Eng yaxshi hikoyalar turkumidan  ( 134859 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 B


AbdulAziz  20 Sentyabr 2007, 05:07:24

BASHORAT

Ola qarg‘a qag‘ etadi,
O’z vaqtini chog‘ etadi.
Maqol

Nikolay zamonida mayiz qimmat, ko‘knor arzon edi, hozirgi zamonda mayiz arzon, ko‘knor qahat. Esizgina o‘sha vaqtda chala siqib tashlangan ko‘knorlar!
Mulla Said Jalolxon shuni ko‘nglidan o‘tkazib devorga suyandi va ko‘zlarini yumdi; burniga qo‘ngan pashshani qo‘lidagi ro‘molcha bilan qo‘rish malol keldi shekilli, ostki labini cho‘zib "puf!" dedi. Pashsha ko‘tarildi, ammo shu ovdayoq uning labiga qo‘ndi. Said Jalolxon sekin labini qimtib pashshani oyog‘idan qisib oldi. Tuzoqqa tushgan bu dilozorni ushlab, ikki barmoq orasida aylantirib tashlash qasdida ko‘tarilgan qo‘l to labiga kelguncha, la’nati pashsha oyog‘ini sug‘urib qochdi. Said Jalolxonning achchig‘i keldi: yo‘q yerdan ko‘knor topib, kayf qilib o‘tirganda bu nimasi!

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Sentyabr 2007, 05:10:03

SAN’ATKOR

Kontsert odatdagicha «navbatdagi nomeramizda... Kelganlaringga rahmat, o‘rtoqlar» bilan tamom bo‘ldi. Nomi chiqqan ashulachi — san’atkordan boshqa hamma xursand bo‘lib tarqaldi. San’atkor tajang edi: tanaffus vaqgida zalga chiqqan edi, bir traktorchi uni savodsizlikda aybladi. Traktorchi tanqid qilganiga san’atkor asti chiday olmas edi: traktor qayoqdayu, masalan, «chorzarb» qayoqda, traktorchi qayoqdayu, ashulachi qayoqda!
San’atkor uyiga ketgani izvoshga o‘tirganida yana tutaqib ketdi: «Hech bo‘lmasa aytadigan ashulanshi o‘rgan, so‘zlarini to‘g‘ri ayt» emish! Nimasini bilmayman, nimasi to‘g‘ri emas? Meni shu vaqtgacha muxbirlar, yozuvchilar ham tanqid qilgan emas; formalizm, naturalizmlardan o‘tdim — hech kim otvod bergani yo‘q. Otvod berish qayoqda, hech kim meni og‘ziga ham olmadi. Endi bir traktorchi tanqid qilar emish!..»

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Sentyabr 2007, 05:11:39

ADABIYOT MUALLIMI

Abdulla Qahhor

O’zining aytishiga ko‘ra "nafis adabiyot muallimi" o‘rtoq Boqijon Baqoev og‘ilga kirib ta’bi xira bo‘ldi: sigirning qulog‘iga yana kana tushibdi! Kanadan ham ko‘ra sigir uning achchig‘ini keltirdi: kanani teray desa qo‘ymaydi — boshini silkiydi, pishqiradi.
—    Hayvon! Sigir emas, hayvon! — dedi og‘ilning eshigini qattiq yopib.— Hayvon!
Xotini Mukarram hovlida samovarga suv quyar edi.
—    Hayvon! — dedi Baqoev,— bu sigirni sotib puliga cho‘chqa olish kerak!

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Sentyabr 2007, 05:13:12

JONFIG’ON

Abdulla Qahhor

Jonfig‘onni tanisangiz kerak - o‘sha, o‘tgan yil bahorda mast bo‘lib, ko‘chadan o‘tgan odamga "hozir aytasan: boshimni qaysi devorga urib yoray", deb yopishgan, keyin soqoliga o‘zi o‘t qo‘yib, gugurt chiqarganni so‘kkan kishi.
Kecha shuning uyidan xotin kishining achchiq-achchiq yig‘lagan tovushi eshitiddi. Jonfig‘on bu yaqin yillarda xotinini urgan emas, hatto bir kuni samovarda o‘zi: "Xotin kishini nomard uradi, qo‘ling qichisa, o‘zingga o‘xshagan qo‘li qichiganni topib mushtlash, men seni mard bilay", degan edi.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  23 Sentyabr 2007, 04:28:55

YILLAR

Abdulla Qahhor

O’tdi umrim, voh darig‘...
Qadimgi qo‘shiq

Hojimirsiroj avtobusda joy talashib bolalik bir xotin bilan aytishib qoldi. Bir maktab bola ham kelayotgan ekan, shu oraga tushdi-yu, yomon bo‘ldi. Bu qoqvosh «shu ishingiz noto‘g‘ri» deyish bilan-ku, Hojining qorniga qoziq qoqqandek bo‘lgan edi, yana «xo‘mraymang» degani nimasi?
Hoji birpas zaharini yutib turdi-da, bola avtobusdan tushib ketayotganida, sekin qo‘lini uzatib, qulog‘ini ushladi va uch buklab turib qattiq qisdi; qisdi, jonining boricha qisdi! Bola, «quloqdan ayrildim» deb o‘ylagan bo‘lsa kerak, qo‘rqib darrov ushlab ko‘rdi — yo‘q, quloq joyida. U avtobusdan tushib, lovullab turgan qulog‘ini ushlaganicha Hojiga qaradi va bisotidagi eng og‘ir, eng dahshatli haqoratni ishlatdi, ya’ni «tarbiyasiz!» dedi.
davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  23 Sentyabr 2007, 04:31:08

