Abdurashid Zohid. Siddiqnoma  ( 46031 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B


mubashshir  11 Iyul 2006, 11:26:38

Hazrati Abu Bakr Siddiq Alloh suygan banda edilar. Rasululloh s.a.v. shunday deganlar: "Alloh taolo ohiratda insonlarga ommatan, y’ani hammalariga baravar tajalli qiladi. Ammo Abu Bakrning o’ziga alohida tajalli qiladi" (Ibn Adiy rivoyati). Hujjatul Islom G’azzoliy bu hadisni sharhlar ekan shunday deydi: "Bu so’zlardan: "Hamma Allohning diydorini topadi, Alloh ko’rish lazzatini totadi, faqat bu lazzat Abu Bakrga yetishgan lazzatdan kam bo’ladi, degan xulosani chiqarmaslik kerak. Chunki, Diydorga hamma ham yetolmaydi. Agar kimga bu oliy saodat nasib etsa, Abu Bakrga yetgan zavqning yuzdan, balki mingdan birini topishi mumkin. Shunda ham bu dunyodagi Allohni tanish darajasi Abu Bakr ma’rifatining yuzdan, mingdan biriga teng bo’lsa. Shubha yo’qki, Abu Bakr qalbining tub tubiga o’rnashgan siri bilan ummatning eng afzali bo’ldilar. Shunday ekan, nima uchun u zot o’sha sir tufayli Allohning alohida e’tiboriga va tajallisiga sazivor bo’lmasinlar?!" Abu Bakr yaxshilik qilishda barchadan peshqadam edilar. Umar ibn Hattob Madinaning chekkasida yashaydigan bir ko’zi ojiz kampirnikiga tunlari borib, uy yumushlariga qarashar, hatto ovqatlantirib qo’yar edilar. Navbatdagi tunlardan birida kimdir kampirnikiga borib undan oldin barcha yumushlarni ado qilib ketganiga guvoh bo’ldilar. Bu ish ahr safar takrorlanaverdi. Umarning sabri chidamadi, bu ishlarni kim qilayotganini bilish uchun uyni kuzata boshladi. Ne ko’z bilan ko’rsinki, bu kishi halifa Abu Bakr Siddiq r.a. edilar.
- Siz ekansizda bu ishlarni mendan oldin bajarayotgan, doimo hayrli ishda mendan peshqadamsiz, - dedi shunda Umar do’sti Abu Bakrga.

Qayd etilgan


mubashshir  11 Iyul 2006, 11:26:56

Abu Bakr Siddiq Alloh va Rasuliga sadoqatlari tufayli jannatda payg’ambarlardan keyingi maqomga sohibdirlar. Ali ibn Abu Tolibdan rivoyat qilinadi: "Rasululloh s.a.v Abu Bakr va Umarga qarab turib: "Bu ikkisi nabiy va rasullardan boshqa barcha avvalinu ohirin jannat ahlining sayyididir!Ey, Ali faqat ularning o’zini bu gapdan habardor qilmagin", dedilar". (Termiziy rivboyati).

Abu Bakr sadoqatlari uchun Nabiy alayhissalomning qalblarida suyukli edilar. Abdulloh ibn Shaqiqdan: "Men Oisha r.a.dan so’radim:
- Allohning rasuliga ashobidan kim eng suyukli edi?
- Abu Bakr!- deb javob berdilar Oisha r.a.
- Keyin-chi?
- Umar!
- Keyin-chi?
- Abu Ubayda!
- Keyinchi?
Oisha r.a. sukut qildilar". (Termiziy rivoyati)

Abu Bakr Siddiq nihoyatda fayonatli, ziyrak, fahmli kishi edilar. "Rasululloh s.a.v. minbar ustida turib shunday dedilar: "Alloh taolo bir bandani dunyo go’zalligidan istaganini berish bilan O’z huzuridagi narsani berish o’rtasida ihtiyorli qildi. Banda Alloh huzuridagi narsani tanladi!" Shunda Abu Bakr: "Yo, Rasululloh ota- onam sizga fido bo’lsin!" dedilar. Biz ajablandik. Kimdir o’shanda: "Mana bu qariyaga qaranglar. Rasululloh s.a.v. Alloh ihtiyorli qilgan banda haqida gapirsalar," ota-onam Sizga fido bo’lsin" deydi-ya" deyishdi. O’sha tanlash huquqi berilgan banda Rasululloh s.a.v. ning o’zlari ekanlar. Abu Bkar bu narsani boshqalardan ko’ra eng avval anglagan edilar". (Buxoriy rivoyati)

