Kundalik..  ( 82780 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 8 9 10 11 12 13 14 15 B

Muhammadali  19 Dekabr 2009, 11:11:59

2003 yil qish payti edi. Turmushi buzilgan Ayol o'z farzandlariga yedirib-ichirish maqsadida ishlamoqlik uchun Toshkent kochalrida ish qidira boshladi. U kochadagi ozbek oshhonalariga kirar, idish-tovoq yuvish, supirib tozalash kabi ish bormi deb sorab-surishtirib yurar edi. Va nihoyat Milliy taomlarimizni tayorlaydigan oshhonaga tozalovchilikga ishga joylashdi. Oshhona boshlig'i ham ayol kishi edi. Kuniga ming so'm pul beraman deb ishga olgan bu ayol juda ham qattiq qo'l edi. Tozalovchi ayolni kelganidan boshlab yugurtirishni boshladi. Qish! havo jud sovuq edi. Kochadagi ariqni tozalashdan tortib qishni kunida oshhona hovlisiga muzdek suvni septirish, odamlardan qolgan ovqatlarni yedirar edi. Bechara yangi tozalovchi sodda bolgani uchun hamma ishni indamay qilar edi. Soat kechki 12:00 hamma idishlarni yuvib, hovlini supurib, stol-stullarni bir chetiga yig'ib bolgach boshliqni oldiga kelib - bo'ldi hammayoqni aytganingizdek bajardim. Iltimos bugungi pulumni bersez bollarim uyda och - dedi. Boshlq esa - yo'q pulni kunbay emas haftabay olasan - dedi. Kech bo'lib qolganligi uchun tozalovchi ayol uyga ketishga qo’rqdi va oshhonada qolishlikka ruhsat soradi. Hovlidagi karavotda yotaver deb unga osha yerdan joy berdi. qishni kunida bir qavat to'shak berdi yopinchiq ham kaltagina edi. Ertalabgacha uhlamay chiqgan tozalovchi ayol, tong otganda ozida holsizlikni his qildi. Harorati baland edi. Ishlay olmasligiga ko'zi yetgan ayol ruhsat soradi. Badjahil boshliq bolsa agar bugun ketsang qaytib kemagin dedi. Ozini zo'rg'a kotarib turgan ayol uyga ketdi. Bo'lgan voqeani uyda och otirgan farzandlariga so'zlab berdi. Jahli chiqgan og'il yosh bo'lishiga qaramay shu oshhonaga borib onasini haqqini olib kelmoqchi bo'ldi. Onasi bo'lsa ko'nmadi. Oradan ikki kun otib ona bola birga borishdi. Og'il onaga - siz uzoqroqda qarab turing ozim borib olib kelaman - dedi. Rozi bo'lgan ona uzoqroqda qoldi farzand borib haligi ayolga salom berib - Onam anavi kuni ishlagan edilar shu pullarini bersangiz onamni istimalari baland - dedi. Onang ozi kelsa beraman dedi. Farzand aniq bilar ediki Onasi kelsa yo yana ishlatar yoki pulini bermas edi. Iltimos bering ahir onam hamma aytganlaringizni qilibdilarku dedi. Boshliq esa: - E bor haromi — dedi. Shunda haligi bolacha — bermaysiza? — deb yana soradi.  — Yo’qol — deb so’kindi boshliq.
Bo’lacha qolini osmonga ko’tarib — ALLOHU AKBAR — dedi.
Kutib turgan onasini oldiga borib bolgan voqeani aytib berdi. Shu payt yonlaridan bir melisa o’tib ketayotgan edi. Onasi shoshib Melisani chaqirmoqchi bo’lgan edi bolacha — Tohtang onajon. Agar hozir melisaga aytsak biz uni jazolagan bo’lamiz. Qoying Hudoga solaylik — dedi. Kozda yosh bilan ona farzandini gapiga rozi bo’ldi. Allohni qudratini qarangki bir hafta otar otmas haligi oshhonaga o’t ketib oshhona yopilib ketibdi.

Qayd etilgan

siddiqa  23 Dekabr 2009, 01:40:53

Dunyoda shunaqangi bag'ri tosh odamlar ham bormi ? !
halol ishlagan haqqini bermasa,
shunday odamlarni ko'tarib yurgan
yer  ham ingrasa kk  bunday nohaqliklarga .

Qayd etilgan

Muhammadali  11 Yanvar 2010, 22:24:44

Muhammadali birodar aygan voqeangi bo'lgan voqeami

shunday xolatlar bolaturgan vaqtda o'yinqaroqlik qilishlik, xazil xuzul kongilga sig'gniga qoyilman, Allohim muhtojmantlarni o'z himoyangga ol
Ha brodar bo'lgan voqea. Omin aytganingiz kelsin.

Qayd etilgan

Hadija  16 Yanvar 2010, 06:31:57

Bo’lacha qolini osmonga ko’tarib — ALLOHU AKBAR — dedi.
Kutib turgan onasini oldiga borib bolgan voqeani aytib berdi. Shu payt yonlaridan bir melisa o’tib ketayotgan edi. Onasi shoshib Melisani chaqirmoqchi bo’lgan edi bolacha — Tohtang onajon. Agar hozir melisaga aytsak biz uni jazolagan bo’lamiz. Qoying Hudoga solaylik — dedi. Kozda yosh bilan ona farzandini gapiga rozi bo’ldi. Allohni qudratini qarangki bir hafta otar otmas haligi oshhonaga o’t ketib oshhona yopilib ketibdi.

Qilmish qidirmish, kim qilmagay kim topmagay! Alloh barcha narsaning shohididir! Birovning haqqi birovda qolmas!