O’JAR

Abdulla Qahhor

Ul tuta ot quyrug‘indan, «bo‘l uzun soch» deb qo‘ya,
«Tek nega boshda tugul?» Tanqidga muhtoj deb qo‘ya.
A. To‘qay

Qutbiddinovga ovchi oshnasi ikkita tustovuq in’om qildi. Tustovuqlar tozalanib, tuzlanayotganda Qutbiddinovning fe’li aynidi, ya’ni bironta shinavanda ulfat bilan birpas dilkashlik qilg‘usi keldi. Unint qo‘shnisi Zargarov yaqin bir oy bo‘ladi, chorakam bir litr xushbo‘y vinoni dumba-jigar bilan ichgani asrab yurar edi, semiz tustovuqning daragini eshitib: «Xayr, qo‘y so‘ysak, yana vino topilar», dedi.
davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Sentyabr 2007, 05:24:36

KARTINA

Qiyom paytida «Paxtakor» kolxozining pravleniesi oldiga qo‘ng‘iznusxa bir avtomobil kelib to‘xtadi. Bu avtomobil rayondan, shahardan tez-tez kelib turadigan avtomobillarga sira o‘xshamagani uchun oqsoq qorovul undan ko‘zini olmay, qo‘ltiqtayog‘ini to‘qillatganicha zinadan tushdiyu, unga yaqin borishini ham, bormasligini ham bilmay anhor ko‘prigidan berida to‘xtab qoldi. Avtomobilning ketidan ergashgan chang uning ustidan, yon-veridan yelib-buralib o‘tib bosilgach, eshik ochilib undan ikki kishi tushdi: biri — novcha, ozg‘in, katak ko‘ylak va pochasi bo‘g‘ma jigar rang shim kiygan o‘rta yoshlardagi bir kishi; ikkinchisi — qora sochi quloq va bo‘yinlarini bosib ketgan, jujuncha kitel va amirkon tufli kiygan pakana bir yigit edi. Yigit ko‘prikka tomon bir-ikki qadam bosdiyu, barmog‘i bilan imlab, qorovulni chaqirdi.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Sentyabr 2007, 05:26:26

KARAVOT

Abdulla Qahhor

G’anijonning xotini tug‘may yurib-yurib birdaniga qo‘chqorday o‘g‘il tug‘ib berdi.
G’anijon xotini homilador bo‘lganda ham, bolani ko‘tarib yurganda ham, oy-kuni yaqinlashib qolganda ham bunga qishloqda har kuni, har yerda bo‘layotgan va bo‘ladigan hodisa deb qaragan edi. Biroq bolaning yer yuziga tushuvi uning uchun hech qachon, hech yerda ko‘rilmagan va ko‘rilmaydigan hodisaday tuyuldi; nazarida butun qishloq ko‘pdan beri shu kunga mahtal bo‘lib, hozir faqat shu to‘g‘rida gapirayotganday, har bir suyunchi olib kelgan va har bir «qulluq bo‘lsin» degan kishi shuni tasdiq qilayotganday bo‘lar edi. U «dadasi» degan so‘zni birinchi marta eshitganida bu so‘z qaerinidir qitiqladi, qaerigadir issiqqina tegab, butun vujudi yayrab ketdi.
Mana shu G’anijon o‘g‘ilchasiga karavot olgani rayon markaziga bordi, ko‘ziga eng chiroyli ko‘ringan karavotchani oldi va otiga o‘ngarib qaytib kelmoqda edi.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Sentyabr 2007, 05:28:02

XOTINLAR

Abdulla Qahhor

Asqar ota inqilob uchun qurol ko‘targan o‘zbek ayollari-dan Ma’rifatxon voqeasini eshitganidan beri uning qabrini ziyorat qilish niyatida yurgan edi. Qish kunlarining birida qulay payt keldi: bir necha ovchi o‘sha tomonga — daryo bo‘yiga ovga chiqadigan bo‘lib qoddi. Asqar ota shularga qo‘shildi.
Miltiqlar taxt, otlar tayyor, lekin kimningdir qush olib kelishini kutishar edi. Asqar ota ko‘ziga yuvoshroq ko‘ringan bir otni sinamoqchi bo‘lib mingan edi, ot anhorga intildi. Shu onda mayin bir tovush:
—    Otajon, sug‘ormang! — dedi.
Asqar ota otning boshini tortib, orqaga qaradi. Paxtalik nimcha, qo‘pol ag‘darma etik kiygan yoshgina bir juvon turar edi.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Sentyabr 2007, 05:29:24

AYB KIMDA

Abdulla Qahhor

Hamroev kechki ovqatdan keyin birpas cho‘zilmoqchi bo‘lgan edi, to‘g‘ri kelmadi: narigi uy to‘polon — bolalar bir-bi-rini yostiqbilan urib o‘ynayotibdi; soat sakkiz yarimda majlisga borish ham kerak. Kecha Hamdam ota-onalar majlisi bo‘lishi to‘g‘risida maktabidan qog‘oz olib kelgan.
Hamroev hech qachon majlisga borgan emas, ammo fursati bo‘lganda bir tayyorlanib bormoqchi va bola tarbiyalashni bil-magan yoki bu ishga sovuq qaragan o‘qituvchilarni uyaltirmoqchi edi. Bu niyat uning xotini Sobiraxonga juda ma’qul bo‘ldi.

davomi...

Qayd etilgan