Kundalik..  ( 82661 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 10 11 12 13 14 15 B


Muvahhid  26 Dekabr 2010, 09:04:23

Qadimda Iyla nomli qishloq bo‘lib, uning aholisi baliq ovlash bilan tirikchilik qilishardi. Mana shu qishloqda Bani Isroil sulolasidan bo‘lgan bir qavm istiqomat qilar edi. Bani Isroil avlodlari ota-bobolari kabi shanba kunini muqaddas hisoblashar va shu kunni faqat ibodat uchun bag‘ishlashib, boshqa hech bir dunyoviy ishlar bilan mashg‘ul bo‘lmas edilar.

Ularga shanba kuni o‘t yoqish harom etilgani kabi baliq ovlash ham harom qilingan edi.

Bu qishloqda shu kunning hurmatini bajo keltirmasdan, taqiqlangan ishlarni qiladigan kishilarni qo‘rqitib turuvchi maxsus yozuv bo‘lardi.

Qishloq aholisining ba'zilari baliq ovlab sotish orqali, ba'zilari esa anbar savdo-sotig‘i bilan tirikchilik o‘tkazishardi. Alloh taolo qishloq aholisining rizqini ulug‘ qilib bergan edi. So‘ng Alloh taolo u qishloq ahlini qishloq yaqinidagi dengiz sohilida imtihon qilishni xohladi. U yerda ikkita katta oq tosh bo‘lib, baliqlar ular ustiga shanba kechasi va kunduzi chiqishardi. Chunki ular shu kunigina ovchilar to‘rlaridan omonda bo‘lishar, odamlar ko‘rsalar ham ularga qo‘llarini cho‘zmas edilar.

Shanba kuni oxirlagach, eminlik vaqti tugaganini fahmlagan baliqlar tezlik bilan suvga sho‘ng‘ib, dengizga qaytishar va qirg‘oqdan uzoqlashib ketishar edi.

Shunday qilib bu qishloq ahliga shanba kuni baliq ovlashning iloji yo‘q edi.

Bu holat to baliqchilar asabiga qattiq ta'sir qilguncha davom etib turaverdi.

Oxiri ovchilar bir-birlariga qarab: «Baliqlarning aqli borga o‘xshaydi, bo‘lmasa ularni ovlash harom qilingan kuni ko‘rinishib, boshqa kuni g‘oyib bo‘lisharmidi. Yoki dengizning tagida vaqtni bildirib turadigan soat bormikin? Axir baliqlar qanday qilib aynan shanba kuni bu yerga kelishadi?!» - deyishdi.

Bu sirli hol qishloqlik ovchilarni ko‘p hayratda qoldirardi. Ajablanarlisi shunda ediki, baliqlar xato qilib qo‘yib, haftaning boshqa kunida, ya'ni ovlash mumkin bo‘lgan kunda chiqishmas edi.

Qishloq aholisining ahvoli o‘zgara boshladi, zarar kun sari ko‘paya bordi. Chunki ular ovga chiqqan kunlari to‘rlariga baliq tushmay, quruq holda qaytishardilar. Bir kuni qishloq oqsoqollari to‘planishib, ov uchun boshqa biron yangi joy topishni maslahat qildilar.

Bozor oqsoqoli esa: «Bozorimiz juda huvillab qoldi, mayda-chuyda baliqlardan boshqa hech vaqo yo‘q. Bu holda ish yurgizib bo‘lmaydi,» - deb og‘ir ahvolini tushuntirdi.

Shunda ovchilarning boshligi turib: «To‘rlarimiz dengizdan sho‘r suv bilan to‘lib chiqyapti. Baliqlardan esa asar yo‘q. Agar qishga shu tarzda kirilsa unda bolalarimizni qanday boqamiz?» - deb tashvish bildirdi.

Shu payt boshqa bir boshliq turib aytdi:

«Baliqlar qachonki bizdan g‘azablansalar shunday qilishlari mumkin, chunki ular ov qilish harom qilingan kuni chiqishib, haftaning boshqa kunlari g‘oyib bo‘lishmoqda, bu bilan baliqlar bizni mazax qilmoqdalar.»

Noroziliklar ko‘paydi, lekin oqibatda yig‘ilganlarning ra'ylari turlicha bo‘ldi. Bu gaplarni eshitib o‘tirgan mo‘minlar: «Alloh taolo shu yo‘l bilan bizni imtihon qilmoqda. Agar biz sabr qilib, o‘zimiz uchun halol deb hisoblangan kunda ovlashni davom ettiraversak, shoyadki Alloh taolo boshimizdan baloni ko‘tarib, yana rizqimizni avvalgidek qilib bersa», - dedilar.