Qayd etilgan

Mahdiyah  10 Fevral 2010, 08:05:10

Men eng foydali duo haqida o'ylab, Allohdan Uning roziligiga erishtirishga yordam so'rash ekanini va undan so'ng esa uni Fotiha surasidagi "Sengagina ibodat qilamiz va Sendangina yordam so'raymiz", oyati ekanini ko'rdim.

Ibn Taymiya rahimahulloh

Qayd etilgan

Hadija  19 Mart 2010, 12:20:09

Kunladilik blogining mualifini sog'indik...
Kundaligingizdan yana chiroyli hikmatlar va ibratli hikoyatlarni kutib qolamiz!...

Qayd etilgan

JaviK  06 May 2010, 10:30:52

Kundalik  kundalik egasini sog`inib, javonda chang bosib yotibdi. U qaytadi va yana davom etadi.......

Qayd etilgan

Shoxruh Mirzo  02 Oktyabr 2010, 18:45:46

Musofirga...

Baxtu-to'leini qidirgan odam,
Olis yo'lga chiqqan yurtdoshim og'am.
Bardam bo'l, xorima dadil qo'y qadam
Ilohim, yo'llaring bexatar bo'lsin...

Olis Ipak yo'l bu... taramlari ko'p
Chin-u, Farang, Hindning sanamlari ko'p.
Turk-u, Forsning qoshu-qalamlari ko'p,
Bu yo'lda topganing haloling bo'lsin...!

Olam bozor o'lmush barcha xaridor,
Har kim ne ilinsa sotishga tayyor,
Kimdur do'stin sotar, kim tashna kim zor
Bu yo'lda iymonin asragan kim bor?!

Tiriklik bozori boshima tushdi,
Er ayolu keksa-yu yoshina tushdi...
Burgut ham rizq tilab qoshina tushdi
Kaftin ochib kelsa, ko'ksing ochilsin,

Qalbing muruvvatu, mehrga to'lsin!
Yo'llar olis, olis yo'llar...Olis makoning
Bu yo'llarda omon o'lsin, dinu iymoning
Shu yo'llarda omon o'lsun dinu iymoning...

Qayd etilgan

Shoxruh Mirzo  05 Oktyabr 2010, 16:52:03

16-dekabr.

Kundalikni qo'limga olmaganimga ham ancha bo'libdi...

Derazadan tashqariga boqaman...Pag'a-pag'a bo'lib yog'ayotgan qor odamni  etini junjiktiradi. Har yili 16-dekabr kelar ekan qalbimni bir sog'inch qamrab oladi...Mana oradan 20 yil o'tibdi birinchi marta shu kuni kundalik yozgan edim, unda yoshim 12da edi...
  Ushanda ham derazadan tashqariga boqqancha allaqaerlarni tomosha qilar, kimlarnidir kutadigan yosh bola edim...
Lekin u payta bunday, hashamatli, issiq uyda emas, balki...balki bir umr yodimdan chiqmaydigan, har joy, har joyidan chakka o'tib turadigan, xonalari sovuq bolalar uyining yotoqxonasida edim...
 32 yil...Har yili 16-dekabr kelar ekan, onam meni tashlab ketganiga bir yil to'ladi...
 Eh, onajon! Nega meni tashlab kettingiz? Bir umr sizning mehringizga zor bo'lishim uchunmi? Sizni juda ko'p qidirdim...
Har gal yuzlaridan nur yog'ilib turgan onaxonlarni ko'rsam mening onam emasmikin deya o'zimga takror-takror savol beraman...Sizni qanchalar sog'inganimni bilasizmi?
 Ana tashqarida bir onaxon, svetofor tagida turib, yo'lning u tomoniga o'ta olmayapti...
Qiziq chuqur o'yga tolaman...
Kimlardur bolaga zor, kimdur ona mehriga...
Xona ichidagi kamenda yonayotgan o'tinning qarsillagan ovozi hayollarimni to'zg'itib yubordi...

                                                                           ***

16-dekabr.

Bolam...
Bu kundalikni o'qiganingda balki men bu yorug' olamda yo'q bo'larman...
Har yili 16-dekabr kelarkan, qalbim tubidagi farzand sog'inchi, o'zimdan o'zimni nafratlanishga olib keladi...
E voh, nafrat bo'lsin nafrat menga...
Axir men onamanmi o'z farzandimni qorli kunda bolalar uyi oldiga tashlab ketsam?!
Sen 12 yoshingda, men kelgandim, seni uzoqlardan ko'rib qaytgandim...Xanuzgacha seni kuzatib yuraman...
Bugun ham hashamatli uying tagidagi svetofor tagida seni kuttim...
Bolam, jigargo'sham meni...men baxtiqaro onajoningni kechira olasanmikin?!
Kechir meni bolam...kechir...

Qayd etilgan

siddiqa  07 Oktyabr 2010, 06:36:43

:as:

Bir inglizcha kitobdagi parchani o'zbekchasini yozaman esimga tushib ketdi .

Onajon ,iltimos meni bu yerdan olib keting ,
bu yer juda sovuq ,o'qituvchi murabbiylar ham yomon .
sizni juda sog'indim .

Bolalar uyi: Jack (6 yosh )

onadan :
hechqisi yo'q azizim Jack ,chida ko'nikib ketasan .

oradan 20 yil o'tdi .

Jack azizim ,iltimos meni bu yerdan olib ket ,
bu yer juda sovuq ,hamshiralar ham yomon .

Jack: hechqisi yo'q ,azizam ko'nikib ketasiz ,chidang .

Qayd etilgan