Abdurashid Zohid. Siddiqnoma  ( 27816 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B


mubashshir  15 Iyul 2006, 09:12:38

Qaysi kishida quyidagi to'rt hislat bo'lsa, u Allohning yahshi bandlaridandir:
- tavba qiluvchi kishini ko'rganda quvonish;
- dindan yuz o'girgan kishi haqqiga hayrli duoda bo'lish;
- gunohkor uchun istig'for aytish;
- muhsin kishidan yordamini ayamaslik.
O'zingni tuzat,shunda odamlar ham sen uchun tuzaladi.

Qayd etilgan


mubashshir  15 Iyul 2006, 09:17:45

Eng afzal ziyraklik taqvodir.
Eng katta ahmoqlik gunoh qilishdir.
Eng ulug' rostgo'ylik omonatga hiyonat iqlmaslik.
Eng ulug' yolg'on esa omonatga hiyonat.
Alloh taolo zohiringda ko'ringan narsa orqali botiningni ko'radi.
Agar dunyo ziynatlaridan birortasi tufayli bandaning qalbiga kibr kirik qolgan bo'lsa, to shu banda o'sha ziynatni tark qilmaguncha, unga Allohning g'azabi yog'ilib turadi.

Qayd etilgan


mubashshir  15 Iyul 2006, 09:24:29

Ko'p gapirish ko'p gaplarni unuttiradi.
Alloh hidoyat qilmagan har bir kishi zalolatdadir.
Allohning himoyatida bo'lmagan har bir kishi baloga yo'liquvchidir.
Allohning yordamidan uzilgan kishi Allohdan uzilgan,o'zholiga tashlab qo;yilgan kishidir.
Alloh kimni to'g'ri yo'lga boshlasa u hidoyatda, kimni adashtirsa,u zalolatdadir.
Kimda ushbu uch fe'l bo'lsa, demak unga qarshi uning uchta dushmani jamlanibdi:zulm, ahdga bevafolik va makr-hiyla.

Qayd etilgan


mubashshir  15 Iyul 2006, 09:31:06

Bir kishi kelib Abu Bakr r.a.ni maqtadi. Shunda u zot Yaratganga yuzlanib aytdilarki:"Ey Rabbim, men o'zimni bulardan ko'ra ko'proq bilaman, Sen esa meni mandan ko'ra ko'proq bilasan. Bas, mening ular bilmaydigan gunohlarimni kechir,meni ular o'ylagandan ham yahshiroq banda ayla, meni ular gapirgan gaplar uchun jazolama".
Ikkita hislatning sen uchun yahshirog'i shu ikki hislatning senga yoqimsizrog'idir.
Tadbirini ayolga tiopshirgan qavm hor bo'ladi.
Birodariga jonini tikib yordam bergan kishiga Allohning rahmati yog'iladi.

Qayd etilgan


mubashshir  15 Iyul 2006, 09:38:31

Yahshilik qilish yomonlik tufayli keladigan halokatdan saqlaydi.
Ohiri do'zah bo'lgan yahshilik yahshilik emas, ohiri jannat bo'lgan yomonlik yomonlik emas.
Iymoni yo'qning dini yo'q, hisobi yo'qning ajri yo'q, niyati yo'qning amali yo'q.
Koshki, barglari yulib-yulib olinib, keyin yeyiladigan daraht bo'lsam.
Bir kishi Abu Bakr Siddiqqa dedi:
- Men seni shunday so'kayki,shu so'kish sen bilan qabrga kirib ketsin!
- Yo'q, so'kishing men bilan emas, o'zing bilan qabrga kiradi,-dedilar Abu Bakr r.a.
Yahshi amallarda menga yordam beringlar,adashsam to'g'ri yo'lga solib qo'yinglar.
Ey, insonlar, kizb-yolg'onchilikdan saqlaninglar,chunki kizb iymondan chekinishdir.

Qayd etilgan


mubashshir  15 Iyul 2006, 10:43:06

Saralarning sarasi.
Shayh Abdulqodir Giyloniy odamlarni quyidagicha saralaydirlar.Bu narsa umumiy islomiy o'lchovga ham to'g'ri keladi. Insonlarning eng yahshilari Muhammadning s.a.v.tavhid e'tiqodida bo'lgan ummatlaridir. Ularning yahshilari dastlab iymon keltirgan, bor-budlarini Alloh yo'lida bag'ishlab, butun hayotlari davomida din fidoyilari bo'lgan zotlar - ashobi kiromlardir.
Ashobi kiromlarning yashilari esa Hudaybiya sulhigacha bay'at berganlar.
Ulaning oralaridagi saralari - ashobi Badr, ya'ni Badr jangi qahramonlari. Ularning soni 313 nafardir.
Ashobi Badrning yahshilari Islomni dastlab qabul qilgan  40 kishidir, ularning ohirgisi Hazrati Umardir.
U 40taning ichidagi yahshilari - Rasululloh s.a.v.jannati degan o'n nafar sahoba:
1. Abu Bakr Siddiq r.a.
2.Umar ibn Hattob r.a.
3. Usmon ibn Affon r.a.
4. Ali ibn Abu Tolib r.a.
5. Talha ibn Ubaydulloh r.a.
6. Zubayr ibn Avvom r.a.
7. Abdurahmon ibn Avf r.a.
8.Sa'd ibn Abu Vaqqos r.a.
9.Abu Ubayda Ibn Jarroh r.a.
10. Said ibn Zayd r.a.
Bu O'ntalikni afzali - to'g'ri yo'ldagi to'rt halifa
1. Abu Bakr Siddiq r.a.
2. Umar ibn Hattob r.a.
3. Usmon ibn Affon r.a.
4. Ali ibn Abu Tolib r.a.
Bu to'rttaning yahshisi Abu Bakr Siddiq r.a. va Umar ibn Hattob r.a.
Ikkitaning yahshisi esa shubhasiz, Abu Bkar Siddiq r.a.
"Musulmonlar taqvim kitobi"dan.

Qayd etilgan



AbdulAziz  11 Iyul 2008, 16:32:44

Siddiqnoma



Muallif: Abdurashid Zohid

Hajmi: 82 Kb
Fayl tipi: pdf, zip

Saqlab olish

Online o'qish

Qayd etilgan