Abu Muso yozadilar.
IKKI SOHIL
Keng va sersuv daryo oqib turibdi"¦ Daryoning ikki sohili esa
tumonat odam bilan gavjum. Sohilning bir tomonidagilar hammasi ikkinchi
tomonga o’tish talabidalar. Ikkinchi tarafdagilar esa, ularni harakatsiz va jim
kuzatmoqdalar. Daryoning u tomoniga olib borish uchun, har hil kattalikdagi
qayiq va sollar turibdi(1 kishilik, 2 kishilik va 15-16 kishilikkacha).Garchi
hamma daryoning narigi sohiliga o’tishga intilsada, ularni tanlaydigan va
qayiqqa jamlaydigan mas’ul Zot bor. Ya’ni har kim o’zi hohlagan vaqtda
va o’zi hohlagan kishilar bilan sherik bo’lish huquqidan mahrumdir. Har bir
qayiqda Darg’a(kapitan) va uning yordamchisi tayinlanadi. Daryonning eni
shunchalik kengki, uni suzib o’tish uchun yillar kerak"¦
Suzib o’tish jarayonida ham kemaga yangi yo’lovchilar mindiriladi va
yoki aksincha, ayrim yo’lovchilar yo’lda tushirilib qoldiriladi yoki boshqa
qayiqqa mingashtirib yuboriladi. Qayiqdagi oddiy matroslar ham tajriba
orttirgach boshqa qayiqqa Darg’a qilib olib o’tiladi"¦
Bu keng daryo — Hayot daryosi bo’lib, biz tirik insonlar ayni damda uni suzib
o’tayotgan yo’lovchilarmiz. Sohilning bir tarafidagilar hali yorug’ dunyoga
kelmagan, lekin Allohga Miysoq va’dasini bergan insonlar, narigi sohildagilar
esa hayotdan ko’z yumgan marhumlardir. Katta-kichik qayiq va sollar esa —
oilalardir. Dar’g’alar-otalar, uning yordamchilari esa-onalardir. Bizning qachon
dunyoga kelishimiz, biz bilan bitmaganidek, qaysi qayiqqa tushishimiz ham biz
bilan kelishilmaydi. O’zimiz ulg’ayib yangi qayiq Darg’asi bo’lganimizdan keyin
ham, qanday yo’lovchi(farzand)lar qayig’imizga mindiriladi biz bilmaymiz.
Ha, birodarlar har bir Inson hayotga yolg’iz dunyoga keladi va qabrda
ham bir o’zi yotadi. Va har bir Inson o’z qilmishiga o’zi javob beradi. Ota-onalarimiz,
aka-ukalarimiz, opa-singilu, farzandlarimiz, Alloh bizlarni bir qayiqqa joylashtirgan
yo’ldoshlarimizdir. Hech kimga qattiq muhabbat qo’yib bog’lanib qolish yaramaydi!
Faqatgina vazifa va burch yuzasidan bog’lanish kerak. Matroslar o’z vazifasini qoyil
qilib bajarishlari kerak, Dar’g’a bo’lgach ham o’z vazifa va burchlarimizni anglab
unga musthkam amal qilmasak, qayiqlarimizda intizomsizlik yuzaga keladi. Agar
qayig’ingizga solih yo’lovchilar minishini hohlasangiz duoga qo’l oching"¦