Muallif Mavzu: Eng yaxshi hikoyalar turkumidan  ( 108485 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Urushning so'nggi qurboni (hikoya). O'tkir Hoshimov
« Javob #15 : 15 Iyul 2006, 01:52:44 »

Shoikrom ayvon to’ridagi sandal chetida xomush o’tirardi. Allaqachon bahor kelib, kunlar isib ketganiga qaramay, hamon sandal olib tashlanmagani, ammo hech kim bu to’g’rida o’ylab ko’rmaganini u endi payqaganday g’ashi keldi. Bo’z ko’rpa ustidan yopilgan, shinni dog’i qotgan quroq dasturxon ham hozirgina go’jadan bo’shagan spool tovoq, bandi kuygan yog’och qoshiq ham uning ko’ziga xunuk ko’rinib ketdi. Ammo beparvolik bilan qo’l siltadi-yu, do’ppisini sandal ustiga tashlab yonboshladi.

davomi >>>
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Tuzoq (qissa). Erkin Usmonov
« Javob #16 : 15 Iyul 2006, 01:54:00 »

Tosh barmoqlari orasida tutayotgan sigaret qoldig‘ini kuldon chetiga bosib o‘chirdi-da, ro‘parasida turgan yigitchalarga yer ostidan o‘qrayib qaradi va stol ustida yotgan tugunchaga imo qildi:
— Bu nima?
Yigitchalar tezda bir-birlariga qarab olishdi.
— Boya aytganim, o‘lja... — ming‘illab qo‘ydi yigitchalardan biri — qo‘l-oyoqlari kalta, ko‘zlari o‘ynab turadigan Chittak laqabli o‘g‘ri.
Tosh och degandek imo qildi.

davomi >>>
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Bir xonalik uy (hajviya). Po'lat Hamdam
« Javob #17 : 05 Sentyabr 2006, 01:04:02 »

Qishloq maktabida hurmatga sazovor va e’tiborli o‘qituvchi edim. Olimpiadami,  «Quvnoq start»larmi, anjumanlarmi, xullas, hammasiga taklif qilishardi, unutishmasdi. Mendan zo‘rroq adabiyotchi yo‘q emish. Kallam durust ishlaydi, shekilli. Oddiy qishloq o‘qituvchisi bo‘laturib, domla G‘ovlaganov qanoti ostida shoir Tarsakiy haqida ilmiy ish ham yoqlab qo‘yganman.
Ishdan horib uyga qaytsam, ilmiy ishim tepasida telegramma turgan ekan. Unda «Siz shahardagi maktablarning biriga direktor qilib tayinlandingiz», deyilgan. Imzo ta’lim boshqarmasi rahbarlaridan biri Sokinbekovniki edi. Uch-to‘rt kun ichida kattakon hovlimizni, bog‘imizni voyaga yetgan farzandlarimizga hadya qilib qoldirdik. Bir olam quvonch ila xotinim Iltijo bilan orziqib kutilgan betakror shaharga yetib keldik. Ko‘chimiz ham yo‘lda, yuk mashinasida kelyapti.

Davomi >>>
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Sinov muddati (hikoya). Luqmon Bo’rixon
« Javob #18 : 05 Sentyabr 2006, 01:07:03 »

Oldi oynaband, serhasham bino eshigidan otilib chiqqan Jasur alanglaganicha Sobirni izladi. Do‘sti yo‘lakcha bo‘yidagi yog‘och o‘rindiqda o‘ychan o‘tirgan ekan.
— Sobir! — deb qichqirdi Jasur marmar zinalardan sakrab-sakrab tusharkan. — Suyunchi ber, men o‘tdim, suhbatdan zo‘r o‘tdim!

Sobir quvonchdan yal-yal yashnab turgan do‘stining qo‘lini samimiy siqib, jilmaydi.
— Tabriklayman, jo‘ra, omadingni bersin.
Sobir va Jasur bolalikdan qalin do‘st. Bir mahallada o‘sib-ulg‘ayishgan, sinfdosh. Jasur hiyla mahmadona, Sobir esa anchayin og‘ir-vazmin. «Hechqisi yo‘q, — deya hazillashardi adabiyot muallimi, — ikkovlashib bir butun odam bo‘lasizlar».

