Iymonlashish umidi ila...  ( 38292 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 9 B


Muzayyana  18 Aprel 2009, 12:44:31

:bs1:
Nihoyatda shafqatli va mehribon Allohning nomi bilan boshlayapman.
Bizlarga to'g'ri yo'lni aniq ko'rsatib bergan, ko'zlarimizdan esankirash pardasini olib tashlagan ya robbimiz Alloh, yolg'iz senigina madh etamiz. Bashoratchi, ogohlantiruvchi, buyrug'innga binoan diningga da'vat etuvchi va yorug' nurdek yo'limizni yorituvchi Rasuling :sw: ga duo va salomlar yo'llaymiz. Sening roziliging uchun Islom dinini quvvatlantirish yo'lida xizmat qilgan muhtaram sahobalarga, ularga boshpana bergan ansorlarga ham duo va salomlar bo'lsin!

Assalamu alaykum, ahli forum!
Alloh nasib etsa, mazkur blog bahonasida sizlar bilan suhbatlashib, iymonlashamiz, bilganlarimizni bildiramiz, inshaAlloh!
Umid shuki,  bu yerda bayon etadiganlarimiz amri ma'ruf, nahiy munkar vazifasini o'tash ishiga zarra qadar bo'lsada, hissa qo'shsa, inshaAlloh!

Qoidalar: Blogda hamma hamma post qilishi mumkin.
Off larga ham ruxsat bor, faqat...
foydali bo'lsa albatta!
Bitta mavzuda fikr yuritish shat emas
Maqsad iymonlashish, shuning uchun
qat'iyan bitta mavzu belgilanmagan!
Foydali postlaringizni kutamiz!
Va asslamu alaykum varohmatullahu vaborakatuhu!



Qayd etilgan


Muzayyana  18 Aprel 2009, 12:57:00

Nafsimiz bizlarni yomon narsalarga buyuradi. Biz unga quloq soldikmi, tamom, nafsimiz quliga aylandik.Haqning quli emas, nafsimizning quli bo'ldik. Alloh barchamizni shu qullikdan asrasin, amin.Qabr azobidan, qabr fitnalaridan asrasin.
Iymon bilan muzayyan qilgan go'zal yuzimizni, jahannamga xarom qilsin, amin ya Robbil Alamiyn!

Qayd etilgan


Muzayyana  18 Aprel 2009, 12:59:33

Buyuk sahobalar o'gitlari
Abu Dardoning o'gitlari
Yaxshilaringizni sevib, siz haqingizda haq bir gap aytilganida qabul qilar ekansiz, xayr-barakot ichrasiz. Chunki haqni qabul etgan ham haq bilan amal qilgan kishi kabidir. Xalqni u mas'ul bo'lmagan narsalarga mas'ul qilmang va Alloh nomidan hech kimni so'roqqa tutmang.
Ey inson o'g'li! Sen o'z amalingga boq. Zero, xalqdan ko'rganlarini surishtiradigan kishi har doim qayHu chekadi va hech qachon alami so'nmaydi.
Allohga Uni ko'rib turgandek ibodat qilingiz. O'zingizni o'liklardan sanangiz. Bilingki, kun kechirishga yetgulik oz sarvat sizni yo'ldan ozdirib, Haflatga tushiruvchi katta boylikdan yaxshiroqdir. Yodingizda bo'lsin, yaxshilik chirimaydi va yomonlik unutilmaydi.
Yaxshilik mol va farzandlarning ko'pligida emas. Yaxshilik keng fe'lli, axloqli bo'lish, ilm olish va Allohga ibodat qilishda boshqalarga ibrat bo'lishdadir.
Yaxshilik qilganingizda Allohga hamd ayting, mabodo biror gunoh ish sodir etib qo'ysangiz, albatta Allohdan mag'firat so'rang¦.