Qayd etilgan


mubashshir  11 Iyul 2006, 11:27:08

Abu Bakrning moli Nabiy s.a.v.ga eng foyda bergan mol ei. Abu Hurayra r.a.dan: "Rasululloh s.a.v. shunday dedilar: "Bizning oldimizda kimning qo’li biror hizmati bo’lsa barchasiga munosib mukofatini berdik. Faqat Abu Bakrgina bundan mustasnodir.Bizning huzurimizda uning shunday yaxshi hizmati borki, Alloh Qiyomat kunida unga munosib mukofatini berur. Agar o’zimga do’st tanlash ihtiyori berilsa, albatta Abu Bakrni tanlagan bo’lardim. Ogoh bo’ling sohibingiz Allohning do’stidir". (Termiziy rivoyati.)

Abu Bakr shubhali narsalardan qattiq qochuvchi edilar. Bir kuni ichgan sutlari hususida shubhaga bordilar. So’ng barmoqlarini bo’g’zilarigacha tiqib ichgan sutlarini qayt qildilar. Hatto jonlari chiqib ketay dedi.
Birodar, Abu Bakr Siddiqday zot shu shubhali narsani bilmasdan ichib qo’ganlarida buning uchun gunohkor bo’lmasliklaridan, fiqhiy fatvoda uni qayt qilish vojib emasligidan behabarmidilar? Agar habardor bo’lsalar nega bunday yo’l tutdilar? Bu narsa Abu Bakr r.a.ning ko’ksilariga o’rnashgan sirdir.Shu sir unga umumiy fatvoning yo’rig’i boshqaligini, ohirat yo’lining hatarini SIDDIQlargina anglashini ayon etadi.

Abu Bakr tengi yo’q inson edilar. Abdulloh ibn Umar aytadilar: "Biz Rasululloh s.a.v. zamonlarida: "Agar Abu Bakr, Umar va Usmon ketsa, odamalr barobar bir hil bo’lib qoladi", der edik. Bu gapimiz Rasululloh s.a.v.ga yetganida, u zot gapimizni inkor etmadilar".

Qayd etilgan


mubashshir  11 Iyul 2006, 11:27:18

Abu Bakr Siddiq ilmga chanqoq, shikastanafs inson edilar. Bir kuni Rasululloh s.a.v.ning huzurlariga kelib: "Ey, Rasululloh namozda o’qishim uchun menga bir duo o’rgating", deya o’tindilar. Shunda Rasululloh s.a.v: "Allohim men o’zimga ko’p zulm qildim.Gunohlarni faqat Sen mag’firat qilasan. Bas, huzuringdagi mag’firat ila mani avf etgin menga rahm qil. Albatta Sen mag’firatli, rahmli Zotsan", deb o’rgatdilar.

Rasululloh s.a.v. bu duoni "o’ziga ko’p zulm qilgan"kishiga - Abu Bakrga o’rgatdilar. Ummatning orasidagi eng ulug’ zotga, iymoni eng mukammaliga, Qur’on o’qiganida ko’z yoshini tiyolmaydigan qalbi halimiga, o’zlari jannatiy deb bashorat berganlari, butun mo’minlarning iymoni tarozining bir pallasiga, uniki boshqasiga qo’yilsa ikkinchi pallaga qo’yilgani og’ir keladi, deb vasf qilganlari, Umarning hulqi uning ahloqi oldida dengizdan bir tomchi deb baholaganlari o’sha Abu Bakrga o’rgatganlar!... Rostgo’y Abu Bakr risolatni tasdiq etgan kunidan to umrining ohirigacha jonini va molini Alloh va rasuli uchun bahshida etgan Abu Bakr-ki," o’zimga ko’p zulm qildim..." deb duo etib tursa, bizning ahvolimiz qanday bo’ldi?!