Shu payt muxoliflar guruhidagilar aytishdi: «Axir bu taslim bo‘lmoqlik-ku. Baliqlar bizga ko‘p hiyla-nayrang ko‘rsatishmoqda. Biz ularning mazax qilishlariga qarab turmaymiz». Shunda mo‘minlardan biri turib so‘radi: «Xo‘sh, nima qilmoqchisizlar?» Muxoliflar: «Ko‘ramiz, hali», - deyishib tarqalishdi. Shunday qilib, qishloq ahli bir fikrga kelisholmadi.

Ertasi kuni muxoliflarda tundagi dengiz qa'ridan ham qorong‘u bo‘lgan qora niyat paydo bo‘ldi. Ular o‘zaro:

«Baliqlar bizga shunchalik ko‘p hiyla-nayrang qilganlarida nima uchun biz jim turamiz, biz ham to‘rlarni dengizga shanba kuni tashlaylik-da, baliqlar bilan ular limmo-lim to‘lib qolgandan keyin, yakshanba kuni ularni tortib olamiz. Qarabsizki, bu bilan shariatimiz talablariga ham xilof ish qilmagan bo‘lamiz, shu bilan birga o‘zimizni ham ochlikdan qutqargan bo‘lamiz».

Ulardan yana biri turib aytdi: «Hammaga ayonki, qishlog‘imiz dengizning tutash orolchalaridan iborat bo‘lib, unda ariqlar ham ko‘p. Mana shu ariqlar baliqlar bilan to‘lishini kutamiz, so‘ng yo‘lini to‘sib tashlaymiz. Yakshanba kuni esa to‘rlarni tashlab, bemalol ovlab olaveramiz». Shu payt oralaridan boshqa bir kishi turib e'tirozli ohangda xo‘mrayib dedi: «Axir bu shariatga hiyla qilish yoki uni o‘yinchoq qilish-ku. Agar shunday qilgudek bo‘lsak boshimizga qanday musibat tushushini bilasizlarmi?».

Johillar birgina mana shu oqilona fikrni ham darhol rad qildilar va «bizga hech qanday musibat yetmaydi», - deb aytdilar.

Nihoyat, shanba kuni ham keldi. Muxoliflar o‘zlarining hiylalarini amalga oshirib, to‘rlari baliqlar bilan to‘lgach, ularni yakshanba kuni dengizdan tortib chiqarishdi. Bu bilan ular ovni o‘zlaricha go‘yoki yakshanba kuni qilgandek bo‘lishdi. Qishloq ahli bu voqeani juda katta to‘yu tomosha bilan nishonladi, to tonggacha bazm qurishib, erkagu ayollar ashula va raqs bilan tunni o‘tkazdilar.

Kelasi kun mo‘minlar nima hodisa yuz berganini kuzata boshladilar va hayron bo‘lib: «Bu baliqlarni sizlar qayerdan oldingizlar?» - deb so‘rashdi. Muxoliflar: «Biz o‘z mehnatimiz va aqlu zakovatimiz bilan ularni dengizdan ovlab qo‘lga kiritdik», - dedilar. Mo'minlar: «Shanba kuni ov qildinglarmi?» - deb so‘rashdi.

Ular: «Yo‘q, biz ularni yakshanba kuni ovladik», - dedilar. Mo'minlar taajublanib: «Bu shubhali ish ko‘rinadi, axir biz ham sizlar kabi yakshanba kuni baliq oviga chiqdik, lekin quruq qaytdik-ku, dengizda hech baliq yo‘q edi. Buncha baliqni qayerdan tutdingizlar?» - deyishdi. Shunda muxoliflar ularning ustidan kulgan bo‘lib: «Albatta, dengizdan-da, bo‘lmasa baliq quruqlikda bo‘larmidi?» - deyishdi.

Mo'minlar bu yerda bir sir borligini sezdilar va uning haqiqatini bilishga qaror qildilar. Shanba kunidan boshlab tunni bedorlik bilan o‘tkazdilar. Ertasi yakshanba kuni ularning hiylalari fosh bo‘ldi. Bu qilmishlari xalq orasida yoyilib, sharmanda bo‘ldilar.

Mo'minlar ularga dedilar: «Bu qilmishlaring shariatga nisbatan hiyla-nayrang va uni masxara qilmoqlikdir. Bu qilmishlaring uchun sizlarga qattiq azob yog‘ilg‘usidir. Vaqtni g‘animat bilib, tezroq Allohga qaytinglar va qilgan gunohlaring uchun tavba qilib, undan kechirim so‘ranglar.»

