Eng yaxshi hikoyalar turkumidan  ( 134905 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 B


AbdulAziz  05 Fevral 2007, 00:36:25

Osmonning oxiri qayerda, dedim bir donishga. U miq etmadi.
Menga juda yoqdi bu javob.
Osmonning oxiri yo`q, axir!
Irmoqning oxiri daryo. Daryoning oxiri dengiz.
Osmonning esa oxiri yo`q. Yo`l chetida yumalab yotgan toshni tepdim.
Toshdan sado chiqmadi.
Xudoga soldim, degani bu.
Olma shohiga osilib devorga chiqdim. To`kilgan meva qumursqalarga ermak bo`ldi. To`kilgan devor tuprog`i esa gunohimga gunoh bo`lib qo`shildi. Tunda paxsakash chol tushimga kirdi. Mening shirin uyqum buzildi.
Xuddi eski devor buzilganiday"¦
davomi...

http://ziyouz.com/music/Muhammad_yusuf_Osmonning_oxiri.mp3 

Qayd etilgan


AbdulAziz  16 Fevral 2007, 01:59:13

Ulus (doston). Otauli

Hijriy 311 — melodiy 933 yilning yozi yozga o’xshamadi. Navro’z kunlarida Bog’doddan yo’lga chiqqan karvon Xalafga yetmay qorbo’ron ostida qoldi. Ko’klamning oxirlarida Jay va Isfaxon uni do’l bilan qarshi oldi. Yozning o’rtalarida Buxoroyi sharifda kechgan uch kun badalida xuddi kuz chog’laridagidek muttasil shivalab yoqqan yomg’ir karvon ahlining yurak-bag’rini ham ezib, xun qilib yuborgandek bo’ldi.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  16 Fevral 2007, 02:05:16

Hisobot (hikoya). Otauli

O’zbekdek o‘ziga o‘zi g‘alva orttirib, o‘z qobig‘iga o‘z ixtiyori bilan o‘ralib, kundalik tashvishlarga ko‘milib yashaydigan xalq bu olamda tag‘in bormi ekan?! Har bir o‘zbekning boshida bir dunyo tashvish — dunyo tashvishi: uylanish, o‘g‘il-qizlarni o‘stirib-undirish, ularga sep yig‘ish-uy qurish, keyin uzatish-uylantirish, xullas, ish, ish, ish: na huzur, na halovat,na safar, na sayohat, na orom, na farog‘at!.. Shunga yarasha...

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  16 Fevral 2007, 02:06:36

Haddi Iskandariy (tarixiy hikoya). Otauli

Yer yuzida haq va adolatni qaror toptirish yo’lida butun G’arbu Sharq, jumladan, Arabistonu Hindiston, Eronu Turon tuproqlarini egallab, kuni kecha Isfijob bilan O’trorni zabt etgan Iskandar Zulqarnayn qo’shini favqulodda shujoat bilan Yassi qal’asi tomon ot surdi. Qal’aga taxminan o’n chaqirimcha qolganida uzoqdan ulkan bir tepalik ko’rindi. Yaqinlashganlarida uning ustiyu yon-bag’irlarida tumonat odam ko’zga tashlandi. Butun bir qishloq ko’chib chiqqanmi, nima balo, oralarida yoshu qari, xotin-xalaj, hattoki emizikli go’daklargacha bor!

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  07 Mart 2007, 06:51:05

Shavqat (hikoya). Otauli

Biydek dala. Oppoq qor. Achchiq izg’irin. Bu dunyoda xas-xashakka qirg’in kelganmi, nima balo! Tumshug’ingni to ko’zinggacha muzdek qorga botirib titkilaysan, ahyon-ahyonda tarashadek qotib ketgan kakrayu yantoq poyalari tilingga ilashadi, xolos. Na ta’mi bor, na bir maza-matrasi. Topilganiga shukur qilib, ikki yamlaganingcha yutasan, qani endi u belingga quvvat, taningga mador bo’lsa! Ikki o’rtada tilingni achitgani-yu, ichingni muzlatgani qoladi. Ochlikka-ku, mayli, bir amallab chidasa bo’lar, lekin bu sovuq, bu izg’irin!.. Hali ag’anaganida ustidagi yag’iri shilinib ketganmi, nima balo, xuddi tuz sepgandek achishib, igna sanchilgandek og’riydi. Sovuq shamol uni zaharli tillari bilan beto’xtov yalaydi.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  07 Mart 2007, 06:54:14

"Zanjirband sher" (hikoya). Otauli

Turon va Eron qo’shinlari o’rtasida afsonaviy Maroqand ostonasida bo’lib o’tgan shiddatli jang-jadallar, nihoyat, turonliklarning g’alabasi bilan yakunlandi. Eronliklar jang maydonini tashlab qochdilar. Nеchog’li yengilmas, qudrati chеksiz bo’lmasin, turonliklarda qochganni quvish, yerda sulayib yotganni urish odati yo’q! Qochgan qochdi, urush balosi da’f bo’lganiga shukur, endi tinch-хotirjam, shod-хurram yashash ham kеrak!
Qo’shin saqmondеk og’ir toshotar uskunalarini sudrab, aravalarini tortib, boshqa qurol-aslahalarini g’iloflarga joylab qal’aga qaytish taraddudini ko’rar ekan, Eron shohanshohining elchisi shoshilinch ot choptirib kеlib, Turon hoqoni Alp Er To’nganing oyog’iga bosh urdi:
—    Shohanshohim olamshumul g’alabangiz sharafiga "œkеtar jafosi" dеb bir ziyofat bеrmoqchilar! Bu ziyofatda Eron bilan Turon o’rtasidagi abadiy do’stlik ahdnomasini tuzmoqchilar! Agar janobi oliylari rozilik bеrsalar!..