Qayd etilgan


Muzayyana  18 Aprel 2009, 13:00:08

Buyuk sahobalar o'gitlari
Utba ibn G'azvonning o'gitlari
Xolid ibn Umayr al-Aviydan rivoyat qilinadi: "Utba ibn G'azvon, roziyallohu anhu, Basrada hokim bo'lganida bizga bir xutba o'qidi. Allohga hamd va sanodan so'ng shunday dedi:
Ey insonlar! Dunyo bizdan ayrilmoqchi ekanini xabar bermoqda va bizdan yuzini burib tezlik bilan uzoqlashmoqda. Bizga bu dunyomizdan, bir kosa suv ichilgach, idishning tagida qoladigan bor-yo'g'i bir tomchi kabi narsa qolgan, xolos. Siz bu dunyodan so'ngsiz bir hayotga o'tish arafasidasiz. Shunday ekan, qo'lingizda eng xayrli narsa nima bo'lsa, o'shani o'zingiz bilan olib ketishga Hayrat qiling. Bizga xabar berilishicha, jahannam shunchalar chuqurki, uning ichiga bir tosh otilsa, yetmish yilda ham tubiga yetib bormaydi.
Allohga qasamki, bu so'ngsiz bo'shliq insonlar bilan to'lajakdir. Bunga hayron bo'lyapsizmi?
Bizga tushuntirishlaricha, jannat eshigining ikki pallasi orasi qirq yillik masofadir. Kun kelib, insonlar ana shu joyda qisilib qolishadi. Eslashimcha, yetti kishi hamisha Rasulullohning, sollallohu alayhi va sallam, yonlarida qolardi. Men ham ulardan biri edim. Daraxt yaproqlaridan boshqa ozuqamiz yo'q edi. Yaproq yeyaverganimizdan lab-lunjlarimiz tars-tars yorilar edi. Kunlardan bir kun bir sholcha topib oldim. Uni Sa'd ibn Molik ikkimiz bo'lishib, kiyim qildik.
Bugun esa har birimiz bir o'lkaning hokimlarimiz. O'zimizcha buyuk, Alloh nazdida esa kichik bo'lib qolishdan Alloh taoloning panoh berishini tilayman".

Qayd etilgan


Muzayyana  18 Aprel 2009, 13:00:36

Ubay ibn Ka'bning o'gitlari
Mo'min to'rt vasfga egadir. U boshiga musibat kelsa, sabr qiladi. Bir ne'mat berilsa, shukr qiladi, gapirsa, to'g'ri gapiradi va adolat bilan hukm chiqaradi. Mo'minning besh narsasi nurdir. Mo'min kishi haqida Alloh "Nur'un a'la nur" (nur ustiga nur) yog'dirgan. Inchunun, mo'minning yaxshi so'zi nur, bilimi nur, kirgan yeri nur, chiqar joyi nur va qiyomat kuni boradigan joyi nurdir.
Kofir esa besh zulmat ichidadir. Uning so'zi zulmat, ishi zulmat, kirgan va chiqqan joylari zulmat, qiyomat kuni borar manzili zulmatdir¦.

Qayd etilgan


Muzayyana  18 Aprel 2009, 13:04:36

Abu Umomaning o'gitlari
Sulaym ibn Omirdan, roziyallohu anhu, rivoyat qilinadi: "Abu Umoma bilan Shomda bir dafn marosimida birga edik. Janoza o'qilgach, mayyitni ko'ma boshladilar. Shunda Abu Umoma al-Balxiy baland ovozda dedilar:
? Ey insonlar! Bugun siz yaxshilik va yomonliklar ajratib olinayotgan hayot uyida yashamoqdasiz. Va (qabrni ko'rsatib) juda yaqin bir kunda boshqa uyga, mana bunday qabrga ko'chib o'tishga majbursiz. Bu qabr yolg'izlik, qoronHulik uyidir, bo'rilar uyidir, siqilish va tanglik-qiyinchilik uyidir.