Biroq ularning qalblari ham, aqllari ham toshdek qotib qolgan edi. Mo'minlarning qilgan nasihatlariga quloq solishmadi. O'zlariga aytilgan haqqoniy so‘zlarga kibru havo bilan javob qaytarib, o‘zlari xohlagancha ov qilishlari mumkinligini, baliqlarga esa yo‘l bermasliklarini ta'kidladilar.

Shunday qilib qishloq ahli uch qismga bo‘lindi.

Birinchi qism yaxshilikka chaqirib, shariat bilan o‘ynashishdan qaytaruvchi mo‘minlar guruhi edi. Ikkinchi guruh esa shariatga hiyla-nayrang qiluvchi muxoliflar edi. Uchinchi toifa odamlar esa betaraf kimsalar edi.

Mana shu tarzda qishloq ahli o‘zaro tortishuv ichida qoldi. Mo'minlar ozchilikni tashkil etardi. Muxoliflar esa ko‘p edi. O'rtadagi bahs-tortishuv avjiga chiqib, har bir guruh o‘zining haq ekanligini isbotlashga rosa uringach, kuchlar teng kelib qoldi. So‘ng bir oz tinchlandilar. Shunda janjalga qo‘shilmay turgan guruh vakillari mo‘minlarga qarab aytishdi: «Alloh taolo qattiq azobga duchor qilmoqchi bo‘lib turgan odamlarga nasihat qilib o‘tirishlaringdan ne foyda?» Mo'minlar javob berishdi: «Biz bu bilan bo‘ynimizdagi qarzni ado etib, buyurilgan ishni bajardik. Shuningdek, ular o‘zlari qilayotgan gunohlari uchun tavba qilishsin va o‘z xatolari sababli g‘arq bo‘lib ketayotgan gunoh botqog‘idan qutilsinlar, deb nasihat qilmoqdamiz».

Betaraf guruhdagilar: «Qo‘yaveringlar, ular azobga mustahiqdirlar, ammo nasihatga loyiq emaslar», - dedilar.

Nihoyat, muxoliflar mo‘minlarga: «Qishloqni bizga tashlab chiqib ketinglar», - deb aytishdi.

Mo'minlar: «Bu qishloq faqat sizlarniki emas, balki u bizniki hamdir. Biz undan chiqib hech qayerga ketmaymiz», dedilar. Tortishuv qaytadan avjga chiqdi. Oxiri ular qishloqni ikkiga ajratib turuvchi devor qurishga kelishishdi. Shunday qilib, qishloq ikkiga bo‘linadigan bo‘ldi.

Birinchi kichik qismi mo‘minlarga, ikkinchi katta qismi esa muxoliflarga berildi. Devor kundan kunga balandroq ko‘tarilib bordi. Borgan sari muxoliflarning molu dunyosi to‘lib-toshib, ular ko‘rkam qasrlarga va tilla javohirlarga ega bo‘lib bordilar.

Mo'minlar ularni shariatni hurmat etishga va Allohning amrini bajarishga targ‘ib qilishdan charchamadilar. Lekin ular o‘z nafsu havolariga berilib mo‘minlarning nasihatiga quloq solishmadi. Ular ochiq-oydin Allohga, shariatga va haqiqatga xilof ishlarida davom etaverdilar.

Alloh taologa muxoliflarning bu holatlari o‘ta xunuk ko‘rindi, natijada ularga g‘azab bilan: «Maymunga aylaninglar!» - dedi. Ularning ayollari ham, erkaklari ham, insonlik holatidagi zebu ziynatlari egnilarida saqlangan holda bir zumda maymunga aylanib qoldilar.

Shunday qilib, Alloh taolo o‘z amri bilan muxoliflarni maymunga aylantirdi. Insondan maymunga aylanish - juda dahshatli hodisa bo‘ldi. Zero, ular insonlik hurmati, hurriyati va izzatidan mahrum bo‘lib, maymunlikdek masxara va past hayvonga aylanib qolgan edilar.

Bu maymunlar boshqa maymunlar kabi his-tuyg‘uga ega emas, gapirib o‘z g‘am-tashvishlarini bayon qilay desa gapira olmas va mo‘minlar tomonidagi qarindosh-urug‘lari va qo‘ni-qo‘shnilarining oyoqlariga suykalishib, bo‘lgan voqeani tushuntirib bermoqchi bo‘lar edilar.

