Oxirat havo yo'llari  ( 6882 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


Munavvara  18 Aprel 2009, 16:25:05

:bsm:

Mufazzala baxt yozadilar.
 :as:

Parvoz joyi: Dunyo

Qo'nish joyi: Oxirat

Uchish soati: Doimiy

Yo'lovchining ismi: Inson

Jinsi: Тuproq

Manzili: Dunyo

Chiptalar faqat borishi uchun.
Birga olib ketishi mumkin bo'lgan narsalar:
— 5 metr oq mato;
— Solih amal.
— Foydali ilm.


Yo'lovchilar bulardan boshqa narsa olib keta olmaydilar. Yoqimli safar qilishni istaganlarga Qur'oni karim va hadisi sharifdagi ko'rsatmalarga amal qilish tavsiya qilinadi.

Safar davomida kun tartibiga qo'yiladigan masalalar: umringni nimaga sarflading, yoshligingni qanday o'tkazding, mol-dunyoni qaysi yo'l bilan topib, qayerga xarjlading va ALLOH UCHUN NIMA QILDING???
Eslatma: taqvo kamari bilan belini mahkam bog'laganlar uchun safar bexatar bo'lishi kafolatlanadi!

Manba: UzIslam.com

Qayd etilgan


Munavvara  18 Aprel 2009, 16:29:27

AMMOR yozadilar.

BUGUN ALLOH UCHUN NIMA QILDIK?
Har kungi amallarimiz qanday bo`lmoqda?

1) Bugun Islom dinida bo`lganing uchun Allohga hamdu-sano aytdingmi?
 2) Bugun Payg`ambarimiz sollallohu alayhi va sallamga salovat aytdingmi?
 3) Bugun yer yuzidagi mazlum musulmonlar haqqiga duo qildingmi?
 4) Bugun g`iybatdan, chaqimchilikdan, yolg`ondan va bema`no tortishuvlardan tilingni tiydingmi?
 5) Bugun Allohdan qo`rqib yig`ladingmi?

Qayd etilgan


Munavvara  18 Aprel 2009, 16:32:48

Usoma yozadilar.

Undan keyin nido qilinadiki: "Islom dushmanlarining yolg‘onu tuhmatlariga aldanmasdan ahli sunnat e’tiqodida sobit qolgan va to‘g‘ri iymonini nomusini mukammal darajada muhofaza qilgan iymonli va iffatli yoshlar qaerda?". Ular ham keltiriladi. Alloh taolo ularga ham salom berib: "Marhabo!" deydi va xush muomalada bo‘ladi. Ularga ham: "O‘ng tarafga o‘tinglar!" deb buyuradi. Ular uchun ham bir bayroq bog‘lanib, Yusuf (a.s.)ning qo‘liga beriladi. Yusuf (a.s.) ularning imomi bo‘ladi. Bunday yoshlarning sifati — haromlardan, nomahram ayol va qizlardan saqlanishdir.

Undan keyin yana bir nido bo‘ladi: "Alloh uchun bir-birini yaxshi ko‘rganlar, musulmonlarni sevganlar va kofirlarni, murtadlarni sevmaganlar qaerda?" Ular ham Alloh taoloning huzuriga keltiriladilar. Alloh taolo ularga ham: "Marhabo", deb xush muomalada bo‘ladi. Ular ham o‘ng tomonga o‘tkaziladi. Allohning dushmanlarini sevmaganlarning sifati ham sabr va xilmdir. Ular dunyoviy sabab tufayli mo‘minlarga hech qanday yomonlik qilmaydilar. Hazrati Ali (r.a.) va ummatdan unga o‘xshaganlar shundaylardandir.

