Iymonlashish umidi ila...  ( 38236 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 3 4 5 6 7 8 9 B


Muzayyana  10 Oktyabr 2009, 11:28:18

ЎЛИШМИ? ТУҒИЛИШМИ?

Жаҳолатимиз сз узримиздир, ҳар бир тушунмаган нарсамизни инкор қилаверсак, у ҳолда ишонадиган нима қолади?
Онанинг қорнидаги чақалоқни ақлли деб фараз қилайлик. Унинг учун бутун борлиқ олами сзи жойлашган жойдан иборат. Дунёни ксрмаганлиги учун била олмайди. Аа қуёшни, на тупроқни, на ҳавони, на ҳайвонларни ва ссимликларни танийди. Агар имкон топиб унга дунёни тушунтирсак, балки инкор старди. Ўз кичик дунёсига нисбатан коинотнинг буюклиги ва сон санноқсиз имконистлари уни қсрқитиб қссди. Биз учун «оддий» бслган ҳақиқатлар чақалоқ учун «ишонилмас»дир. Бизнинг «туғилиш» деб ном берган ҳодисамиз, унинг учун «слим»дир. Чунки у, сз кичик дунёсидан айрилади. Бу айрилиқ уни носрин қсрқитади. Агар у ҳақиқатни билиб, унга ишонса, қсрқуви йсқолиб, жажжи қалби севинчга тсларди. Чунки у тор оламдан айрилишнинг срнига жуда кенг бслган дунёга келади ва севгили ота-онасига қовушади. Хилма-хил дунё неъматлари уни кутмоқда.
У чақалоқ она қорнидаги сзи ва сз ҳолатини срганиб чиқиб, фикрласа, дунёнинг борлигини тушуна оларди ва ишонарди. Чунки қсл, оёқ, оғиз, ксз, қулоқ ва ҳоказо каби аъзолар она қорнида ҳеч бир ишга срамайди. Буларнинг бошқа бир оламда қслланишлик учун сратилганлиги аниқ. Моддий ва маънавий аъзолар бу тор олам учун берилмаганлиги кундай равшан.
Аслида сйлаб қаралса, бизнинг ҳам бу чақалоқдан фарқимиз йсқ. Шу дунёнинг «қорни»да сшаспмиз. Бу дунё, охиратдаги дунёга нисбатан она раҳмидан ҳам тор ва сиқувчироқ. Охиратни ҳаёлан тасаввур қила олмаслигимизнинг сабаби ҳам мана шу торлик ҳисобига.
Жанобимиз Алайҳиссалоту Вассалам у дунё ҳақида, «на ксз ксрган, на қулоқ сшитган ва на инсоннинг қалбига келган» дес марҳамат қиларкан, бу дунё ақли билан у дунёни англай олинмаслигига жуда гсзал ишора қилганлар.
Демак, бу ҳолатдан келиб чиқиб, бизнинг «слим» дейдиган ҳодисамиз охиратдагиларга ксра «туғилиш» ҳодисасидир. Қабр йсли орқали дунё қорнидан охират слкасига борамиз. Ваҳоланки, Қуръон сна қайта тирилишни исботлашда «илк сратилишимизни» ксз олдимизга келтиришимизни буюрмоқда.
Бир марта йсқликдан ҳаёт берган Зот, сна бир бор тирилтира олмайдими?
Инсон ҳам сз қобилистларини тадқиқ стиш орқали охиратнинг борлигини англай олади. Сон саноқсиз орзуларимиз, чексиз амалларимиз ва чегарасиз истакларимиз бор. Қалбимиздаги овоз «абадий сшашни истайман», дес ҳайқирмоқда. Бу туйғу жавобсиз бсла олмайди.
Очлик ҳиссимиз ейдиган нарсаларимизнинг мавжудлигини ксрсатгани каби, абадист туйғуси ҳам охиратнинг мавжуд сканлигини ксрсатади.
Дунёдаги қисқа ҳаётимиз давомида фақатгина мингдан бир қисмидан фойдаланган қобилистларимиз, мева бермасдан, балки ғунча бсла олмасдан кетмоқда. Ўлаётганимизда ҳам сшаш сҳтиросига ғарқ ҳолатда бсламиз.
Бу ҳақиқатлар бизга сна бошқа бир дунёнинг бор сканлигини англатмайдими?
Умар Севинчгул.