Davomi >>>
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Ro’molcha (hajviya). Ilhom Zoir
« Javob #19 : 05 Sentyabr 2006, 01:08:33 »

Fabrikaning yo‘lidan
Ro‘molcha topib oldim.
Topib oldi demanglar,
Mehnatga sotib oldim.
 (O‘zbek xalq qo‘shig‘idan)

Ro‘molcha Otello uchun otameros. Otasi nikoh kechasida onasiga ro‘molchani bergan ekan. Otello yaxshi eslaydi, mazasi bo‘lmay qolgan paytlarida onasi uni shu ro‘molcha bilan yelpib o‘tirardi. Qarangki, kunlar oylarni, oylar yillarni quvib, umrining yarmi o‘tib ketibdi. Otello general unvonini olgan kuni onasi uni yoniga chaqirdi.

Davomi >>>
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Musulmon sevgisi (hikoyat). Abdurauf Fitrat
« Javob #20 : 05 Sentyabr 2006, 01:09:54 »

Payg’ambarimiz Muhammad alayhissalomning qilgan g’azotlaridan biri tugagach, bir musulmon xotin tushib qolgan yaradorlarni izlab topmoqchi bo’ldi: o’liklar orasiga kirdi. U yon-bu yonni izlar chog’da “Oh… suv!..” degan bir tovush eshitdi. Bir yarador musulmonning suvdonini ko’rdi.
Ozroq suv topib shu yaradorning oldiga keldi. Boshini astagina ko’tarib, suvni ichtirmoqchi bo’ldi. Yarador musulmon dudog’ini suvga yetkuzar chog’da boshqa yoqdan “Oh… suv!..” degan o’zga bir tovush keldi.  Yarador suv keltirgan xotinga dediki:
- Bu suvni mendan burun shu tovush egasiga eltib ber. Bir yo’ldoshim yaralanib suvsab yotar ekan, men icholmayman.

Davomi >>>
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Anor (hikoya). Abdulla Qahhor
« Javob #21 : 17 Oktyabr 2006, 05:51:26 »

Turobjon eshikdan hovliqib kirar ekan, qalami yaktagining yengi zulfinga ilinib tirsakkacha yirtildi. Uning shashti qaytdi. Jo‘xori tuyayotgan xotini uning qo‘lidagi tugunchani ko‘rib, kelisopni kelining ustiga qo‘ya chopdi. Keli lapanglab ag‘anadi, chala tuyilgan jo‘xori yerga to‘kildi. Turobjon tugunchani orqasiga  bekitib, tegishdi:
—    Akajon, degin!
—    Akajon! Jo-on aka!..
—    Nima berasan?
—    Umrimning yarmini beraman!..

davomi...
« So'nggi tahrir: 18 Yanvar 2011, 13:09:13 muallifi AbdulAziz »
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Temurmalik (afsona). Mirkarim Osim
« Javob #22 : 02 Noyabr 2006, 06:52:44 »

Xo’jandni ikki bo’lib oqqan Sirdaryoning o’rtasida, shahardan bir chaqirim quyiroqdagi orolda qadimdan qolgan bir istehkom bor edi. Chet el istilochilari va ko’chmanchilarga qarshi kurashda xalqning joniga oro kirgan bu ko’hna qal'aning burjlari o’pirilib ketgan, darvozalarining ba'zi yerlari buzilib, omonat bo’lib qolgandi. Boshiga og’ir kunlar kelgan-da Xo’jand ahli yana shu eski qal'aga panoh izlab keldi.
Chingizxon behisob lashkarlari bilan o’trorga yetib kelgach, bu shaharni qamal qilib olishni o’z o’g’illari o’ktoy bilan Chig’atoyga topshirib, Xo’jand shahri ustiga sarkardalari So’ktu bilan Uloq no’yonni yuborgan, o’zi esa katta qo’shin bilan Qizilqum orqali Buxoro tomon yo’l olgan edi.