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  05 May 2007, 12:29:54

Maktab qorovuli (hikoya). Shoyim Bo’tayev

Eshniyoz chol erta uyg‘onadi. Namozini o‘qib, mol-hollarga qaraydi-da, choyini ichib maktab tomon jo‘naydi. Unga yo‘lda saharxez kishilar duch keladi. Cholning qayoqqa otlanganini ko‘rib-bilib turgan bo‘lishsa-da, salom berib, ko‘ngil uchun so‘rashadi:
— Ishgami, Eshniyoz ota?
— Ishga.
— E, yashang.
— Ermak-da.
— Nimasini aytasiz.
Eshniyoz chol maktab qorovuli. Ba’zilar, sizga shu dahmazaning nima keragi bor, oyoqni uzatib yotmaysizmi, deyishadi. U beozorgina iljayib, o‘rganib qolganman-da, maktab bolalarini ko‘rmasam turolmayman, deb ochig‘ini aytib qo‘ya qoladi. U o‘z mulk-molikonasini tekshirayotgan zamindordek dastlab maktab hovlisini boshdan-oyoq aylanib chiqadi. Tong qorong‘usida qog‘oz parchalari, xas-cho‘plarni bitta qoldirmay yig‘ishtirib olishiga boshqalar ham hayron qolib, cholning ko‘zi qanday ko‘rarkan-a, deya ajablanishadi. So‘ngra maydonchadagi gullarga suv qo‘yadi. Ishi tez tugaydi.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  18 Sentyabr 2007, 05:00:23

Dahshat (hikoya). Abdulla Qahhor

Xotin-qizlarning burun zamonda ko‘rgan kunini bilmaysizlar,
qizlarim, aytgan bilan ishonmaysizlar!..
To‘raxon oyi

Yaqin ikki haftadan beri ko‘z ochirmayotgan kuzak shamoli yaydoq daraxtlar shoxida chiyillaydi, g‘uvillaydi; tomlarda vishillaydi, yopiq eshik va darchalarga bosh urib uf tortadi.
Bunday kechalarda odamzod qo‘ymijoz g‘uj bo‘lib va nimanidir kutib jimgina o‘tirishni xohlab qoladi.
Olimbek dodxoning sakkiz xotini katta kundosh Nodirmohbegimning uyiga yig‘ilib, sandal atrofida o‘tirishar edi. Dodxo har kecha taroveh namozidan keyin halqaga qolar edi, bu kecha erta qaytdi. Hamma to‘zidi: xotinlardan biri uning sallasini oldi, biri chakmoniga qo‘l uzatdi, biri mahsisini tortgani chog‘landi...

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  18 Sentyabr 2007, 05:18:59

Mayiz yemagan xotin (hikoya). Abdulla Qahhor

—    Ayol kishi erkakka qo‘l berib so‘rashdimi — bas!.. Ro‘za tutgan kishi og‘zini chayqasa, suv tomog‘iga ketmasa hamki, ro‘zasi ochiladi — shu og‘iz chayqashdan bahra oladi-da! Abdulhakimning qiziga usta Mavlonning o‘g‘li bir hovuch mayiz berganini o‘z qo‘zim bilan ko‘rganman. Hayo bormi shularda? Shariat yo‘li — xo‘p yo‘l. O’n bir yasharida paranji yopinmagan qizdan qo‘lni yuvib qo‘ltiqqa ura bering. Paranji hayoning pardasi-da!
Mulla Norqo‘zi har kuni bozordan qaytib samovarga chiqadi va ko‘ngli tortgan odamlarni atrofiga to‘plab, yarim kechagacha shariatdan yuz o‘girgan xotinlar to‘g‘risida shunday vaysab o‘tiradi...

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  18 Sentyabr 2007, 05:20:35

O’G’RI
(O’tmishdan)


Otning o‘limi itning bayrami.
Maqol

Kampir tong qorong‘isida xamir qilgani turib ho‘kizidan xabar oldi. O!.. Ho‘kiz yo‘q, og‘il ko‘cha tomondan teshilgan... Dehqonning uyi kuysa kuysin, ho‘kizi yo‘qolmasin. Bir qop somon, o‘n-o‘n beshta xoda, bir arava qamish—uy, ho‘kiz topish uchun necha zamonlar qozonni suvga tashlab qo‘yish kerak bo‘ladi.
Odamlar dod ovoziga o‘rganib qolgan: birovni eri uradi, birovning uyi xatga tushadi... Ammo kampirning dodiga odam tez to‘plandi. Qobil bobo yalang bosh, yalang oyoq, yaktakchan og‘il eshigi yonida turib dag‘-dag‘ titraydi, tizzalari bukilib-bukilib ketadi; ko‘zlari javdiraydi, hammaga qaraydi, ammo hech kimni ko‘rmaydi. Xotinlar o‘g‘rini qarg‘aydi, it huradi, tovuqlar qaqag‘laydi. Kimdir shunday kichkina teshikdan ho‘kiz sig‘ishiga aql ishonmasligi to‘g‘risida kishilarga gap ma’qullaydi.

davomi...

Qayd etilgan