Bu holatni ko‘rgan mo‘minlarni dahshat bosdi va ularning qasrlariga shoshilib borib, ne ko‘z bilan ko‘rishsinki, qasrlaru ko‘chalar afsus-nadomatlar bilan uvillashayotgan, yuzlarini, sochlarini yulayotgan maymunlar bilan limmo-lim to‘la edi. Bu bag‘oyat mudhish manzara edi.

Mo'mindar ne hodisa bo‘lganini darhol anglab yetdilar. Muxoliflarning esa o‘z holatlaridan paydo bo‘lgan qo‘rqinch tufayli yuraklari pora-pora edi. Ular mo‘minlardan yordam so‘rab, iltijo qilib yig‘lar edilar.

Mo'minlar esa oliy insonlik hurmatidan ajralib, aqlsiz hayvoniy hayotga o‘tib qolgan maymunlarning iztirob va alamlarini his etsalar-da, biroq ularning alamlarini yengillashtirgudek biron ish qilishga qodir emas edilar.

Oxir - oqibatda mo‘minlar qishloqni maymunlarga tashlab, boshqa yerga ko‘chib ketishga qaror qildilar.

A. Mansurov tarjimasi.


«Islom nuri» gazetasidan olindi

Qayd etilgan


Muvahhid  28 Dekabr 2010, 14:33:00

Бир киши боғ оралаб кетаётган сди. Тссатдан сосда ухлаётган бир кишининг оғзига кичик илон кираётганини ксриб қолди. Ухлаётган одамни огоҳлантириш ҳам, илонни тсхтатиб қолиш ҳам қслидан келмади. Илон одамнинг ичига кирди. Йсловчи бу одамга ёрдам беришни сйлаб, ниҳост бир қарорга келди. Қслига қамчи олиб, ётган одамни қамчилай бошлади. Ухлаётган одам бирдан чсчиб уйғонди. Йсловчини жиннихонадан қочган тентак деб гумон қилди. Йсловчини ҳақорат қилиб қочди. Бир дарахт остида чириган олмаларни ксриб, қочаётган одамга "œТсхта!" деди. Ҳалиги одам дарҳол тсхтаб, йсловчи айтган чирик олмаларни ес бошлади. Бечора ҳам чирик олмаларни ноилож ер ва жинни деб сйлаган бу одамни ич-ичидан сскарди. Йсловчи:
— А­й ғофил банда, бу чирик олмаларни егин. Бслмаса қамчи билан савалайман! деб псписа қилди. Илон ютган киши:
— А А аб! Шу жиннининг қслидан мени қутқар, нолаларимни қабул ст. Личоқ сускка бориб тақалди, — дер сди.
Яхши нистли киши қамчини сна олиб "œТур!" деди. Қайтадан иккови изма-из югура кетди. Илон ютган одам бир оздан сснг, бирданига ошқозони безовта бслиб, боши айланди. Кснгли айниб, ерга ётиб қайт қила бошлади. У тссатдан ичидан қоп-қора бир майда илоннинг чиқаётганини ксриб ҳайратдан донг қотди.
Шу пайт йсловчи:
— Худога шукр, қутулдинг, — деди. Илон ютган одамнинг фикри бирдан сзгариб, хижолат тортди. Олдида қанчалик марҳаматли инсон турганлигини кейин тушуниб етди ва ундан кечирим ссради.

Ҳисса

Ҳаёт ҳам шундай. Айрим одамлар сзгулик ва бебаҳо неъматлар қадрини билмай, ёмон гумонга борадилар. Баъзи бир қаттиқ гап ва калтакда шифо бслади. Боласини тарбис учун урганга савоб, азоб бериш учун урганга жазо берилади. Қароқчининг пичоғида слим, шифокорнинг пичоғида сса ҳаёт бор. Личоқни кимдир схшиликка, кимдир ёмонликка ишлатади.
Қиссадан ҳисса шуки, схши инсоннинг ссзларида шифо бор.

Qayd etilgan


Мuslim  06 Yanvar 2011, 14:21:28

Етмиш камчидан кейин...

АЛЛОХАИАГ  валий кулларидан Абу Туроб Тахсабий шундай хикос киладилар:
 
-Аафсим жуда тансик, ва лаззатли таомлар талаб килмас сди. Лекин бир куни гушт, тухум ва асал ейишни хохлаб колди. Аафсимга:
—Булардан воз кеча кол, — дедим. Бирок, уни кайтаролмадим. Аафсим ушбу таомларни зур иштаха билан ейишга орзуманд сди. Юриб-юриб бир нотаниш
кишлокка бориб колдим.

Шу пайт бир одам ёкамга ёпишиб, бакира кетди:
-Угриларнинг ичида сен хам бор сдинг...

