Eng yaxshi hikoyalar turkumidan  ( 134737 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 3 4 5 6 7 8 9 B


AbdulAziz  05 Iyun 2008, 08:16:32

XX asrning eng sara hikoyalari turkumidan:

Murod Muhammad Do‘st

DASHTU DALALARDA

Xadicha ketdiyu ko‘nglidan halovat ham ketdi. Uy bamisoli o‘lik chiqqanday huvillaydi. Polvonning yuragi toriqdi — uyni tark etdi, boqqa olib tushadigan qiсlikdagi bobosidan qolgan yerto‘lani o‘ziga boshpana qildi. Odamlarning kulishini bilardi, ammo uydagi hamma narsa Xadichani esga soladi: ostonaga qadami tekkan, devorga yelkasi — chidab o‘tirishi qiyin bo‘ldi.
Yerto‘la eski bo‘lsa ham havosi quruq edi. Yeri naq metin — cho‘kich tegsa, chaqin chiqadi. Qoratoyni ham ichkari olib kirdi. Bechora it ochiqqa o‘rgangan edi, yerto‘laga ko‘nikolmadi, uch-to‘rt kecha uvlab chiqdi, lekin — yo‘q, keyin-keyin egasining holiga tushundi chog‘i, poygakka to‘shalgan poxol ustida indamay yotadigan bo‘ldi.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  02 Iyul 2008, 08:04:56

Notanish odam (hikoya). Shukur Xolmirzayev

Ovga borayotgan edim, havo aynidi. «Bahor havosi-da, bir sevalab o‘tar», deb ketaverdim. Biroq sal o‘tmay yomg‘ir shunday quyib berdiki, birpasda ust-boshim ho‘l bo‘lib, badanimga yopishib qoldi. Shunda, turgan yerimdan ikki yuz qadamcha narida jar va jarga tushaverishda ovchilar, yo‘lovchilar qo‘nib o‘tadigan kamarcha borligi yodimga tushdi. Jarga yaqinlashishim bilan shuvoq isi aralash tutun dimog‘imga urdi. Kamarga kirdim. O’rtada gulxan yonar, chetroqda oqchil chakmon kiygan, o‘rta bo‘y bir kishi eshagining ayilini bo‘shatardi.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  06 Iyul 2008, 09:18:04

XX asrning eng sara hikoyalari turkumidan:

Xayriddin Sulton

BUNCHALAR SHIRINSAN, ACHCHIQ HAYOT!

        «Oloy malshasi» — Qurbonjon dodxoh 1865 yildan to 1880 yilgcha Pomirda bir sarkarda sifatida xalqni o‘z atrofiga to‘plab. ko‘lida yalang qilich bilan fon Kaufmanga qarshi kurashdi. U shu darajada jasoratli bir xotin ediki, rli Qamchibek Kaufman tomonidan asir qilinib, dorga osilayotganda, dor tagiga kelib, o‘g‘liga xitoban:
        — Xayr, o‘g‘lim, ota-bobolaring ham dushman ko‘lida halok bo‘lki, Shahid o‘lmoq bizga meros. Senga bergan sutim oq bo‘lsin! — deya olgan va otining jilovini ters burib, o‘g‘lining tortayotgan azob uqubatlaridan shartta yuz o‘girib keta olgan xotindir».
        G’afur G’ulom

* * *

Ming sakkiz yuz yetmish oltinchi yil, yigirma oltinchi fevral. Marg‘ilon.
Qahraton qahridagi rutubatli, xazin bu kun qishning odatiy kunlaridan deyarli farq qilmay nihoyasiga yetmoqda edi. Bu kun ham shahar odatdagidek tong qorong‘isida muazzinlarning ovozi bilai uyg‘ondi Azonni eshitgan ahli muslim bu kun ham shosha-pisha tahorat olib, yaxlagan yo‘laklardagi qor-qirovlarni g‘ijirlatgancha ertalabki izg‘irinda junjika-junjika masjid sari shoshildi; bu kun ham past-baland tomlar ustida har doimgidek zaif, beqaror ko‘kish tutun xiyla vaqt muallaq osilib turdi; bu kun ham quyosh xuddi sovqotayotgandek osmonda bir muddat siyqa tanga kabi xira yaltirab, so‘ng pag‘a-pag‘a kulrang bulutlar ostiga kirib ko‘zdan yo‘qoldi, tirikchilik g‘amida yaydoq ko‘chalarda sarson suringan turfa odamlar bu kun ham shaharning ruhsiz qiyofasiga ma’yus bir jonlanish bergandek bo‘ldilar...

