Eng yaxshi hikoyalar turkumidan  ( 135151 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 B


AbdulAziz  28 Sentyabr 2007, 07:29:17

Ming bir jon (hikoya). Abdulla Qahhor 

Martning oxirgi kunlari. Ko‘k yuzida suzib yurgan bulut parchalari oftobni bir zumda yuz ko‘yga solyapti. Oftob har safar bulut ostiga kirib chiqqanida, bahor kelganidan bexabar hanuz g‘aflatda yotgan o‘t-o‘lanni, qurt-qumursqani uyg‘otgan, avvalgidan ham yorug‘roq, avvalgidan ham issiqroq shu’la sochayotganday tuyuladi.
Kasalxonaga yaqinda tushgan Mirrahimov, jikkakkina kishi, o‘ziga juda ham katta ko‘k xalatga burkanib, yengchadan boshini chiqarib turgan sichqondek derazadan ko‘chaga qarab o‘tirgan edi, birdan tutaqib ketdi: shunday havo bo‘lsa-yu, oyoq-qo‘li butun odam ko‘chaga chiqolmay, derazadan mo‘ralab o‘tirsa!..

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 Sentyabr 2007, 07:36:34

To'yda aza (hikoya). Abdulla Qahhor 

Zo‘ri behuda miyon meshikanad

Dotsent Muxtorxon Mansurov nihoyatda istarasi issiq, nihoyatda dilkash chol, shu qadar dilkashki, uni ko‘rgan kishi har faslning o‘z husn-latofati bor degan gapni yil fasllari to‘g‘risidagina emas, umr fasllari to‘g‘risida ham aytsa bo‘lar ekan, deb qolardi. Uning bitta-ikkita qora tuk chap berib qolgan oppoq cho‘qqi soqoli... Yopirimay, soqol ham odamga shuncha yarashadimi-ya!..
Cholni bunchalik istarasi issiq, dilkash qilgan, soqolidan tortib yurishigacha hamma narsasini, har bir harakatini chiroyli, yoqimli qilib ko‘rsatgan, ehtimol, uning odamoxunligi ham bo‘lsa. O’zi shunaqa bo‘ladi-ku: yaxshining yuzida zuluk ham xol bo‘lib ko‘rinadi.
Ammo, lekin Muxtorxon domla nafsambiriga odamning joni edi. Uning xushfe’lligi, to‘poriligi... mahallada katta-kichik hamma bilan salomlashar, yosh bilan yosh, qari bilan qari bo‘lib gaplashar, xursand kishi bilan chaqchaqlashib, xafa bilan dardlashar edi. Bu odam mahalla hayotiga, har bir kishining diliga kirib, shu qadar singib ketgan ediki, otpuskaga yo komandirovkaga ketsa butun mahalla huvillab qolganday bo‘lar edi.
Kunlardan bir kuni mahallada duv-duv gap bo‘lib qoldi: «Muxtorxon domla uylanarmishlar!..»

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 Sentyabr 2007, 07:40:45

Mahalla (hikoya). Abdulla Qahhor

Inson bilan tiriqdir inson,
Muhabbatdan hayotning boshi.
Odamzodga baxsh etadi jon,
Odamlarning mehr quyoshi.
Erkin Vohidov

Rohat buvi kattakon qora pechkaning eshigini ochib oyog‘ini tovlayotgan edi, deraza ostida ko‘zoynak taqib nevarasining yirtilgan kitobini yelimlayotgan choli urishib berdi:
— Seni pechkaga o‘rgatib bo‘lmadi-bo‘lmadi... Nima, polni o‘yib, sandal qilib beraymi? Pechka deganning eshigini ochdingmi, ko‘mir osmonni isitadi deyaver!..
Rohat buvi pechkaning eshigini yopdi, borib divanga cho‘zildi. Uy sovuq bo‘lmasa ham, bir necha kundan beri uning eti uchar, oyog‘i sovqotar, og‘rir edi.
Kampir shu yotganicha ertasiga ham turgisi kelmadi, indiniga turolmadi, uchinchi kuni yuragi birpas qattiq urib turdi-yu, birdan bo‘shashib, o‘ldi-qoldi.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 Sentyabr 2007, 07:42:14

Nurli cho'qqilar (hikoya). Abdulla Qahhor

Goho yer mehrini o‘ylarkan,
Esga tushar dorning siyog‘i;
Ajab hikmat: odam o‘larkan
Uzilganda... yerdan oyog‘i.
Abdulla Oripov