Qayd etilgan


Muzayyana  18 Aprel 2009, 13:06:10

Hazrat Alining (r.a.) vasiyati
Hazrati Ali (r.a.) o'g'li Hazrati Hasanga vasiyat qilgan edilar:
-Bilmagan narsang haqida so'zlama;
-vazifang bo'lmagan ishga kirishma, har ishni ahliga qoldir;
-falokat kelishidan qo'rqqan yo'lingni tark et, zero bir ishda falokat sezilganda, unit ark etmoq qo'rquv bilan olg'a surmoqdan hayrlidir;
-o'zingdan kuchli zolimlar orasida sabr etmoqqa o'rgan, zero, haqsizlik qarshisida haq uchun sabr etmoq eng yaxshi axloqdir;
-kishi dunyoda oxirati uchun nima hozirlagan bo'lsa, ertaga shu narsaga erishadi;
-so'z ahli bo'lishdan ko'ra ish ahli bo'lgin.

Qayd etilgan


Muzayyana  18 Aprel 2009, 13:09:39

Usmon ibn Affonning o'gitlari
Badr ibn Usmon, roziyallohu anhu, amakilaridan rivoyat qiladi:
"Usmon ibn Affon, roziyallohu anhu, xalifa etib saylangach, masjidga chiqdi. Nihoyatda xafahol va yuzlari so'lHin edi. Rasulullohning, sollallohu alayhi va sallam, minbarlariga chiqib, Allohga hamd, Payg'ambarimizga salovot aytgach, shunday dedi:
? Siz o'tkinchi bir hayot uyidasiz va umringizning qolgan qismi ham o'tishini kutmoqdasiz. Shu holda hanuz o'lim kelmay turib, ishlarning eng afzalini qilib olishga shoshiling. Bir qarabsizki, kutilmagan bir soatda ushlanib qolasiz. Unutmangki, bu dunyo yolg'on va aldov ustiga bino bo'lgan.
"Bas, sizlarni dunyo hayoti sira aldab qo'ymasin va sizlarni aldamchi (shayton) Alloh (kechiraveradi, degan aldov) bilan aldab qo'ymasin" (Luqmon, 33, mazmuni).
Sizdan avval o'tgan kimsalarning holidan ibrat oling. So'ng sa'y-harakat qiling va Haflatda qolmang. Zero, siz Haflatga tushib qolsangiz hamki, ishlaringizni hisob-kitob qilishda sira Haflatga tushilmaydi. Dunyoda ekinlar ekib-o'rgan, baland koshonalar qurgan va uzoq vaqt zavqu safo surgan dunyoning o'g'illari, birodarlari bugun qaerda? Dunyo ularni yutib yubormadimi? Jalil Alloh dunyoga naqadar ahamiyat bermaganidek, siz ham shunday unga berilmang. Oxirat uchun harakat qiling. Alloh subqanahu va taolo dunyo hayoti haqida shunday tamsil qilgan: "(Ey Muhammad, odamlarga) dunyo hayoti misolini keltiring. (U) xuddi suv kabidirki, Biz uni osmondan yog'dirgach, (bahorda) u sababli yer o'simliklari (bir-biriga) aralashib (qalinlashib) ketur, so'ngra (kuzda) shamollar uchirib ketadigan xashakka aylanib qolur".

Qayd etilgan


Zamiraxon  18 Aprel 2009, 13:13:21

 :as:
Muzayyana, ishingizni Ollohim davomli qilsin, omiyn

Qayd etilgan


Muzayyana  21 Aprel 2009, 11:44:36

Siz o'zingizga jannatul Firdavsdan bir g'ishti oltindan, bir g'ishti kushumdan va loylari mushku anbardan bo'lgan bir uy, yohudki bir saroy barpo etishni hohlaysizmi?
Unda bu 5 vaqt peshonasi sajdaga egiladigan ummatlar uchun!
Har kuni bomdod namozidan so'ng, tasbeh aytib bo'lgach, bir marta "Fotiha" surasini so'ng, 10marta "Ihlos" suarsini o'qishni tavsiga etaman. InshaAlloh niyatlarimizga yetamiz, Alhamdulillahi Robbil Alamiyn!

Qayd etilgan