davomi...
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Uloqda (hikoya). Abdulla Qodiriy
« Javob #23 : 02 Noyabr 2006, 06:54:23 »

Kecha dadamdan so’rab qo’yganim uchun bugun akam ham «kerak emas, borma» degan jekirishini qilmadi. Choyni naridan-beri ichib, otxonaga yugurdim.
Dadam bilan oyim:
— Oyog’ing olti, qo’ling yetti bo’lib qoldiyov! — deb kulishib qoldilar.
Qashlog’ichni oldim-da, qora qashqqamni yalang’ochlab uyoq-buyog’ini qashlab chiqdim. Jonivor tipir-tipir qiladi, bosh chayqaydi, yer tepinadi, dum silkitadi... Shuning bilan mening ko’nglimga: «Xudo xohlasa kelasi yilga bir uloqlar chopayki, hamma meni: «Turg’un chavandoz», deb atasin degan orzular tushadi.

davomi...
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Fanorchi ota (hikoya). Oybek
« Javob #24 : 02 Noyabr 2006, 06:56:49 »
Fanorchi ota (hikoya). Oybek

Tor, qiyshiq ko’chaning o’ksik oqshomini Tursunqul akaning churuk daivozasi tepasiga o’tqizilgan bir fanorning titrak nurlarigina yoritar edi. Uni har kun kechqurun past bo’yli, burushiq yuzli bir chol kelib, yoqib ketar edi. Biz uni «Fanorchi ota», der edik. U juda yuvvosh, indamas kishiydi, kichkina narvonchasini chaqqon qo’yib, allaqanday ustalik bilan chiqar, qo’ltig’idan kir ro’molchasini olib, avaylab fanor oynalarini artardi. Fanorni yoqqach, yerga tushib, obkashdek bukilgan yelkasiga narvonchasini qo’yib birpasda ko’zdan yo’qolar edi.
Fanor qurilgan vaqtlarda butun mahalla quvonib, unga allaqanday mehr ila qaragan bo’lsalar-da, vaqat bu mehr uzoqqa cho’zilmagandi. Keyincha har kim unga parvosiz bo’la boshladi.

davomi...
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Yurt qayg'usi (ona bilan o'g'il). Abdurauf Fitrat
« Javob #25 : 02 Noyabr 2006, 07:00:05 »

—    Ona! Nechungina yig’laysan? Bugun saodatga erishdik, yana qayg’urasanmi? Bugun o’z tilagingga yetishding, ko’z yoshlaringni to’kadirsanmi?
Emdi qayg’urmoq chog’i bitdi, yig’lamoq pallasi yo’q bo’ldi, rohat kunlaring yetishdi, onam!
—    Oh... o’g’lum, arslonim! Mustabid hukumat uyimni talatdi: buyuk binolarimni yiqitdi: suyukli o’g’lonlarimni o’ldurdi.
Tahammul etdim, sabr qildim, kimsaga bir og’iz so’z bu to’g’ridan ochmadim. Negakim, qo’llarinda qilich, o’muzlarinda to’fang, mani o’ldirmoqqa hozir edilar. Dunyoning mukofot ekanligin bilgan edim.

davomi...
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Bobosi bilan nevarasi (hikoya). Tog‘ay Murod
« Javob #26 : 01 Dekabr 2006, 07:53:29 »

Oyoqlariga qizil botinka, ustiga ko‘k ishton-ko‘ylak, boshiga eski ola do‘ppi kiyib olgan uch yashar nevara, hammadan oldin o‘rnidan turib, ayvonga chiqadi. Dasturxon atrofida o‘tirganlar unga parvo ham qilmaydilar. U dahlizda birpas tik turadi. To‘g‘ridan qaraganda xuddi vaqtincha o‘rnatib qo‘yilgandek ko‘rinadigan katta-katta quloqlarini ko‘rganlar nevarani tog‘asiga o‘xshatadilar. Quralay ko‘zlarini, bir oz yapasqidan kelgan burnini, keng va do‘ng, hali g‘am nimaligini bilmagan yaltiroq peshonasini ko‘rganlar esa uni otasiga o‘xshatadilar.