Qayd etilgan


Muvahhid  02 Dekabr 2009, 21:02:48

                                                                                           TALASHIB-TORTISHISH

ALLOH taolo:
"Inson o'zi ko'p tortishuvchi bo'lgan edi", degan (Qahf surasi,54-oyat).
Inson ALLOH yaratgan mahluqot ichida eng ko'p tortishuvchi, har narsaga e'tiroz qilib, talashuvchi bo'lib chiqdi.

Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
"Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
"Kim yolg'onni tark qilsa, holbuki, u botildir, unga jannatning sahnida bir uy quriladi.
Kim haq bo'lib turib, talashib-tortishishni tark qilsa, unga jannatning o'rtasida uy quriladi.
Kim xulqini go'zal qilsa, unga jannatning yuqorisida uy quriladi", dedilar".
Termiziy va Abu Dovud rivoyat qilishgan.

Sharh: Bu rivoyatdan nafaqat nohaqdan talashib-tortishish, balki, haq bo'lib turib ham bu ishni qilish yaxshi emasligini bilib olamiz. Chunki, nima bo'lsa ham talashib-tortishish kishilar o'rtasiga fisqu-fasod va adovat soladi.
Shu tufayli jamiyat a'zolari o'rtasida dushmanlik ruhi tarqaladi. Agar haq bo'lsa, talashib-tortishmay, boshqa yaxshi yullar bilan ham unga erishsa bo'ladi.

Yolg'on ham juda yomon narsa. Hatto hazillashib ham yolg'on gapirib bo'lmaydi. Hazil esa, noo'rin va ko'p bo'lsa, kishining haybatini ketgazadi. Shuning uchun yolg'ondan ham, noo'rin va ko'p hazil qilishdan ham yiroqroqda bo'lmoq lozim.

Go'zal hulqli bo'lishi hammadan go'zal. Islom doimo musulmonlarni go'zal xulqli bo'lishga chaqirgan. Bu hadisi sharifda esa go'zal xulqli bo'lgan mo'min-musulmonlarga jannatning eng yuqori joyidan uy va'da qilinmoqda.

Qayd etilgan


Muvahhid  02 Dekabr 2009, 21:21:05

Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
"Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
"Birodaring ila talashib-tortishma, u bilan hazillashma va unga va'da qilsang, va'dangga xilof qilma", dedilar".
Termiziy rivoyat qilgan.

Sharh: Bu hadisi sharifda Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam siz bilan bizlarni uch narsadan qaytarmoqdalar:
1.Talashib-tortishishdan.
2.Behuda hazillashishdan.
3.Va'daga xilof qilishdan.
Va'daga xilof qilish munofiqlarning ishidir. Bu yomon odat musulmonga mutlaqo to'g'ri kelmaydi.

Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
"Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
"Sening xusumatchi bo'lib turishing gunohkorlik uchun etarlidir", dedilar".
Termiziy rivoyat qilgan.

Sharh: Xusumatchilik ham talashib-tortishishning bir ko'rinishidir. Bu ish ham katta gunohdir. Musulmon odam bu yomon xulqdan uzoqda bo'lmog'i lozim.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining "Hadis va hayot" kitoblari 34 juz "Yaxshilik va ahloq kitobidan" olindi.

Qayd etilgan


Muzayyana  04 Mart 2010, 13:45:43

Ota-onang boshing uzra toj qilgin!

