Dehqonning bir kuni (hikoya). O'tkir HoshimovMuyassar tong saharda uyg‘onib ketadi-yu, Alijonning bir tekis chuqur-chuqur nafas olishiga quloq solib, jimgina yotadi. «Qachon qaytganini bilmabman ham», deb o‘yladi u satin ko‘rpadan boshini chiqarib. Devordagi osma soat besh marta zang uradi. Uning titroq sadollari uyning shiftiga, zardevorlar, kirpechlar osilgan devorlarga yumshoqqina urilib, singib ketadi. Uy ichi yana jimjit bo‘lib qoladi. Soat kaftgiri sukunat qo‘ynida goh sekin, goh qattiqroq chiqillayotganday bo‘ladi. Oy derazadan o‘ychan mo‘ralaydi.
Muyassar erining yelkasidan quchgisi keladi-yu, o‘ylab qoladi. «Charchagan, dam olsin...».
davomi...DEHQONNING BIR TUNIIkkinchi hikoya
Bundan yigirma ikki yil avval «Guliston» jurnalida «Dehqonning bir kuni» degan hikoya bosilgan edi. Unda oddiy paxtakor oilaning bir kunlik hayoti tasvirlangan...
Hikoya rus tilida «Literaturnaya Rossiya» haftaligida chiqdi, to‘plamlarga kirdi, talay qardosh xalqlar tillariga, chet el tillariga o‘girildi.
Oradan shuncha fursat o‘tgach, eski do‘stlarim, qariyb o‘z tengqurlarim — Muyassar va Alijonni qo‘msayverdim... Mana, ular bilan tag‘in uchrashdik.
Muallif, 1989 yil, mart. davomi...