davomi...
« So'nggi tahrir: 01 Dekabr 2006, 07:57:47 muallifi AbdulAziz »
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Kuzning bir kunida (hikoya). Tog‘ay Murod
« Javob #27 : 01 Dekabr 2006, 07:56:25 »

Yelkasiga paxtalik nimcha tashlagan dotsent Obidovich, yonib bo‘lgan o‘t cho‘g‘ida ko‘milgan kartoshkalarni uchi qorayib kuygan kosov bilan kavlab, tinmay sigareta chekadi. Cho‘g‘ taftidan yuzlari qizarib ketgan bu salobatli, katta odamning qarshisida iymanib, oriq qo‘llarini qovushtirib, yigirma yoshlardagi mo‘ylovli yigit — Raximjonov o‘tiribdi. Hamisha talabalar davrasida bo‘ladigan Obidovichning bugun yolg‘iz, munis o‘tirishi Rahimjonovni ajablantirdi.

davomi...
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Ku-ku-ku... (hikoya). Tog‘ay Murod
« Javob #28 : 02 Dekabr 2006, 07:32:39 »

U juda oriq, o‘zi sariq bo‘lgani uchun siyraklashib qolgan sochlariyam sarg‘ish. Qachonlardir yaxshigina she’rlar yozib, endi rasmiy ishlar girdobiga tushib, nazmiy tuyg‘ulari so‘nib qolgan. Sal engashib, ohista-ohista, nimalarnidir o‘ylab, xafaqon kasali bilan og‘rib yuradi. Xafaqon kasaliga yo‘liqqandan buyon ichmaydi, chekmaydi. So‘zlaganda ovozi og‘ir kasallarnikiday nimjon, xasta chiqib, diqqat qilmagan odam yaqinida bo‘lsayam eshitmaydi. Kulganda tishlari ko‘rinmasligi uchun lablarini lablariga shunday qattiq bosadiki, qo‘y ko‘zlari yumilay-yumilay deb, yuzlari qizarib ketadi...

davomi...
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Er-xotin (hikoya). Tog‘ay Murod
« Javob #29 : 02 Dekabr 2006, 07:35:47 »

Yo‘q, ular Anhor bo‘yida uchrashmadi. Uchrashuvda o‘ziniki qilib aytish uchun kitoblardan she’rlar ko‘chirib olmadi. O, men seni sevaman, sensiz yashay olmayman qabilidagi mavsumiy so‘zlarni so‘zlashmadi. Lablar topishganda qizning uzun tovoni yerdan sal ko‘tarilmadi. Yo‘q, yigit qizni bezorilardan qutqarib qolmadi...

davomi...
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

 

Hikoyalar http://kitob.land.ru da

Muallif muxbirBo'lim Boshqa kitoblar

Javoblar: 2
Ko'rilgan: 7332
So'nggi javob 31 Yanvar 2007, 07:08:33
muallifi AbdulAziz
Yaxshi yoki yomon baho. Nima uchun?

Muallif BonuBo'lim Forumdoshlar hayoti

Javoblar: 118
Ko'rilgan: 44195
So'nggi javob 20 Aprel 2008, 15:37:39
muallifi Murod_bek
Qaysi bayramni yaxshi ko'rasiz?

Muallif BaÑ…tiyorBo'lim Umumiy

Javoblar: 37
Ko'rilgan: 14792
So'nggi javob 07 Oktyabr 2013, 17:05:19
muallifi Muxsiya
+ (yaxshi) or - (yomon)

Muallif Murod_bekBo'lim Forumdoshlar hayoti

Javoblar: 100
Ko'rilgan: 35394
So'nggi javob 28 Aprel 2008, 18:41:21
muallifi MUTLU
Jahannamga kirmay qolishlik yaxshi amallar tufaylidir

Muallif ChustiyBo'lim Islom

Javoblar: 1
Ko'rilgan: 3245
So'nggi javob 21 Sentyabr 2007, 13:43:44
muallifi Chustiy