kunidan to umrining ohirigacha jonini va molini Alloh va rasuli uchun bahshida etgan Abu Bakr-ki," o’zimga ko’p zulm qildim..." deb duo etib tursa, bizning ahvolimiz qanday bo’ldi?!
"Mo'min va mo'minalar bir-birlariga do'stdirlar. Ular yahshilikka buyuradilar, yomonlikdan qaytaradilar".( Tavba,71).

mubashshir

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 4
  • Xabarlar: 103
  • Jins: Erkak
  • "Mo'minlar hech shak-shubhasiz og'a-inilardir!"
Re: SIDDIQNOMA. Abdurashid Zohid
« Javob #14 : 11 Iyul 2006, 11:27:28 »
Abu Bakr Siddiq r.a. sadoqatli edilar. Jumladan Rasululloh s.a.v.ga bo’lgan muhabbatlarida sobit edilar. U zotni qattiq sog’inardilar va u zotga ergashuvchilarning peshqadami edilar. Rasululloh s.a.v. boqiy dunyoga rihlat qilganlaridan ikki sana o’tgan. Madina ko’chalari u zotsiz huvillab qolgan edi. Habiblarini eslatuvchi kichikkina harakat yohud ashyo sahobalarning yuraklarini o’rtaydi, ko’zlaridan yosh oqizadi... Ana shunday kunlarning birida sahobiylarning biri o’g’ilchasi bilan ko’chada ketib borardi. Bolakay uch-to’rt yoshlar chamasida. Balki sahobiy bo’lishga ulgurmagan ilk tobe’inlardandir. Ularning qarshi tarafidan bir zot kela boshladi.U kishi Rasulullohning dunyo-yu ohiratdagi sevimli birodarlari Abu Bakr Siddiq r.a. edilar. Bolakay Abu Bakrga tikilaturib otasining etagidan qattiq tortdi va: "Otajon Rasululloh mana shu kishimi?" deya so’radi. Ota savolni eshitdi-yu, javob berish o’rniga bukilib yig’lay boshladi. Hazrati Abu Bakr r.a. u kishidan nega yig’layotganini so’radilar. Ota farzandining savolini takrorladi. Endi Abu Bakr ham yig’lashga tushdilar. Murg’ak bolakay esa, katta ayb qilib qo’ygandek boshini egib turar, ularning nega yig’layotganini tushunmasdi...

Aziz birodar! Tabiiyki, siz bu yig’ining sababi Rasulullohga bo’lgan Sog’inch va u Sog’inchning ozgina turtki bilan junbushga ekanini yaxshi anglab turibsiz. Qarang, Abu Bakr Rasulullohga qanchalik bog’langan edilar!
"Mo'min va mo'minalar bir-birlariga do'stdirlar. Ular yahshilikka buyuradilar, yomonlikdan qaytaradilar".( Tavba,71).

 

Muhammad Zohid Qo'tqu. Ahli sunnat val-jamoat aqoidi

Muallif HanafiyBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 203
Ko'rilgan: 83746
So'nggi javob 16 Iyul 2008, 06:42:17
muallifi AbdulAziz
Muhammad Zohid Qo'tqu. Mo'minning sifatlari

Muallif AbdulAzizBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 56
Ko'rilgan: 30587
So'nggi javob 04 Fevral 2009, 10:06:16
muallifi AbdulAziz