Qayd etilgan


mubashshir  11 Iyul 2006, 11:27:28

Abu Bakr Siddiq r.a. sadoqatli edilar. Jumladan Rasululloh s.a.v.ga bo’lgan muhabbatlarida sobit edilar. U zotni qattiq sog’inardilar va u zotga ergashuvchilarning peshqadami edilar. Rasululloh s.a.v. boqiy dunyoga rihlat qilganlaridan ikki sana o’tgan. Madina ko’chalari u zotsiz huvillab qolgan edi. Habiblarini eslatuvchi kichikkina harakat yohud ashyo sahobalarning yuraklarini o’rtaydi, ko’zlaridan yosh oqizadi... Ana shunday kunlarning birida sahobiylarning biri o’g’ilchasi bilan ko’chada ketib borardi. Bolakay uch-to’rt yoshlar chamasida. Balki sahobiy bo’lishga ulgurmagan ilk tobe’inlardandir. Ularning qarshi tarafidan bir zot kela boshladi.U kishi Rasulullohning dunyo-yu ohiratdagi sevimli birodarlari Abu Bakr Siddiq r.a. edilar. Bolakay Abu Bakrga tikilaturib otasining etagidan qattiq tortdi va: "Otajon Rasululloh mana shu kishimi?" deya so’radi. Ota savolni eshitdi-yu, javob berish o’rniga bukilib yig’lay boshladi. Hazrati Abu Bakr r.a. u kishidan nega yig’layotganini so’radilar. Ota farzandining savolini takrorladi. Endi Abu Bakr ham yig’lashga tushdilar. Murg’ak bolakay esa, katta ayb qilib qo’ygandek boshini egib turar, ularning nega yig’layotganini tushunmasdi...

Aziz birodar! Tabiiyki, siz bu yig’ining sababi Rasulullohga bo’lgan Sog’inch va u Sog’inchning ozgina turtki bilan junbushga ekanini yaxshi anglab turibsiz. Qarang, Abu Bakr Rasulullohga qanchalik bog’langan edilar!

Qayd etilgan


mubashshir  11 Iyul 2006, 11:27:43

Bay’at

Rasululloh s.a.v. hijratning o’n birinchi yili o’n ikkinchi robi’ul avvalda foniy dunyodan ko’z yumdilar. Rasululloh s.a.v.ning jasadlari sovumasdan, ansorlar halifalik masalasini ko’tardilar. Muhojirlar esa hali bu haqda o’ylab ham ko’rmagan, balki sahobalarning ulug’lari Rasululloh s.a.v.ni so’nggi yo’lga hozirlash va dafn masalalair bilan mashg’ul edilar. Ansorlar Bani Soidaning saqifa-shiyponida Sa’d ibn Ubodaning oldiga to’planishdi. Ular: "Bizlardan bir amir, sizlardan bir amir bo’ladi", deyishardi. Ansorlar oldiga Abu Bakr, Umar va Abu Ubaydalar borishdi.