To‘qqizinchi sinf a’lochilaridan, temir-tersakni hammadan ko‘p yig‘ib, oti radiodan aytilgan va maktab ma’muriyatidan rahmatlar eshitgan Zuhraxon degan qiz yo‘qolib qoldi.
O’sha kasofat shanba kuni maktabdan qaytishda Zuhra kitob-daftarlarini opasi Fotimaga berib, lola tergani qirga chiqqan ekan, qaytib kelmabdi. Uning ota-onasi avvaliga qarg‘ab, keyin yig‘lab butun lolazorni, butun qishloqni taka-taka qildi. Maktab ma’muriyati bulardan ham ko‘proq jon kuydirdi — jamoa ijroqo‘miga aytib butun qishloqni oyoqqa turg‘izdi, tumanga ma’lum qildi, chunki sinfda a’lochi qiz to‘rtta bo‘lsa —Zuhra uning yigirma besh protsentini tashkil qilar edi.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  11 Noyabr 2007, 07:29:22

Vatanni suymak. Abdulla Avloniy



Vatan: har bir kishining tug‘ulib o‘sgan shahar va mamlakatini shul kishining vatani deyilur. Har kim tug‘ilgan, o‘sgan joyi*ni  jonidan ortiq suyar. Hatto bu - Vatan hissi - tuyg‘usi hayvonlarda ham bor. Agar bir hayvon o‘z vatanidan - uyuridan ayrilsa, o‘z yeridagi kabi rohat-rohat yashamas. Maishati talx bo‘lur, har vaqt dilining bir go‘shasi o‘z vatanining muhabbati turar.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  11 Noyabr 2007, 07:30:33

Muallima (hikoya). Hulkar To’ymanova

— Zulxumor, yig‘ishtirsang-chi shu ishingni? Yetti yot begona bollar o‘qishga kirsa, senga shahar olib berarmidi? Ishim bitdi, eshagim suvdan o‘tdi deb ketadi bari, senga shu kerakmi?
Bu — bo‘lar-bo‘lmasga javrayveradigan eri, kunda-kunaro "œchaqib" turmasa ko‘ngli joyiga tushmaydi. Zulxumor ayvonda bosar-tusarini bilmay bobillayotgan erining nojoiz gapi uchun xontaxta atrofiga cho‘kka tushgan bolalardan uzr so‘ragan bo‘ldi:
— Sizlar xafa bo‘lmangizlar, erkak odam shunaqa... gapirib turadi-da. Diqqatingizni bir joyga jamlab, mana bu tenglamani men kelguncha yechib turingizlar!

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  09 Fevral 2008, 14:43:58

Telefon (hikoya). Salomat Vafo

Sherjon og‘ir eshiklarni "sharaq-shuruq" ochib ichkariga kirdi. Ko‘pdan odam yashamagan uyda burniga allaqanday quruq, qabristonlarmi isiga o‘xshab ketadigan hid urildi. Bu yerdagi kimsasilik bir qarashda qo‘rqinchli bo‘lib tuyulardi. Aslida keyingi paytlarda bog‘cha va nonvoyxonalarda qorovul bo‘lib ishlayotgani uchun ko‘nikib ketgan bo‘lsa-da, negadir yuragi g‘ash bo‘laverardi. Bu uning odamlarga va mehr-oqibatga nisbatan ehtiyojini bildirsa, yana umrining allaqanday katta bir bo‘lagini yashalmayotganday his qilardi. Negaki haftaning to‘rt kechasi va kunduzi ishda bo‘lsa, ikki kuni uyda o‘tkazardi. Har safar ishdaligida sukunat olamida ko‘p vaqtini derazaga qarab hayol surish bilan o‘tkazadi. Zerikkanda kirib chiqadi, uy anjomlarini bir-bir silab, nimalarnidir g‘o‘ldiraydi. Uyga borsam uni qilaman buni qilaman deb rajalasa-da, so‘ng hayollari osmonga uchardi. Eshikdan kirishi bilan og‘ir hayotdan bezgan, turmushning yetar-etmasliklari va bolalariniing so‘ngsiz urush-janjallalaridan xorigan xotiniga ko‘zi tushardi. "Emin maktabning derazasini sindiribdi". "Otash ichib borgani uchun ishdan haydalibdi". Birdan qora xabarlar oqimi gangitib qo‘yadi. Ichkariga kirib yechinmasidan tugmalarini bo‘shatadi. Nazarida bo‘g‘ilib qolayotganga o‘xshardi. Sherjon sukunat saltanatida o‘ylardi: "boshqalarning hayoti qanday ekan. Umuman dunyoda baxtli odam bormikan?...Baxt degani nima o‘zi?» Qishloqda yashab hali uylanmagan kezlari baxt haqidagi tasavvurlari boshqacha edi.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  09 Fevral 2008, 14:47:07