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  07 Iyul 2008, 09:11:45

XX asrning eng sara hikoyalari turkumidan:

Erkin A’zam

ANOYINING JAYDARI OLMASI

U har yili xuddi bir paytda — yerdan qor ketib, tentak shamollar esa boshlagan ko‘klam kunlarida kelardi; shamollarga qo‘shilib, shamoldek to‘polon bilan kirib kelardi. To‘satdan. Yelkasida — ha, qo‘lida emas, yelkasida — ikki tarafiga ham «Barnaul» deb yozilgan pachoq chamadon, chap ko‘zini qisinqiragancha qarshingizda beo‘xshov tirjayi-ib turadi. So‘ng, chamadonni harakatsiz buyumdek bir chetga uloqtiradi-da, qulochlarini keng yozib, bolaligingizni yodga soladigan, bolaligingizdek sho‘x, bolaligingizdek beg‘am ovozda hayqiradi:
— Chantrimore-e!
davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  27 Iyul 2008, 06:10:10

YOLG‘IZ YO‘LOVCHI

Qor yog‘moqda. Gox qiyalab, goxo chirpirab, goxo to‘zg‘ib, sassiz - sadosiz, jimgina yog‘ayotir u. Oppoq qor uchqunlari aro xuddi son - sanoqsiz meteoritlar ichra yo‘rtib borayotgandayman. Men shunday ketib borayapman. Shunchaki, maqsadsiz, yolg‘iz bir o‘zim tentirab "Grenobl"dan "Don Mils" ko‘chasi tamon bormoqdaman. Bo‘ralab yog‘ayotgan qorda botiniy xotirjamlik, yolg‘izlik, cheksiz yetimlik, mangu va maxzun, adoqsiz bir qo‘shiq borday, qor yorug‘idan ruhim zulmatlari yorishayotganday tuyuladi go‘yo. Bu qorli yo‘llarning kimsasizligi naqadar yaxshi! - hayolimdan o‘tkazaman men. Negaki, men odamlardan tamoman bezdim.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Avgust 2008, 01:16:41

XX asrning eng sara hikoyalari turkumidan:

Qamchibek Kenja

BALIQ OVI

Men birinchi sinfga qatnardim. Akam yettida o‘qirdi. Otam xo‘jalik mudiri edi. Uyimizga tez-tez mehmon kelib turardi. Har safar har xil kishilar: oriq, semiz, novcha, pakana, mo‘ylovli, mo‘ylovsiz... Ularning ko‘pini tanimasam-da, o‘zimda yo‘q sevinib ketardim. Chunki mehmon kelsa, akam ikkimiz, albatta, baliq oviga jo‘nardik. Qishlog‘imizning kunbotar tomonida to‘qay bo‘lib, hali zovurlar qazilmagan, zaxob suvlar quritilmagandi. Katta-kichik buloqlarda, ayniqsa, Dimariqda (dimlanib oqqani uchun shunday deyilardi) baliq mo‘l bo‘lar edi. Suv ko‘payganda hatto to‘qay ichidagi sholipoyalarga ham baliq chiqib ketardi. Shanba-yakshanbada bu yerga bolalar to‘lib ketardiki, kim qarmoq ko‘targan, kim to‘r sudragan...
Men akamning baliq tutishini ko‘rishga ishqiboz edim. U baliq ovlashga usta edi. To‘rdayam, sanchiqdayam bir zumda bir paqirini ilintirardi. Hatto qo‘ldayam. Suv ostiga sho‘ng‘ib, baliqlarni o‘z kamaridan tutib chiqardi. Hech narsadan, ilondan ham qo‘rqmasdi. Ilon ko‘rdimi, tamom, uni dumidan ushlab aylantirib-aylantirib otib yubormaguncha ko‘ngli joyiga tushmasdi. Qirg‘oqda kulcha bo‘lib, mudrayotgan ilonlar sharpamizni sezdi deguncha jilib qolishar yo o‘zlarini suvga urishardi.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  14 Avgust 2008, 06:07:29

