Eng yaxshi hikoyalar turkumidan  ( 112103 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 B


AbdulAziz  05 Sentyabr 2006, 01:09:54


Payg’ambarimiz Muhammad alayhissalomning qilgan g’azotlaridan biri tugagach, bir musulmon xotin tushib qolgan yaradorlarni izlab topmoqchi bo’ldi: o’liklar orasiga kirdi. U yon-bu yonni izlar chog’da "œOh"¦ suv!.." degan bir tovush eshitdi. Bir yarador musulmonning suvdonini ko’rdi.
Ozroq suv topib shu yaradorning oldiga keldi. Boshini astagina ko’tarib, suvni ichtirmoqchi bo’ldi. Yarador musulmon dudog’ini suvga yetkuzar chog’da boshqa yoqdan "œOh"¦ suv!.." degan o’zga bir tovush keldi.  Yarador suv keltirgan xotinga dediki:
- Bu suvni mendan burun shu tovush egasiga eltib ber. Bir yo’ldoshim yaralanib suvsab yotar ekan, men icholmayman.

Davomi >>>

Qayd etilgan


AbdulAziz  17 Oktyabr 2006, 05:51:26


Turobjon eshikdan hovliqib kirar ekan, qalami yaktagining yengi zulfinga ilinib tirsakkacha yirtildi. Uning shashti qaytdi. Jo‘xori tuyayotgan xotini uning qo‘lidagi tugunchani ko‘rib, kelisopni kelining ustiga qo‘ya chopdi. Keli lapanglab ag‘anadi, chala tuyilgan jo‘xori yerga to‘kildi. Turobjon tugunchani orqasiga  bekitib, tegishdi:
—    Akajon, degin!
—    Akajon! Jo-on aka!..
—    Nima berasan?
—    Umrimning yarmini beraman!..

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  02 Noyabr 2006, 06:52:44


Xo’jandni ikki bo’lib oqqan Sirdaryoning o’rtasida, shahardan bir chaqirim quyiroqdagi orolda qadimdan qolgan bir istehkom bor edi. Chet el istilochilari va ko’chmanchilarga qarshi kurashda xalqning joniga oro kirgan bu ko’hna qal'aning burjlari o’pirilib ketgan, darvozalarining ba'zi yerlari buzilib, omonat bo’lib qolgandi. Boshiga og’ir kunlar kelgan-da Xo’jand ahli yana shu eski qal'aga panoh izlab keldi.
Chingizxon behisob lashkarlari bilan o’trorga yetib kelgach, bu shaharni qamal qilib olishni o’z o’g’illari o’ktoy bilan Chig’atoyga topshirib, Xo’jand shahri ustiga sarkardalari So’ktu bilan Uloq no’yonni yuborgan, o’zi esa katta qo’shin bilan Qizilqum orqali Buxoro tomon yo’l olgan edi.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  02 Noyabr 2006, 06:54:23


Kecha dadamdan so’rab qo’yganim uchun bugun akam ham «kerak emas, borma» degan jekirishini qilmadi. Choyni naridan-beri ichib, otxonaga yugurdim.
Dadam bilan oyim:
— Oyog’ing olti, qo’ling yetti bo’lib qoldiyov! — deb kulishib qoldilar.
Qashlog’ichni oldim-da, qora qashqqamni yalang’ochlab uyoq-buyog’ini qashlab chiqdim. Jonivor tipir-tipir qiladi, bosh chayqaydi, yer tepinadi, dum silkitadi... Shuning bilan mening ko’nglimga: «Xudo xohlasa kelasi yilga bir uloqlar chopayki, hamma meni: «Turg’un chavandoz», deb atasin degan orzular tushadi.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  02 Noyabr 2006, 06:56:49

Fanorchi ota (hikoya). Oybek

Tor, qiyshiq ko’chaning o’ksik oqshomini Tursunqul akaning churuk daivozasi tepasiga o’tqizilgan bir fanorning titrak nurlarigina yoritar edi. Uni har kun kechqurun past bo’yli, burushiq yuzli bir chol kelib, yoqib ketar edi. Biz uni «Fanorchi ota», der edik. U juda yuvvosh, indamas kishiydi, kichkina narvonchasini chaqqon qo’yib, allaqanday ustalik bilan chiqar, qo’ltig’idan kir ro’molchasini olib, avaylab fanor oynalarini artardi. Fanorni yoqqach, yerga tushib, obkashdek bukilgan yelkasiga narvonchasini qo’yib birpasda ko’zdan yo’qolar edi.
Fanor qurilgan vaqtlarda butun mahalla quvonib, unga allaqanday mehr ila qaragan bo’lsalar-da, vaqat bu mehr uzoqqa cho’zilmagandi. Keyincha har kim unga parvosiz bo’la boshladi.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  02 Noyabr 2006, 07:00:05