Undan keyin yana bir nido keladi: "Alloh taolodan qo‘rqib harom ish qilmaganlar va yig‘laganlar qaerda?" Ular ham keltiriladi. Ularning ko‘z yoshlari shahidlar qoni va olimlar sarflagan siyohi bilan tortiladi. Ko‘z yoshi og‘ir keladi. Ular ham o‘ng tarafga o‘tkaziladi. Ular uchun turli ranglar bilan bezatilgan bir bayroq bog‘lanadi. Chunki ular turli xil harom ish qiluvchilar orasida yashab turib, Alloh rahiymdir, kechiradi, deb aldashga harakat qilingani holda harom ish qilishmagandi. Turli gunohlardan saqlanib, Allohdan qo‘rqib yig‘lashgandi. Masalan, kimdir Allohdan qo‘rqib yig‘lagan, kimdir dunyoga aldanib qolmaslik uchun va boshqasi pushaymonlikdan yig‘lagandi. Ularning bayroqlari Nuh (a.s.)ga beriladi. Olimlar ulardan oldin o‘tishni xohlaydilar. "Ularga Alloh uchun yig‘lashni biz o‘rgatdik", deyishadi.

Qayd etilgan


Munavvara  18 Aprel 2009, 16:33:51

Abu Muso yozadilar.

Idishlar va suv

Tumonat haloyiqqa har hil hajmdagi idishlar berilgan. Hamma bir hil
vazifa: dengizdan suv olib kelish topshirilgan. Suvni olib kelish manzili
belgilangan. Kimgadir chelak, kimgadir obdasta, kimga piyola, kimga
angishvona. Ba’zilatga hatto 10 tonnalik suv tashiydigan mashina ham
berilgan . Hullas idishlar turli hil va turli hajmda. Dengiz esa undan
qancha ko’p suv olinsa ham sira kamaymaydi. Haloyiqdan kimlardir
qo’lida idishi boru uni nima qilish kerakligini ham bilmaydi. Kimlardir
zudlik bilan idishni to’ldirish bilan band. Vaqt esa o’lchab berilgan, go’yo
imtihondagidek. Lekin, manzilda esa suv o’lchab qabul qilinadi. Kimlardir
angishvonani liq to’ldirgan odamlardan kulib chelakni 1/10 ini to’ldirib
borsam ham undan ko’p meniki deb, bepervoroq yurbdilar. 10 tonna sig’imli
idshi borlar esa umuman ham beparvo, chunki 1/100 ini olib borsam ham,
hammasidan ko’p suv olib brogan bo’laman deydi va hokazo"¦ Kichik,
idihslilar esa, katta idishlilarga havas va hasad qilishadi, ularga mazza deb.

Manzilga ketib kelingach esa, suvning miqdori bilan emas, berilgan idishning
Qanchalik to’ldirilgani bilan hisob-kitob qilinadi. Shunda kichik idishlilar
hursand bo’lishadiki, katta idishning o’ziga yarasha mas’uliyati ham bor
ekan, deb. Katta idishlilar esa , uni bekor to’ldirmaganliklaridan afsuslanadilar.
Miqdori ozgina bo’lsada, idishi liq to’ldirganlar esa izzatda bo’ladilar.

Ha birodarlar, suv — solih amal, idishlar — insonga berilgan imkoniyatlar,
manzil — mahshar maydoni. Hulosa qilish esa sizlardan "¦

Qayd etilgan


Munavvara  18 Aprel 2009, 16:34:58

Abu Muso yozadilar.

 
IKKI SOHIL

   Keng va sersuv daryo oqib turibdi"¦ Daryoning ikki sohili esa
tumonat odam bilan gavjum. Sohilning bir tomonidagilar hammasi ikkinchi
tomonga o’tish talabidalar. Ikkinchi tarafdagilar esa, ularni harakatsiz va jim
kuzatmoqdalar. Daryoning u tomoniga olib borish uchun, har hil kattalikdagi
qayiq va sollar turibdi(1 kishilik, 2 kishilik va 15-16 kishilikkacha).Garchi
hamma daryoning narigi sohiliga o’tishga intilsada, ularni tanlaydigan va
qayiqqa jamlaydigan mas’ul Zot bor. Ya’ni har kim o’zi hohlagan vaqtda
va o’zi hohlagan kishilar bilan sherik bo’lish huquqidan mahrumdir. Har bir
qayiqda Darg’a(kapitan) va uning yordamchisi tayinlanadi. Daryonning eni
shunchalik kengki, uni suzib o’tish uchun yillar kerak"¦
   Suzib o’tish jarayonida ham kemaga yangi yo’lovchilar mindiriladi va
yoki aksincha, ayrim yo’lovchilar yo’lda tushirilib qoldiriladi yoki boshqa
qayiqqa mingashtirib yuboriladi. Qayiqdagi oddiy matroslar ham tajriba
orttirgach boshqa qayiqqa Darg’a qilib olib o’tiladi"¦