Bahodir Murod Ali

OQTO’SH

Bostirma ostida katta, qora it oldingi oyog‘iga jag‘ini qo‘ygancha yotibdi. Uning dumi va quloqlari kesik. Tumshug‘ining uchi tovuqlar titaverib mayinlashib ketgan tuproqqa botgan. Ko‘zlari yarim yumiq, go‘yo kattaroq ochishga majoli yo‘q.
It ko‘rinishdan horg‘in, beparvo bo‘lsa-da, tiyrak qaraydi. Uning butun diqqati hasharchilarning ayvondagi poyabzallarida. Poyabzallar bor-yo‘g‘i to‘rtta: poylari doimo og‘ib turadigan, qo‘njisi kalta etik, bog‘ichsiz ikki juft tufli va chelak yonidagi keda. Bular itga begona. Unga qarashlilari uch juft kalish. Kalishlar hozir ayvonda yo‘q.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  14 Avgust 2008, 06:10:25

XX asrning eng sara hikoyalari turkumidan:

Shoyim Bo‘tayev

HAYKAL

Hech kimning yetti uxlab tushiga kirmagan, aslida, ko‘zni sal kattaroq ochib qarasa, har qanday odam ko‘ra oladigan oddiy, ayni paytda g‘aroyib voqea sodir bo‘lgan shaharning bodu havosi, meva-chevasi va boshqa mayda-chuydasi haqida mehmon irimiga bo‘lsada bir og‘iz so‘z aytmagandi. U faqat shahar o‘rtasidan o‘tadigan, bir vaqtlar suvi zilolday bo‘lgan daryoning endilikda chiqindilarga to‘lib-toshib, bo‘tanaga aylanib, tuproq qal’adagi devday to‘lg‘anib oqib yotishini o‘z hikoyasiga qistirib o‘tgandi.
Shaharda aholi g‘ij-bijmish.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  14 Avgust 2008, 06:12:59

XX asrning eng sara hikoyalari turkumidan:

G’affor Hotamov

OTA

Aslida men moddiyunchiman. Alloh taologa shak keltirgan joyim yo‘q, ammo... Bilasizmi, esimni tanigach, kechgan umrim Rusiyada o‘tgan. Shu bepoyon mamlakatda avval nomzodlik, keyin doktorlik ishimni himoya qildim. Ilmiy rahbarim ko‘p ma’rifatli olim edi, qatag‘on zulmining borki sitamini boshidan kechirgan, bu ham yetmaganday aksilirsiyatchi Litsenkoga qarshi chiqqan va yana qamalgan, xullas, turma ikkinchi uyiga aylangan...
Ko‘rguliklar ko‘ngliga g‘ubor solmagan shu kishining hasratlarini tinglab o‘tirib, goho «Ey, qodir egam, agar sen bor bo‘lsang, bir devonai mashrabning boshiga shuncha kulfat solarmiding?!», degan paytlarim bo‘lgan. Ammo bu — boshqa masala. O’sha kuni — sizga qanday tushuntirsam ekan — bir hujjat to‘g‘rilash kerak edi, kun bo‘yi bo‘zchining mokisiday idorama-idora yugurib, sillam qurib uyga qaytdim. Ko‘nglim g‘ash, ham buning ustiga yomg‘ir sevalab o‘tgan bo‘lsa-da, havo tund, irkit bulutlar qalashib yotar, xullas, yurakni ezib yuboradigan qandaydir alamangiz shom edi.

davomi...

Qayd etilgan


Nurdinboy  11 Dekabr 2010, 21:07:39

        Adabiyot hech qachon andozalarga boysunmaydi. U hamisha yangilanib turadi. Shuning uchun ham serqirra adabiyot - barkamol adabiyotdir. Bugungi adabiy jarayonimizda ham ko'plab yangiliklar yaratilmoqda. Yangi-yangi nasriy asarlar, she'riyat namunalari, adabiy-tanqidiy maqolalar e'lon qilinmoqda. Hurmatli forumdoshlar sizning bugungi adabiy jarayonimiz haqida ijobiy yohud salbiy fikrlaringiz qanday? Adabiy jarayonimiz harakatdagi estetikaning talablariga javob bera oladimi?

Qayd etilgan