Eng yaxshi hikoyalar turkumidan  ( 134977 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 B


AbdulAziz  16 Fevral 2008, 23:52:00

Soy bo‘yida (hikoya). Jo‘ra Fozil

Saratonning juda issiq choshgohi. "œG‘ir" etgan shabada yo‘q, qishloqning sertuproq yo‘llari, hatto, bog‘-chorbog‘lar ham olov purkaydi.
O‘shanda Samad yetti yoki sakkiz yoshda edi. Qishloq yaqinidan oqib o‘tadigan soyga cho‘milishga jo‘nagan bolalar uni o‘z saflariga qo‘shishmadi. Nima keragi bor, u hali yaxshi suza olmaydi, ortiqcha dahmaza bo‘lishi mumkin.
Issiqdan behuzur bo‘lgan Samadga juda alam qildi. U o‘zidan kattaroq bolalar ketgan tomonga emas, paxtazor yoqalab, soyning sayozroq yeriga qarab jo‘nadi.
Soy yoqasiga  yetganida suvning salqin epkini yuziga urildi. Sohil qamish, buta, tollar bilan qoplangan, juda so‘lim edi. U bir muddat taraddudlanib, qulay joy izladi.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  16 Fevral 2008, 23:53:05

Qish yomg’iri (hikoya). Abduqahhor Ibrohimov

Peshindan beri yomg‘ir yog‘yapti. Avval ezib yog‘di — to‘piqqa chiqadigan qorni oqizib ketdi. Kechga borib birdan shamol turdi. Tarnov suvlari goh chapga, goh o‘ngga, goho imorat devoriga quyiladi...
Tramvay bekatida turganlar o‘zlarini ko‘cha yoqasidagi dorixonaga, do‘konlarga urishdi. Bekatda faqat uch kishi qoldi: qiz tutgan zontik yigit uchun ham panoh bo‘ldi. Keyin zontik yigit qo‘liga o‘tdi. Ulardan sal narida o‘rta maktabning matematika muallimi Kozimbek turibdi. Qo‘lida chamadonsifat portfel. Qahvarang paltosi yomg‘irdan qorayib ko‘rinadi. U panaga o‘tishni xayoliga keltirmaydi.
Tramvay keldi. Odamlar dorixona va magazinlardan otilib chiqishdi, o‘zlarini tramvayga urishdi; chiqolganlar chiqdi, qolganlari izlariga qaytishdi.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  26 Fevral 2008, 08:04:39

Ta’ziya (hikoya). Erkin A’zam

Ushbu hikoyaning dastlabki nomi «Do‘ppi» edi. Shunday she’ri borligini eslabmi, uni Muhammad Yusufga bag‘ishlamoqchi bo‘ldim. Asarning sarlavhasi o‘zgargach esa, shoir nomi bilan yonma-yon turishi xunukroq tuyulib, fikrimdan qaytdim. Ajabo...
Bugun hikoyani suyukli inimntg unutilmas xotirasiga bag‘ishlamoqdaman.
Muallif

O’zbekning xonadonidan do‘ppi topilmasa-ya!
—    Mana, — deya enam nihoyat kaftlariga urib qoqa-qoqa, kizaklarini torta-torta, qirralari uringan nimdoshroq bir do‘ppini ko‘tarib chiqdilar ichkaridan. — Uy emas bu, karvonsaroy. Do‘ppining bozoridan o‘tib bo‘lmasdi-ya! Otang Toshkanddan bir to‘qqizini ortib kelgan edilar, qani endi? Tunov kuni ukang bir to‘da jo‘rasi bilan kelib, anovi hamsoyaning ta’ziyasiga kiramiz, deb bitta-bitta kiyib ketdi. Bi-irontasi qaytib kelgani yo‘q.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  26 Fevral 2008, 08:06:46

Bizning tog’a (hikoya). Erkin A’zam

Balki eshitgan chiqarsiz, tog‘amizning ismi G’azanfar. Supraqoqdisiga mehri bo‘lakchamidi, rahmatli bobomiz uni azza-bazza dabdaba otiga mindirib, erinmay, allanechuk maroq bilan nomini juftlab «Muhammad G’azanfar» deb atardi. Bunday sharafga munosib ko‘rilgan farzandga muomala ham, tabiiyki, o‘zgacha bo‘ladi: kenja bolam, sen je, bolam. Salkam yuz yil umr ko‘rgan ko‘hna odamning choponi etagida voyaga yetgan zumrasha ana shu yuz yillik hayot tajribasini sabiylik zehniga bamisoli ohanrabo mahkam joylab olgan, yetti yoshdayoq yetmish yashar chollardek salmoq bilan mulohaza yuritadigan bo‘lib qolgan edi. Unga dam-badam maslahatlar solinishini ayting: «Kelasi bozor anovi qisir qo‘yni savdoga qo‘yib, puliga uch-to‘rtta tuvcha sotib olsak, shunga siz nima deysiz, mulla Muhammad G’azanfar?» yoki: «Mulla Muhammad G’azanfar, bog‘ etagidagi huuv ikki tup olmaning tanasida chumoli ko‘rgandek bo‘ldim, chirishini kutmay shularning bahridan kechsakmikan, devdim...»

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  26 Fevral 2008, 08:08:05

Navoiyni o’qigan bolalar (hikoya). Erkin A’zam

Hazrat Navoiy hamda bir navoiyshunosga bag‘ishlanadi.