Елкамни слангоч килиб етмиш камчи уришди, етмишинчи камчи тушар-тушмас, шу кишлокли бир одам мени таниб колди:
—Ахир бу одам Абу Туроб-ку!
Мендан кечирим сурашди. Кишлокдагилардан бириб мени уйига олиб борди. Дастурхон ёзиб, олдимга гушт, тухум ва асал куйди. Мен сса нафсимга хитоб килиб дедим:
- Етмиш камчидан сунг, ескол снди!


Qayd etilgan


Akbarjоn  16 Yanvar 2011, 11:23:46

Kasalxona palatalarining birida uchta falaj kasal yotardi, ulardan birinchi bo’lib kelgani oynaning oldiga, ikkinchisi o’rtaga, uchinchisi esa eshik yoniga joylashtirilgan edi. O’rtada yotgan kasal boshqa kasallardan farqli o’laroq tushkunlikka tushmaydigan xarakterda bo’lib, gaplari bilan boshqalarning ham kayfiyatini ko’tarar, ko’nglini ovlar edi.

Sovuq qish kunlarining birida oyna yonida yotgan kasal vafot etdi. Uni olib ketishgach, o’rtadagi kasalni oyna oldiga, eshik oldidagini esa o’rtaga yotqizishib bo’shagan joyga yangi kasalni olib kelishdi.
Oyna yoniga joylashtirilgan ko’tarinki kayfiyatda yuruvchi kasal endi ko’chada ko’rganlarini sheriklariga aytib bera boshladi. U yo’l chetidagi park, katta katta chinor daraxtlari, chug’urlashgan qushlar, ko’chada shosha-pisha ishga ketayotgan odamlar, shod-xurram bolalar va qarshi tog’lardagi gullarga burkangan dalalar haqida so’zlab biroz bo’lsa ham sheriklarining dardlarini unuttirardi.

Ko’p o’tmay bu kishi ko’chadan o’tganlarga nom ham qo’yib oldi. Shunday qilib sheriklari ertalab ishga ketayotganlarning, ko’chada yurib narsa sotuvchining va kechqurun horib uyga qaytuvchilarning hikoyalarini eshita-eshita ularni ko’zlari o’ngida jonlantira boshladilar. Endi palatadagi og’ir va ezuvchi sukunat yo’qolib, yillarga teng tuyuluvchi soatlar, maroqli hikoyalarga to’lgandi.

Kunlarning birida o’rtada yotgan kasalning miyasiga bir fikr keldi. Agar oyna yonidagi kasal biror falokatga yo’liqsa, uning joyiga o’zi o’tadi, shunda uning gaplarini eshitib o’tirmay, aytganlarini o’z ko’zi bilan ko’ra oladi"¦

Bu fikr unga tinchlik bermay qo’ydi.Yotgan joyida ham faqat shu haqida o’ylar, biror bir chora izlardi. Oxiri bir qarorga keldi, ba’zan sherigining yuragin ushlab qolardi. Bunday hollarda u darrov tumba ustidagi dorilardan olib ichardi.

Bir kun kechqurun oyna yonida yotgan kishining yana yuragi ushlab qoldi, lekin bu safar o’rtada yotgan sherigi ming bir qiyinchilik bilan dori idishini ag’darib yubordi, shisha yerga tushdi va parcha-parcha bo’lib ketdi.

Ertasi kuni ertalab oyna yonida yotgan kasalning o’lib yotganini ko’rishdi. Va uni olib chiqib ketgach, o’rniga o’rtada yotgan kasalni yotqizishdi.

Kasal niyatiga yetgan edi, endi u o’z ko’zlari bilan ko’chani ko’rish uchun oynadan qaradi, biroq uni to’k urgandek bo’ldi. Chunki oynadan bir necha metr narida qop-qora devordan boshqa hech narsa yo’q edi..

manba'si esimda yo'q

Qayd etilgan


JaviK  16 Yanvar 2011, 11:27:24

Kasalxona palatalarining birida uchta falaj kasal yotardi, ulardan birinchi bo’lib kelgani oynaning oldiga, ikkinchisi o’rtaga, uchinchisi esa eshik yoniga joylashtirilgan edi. O’rtada yotgan kasal boshqa kasallardan farqli o’laroq tushkunlikka tushmaydigan xarakterda bo’lib, gaplari bilan boshqalarning ham kayfiyatini ko’tarar, ko’nglini ovlar edi.