OTA-ONA HURMATINI JOYIGA QO’YISH, ULARNI E’ZOZLASH
Ota- ona hurmatini joyiga qo’yish, ularni e’zozlash Islom dinimizning negizlaridan birini tashkil qiladi. Bu Qur’oni Karimning bir necha o’rinlarida va hadisi shariflarda belgilab qo’yilgan. "œRabbing mendan boshqaga bandalik qilmangiz va ota- onaga ezgulik qilingiz, deb amr etdi: ulardan birlari yoki ikkovlari ham sening ko’z -o’ngingda qarilik yoshiga yetishgach, ularga "œuf..." dema, ularni jerkima, ularga shirin so’zli bo’l! Ular (poyiga) ga mehr-muruvvat (tuyg’usi)dan iborat xokisorlik qanoti ostiga ol va ey rabbim, ular meni yoshligimda tarbiya etkanlari kabi ularga rahm- shavqat ko’rsat, deb iltijo qilgin!" (Al-Isro surasi, 23-24 oyatlar)
Abdulloh ibn Mas’ud r.a.dan rivoyat qilinadi, u kishi dedilar,"œMen rasululloh s.a.v.dan qaysi ish Alloh taologa ko’proq yoqadi? , deb so’radim? Shunda u zot o’z vaqtida o’qilgan namoz , dedilar. Shunda men keyinchi, dedim. Ota- onaga ezgulik qilish, dedilar. Men yana keyinchi, deb so’radim. Alloh yo’lida jihod, deb javob berdilar." (Imom al- Buxoriy rivoyati) Abdulloh ibn Amr r.a.dan rivoyat qilinadi, payg’ambarimiz s.a.v.:"œKishi ota- onasini haqorat qilishi gunohi azimdir, dedilar. Shunda (sahobalar) : Ey Allohning rasuli, odam ota- onasini ham haqorat qilishi mumkinmi? deyishdi. U zot albatta, bir kishi boshqa bir kishini otasidan suksa, o’zining otasini sukkandek, onasidan suksa, o’z onasini sukkandek bo’ladi, dedilar." (Imom Muslim rivoyati) Amr ibn al- Os r.a.dan rivoyat qilinadi, rasululloh s.a.v.dedilar:"œOta rizosi - xudo rizosi, ota g’azabi — xudo g’azabi." (Imom at- Termiziy rivoyati) Abu Hurayra r.a.dan rivoyat qilinadi, rasululloh s.a.v.ning huzurlariga bir kishi kelib "œEy Allohning rasuli, odamlar orasida yaxshi munosabatda bo’lishimga birinchi bo’lib eng haqli odam kim? deb so’radi: U zot onang dedilar. U keyinchi, dedi. U zot yana onang, deb javob berdilar. U yana keyinchi, dedi. Yana onang, deb javob berdilar. U undan keyinchi, deb so’radi. Shunda u zot otang, deb javob berdilar." (Imom al- Buxoruy va Imom Muslim ruvoyati) Amr ibn al-Os r.a.dan rivoyat qilinadi, "œBir kishi rasululloh s.a.v. oldilariga kelib jihodga chiqishga izn so’radi. Shunda u zot ota- onang hayotmilar? , deb so’radilar. U ha, dedi. U zot unda o’shalarning xizmatini qil, dedilar."(Imom al-Buxoriy va boshqa muhaddislar rivoyati) Rasululloh s.a.v.dedilar: "œEng katta gunoh to’g’risida xabar beraymi? Bular — Alloh taologa shirk keltirish va ota- onaning oq qilishidir." (Imom al- Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari) Rasululloh s.a.v.dedilar: "œUch toifa kishiga qiyomat kuni Alloh taolo qiyo boqmas: ota- onasi oq qilganlar, ichkilikka ruju qo’yganlar va berganini minnat qiluvchilar." (Imom an- Nasoiy rivoyati) Rasululloh s.a.v.dedilar: "œOta- onasi oq qilganlarga Allohning la’nati bo’lsin!" (Al- Hokim an- Naysoburiy rivoyati) Abu ad- Dardo r.a.dan rivoyat qilinadi, u kishi bunday dedilar, men rasululloh s.a.v.ning mana bunday deganlarini eshitganman: "œOta — (bamisoli) jannatning o’rta eshigi: xohlasang uni qo’ldan chiqaz, xohlasang uni mahkam ushla!"(Imom at- Termiziy rivoyati) Amr ibn Murra al- Juhaniy r.a.dan rivoyat qilinadi, bir kishi rasululloh s.a.v. huzurlariga kelib: "œEy Allohning rasuli, Alloh taolodan o’zga iloh yo’q ekanligi va siz Allohning payg’ambari ekanligingizga guvohlik berib besh vaqt namozimni o’qisam, moli dunyoyimning zakotini bersam va Ramazon oyi ro’zasini tutsam, bo’ldimi?, dedi. Shunda u zot s.a.v. kimni ota- onasi oq qilmagan bo’lsa, mazko’r aytilgan ishlarni qilib dunyodan o’tsa erta qiyomat kuni payg’ambarlar, siddiqlar va shahidlar bilan mana bu daraja yaqin bo’ladi, deb ikki barmoqlarini birlashtirib ko’rsatdilar." (Imom Ahmad va Imom at- Tabaroniy rivoyatlari) Abu Hurayra r.a.dan rivoyat qilinadi, rasululloh s.a.v.dedilar: "œUch toifa kishining qilgan iltijosi (qarg’ishi) beshak qabuldir: nohaqlik ko’rgan kishining, musofirning va otaning o’z farzandini qarg’ashi." (Imom at- Termiziy rivoyati) Abu Hurayra r.a.dan rivoyat qilinadi, rasululloh s.a.v.dedilar: "œOta- onaga oq bo’lishdan boshqa barcha gunohlarni- Alloh taolo o’zi xohlaganining jazosini qiyomat kuniga olib qolishi mumkin. Lekin bu gunohning jazosini kishi o’lmasdan oldin, hayotlik chog’ida berib qo’yadi." (Imom an- Naysoburiy rivoyati) Muoviya ibn Johima r.a.dan rivoyat qilinadi, Johima r.a. kelib: "œEy Allohning rasuli, jangda ishtirok etishni xohlayman. (Bu borada) siz bilan maslahat qilish uchun keldim, dedi. Shunda rasululloh s.a.v. onang hayotmilar, dedilar. U ha, dedi. U zot (unda borib) xizmatlarini qilgin. Zero jannat- uning oyoglari ostidadir, dedilar." (Imom an- Nasoiy rivoyati) Asmo binti Abu Bakr r.a.dan rivoyat qilinadi, u shunday xabar qiladi: "œMenikiga mushrik onam (mehmon bo’lib) keldilar, shunda men rasululloh s.a.v.dan oldimga onam kelgandilar, u kishi bilan muomala qilsam bo’ladimi?, deb so’radim. U zot ha albatta, muomala qilaver, deb javob berdilar". (Imom al-Buxoriy, Imom Muslim va Imom Abu Dovud rivoyatlari) Oyisha r.a.dan rivoyat qilinadi: "œ(Bir kuni) rasululloh s.a.v. huzurlariga bir kishi yonida bir qariya bilan kirib keldi. Shunda rasululloh s.a.v. ey falonchi, yoningdagi kishi kim bo’ladi, deb so’radilar. U otam bo’ladilar, dedi. Shunda u zot unda u kishidan oldinda yurma, undan oldin o’tirma, uni oti bilan chaqirma va uni haqorat qilma!, dedilar.