Umar ibn Hattob shunday hikoya qiladi: "Biz Bani Soida saqifasiga yetib keldik. Ansoriylar kiyimlariga o’ralib olgan bir kishi atrofida turishardi. - Kim bu? - deb so’radim men. - Sa’d ibn Uboda! U betob, - deyishdi. Biz ham o’tirdik. So’ng ansorlarning hatiblari turib, Allohga hamdu-sano aytgach shunday dedilar: "Amma ba’d, Bizlar ansorlarmiz, iymon lashkarimiz! Sizlar ey, muhojirlar jamoasi bizning bir guruhimizsiz. Bir to’p kishilar sizlar tomon yelibdilar. Ular bizni aslimizdan ajratmoqni mana shu halifalik ishidan chetlatmoqni hohlaydilar". U so’zini tugatgach men gapirmoqchi bo’ldim. Lekin Abu Bakr: "Shoshmay tur", dedilar. Abu Bakr mendan yaxshiroq, viqorliroq va ayni holatga munosibroq edilar. U men aytmoqchi bo’lgan hamma so’zlarni bitta qo’ymay gapirdi. Hatto undan ham afzalroq gapirdi. "Amma ba’d, aytgan barcha so’zlaringiz yaxshi shunhasiz, sizlarga tegishlidir, ey, ansorlar jamoasi. Sizlar bunga munosib, hatto afzalroq hamsiz. Lekin halifalik ishini arablar faqat Qurayshning ushbu jamoasigagina xos deb biladi. Quraysh nasabda ham, mansil-maqomda ham arabning o’rtachasidir .Sizlarga mana shu ikki kishini tavsiya qilaman, qay birini hohlasangiz o’shangga bay’at bering". Abu Bakr men bilan Abu Ubayda ibn Jarrohning qo’lini tutdi... Allohga qasamki, agar gunohga olib bormasa men uchun boshimning uzilishi, oralarida Abu Bakr bo’lgan qavmga amirlik qilishdan yaxshiroq edi... Gap-so’z ko’paydi ovozlar ko’tarila boshladi. Hatto men ixtilof chiqishidan qo’rqib qoldim. Abu Ubayda men bilan: "Qo’lingizni bering, ey, Abu Bakr, - dedik. Abu Bakr qo’lini cho’zdi. Men unga bay’at berdim. So’ng muhojir va ansorlar ham unga bay’at berishdi. Ular Sa’d ibn Ubodaga qarshi sakrashdi. Kimdir: "Sa’dni o’ldiringlar", dedi. Men: "Sa’dni Alloh o’ldirdi, ya’ni u chetda qolib ketdi dedim. Allohga qasamki, shu yerga hozir bo’lganimizdan beri qilgan eng muvofiq ishimiz Abu Bakrga bay’at berish bo’ldi. Biz agar qavmni shunday tahslab qo’ysak va bay’at bo’lmasa, ular kimlargadir o’zlaricha bay’at berib yuborishlaridan xavfda edik. Natijada, biz ham o’zimiz hohlagan kishiga bay’at berardik yoki ularga qarshi chiqardik. Bu esa fasod-buzilish degani..." ( Ahmad rivoyati)

Qayd etilgan


mubashshir  11 Iyul 2006, 11:27:53

Bay’atdan keyingi ilk hutba

Abu Bakrga bay’at qilib bo’lingach u zot minbarga ko’tarildilar. Alohga hamdu-sano aytdilar va dedilar: "Ey, odamlar, sizlarga boshliq qilindim. Lekin sizlarning yaxshingiz emasman. Solih amallarda menga yordam beringlar, adashsam to’g’ri yo’lga boshlab qo’yinglar. Sidq omonatdir. Kizb hiyonat. Kim orangizda zaif-nochor ekan mening oldimda kuchlidir haqqini olib beraman. "Kuchliman" deganingiz ham oldimda zaifsiz. Alloh taolo hohlasa bu "kuchlidan" zaifning haqqini olib beraman. Birortangiz kurashdan to’htamang. Kimki uni tark qilsa Alloh unga horlikni yozur. To Alloh va rasuliga itoatda ekanman, menga itoat qiling. Qachonki, Alloh v arasuliga osiylik qilsam menga itoat qilish zimmangizdan tushadi.Namozlaringizni qoyim qiling Alloh sizlarni rahmat qilsin".