Sovuq qish kunlarining birida oyna yonida yotgan kasal vafot etdi. Uni olib ketishgach, o’rtadagi kasalni oyna oldiga, eshik oldidagini esa o’rtaga yotqizishib bo’shagan joyga yangi kasalni olib kelishdi.
Oyna yoniga joylashtirilgan ko’tarinki kayfiyatda yuruvchi kasal endi ko’chada ko’rganlarini sheriklariga aytib bera boshladi. U yo’l chetidagi park, katta katta chinor daraxtlari, chug’urlashgan qushlar, ko’chada shosha-pisha ishga ketayotgan odamlar, shod-xurram bolalar va qarshi tog’lardagi gullarga burkangan dalalar haqida so’zlab biroz bo’lsa ham sheriklarining dardlarini unuttirardi.

Ko’p o’tmay bu kishi ko’chadan o’tganlarga nom ham qo’yib oldi. Shunday qilib sheriklari ertalab ishga ketayotganlarning, ko’chada yurib narsa sotuvchining va kechqurun horib uyga qaytuvchilarning hikoyalarini eshita-eshita ularni ko’zlari o’ngida jonlantira boshladilar. Endi palatadagi og’ir va ezuvchi sukunat yo’qolib, yillarga teng tuyuluvchi soatlar, maroqli hikoyalarga to’lgandi.

Kunlarning birida o’rtada yotgan kasalning miyasiga bir fikr keldi. Agar oyna yonidagi kasal biror falokatga yo’liqsa, uning joyiga o’zi o’tadi, shunda uning gaplarini eshitib o’tirmay, aytganlarini o’z ko’zi bilan ko’ra oladi"¦

Bu fikr unga tinchlik bermay qo’ydi.Yotgan joyida ham faqat shu haqida o’ylar, biror bir chora izlardi. Oxiri bir qarorga keldi, ba’zan sherigining yuragin ushlab qolardi. Bunday hollarda u darrov tumba ustidagi dorilardan olib ichardi.

Bir kun kechqurun oyna yonida yotgan kishining yana yuragi ushlab qoldi, lekin bu safar o’rtada yotgan sherigi ming bir qiyinchilik bilan dori idishini ag’darib yubordi, shisha yerga tushdi va parcha-parcha bo’lib ketdi.

Ertasi kuni ertalab oyna yonida yotgan kasalning o’lib yotganini ko’rishdi. Va uni olib chiqib ketgach, o’rniga o’rtada yotgan kasalni yotqizishdi.

Kasal niyatiga yetgan edi, endi u o’z ko’zlari bilan ko’chani ko’rish uchun oynadan qaradi, biroq uni to’k urgandek bo’ldi. Chunki oynadan bir necha metr narida qop-qora devordan boshqa hech narsa yo’q edi..

manba'si esimda yo'q

Manbaa:

Qayd etilgan


Mirоlim  27 Yanvar 2011, 12:02:45

:bsm:


Daryo  bo'lib  yashang

Bir kuni ustoz o'zini baxtsiz hisoblaydigan, hamisha nolib yuradigan shogirdiga bir piyola suv bilan bir siqim tuzni uzatibdida, aralashtirib tatib ko'rishini so'rabdi.
Shogird ustozi aytganini qilibdi.

-Ta'mi qanaqa ekan? - deya so'rabdi ustoz.

Shunda shogird:
- Sho'rligi tilni o'yaman deydi.

Ustoz jilmayibdi va uni daryo bo'yiga olib boribdi.

Yana bir siqim tuzni uzatib debdi:
- Endi buni daryoga tashla-da, so'ng mazasini tatib ko'r.Shogird bu safar suvni xuzur bilan ichibdi.

Yigitning lablaridan tomayotgan tomchilarga qarab ustoz:
- Xo'sh mazasi qanday ekan? Sho'rligi sezildimi? - deb so'rabdi.
- Mazasi ajoyib. Sho'rligi ham sezilmadi.

Shunda ustoz shogirdiga shunday nasihat qilibdi:

- Hayot qiyinchiliklari xuddi tuz miqdoriga o'xshaydi.
Ko'p ham emas, kam ham emas. Faqat u aralashadigan qalbni kengroq qilmoq kerak.

Demak sen hayotda bir piyola suv bo'lib emas, daryo bo'lib yashashni o'rgan...

Qayd etilgan


Shoxruh Mirzo  10 Fevral 2011, 12:43:06

Бир киши уч ёшли қизини қимматбаҳо қоғозни исроф қилаётгани учун
койиди. Қизча, силлиқ қоғозни сгри-бугри арзимас бир қутини срашга
ишлатган сди...