1

Malikaning «ketaman» deganiga parvo qilmabmiz — na men, na Janob. Parvo qilgulik holatda emas edik: o‘yin-kulgi, sarmastlik. Yangi yil kirgan, yangi yil boshlangan. Yosh umrning yana bir yili, uzundan-uzoq. Shuning dastlabki kechasi, bir kechaginasi. Yaldo kecha, yallo kecha. Vaqt degani, soat millari go‘yo bir nuqtada to‘xtab qolgan — yoshlikka, yoshlik zavqlariga mahliyo. Qo‘shiq aytib charchamaymiz, tinglab charchamaymiz, tomoqlar bo‘g‘ilmaydi, bosh og‘rimaydi, irg‘ishlayverib tolmas oyoqlar battar xuruju xumor qiladi. Mayli, vaqt o‘tsa o‘taversin, oldinda mo‘l. Faqatgina tong otmasa — bas.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  11 Mart 2008, 07:29:25

Dovonda (hikoya). Erkin Malik

Biz mingan "Neksiya" Kitob bilan Samarqand oralig‘idagi Tahtiqoracha dovoni tomon borardi. Kechasi qor yoqqan, odamlar birinchi qor bilan bir-birlarini qutlar edi. Asfalt yo‘l hali sovub ulgurmagan, qor erib, bilchillab yotibdi. Haydovchilar ham, mashinalar ham hali sirg‘anchiq yo‘llarga o‘rganmagan. Osmon bulut, havo unchalik izillatmaydi. Ana shu iliqlik tufayli dovon sari yurgan edik. Xayolimizda dovon yo‘llari erib yotardi go‘yo.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  05 Aprel 2008, 08:32:59

Nayman akani taniysizmi? (hikoya). Abduqahhor Ibrohimov

Nayman aka salomimga alik oldi-yu, tomdan tarasha tushgandek savol berdi:
— Karim Rasulovichning ahvoli qalay?
Nima deb javob qilay? Boshim qotib qoldi. Chunki o‘zim yaqindagina viloyat xalq ta’limi boshqarmasiga inspektor bo‘lib ishga kelganman. Boshqarma boshlig‘i Karim Rasulovich bilan bir martagina ish yuzasidan suhbatlashdik, xolos. Unga ham uch haftadan oshdi. Mana, to‘rt kundan buyon tumandaman, maktablarning yangi o‘quv yiliga tayyorligini taftish qilib yuribman. Xullas, Karim Rasulovichning shu kecha-kunduzdagi ahvolidan bexabarman. Nayman akaga shuni aytsammikan? Yo‘g‘-e, birga ishlab, rahbari ahvolini bilmasa, nima qilib inspektor bo‘lib yuribdi, demaydimi?

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  16 Aprel 2008, 07:41:54

Chiroq (hikoya). Shodmon Otabek

Har gal qishloqqa borganimda maktab yonidan o‘taman. Qaytmas, betakror bolalik xotiralari beixtiyor ko‘z oldimda jonlanadi.
Onamning aytishicha, shaharda yuraverib, "œdiydam qotib ketgan". Ammo qadrdon maktabimni ko‘rganimda hayajonimni bosolmayman. Qadamlarim o‘zimga itoat etmay, beixtiyor bo‘shashib, sekinlayman. Maktabga kirgim keladi. Ammo negadir kirmayman... kirolmayman...

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 May 2008, 09:56:45

Dehqonning bir kuni (hikoya). O'tkir Hoshimov

Muyassar tong saharda uyg‘onib ketadi-yu, Alijonning bir tekis chuqur-chuqur nafas olishiga quloq solib, jimgina yotadi. «Qachon qaytganini bilmabman ham», deb o‘yladi u satin ko‘rpadan boshini chiqarib. Devordagi osma soat besh marta zang uradi. Uning titroq sadollari uyning shiftiga, zardevorlar, kirpechlar osilgan devorlarga yumshoqqina urilib, singib ketadi. Uy ichi yana jimjit bo‘lib qoladi. Soat kaftgiri sukunat qo‘ynida goh sekin, goh qattiqroq chiqillayotganday bo‘ladi. Oy derazadan o‘ychan mo‘ralaydi.
Muyassar erining yelkasidan quchgisi keladi-yu, o‘ylab qoladi. «Charchagan, dam olsin...».

davomi...

DEHQONNING BIR TUNI
Ikkinchi hikoya
   
    Bundan yigirma ikki yil avval «Guliston» jurnalida «Dehqonning bir kuni» degan hikoya bosilgan edi. Unda oddiy paxtakor oilaning bir kunlik hayoti tasvirlangan...
    Hikoya rus tilida «Literaturnaya Rossiya» haftaligida chiqdi, to‘plamlarga kirdi, talay qardosh xalqlar tillariga, chet el tillariga o‘girildi.
    Oradan shuncha fursat o‘tgach, eski do‘stlarim, qariyb o‘z tengqurlarim — Muyassar va Alijonni qo‘msayverdim... Mana, ular bilan tag‘in uchrashdik.
    Muallif, 1989 yil, mart.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Iyun 2008, 09:44:59

XX asrning eng sara hikoyalari turkumidan:

Xurshid Do‘stmuhammad
   
JAJMAN
   
— Yomonning kuchi men yapaloqqa yetibdi-da!.. H-ah, sag‘irri haqqi ursin-a!
Tong sahargi bu alamli qarg‘ishdan tim ichi oyoqqa qalkdi. Rasta ustida, ostida, qop-qanorga yonboshlab omonat uxlab yotgan keksayu yosh turshakfurush, yong‘oq-furush, mayizfurush, iistafurush va hokazo furushlar uyquli ko‘zi bilan apil-tapil yon-verini paypaslay ketdi, ko‘ngli joyiga tushganlar birin-sirin oh chekayotgan juvon tevaragiga to‘plana boshladi.

davomi...

Qayd etilgan