Qayd etilgan


mubashshir  11 Iyul 2006, 11:28:07

Qo’shin jo’natish

Rasululloh s.a.v. Usoma ibn Zaydni amirlikka tayin qilib Mut’a g’azotida qurbon bo’lganlarni qasdini olish uchun Shomga otlanishni buyurgan va: "Ey,odamlar, Usomaning qo’shiniga qo’shilinglar! Agar Usomaning amirligini kamsitsangiz, undan oldingi amir - Usomaning otasini kamsitgan bo’lasiz. Allohga qasamki, Usoma otasi Zayd ibn Horisadan so’ng menga odamlarning eng suyuklisidir", degan edilar. Alloh rasulining Usoma ibn Zayd hususida bu so’zlarni ta’kidlab aytishlariga sabab odamlar Usomani katta qo’shinga amirlik qilish uchun yoshlik qiladi, degan o’yga borishdi. Chunki o’sha payt Usomaning yoshi hali 20 dan ham oshmagan edi. Ammo Rasululloh s.a.v. ning vafotlari tufayli bu qo’shinning yurishi kechkkan edi.Barcha g’amgin edi. Bir tomonda murtadlar balosi, bir tomonda munofiqlar fitnasi. Rasululloh s.a.v.ning vafotlari musulmonlarni gangitib qo’ydi. Bunday vaziyatda Abu Bakr nima qilsin? Bir tomondan odamlar yosh Usomaning amir bo’lishiga e’tiroz bildirishyapti. Ikkinchi tomondan murtadlikni paydo bo’lishi, musulmonlarning son jihatdan kamligi va Madinaga havf yuzlanishi kabi sabablar tufayli Shomga qo’shin jo’natilishiga ham qarshi chiqishyapti. Biroq Rasululloh s.a.v. Usoma boshliq qo’shinni jo’natishga qattiq turgan edilar. Shunda Abu Bakr r.a. har qanday holatda Alloh va Rasuliga osiy bo’lmaslikka ahd qildilar. Ahir, Alloh rasulining amriga hilof ish tutib bo’ladimi? Yo’q, bunday qilish na uning tabiatiga va na uning hulqiga to’g’ri keladi. Abu Bakrning hulqi-ohirgi lahzagacha sabot bilan tirish, hoh katta, hoh kichik ish bo’lsin Rasulullohning buyurganidan chiqmaslik va haqdan chalg’imaslik edi. Shunga ko’ra, Usoma hususida aytilgan quyidagi gaplar e’tiroz bildirganlarga munosib javob bo’ldi: "Abu Bakrning joni izmida bo’lgan Zotga qasamki, agar yirtqich hayvonmeni changaliga olgan taqdirda ham Rasululloh s.a.v. aytganlaridek, Usoma boshliq qo’shinni jo’natgan bo’lardim.Garchi shahrda mendan boshqa hech kim qolmasa ham albatta bu qo’shinni jo’natar edim".

Qayd etilgan


mubashshir  11 Iyul 2006, 11:28:17

O’shanda Umar r.a. ansorlarning talabini Abu Bakrga yetkazaman deb baloga qolgan edi." Ansorlar Usomadan ko’ra yoshi ulug’roq kishini amir qilishingizni so’rashyapti", dedilar Umar halifaga. Shunda halifa o’tirgan o’rnidan sapchib turdilar va Umarning soqolini ushlab: "Sen o’lib onang bolasiz qolgur,ey, Hattobning o’g’li! Allohning rasuli tayinlagan amirni olib tashlashimni buyuryapsanmi?!" dedilar. Umar odamlarning oldiga chiqar ekan: "nima bo’ldi? - deb so’raganlarga: "Borinlar-e sizlar o’lib onalrngiz bolasiz qolsin! Rasulullohning halifasidan eshitadiganimni eshitdim",- dedilar Umar r.a.

Aziz o’quvchi! Abu Bakr Siddiqning yuqoridagi so’zlari Rasuli akram s.a.v.ning nochor ahvolda qolgan amakisi Abu Tolibga aytganlarini eslatmaydimi: "Ey, amakijon, bu ishimdan voz kechish uchun o’ng qo’limga quyoshni, chap qo’limga oyni qo’ysalar ham to Alloh yuzaga chiqarguncha, zinhor yo’limdan qaytmayman yoki shu yo’lda o’lib ketaman!" degan edilar Sarvari olam.

Qayd etilgan


mubashshir  11 Iyul 2006, 11:28:31

Abu Bakr qo’shin tomon yayov yurdilar.Usoma otda edi.Abdurahmon ibn Avf halifaning ulovini yetaklab borardi. Shunda Usoma:
- Ey, Rasulullohning halifasi,Allohga qasamki, ulovingizga minib oling yo men otdan tushaman! - dedi.
- Allohga qasamki, otdan tushmaysan, men ham ulovga minmayman. Allohning yo’lida bir soat tovonlarimni chang qilsam nima qilibdi! Chunki g’ziyning har bir qadamiga 700 yaxshilik yoziladi,darajasi 700 marta ko’tariladi, 700 hatosi o’chiriladi, - dedilar Abu Bakr. Keyin aytdilar: - Agar ma’qul ko’rsang Umarni men bilan qoldir. Qo’shin amiri Usoma Halifaning bu iltimosini qondirdi. Abu Bakr qo’shinni hiyonat qilmaslikka, o’liklarni a’zolarini kesmaslikka, bolalarni, keksalarni, ayollarni o’ldirmaslikka, mevali darhtlarni chopmaslikka, yoqmaslakka, chorva hayvonlarini sababsiz so’ymaslakka buyurdilar va yana bir qancha ko’rsatmalar berdilar.

Qayd etilgan