А­ртаси куни тонг пайти қутини келтириб: "Бу сизга, дадажон",
деганида, отаси кеча қизини хафа қилганидан ҳижолат бслди. Қутида нима
бор скан деб очди. Қути бсш сди. Асабийлашиб қизига жаҳл қилди:
— Бировга совға берганда қутининг ичига бирор нарса соладилар. Шунисм билмайсанми?!

Қизча ксзларидаги ёш билан дадасига қаради ва:
— Дадажон, қути бсш смас сди. Мен унинг ичини меҳр тсла спичларим билан тслдирган сдим, — деб йиғлаб юборди.

Қизчанинг отаси бирдан ийиб кетди. Қизини бағрига босиб, сзи ҳам қсшилиб
йиғлади. Одам бу қадрли қутини умрининг охиригача ётоғининг бош учида
сақлади. Кайфисти бузилиб, сзини ёмон ҳис стганида ёки қаттиқ
чарчаганида қизалоғи совға қилган қутини очар ва унинг меҳр ила
йсғрилган ҳаёлий спичларидан бирини оларди. Аслида барча ота-оналарга
совға қилинган бсш қутилар ана шундай самимий спичларга тслдирилган
бслса ажаб смас. Дунёда бундан-да гсзал ва қимматли совға бормикан?!...


Turkchadan:Муна Холмуродова Абдуллоҳ Мурод Тилав қизи таржимаси

Qayd etilgan


Shoxruh Mirzo  18 Fevral 2011, 14:04:41

Бир даъватчи домла ҳикос қилади:
Америка вилостларидан бирида қайсидир бир мавзуда маъруза қилаётган сдим, маърузам асносида бир киши срнидан турдида:
- Домла, бу кишига калимаи шаҳодатни айтдириб, талқин қилиб юборсангиз, деб, ёнида стирган америкалик - сариқдан келган кишига ишора қилди.
Мен хурсанд бслганимдан: "Аллоҳу акбар" деб юбордим. Зеро, Ислом неъмати Аллоҳ ёрлақаган кишиларгагина насиб бсладиган бебаҳо бир гавҳар... Америкалик ёнимга келиб, одамлар рсбарссида тургач, ссрадим:
- Сизни бу Динга киришга нима ундади, ундаги қайси нарса сзига жалб қилди?
- Мен анчагина бой одамман, ширкатларим, бойликларим ксп, бироқ ҳеч вақт ич-ичдан қалбимда бахт ҳидини, саодат шуурини туймас сдим... Қсл остимда бир Ҳиндистонлик ишчи ширкатимда ишлар, озгина ойлик олар сди.. Қачон олдига бормай, уни доим жилмайган, хотиржам ҳолда ксрардим... Мен - миллионлар соҳиби сса сша ксримсиз камбағалчалик ҳеч вақт жилмас олмаётганлигим мени жуда таажжубга солди.. Ўзимга-сзим: Луллар, ширкатлар сгаси мен бслсаму, мана бу қашшоқнинг юзидан табассум аримаса?! дедим. Гсё бу ерда бир сир бордек туюлар, ҳар ксрганимда сша сирни очишга, ҳақиқатидан воқиф бслишга иштиёқ менда ортар сди... Охири бир куни олдига келдимда, стиришга таклиф қилиб, ссрадим:
- Аега доим жилмайиб юрасиз, бунда бирор сир борми?
У сзининг одатдаги жилмайишида давом стиб, хотиржамлик билан, соддагина қилиб:
- Чунки мен мусулмонман, "Ла илаҳа иллаллоҳ, Муҳаммад А осуллуллоҳ" деб гувоҳлик берганман, деди...!
- Бу дегани — мусулмон доим бахтли, доим хотиржам деганими?
- Албатта!
- Қандай қилиб ахир?
- Чунки суюкли пайғамбаримиз бизга шу ҳадисни айтиб стиб кетганлар: "Мсъмин иши жуда ажойиб-да.. Унинг барча ишларида схшилик бор, қандай аҳволда бслмасин, схшилик уни тарк стмагай: Қийинчилик, ғам-қайғу етадиган бслса, сабр қилади, схшилик ксради.. Енгиллик, хурсандлик етадиган бслса, шукр қилади, схшилик ксради.." Ҳаётимиз шу икки нарсадан холи смас — ғам-қайғую хурсандлик.. Оғирлигу енгиллик.. Бахт устига бахт.. Айтинг, бахт бу — қалб сокинлиги, дил осойишталиги смасми?
У гапини сша одатдаги ширин табассуми ила тугатар скан, мен қатъий қарорга келиб улгурган сдим:
- Мен бу динга кирмоқчиман.
- Жуда осон, сша юқорида мен айтган калимаи шаҳодатни келтирасиз..
Мана, сша калимани айтиш учун ёнингизда турибман...