Bu keng daryo — Hayot daryosi bo’lib, biz tirik insonlar ayni damda uni suzib
o’tayotgan yo’lovchilarmiz. Sohilning bir tarafidagilar hali yorug’ dunyoga
kelmagan, lekin Allohga Miysoq va’dasini bergan insonlar, narigi sohildagilar
esa hayotdan ko’z yumgan marhumlardir. Katta-kichik qayiq va sollar esa —
oilalardir. Dar’g’alar-otalar, uning yordamchilari esa-onalardir. Bizning qachon
dunyoga kelishimiz, biz bilan bitmaganidek, qaysi qayiqqa tushishimiz ham biz
bilan kelishilmaydi. O’zimiz ulg’ayib yangi qayiq Darg’asi bo’lganimizdan keyin
ham, qanday yo’lovchi(farzand)lar qayig’imizga mindiriladi biz bilmaymiz.
   Ha, birodarlar har bir Inson hayotga yolg’iz dunyoga keladi va qabrda
ham bir o’zi yotadi. Va har bir Inson o’z qilmishiga o’zi javob beradi. Ota-onalarimiz,
aka-ukalarimiz, opa-singilu, farzandlarimiz, Alloh bizlarni bir qayiqqa joylashtirgan
 yo’ldoshlarimizdir. Hech kimga qattiq muhabbat qo’yib bog’lanib qolish yaramaydi!
Faqatgina vazifa va burch yuzasidan bog’lanish kerak. Matroslar o’z vazifasini qoyil
 qilib bajarishlari kerak, Dar’g’a bo’lgach ham o’z vazifa va burchlarimizni anglab
unga musthkam amal qilmasak, qayiqlarimizda intizomsizlik yuzaga keladi. Agar
qayig’ingizga solih yo’lovchilar minishini hohlasangiz duoga qo’l oching"¦

Qayd etilgan


Munavvara  18 Aprel 2009, 16:37:22

Mufazzala baxt yozadilar.

Ikki kishi, ikkalasi ham sayohatchilar. Qo'llarida bir hil bo'lgan bir joyni
kartasi, ya'ni tasavvur qilaylik Moskvaniki. Ular Moskvadan o'zlariga kerak
bo'lgan bir joyni topib borishlari kerak. Topib borishlari uchun vaqt, imkoniyat
chegaralangan, izlagan, borish kerak bo'lgan manzillarini faqat karta yordamida
topib bora oladilar xolos. Vaqt g'animat....
Ikkalasi ham qidirib ketdilar, faqat bitta muammo.... Ikkinchi kishini qo'lidagi haritani
ustiga garchi Moskva haritasi deb yozilgan bo'lsada, o'zi tamoman boshqa bir joyni
haritasi, ya'ni nashrda adashilib Kiyev haritasi ustiga Moskva deb pechat urilgan.
Bu yanglish harita sohibi o'qimishli, 4 ta diplomi bor, bir necha hil tillarni bemalol biladi,
puli ko'p, umuman olganda ziyoli bir odam. Aytinglarchi bu yanglish harita sohibi izlagan,
ko'zlagan manziliga yetib bora oladimi? Haritadan murod nima???

Qayd etilgan


Munavvara  18 Aprel 2009, 16:40:06

mahjuba2000 yozadilar.