Ustyurt (hikoya). Salomat Vafo

Temir yo‘l va avtomobil yo‘llari kesishgan ovloq vokzal binosi ustida sahroninig quyoshi asta-sekin bota boshlagan edi. Atrofda qalin kiyingan xotinlar turli oziq-ovqatlar, gazaklar va sabzavotlar sotib o‘tirishardi. Sabzavotlar olisroqdan kelgan ko‘rinadi, negaki shimol taraflarda sabzavotlarninig yetishtirish muammo edi. Hali qorong‘i tushmagan bo‘lsa-da, trassadan o‘tayotgan katta mashinalar chiroqlarini yoqib olgan va «vag‘illab» signal beradi. Harakat bir zum to‘xtamas, go‘yo mashinalar daryosi oqayotgan edi. Maydon turli tarafdan kelib qo‘nib o‘tayotgan odamlarninig «vag‘ir-vug‘uri», sotuvchilarninig qichqirig‘i va mashinalar shovqiniga to‘la edi. Boshiga katta ro‘mol o‘rab olgan Yorqinoy atrfoda daydib yurgan daydi erkak va kunda-shunda xotinlarni quvardi. «Tur yo‘qol hammang, tekintamoqlar». Uning yelim qog‘ozdan qilingan uychasidan ikki uch daydi chiqib qochadi. «Bularga bir marta tishingni oqini ko‘rsatsang bo‘ldi. So‘ng xira pashshaday atrofingda aylanadi».

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  09 Fevral 2008, 14:48:52

Arg'imchoq (hikoya). Salomat Vafo

Bu xonadonda g‘aroyib marosim bo‘lmoqda edi. Ma’rakaga qo‘y so‘yilgan, mulla aytilgan va barcha qarindosh-urug‘, tanish bilishlarga xabar qilingan edi. Hovlilar chinniday tozalangan, katta qozonda qo‘yning kalla pochchalari va o‘pkasi vaqirlab qaynab, hushbo‘y xid taralardi. Mahallaning katxudo xotinlari non-cho‘raklarni yoyib, endi sho‘rva bilan yeyishga patir yopa boshlagan edilar. Oilaning hamma farzandlari, hatto olisda yashaydigan Sayilxon ham yetib kelgan. Hovliga xuddi o‘lik chiqqanday og‘ir sukut cho‘kkan, uyda «tiq» etgan tovush chiqmas edi. G‘aroyib marosim davom etar, ko‘mishga hamma narsa taxt, lekin o‘lik yo‘q.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  09 Fevral 2008, 14:50:44

Bir oy mister bo’lganim (hikoya). Sa’dulla Siyoyev

Bultur Charli Stefford degan chet ellik yigit bilan tanishdim. O‘zi Amerikaning Illinoys degan shtatidan ekan. O‘zbekistonning bir qishlog‘ida yashab, o‘zbeklarning urf-odati, rasm-rusumlari bilan tanishish uchun biz tomonlarga kelibdi. Bir kuni uyda o‘tirsam, tuman rahbarlaridan biri boyagi yigitni boshlab kirdi. Yonida shotirlari ham bor.
— Hikmatilla aka, mana bu yigit mehmonimiz, — dedi Charlini ko‘rsatib, — o‘zi olim, O‘rta Osiyo xalqlarining tarixi, bugungi hayoti haqida kitob yozmoqchi ekan. Erkalik qilib, siznikiga boshlab kelaverdim. Bog‘-chorbog‘ingiz ham, ko‘nglingiz ham keng, bir oygina shu yigitga uyingizdan joy berarsiz. Sizga ziyoni tegmaydi. Harajatlarini o‘zi ko‘taradi. Faqat yaxshi so‘zingizni ayamay, so‘raganlariga javob berib tursangiz bo‘ldi. Maylimi, aka?

davomi...

Qayd etilgan