Юрагим бир тслқинланиб, одамлар олдида унга шаҳодатни сргатиб турдим, америкаликларга хос бузиб-бузиб, тили аранг келиб, шаҳодатни айтди-да, сснг.. ич-ичидан келган йиғисини тутолмади, ҳснграб юборди.. Юпатмоқчи бслиб келганларга: "Қсйинглар, кснглини бсшатиб олсин", дедим.
Йиғидан тсхтагач, бироз снғайсизликка тушиб, сабабини баён қилди:
- Шу вақтга довур қалбимга бу қадар осойишталик, сурур кирмаган сди, буни илк бор сезиш кишини жуда ҳасжонга солиб юборар скан...

Ҳа.. Дил ороми, қалб лаззати ҳеч қачон фильмлар, телесериаллар, мусиқалар, шаҳвоний ҳирсни қондиришлар ила бслмайди... Аксинча, булар фақат безовталик, юрак сиқишни орттиради, холос.. Қалб осойишталиги сса, Қуръон тиловати, намоз, рсза, садақаю сҳсонлар, бир ссз билан айтганда Иймону Ислом билан бслади.. Билмаганлар, тажриба қилмаганлар маҳрум стмасинлар, тажриба қилсинлар, синаб ксрсинлар...

Qayd etilgan


Хадича  01 Fevral 2013, 22:36:08


Bir kabutar doim inini almashtiraverar ekan. Indan keladigan o'tkir badbo'y hid uning uchun chidab bo'lmaydigan holat ekan va bu haqda keksa va dono bir kabutarga arz qilibdi.
U gaplarni jimgina tinglab,so'ng aytibdi :

- Atrofingga yaxshilab qara. Sening uzluksiz iningni almashtiraverishingdan hech nima o'zgarmaydi. Senga halaqit berayotgan badbo'y hid iningdan emas, seni o'zingdan chiqyapti...

Atrofdagi badbo'ylikdan uzoqlashgan bilan,u ichkaridan chiqayotgan bo'lsa,barcha harakat zoye...
Goh avval o'z kamchiliklarimizni egovlash,ijobiylikka almashtirish haqida emas,atrofimizdagi badbo'ylik haqda o'ylayveramiz. O'sha badbo'ylik egalari ham o'zgalarni badbo'yligini hidlab,o'zini tuzatishga urinmaganlari uchun ham shu holga tushgan emasmilar...?!

Hozir kimni yomon ko'rmoqdamiz-u, bizniyam kimdur yomon ko'rmoqda...

Kamchiliklar tuzatilmay turib,o'zgalarni kamchiliklarini bo'rttirmoqdamiz...
Alloh kechirsin...
Hayr-u diyonatga musharraf aylasin...

Qayd etilgan


Sayyid90  07 Fevral 2013, 09:23:38

Bu voqea bundan to'rt yil oldin sodir bo'lgandi.Dadam rahmatlik yurak ishemiyasi kasalligiga chalingan,uzoqroq yursa yuragi sanchib qolardi.Juma kunlarini birida juma namoziga tayyorlanib,sekin yo'lga chiqdik.Biroz yurganimizdan so'ng dadamni yuraklari sanchib qoldi,doridan ichib olganlaridan so'ng biroz og'riq bosildi shekilli yo'lda davom etdik.Biroz yurganimizdan so'ng yana dadamni yuraklari og'riy boshladi shekilli,oxiri menga "og'lim bugun juma namoziga o'zing boraver,men yaramayman"dedi.Men esa hop deb yo'limda davom etdim,dadam esa uyga qaytdilar.5-daqiqa yurganimdan orqamda mashina signali eshitib o'girilib qarasam,Qo'shnimizni akasi Muhammadjon aka yonida dadam bor,mashinaga o'tiridim,yo'limizda davom etdik.Mashina masjid ko'chasiga burilmay markaziy kochaga burildi.Dadam"bizni masjidga tashlab o'tib ketmaysizmi"dedi.Muhammadjon aka esa "men sizlarni kasalhonani oldidagi ko'chada tashlab ketaman biroz yaqinroq bo'ladi"dedi.Manzilga yetmasdanoq Muhammadjon aka mashinasini to'xtatdi,"nima bo'ldi deb so'rasam,bu uka guvohnomam uyda qolibdi"deya DAN hhodimlariga ishora qildida,mashinani orqaga qaytarib,masjid ko'chasiga burdi.Bizni masjidni darvozasi yonida qoldirib uyiga yo'l oldi.

Qayd etilgan