(Imom at-Tabaroniy rivoyati)

Qayd etilgan


Muzayyana  04 Mart 2010, 13:52:47

Odamiylik izidan
(Musulmonlarga ozor yetkazish gunohi azim!)

Rasulululloh s.a.v. yo’llardan ozor yetkazadigan narsalarni olib tashlash imon-e’tiqodning bir bo’lagi va jannatga kirishga sabab bo’luvchi xayrli ish ekanining xabarini berdilar. Zero yo’llarga yo’lovchilarga ozor beradigan narsalarni tashlab ketish gunohi azim, manfur ishdir. Abu Hurayra r.a.dan rivoyat qilinadi, rasulululoh s.a.v. dedilar: "œImon-e’tiqod oltmish (ba’zi rivoyatlarda etmish) dan ortiq qismdan iboratki, uning eng oily darajasi "œLa ilaha illalloh" kalimasi bo’lsa, quyi darajasi (odamlar yuradigan) yo’ldan (ularga) ozor etkazadigan narsalarni olib tashlash (bilan bo’ladi). Hayo ham imonning bir bo’lagidir." (Imom al-Buxoriy, Imom Muslim va boshqa muhaddislar rivoyati)

Abu Hurayra r.a.dan rivoyat qilinadi, rasulululoh s.a.v. dedilar: "œUmmatimning (umr davomida qiladigan) barcha yaxshi-yu yomon ishlari menga birma-bir ko’rsatildi. Men ular ichida yaxshi ish yo’llardan (yo’lovchilarga) ozor beradigan narsalarni olib tashlash va yomon ish ustiga u-bu narsa tashlab qo’yilmagan, masjidda tuflab ketilgan balg’am degan xulosaga keldim." (Imom Muslim rivoyati) Abu Hurayra r.a.dan rivoyat qilinadi, rasulululoh s.a.v. dedilar: "œOdamzot zimmasida (tanasidagi) har bir bo’g’im uchun sadaqa berish haqqi bor: quyoshli har bir kunda ikki kishi orasini isloh qilishing ham sadaqa! Biron bir kishiga yukini uloviga ortishiga yordamlashib yuborishing ham sadaqa (qilganlik savobiga erishasan)! (Ochiq chehra bilan) aytilgan shirin so’z ham sadaqa! Namoz o’qish yo’lida qo’yilgan har bir qadam ham sadaqa! Yo’ldan (yo’lovchilarga) ozor beruvchi narsalarni olib tashlash ham sadaqa!" (Imom al-Buxoriy va Imom Muslim rivoyati) Abu Hurayra r.a.dan rivoyat qilinadi, rasulululoh s.a.v. dedilar: "œKishi yo’lda ketayotib tikanli daraxt novdasiga duch kelib qolsa va uni yo’ldan olib tashlasa, Alloh taolo undan (uning bu ishidan) mamnun bo’lib, uning gunohini kechirar." (Imom al-Buxoriy va Imom Muslim rivoyati) Rasulululoh s.a.v. dedilar: "œMen jannatda bir kishining hayoti dunyoda musulmonlar yuradigan yo’ldan ularga ozor berib turgan, o’zi kesib tashlagan o’sha daraxt ostida u yoq-bu yoqqa to’ntarilib, rohatlanib yotganini ko’rdim." (Imom Muslim rivoyati) Shuningdek, yo’llarga yo’lovchlarga ozor beruvchi narsalarni tashlab ketadigan kishilar xususida ham bir qancha hadislar rivoyat qilingan. Jumladan Abu Hurayra r.a.dan rivoyat qilinadi, rasulululoh s.a.v. dedilar: "œOdamlar yuradigan yulga yoki ular dam oladigan soya-salqin joyga axlat tashlab ketadigan (Alloh taolo va odamlar) qarg’ishiga qoluvchi kishilardan biri bo’lib qolishdan hazr bo’ling!" (Imom Muslim rivoyati) Bugungi kunda bu kabi ishlar ba’zi kishilar uchun oddiy holga aylangan. Yo’llarda turib olib sigaret chekib, hamma yoqqa tuflab tashlash, yo’llarni qazigandan keyin uni shu holicha tashlab ketish, tosh, temir, shisha parchalarini