Bu to dunyodan oxiratga eltuvchi hayot yo'lini bosib o'tishga misol bulsa kerak. Vaqtlar g'animat, chegaralangan, qilish kerak bulgan ishlar esa ko'p. Har birimizning yuklarimiz ham bor ortimizda. Lekin u yuklarni ma'lum chegaraga etganda tashlashimizga to'g'ri keladi. Bu yuklarning haromida azob, halolida hisoblar bor...
Qo'limizdagi harita bulsa - bu bizning hayot yulidagi manhajimizdir. Ba'zilarda tug'ri harita, yana ba'zilarda esa garchi o'zi tug'ri deb uylasada yanglish harita.
Qo'lidagi  haritaning tug'rimi yo noto'g'rimi, ikkilanib bu haritani tashlasammikin deb turganlar ham bor...
Har qancha dunyoviy mansablar egasi, tillarni mukammal biluvchi bulsin, agar haritasi chalkash bulsa, manzilini topa olmay adashadi.

Qayd etilgan


Munavvara  18 Aprel 2009, 16:41:03

Zubayra yozadilar.

Uning tanlagan haritasi noto`g`ri ekan unda ning 10 til, 4 ta diplomi bo`lgani bilan ham,
unga bu o`qiganlari yordam bera olmaydi,
chunki avval iymon deyilgan, bu narsa yo`q ekan hozirgi holatimizdagi olim deb atalayotgan iymon davosini qilgan,
mana shu harita to`g`ri manzilimga olib boradi deb davo qilgan insonlarning qilgan barcha ishlari,
ohir manzilda yo`qqa chiqadi.
Shunday ziyolilar hozirgi kunimizda yo`q emas!

Qayd etilgan


Munavvara  18 Aprel 2009, 16:42:34

Mufazzala baxt yozadilar.

Yashanglar, yana ozroq izoh beraman, to'ldirish maqsadida.
Ikki insonni birida tog'ri ikkinchisida yanglish (xato) haritalar.
Birinchi inson juda omi, ilmi ham unchalikmas lekin haritasi
to'g'ri. U hech qiynalmasdan manziliga yetib boradi.
Ikkinchi odam esa juda o'qimishli, har sohada ilgari, boy-badavlat,
ammo haritasi yanglish. U ming o'qimishli, ming epchil, ming boy
bo'lsin, har sohada mukammal bo'lsin ko'zlangan manzilga yetib
bora olmaydi.
Haritadan murod bu- Hidoyat.
Manzildan murod bu- Jannat

Endi o'ylab ko'ringlar, bizlarni qalbimizdagi Alloh bergan Hidoyat bu-
bizlarni to'g'ri haritalarimizdir. Bizga berilgan ushbu sof harita yordamida
ko'zlagan manzilimizga yetib boramiz inshaAlloh.
Yanglish harita egasini tutgan maqomi naqadar baland bo'lmasin, biz undaylardan
qo'limizdagi sof haritalarimiz sabab yuqori darajalardamiz.

Qayd etilgan


Munavvara  18 Aprel 2009, 16:46:21

Muslimaa yozadilar.

БИЗДАГИ 10 ИСА ОФ

1. Илмлар исроф, қанча срганмайлик, амал қилмадик;
2. Амаллар исроф - йиллаб такрорладик, ихлос қилмадик;
3. Куч-қувват исроф - Аллоҳ йслидамас, қорин йслида фидо;
4. Қалблар исроф - Аллоҳни ссламас, уммат ғамидан жудо;
5. Баданлар исроф - намозлар срнида уйқу, ишрат, маъсистга ғарқ;
6. Севгилар исроф - никоҳу-зиною, ҳаром сртасин қилмайин фарқ;
7. Вақтлар исроф - бсшлиқ бирла тслган бсшлиқ;
8. Ақллар исроф - фитратидан бегона, ёвлари бслди бошлиқ;
9. Хизматлар исроф - тоғутлар пойидаги топталган бир даста гул;
10. Зикрлар исроф - қалб ёришмас, ксздан ёш томмас бир ҳаёлга қул.


Qayd etilgan