—    Ona! Nechungina yig’laysan? Bugun saodatga erishdik, yana qayg’urasanmi? Bugun o’z tilagingga yetishding, ko’z yoshlaringni to’kadirsanmi?
Emdi qayg’urmoq chog’i bitdi, yig’lamoq pallasi yo’q bo’ldi, rohat kunlaring yetishdi, onam!
—    Oh... o’g’lum, arslonim! Mustabid hukumat uyimni talatdi: buyuk binolarimni yiqitdi: suyukli o’g’lonlarimni o’ldurdi.
Tahammul etdim, sabr qildim, kimsaga bir og’iz so’z bu to’g’ridan ochmadim. Negakim, qo’llarinda qilich, o’muzlarinda to’fang, mani o’ldirmoqqa hozir edilar. Dunyoning mukofot ekanligin bilgan edim.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Dekabr 2006, 07:53:29


Oyoqlariga qizil botinka, ustiga ko‘k ishton-ko‘ylak, boshiga eski ola do‘ppi kiyib olgan uch yashar nevara, hammadan oldin o‘rnidan turib, ayvonga chiqadi. Dasturxon atrofida o‘tirganlar unga parvo ham qilmaydilar. U dahlizda birpas tik turadi. To‘g‘ridan qaraganda xuddi vaqtincha o‘rnatib qo‘yilgandek ko‘rinadigan katta-katta quloqlarini ko‘rganlar nevarani tog‘asiga o‘xshatadilar. Quralay ko‘zlarini, bir oz yapasqidan kelgan burnini, keng va do‘ng, hali g‘am nimaligini bilmagan yaltiroq peshonasini ko‘rganlar esa uni otasiga o‘xshatadilar.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Dekabr 2006, 07:56:25


Yelkasiga paxtalik nimcha tashlagan dotsent Obidovich, yonib bo‘lgan o‘t cho‘g‘ida ko‘milgan kartoshkalarni uchi qorayib kuygan kosov bilan kavlab, tinmay sigareta chekadi. Cho‘g‘ taftidan yuzlari qizarib ketgan bu salobatli, katta odamning qarshisida iymanib, oriq qo‘llarini qovushtirib, yigirma yoshlardagi mo‘ylovli yigit — Raximjonov o‘tiribdi. Hamisha talabalar davrasida bo‘ladigan Obidovichning bugun yolg‘iz, munis o‘tirishi Rahimjonovni ajablantirdi.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  02 Dekabr 2006, 07:32:39


U juda oriq, o‘zi sariq bo‘lgani uchun siyraklashib qolgan sochlariyam sarg‘ish. Qachonlardir yaxshigina she’rlar yozib, endi rasmiy ishlar girdobiga tushib, nazmiy tuyg‘ulari so‘nib qolgan. Sal engashib, ohista-ohista, nimalarnidir o‘ylab, xafaqon kasali bilan og‘rib yuradi. Xafaqon kasaliga yo‘liqqandan buyon ichmaydi, chekmaydi. So‘zlaganda ovozi og‘ir kasallarnikiday nimjon, xasta chiqib, diqqat qilmagan odam yaqinida bo‘lsayam eshitmaydi. Kulganda tishlari ko‘rinmasligi uchun lablarini lablariga shunday qattiq bosadiki, qo‘y ko‘zlari yumilay-yumilay deb, yuzlari qizarib ketadi...

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  02 Dekabr 2006, 07:35:47


Yo‘q, ular Anhor bo‘yida uchrashmadi. Uchrashuvda o‘ziniki qilib aytish uchun kitoblardan she’rlar ko‘chirib olmadi. O, men seni sevaman, sensiz yashay olmayman qabilidagi mavsumiy so‘zlarni so‘zlashmadi. Lablar topishganda qizning uzun tovoni yerdan sal ko‘tarilmadi. Yo‘q, yigit qizni bezorilardan qutqarib qolmadi...

davomi...

Qayd etilgan