uloqtirish kabilar har qadamda uchraydi. Bunda yo’lovchiga biron bir ozor yetib qolishi, ularni xatarga qo’yish bilan gunohga qolish hissi ko’pchilik kishilarning hatto xayoliga ham kelmaydi. Yo’l chetidagi xiyobonlarni axlatga to’ldirish, daraxt ostida yozilib, siyib ketish, mashina moyini oqizish, ovqat qoldiqlari, hayvon suyaklari kabi axlatlarni tashlab ketishlar"¦ Qani imon? Qani diyonat? Qani Allohdan qo’rquv? Qani birodarlik hurmati? Yo’lda xorib-charchab kelayotgan kishi dam olish uchun daraxt soyasiga kelgach tosh, shisha parchalari, axlat, badbo’y hid kabi xunuk manzara ustidan chiqib qolsa, uning qalbidan nimalar o’tishi mumkin? Ko’ngli og’rib, bu kabi manzaraga sabab bo’lgan kishilarni qarg’amaydimi? Payg’ambarimiz s.a.v. birovga ozor yetkazish, zulm qilishdan ehtiyot bo’lishni, boshqa musulmonlarning ham huquqini hurmat qilishni uqtirmaganlarmi?! Mazlumning qarg’ishi Alloh huzurida beshak maqbul-ku?! Biz bundan qo’rqmaymizmi? Ba’zilar mashinasi tezligini oshirib haydab, bo’lar-bo’lmas signal chalib, yo'lovchilarni xatarga qo’yib ko’plab baxtsiz hodisalarga sabab bo’lmoqdalar. Hali voyaga etmagan yosh bolalarning mashina boshqarishni puxta egallamay turib, mashinalarni katta tezlikda haydab o’tishlarining guvohi bo’lmoqdamiz. Yana bir yetkizilayotgan ozor zaruratsiz, yo’lovchilar harakatiga halaqit berib, ko’zini nomahramlardan tiymasdan ko’cha o’rtasida turib olishdir. Abu Sa’iyd al-Xudriy r.a.dan rivoyat qilinadi, rasululloh s.a.v.: "œYo’l ustida turib olishdan hazr bo’ling! , dedilar. Ular (sahobalar) biz faqat gaplasgib turibmiz, xolos, deyishdi. Rasululloh s.a.v. unda "œyo’l haqqi"ni bering, dedilar. Ular ey Allohning rasuli, bizga yo’l haqqi nimaligini o’rgating, deyishdi. Shunda u kishi yo’l o’rtasida turar bo’lsangiz ko’zingizni nomahramdan tiying, birovga ozor yetkazib qo’yishdan ehtiyot bo’ling, salomga alik oling, (bir biringizni) Alloh taolo buyurgan ishlarga targ’ib qilib, U zot man qilgan ishlarni qilmaslik lozimligini uqtiring! ,dedilar " (Imom al-Buxoriy va Imom Muslim rivoyati) Demak, yuqorida aytilgan ishlarni qilgan kishigina yo’lda zarurat yuzasidan turishga haqli. Kimning ushbu ishlarni qilish qo’lidan kelmasa, yo’lda turib olishdan ehtiyot bo’lsin. Aks holda gunohkor bo’ladi. Uyi yo’l yoqasida bo’lgan xonadon rahbarlari oila a’zolarining bu kabi ish-yo’l ustida gapxoha qilmasliklarini nazorat qilishga mas’uldirlar. Shuningdek, yosh bolalarning ko’chada futbol, volleybol kabi o’yinlar o’ynab yo’lovchilarga halaqit bermasliklarini nazorat qilish, ularga bu kabi o’yinlarni chetroqda, stadionlarda o’ynash lozimligini tushuntirishlari zarur. "œYo’l haqqi"ga hozirgi paytda yo’l qoidasiga rioya qilish ham kiradi. Zero yo’l qoidasiga rioya qilmaslik-tezlikni oshirish, svetoforga qarab harakatlanmaslik, mashinani to’xtash mumkin bo’lmagan joyda to’xtatish, mashinani boshqara olmaydigan holatda (masalan, mudroq bosganda) boshqarish kabilar ko’ngilsiz hodisalarga sabab bo’lishi mumkin.

Qayd etilgan


Nurdinboy  27 Yanvar 2011, 22:27:56

Bu mavzu nomi va undagi postlar Tohir Malikning "Imonlashish umidi" kitoblaridan olingan ekan. Biz ham wu kitobdagi ibratli gaplarni yozamizmi?

Qayd etilgan


Nurdinboy  27 Yanvar 2011, 22:30:43

Agar to'g'ri tushungan bo'lsam.

Qayd etilgan


UzMuslim  27 Yanvar 2011, 22:35:18

Bu mavzu nomi va undagi postlar Tohir Malikning "Imonlashish umidi" kitoblaridan olingan ekan. Biz ham wu kitobdagi ibratli gaplarni yozamizmi?
:as:brodaru Aziz..mavzu boshidagi postni to'lig'icha o'qib chiqishingizni Maslahat brardim...hammasi aniq qilib yozib qo'yilgan ekan...uzur agar hato gapirgan bo'sam..

Qayd etilgan


Nurdinboy  27 Yanvar 2011, 22:52:15

Muhabbatsiz qalb - tosh qalbdir. Tangrim tosh qalblarga zinhor nazar solmas. Shunga ko'ra qalbimiz uyini Allohga bo'lgan ishqimiz bilan tuzatmog'imiz joiz. Inson vayrona qalbini faqat muhabbat bilangina obod etmog'i mumkin.

Qayd etilgan


Nurdinboy  27 Yanvar 2011, 22:54:50

Butkul zaminu osmon uyquga cho'mgan damda, bo'ronlar tinib, to'fonlar to'xtagan paytda ham vaqt ziyrak turadi. U hamisha uyg'oq.

Qayd etilgan