Kundalik..  ( 82740 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 ... 15 B


Kumush  09 Iyun 2009, 09:17:57

Bu blogni nomini eshitib o'zimizni forumimiz esimga tushdi.Hozir negadir server ishlamaypti.Alisher aka,Durbek,Afsona,Mashhura sizalrni sog'indim qanday ahil edik a?Qanday samimiy guruhimiz bo'lardi.Nega hatlarimga ham javob bermayapsila?Agar ziyouzga kirib qolsangizlar habar qoldirib ketinglar.Har qanday mukammal saytni ham kundalikning bir sahifasiga alishmayman,alishmayman,alishmayman....
Diydoringizni sog'indim....

Qayd etilgan


mutaallimah  12 Iyun 2009, 03:25:44

мен қиёмат кунига қасам ичурман. ва мен маломатгсй нафсга қасам ичурманки, (ҳеч шак-шубҳасиз қайта тирилиб, ҳисоб-китоб қилинурсизлар)!» (қиёмат: 1, 2).
 


ҳасан раҳимаҳуллоҳ ушбу ост мазмунида айтади:

  «аллоҳга қасамки, мсмин киши қачон қараманг сзини маломат қилаётган, бу ссзим билан нимани қасд қилдим, бу емак-ичмагим билан нимани мақсад қилдим, бу ссзим билан нимани ирода қилдим, деб сзини айблаётган бслади. аммо, фожир кимса сзини умуман айбламасдан умр стказади».


Qayd etilgan


Mr.Twister  13 Iyun 2009, 08:57:31

 :as:

Ajoyib, ibratli mavzu. Men ham bir voqeani yozmoqchiman Olloh madadkor. Uzoqdan emas, yaqindan juda yaqindan ya'ni o`zim bilan bo`lib o`tgan voqeani yozmoqchiman.
 :bsm:
Bir kuni kechda g`usl olmoqni niyat qildim lekin dushdagi suv sovuq edi. O`zimni beixtiyor olib qochardim. Lekin shunda ich-ichimdan bir ovoz keldi: "Sovuq suvga chidolmayapsan Jahannam oloviga qanday chidaysan?". O`zimni majbur qilib suvga kirdim, kirdimu hayratdan qotib qoldim, SubhanAlloh suv isiy boshladi va menga kerakli haroratga yetdi, men esa qotib qolgan faqat tilimda SubhanAlloh, Ollohu Akbar degan so`zlar chiqardi. Yuzimni esa suv emas ko`z yoshim yuvdi.

Eng Chevar zot Ollohga Hamd-u sanolar bo`lsin.  :amn:

Qayd etilgan


ZUBAIR  13 Iyun 2009, 17:56:00

Go'zal tarbiya.

Uveys, maktabda boshlang'ich ikkinchi sinf o'quvchisi. Ota-onasi uni Islomning g'amida va Alloh taoloning toatida tarbiya qilishardi. Kunlarning birida muallimasi uni sinfdoshlarining oldida Uveysni o'zi bilan salomlashish uchun chaqirdi va u bilan salomlashish uchun unga qo'lini uzatdi. Shunda Uveys buni rad qilgan xolatda "Men ayollar bilan qo'l berib salomlashmayman" deb aytdi. Muallimaning yuzi hijolatdan qizarib ketgandi. Sinfda bolalar kulgusi ko'tarildi. Oxirgi darsdan keyin muallima bo'lib o'tgan voqea haqida o'ylay boshladi. Uveys nima uchun menga bu gaplarni aytdi? Nima uchun men uni sinfdoshlarini oldida kulgi bo'lishiga sababchi bo'ldim? Keyin maktab idorasiga bordi va Uveyslarning uy telefon raqamini talab qildi. So'ng o'sha raqamga sim qoqdi. Go'shakni Uveysning onasi ko'tardi va muallimani chiroyli xolatda qarshi oldi. Muallima qattiq baqirgan ovozda Uveysga salomlashish uchun qo'lini uzatganda Uveys uni rad qilganini va "Men ayollar bilan qo'l berib ko'rishmayman" deganini hikoya qilardi. Bundan juda qattiq ajablandim. Bunga shu gaplarni siz aytdingizmi deb so'radi. Uveysning onasi tabassum qildi va "Yo'q, bu gaplarni men aytmaganman, lekin bu so'zlarni aytgan inson Muhammad sollollohu alayhi va sallamdir" dedi. Muallima bu gaplardan daxshatga tushdi va "Unday bo'lsa bu so'zlarni Uveys qayerdan o'rgandi" deb so'radi. Uveysning onasi muallimaga Uveysning odob axloqqa doir Rosululloh sollollohu alayhi va sallamning so'zlaridan ko'plarini yod olganini so'zlab berdi. Onasi Uveysni mana shunday chiroyli ko'rinishda tarbiya qilgan edi. Hozirda muallima mana shu go'zal holatda tarbiy topgan Uveysning sababi va Alloh azza va jallaning fazl-u marhamati bilan to'liq hijoblangan holatda, uylari esa faqat Alloh azza va jallanig toati bilan to'lgandir. Mana, go'zal tarbiyaning foydasi qanday bo'lishini tomosha qiling! Subhanalloh!

Sheih Muhammad as-Soviy
Arabchadan erkin tarjima.

Qayd etilgan


mutaallimah  15 Iyun 2009, 15:45:17



Muhammad samalyotga chiqdi. Stulini to'g'rilab "omonlik" kamarini taqdi.. U kuchli, baquvvat, robbisidan uzoq bo'lgan yigit edi.. Samalyot uchdi.. Muhammad Amerika qo'shma shtatlarida o'tkazadigan safari rejalarini tuzishni boshladi.. Tungi klublar, raqqosalar-u turli tuman "ichimlik"lar bilan mazza qilib dam oladi.. Xar xil qizlar bilan tanishadi, ular bilan ajoyib vaqt o'tkazadi.. Samalyotda uchish vaqtini shunday o'ylar-u vaqtini qanday o'tqazish haqidagi rejalarni tartiblash bilan o'tdi.. Xayolidan bir lahzaga bo'lsa ham unga shu kuch-quvvatni bergan xar lahzada olib qo'yishi mumkin ekanligi o'tmas edi.. Amerikaga yetib bordi, bir uy ijaraga olib narsalarini qo'ydi.. Kechalari bamdodgacha bedorliklar, shomgacha uyqular boshlandi.. Azon ovozi necha martalab qulog'iga kirardi yon-atrofdago ozginagina musulmonlarni namozga chaqirardi.. Lekin u bu chaqiruv musulmon bo'lgani uchungina unga qarashli ekanligi haqida o'ylab ham ko'rmasdi.. Ko'p pullarini turli ichimliklarga sarfladi.. Yon-atrofida nimalar bo'layotganini idrok qila olmaydigan darajada mast bo'lib yurdi..
Muhammad O'zi haqida hikoya qilib aytadi.:
O'sha kun kelguncha hayotim shu tarzda o'tib turdi. O'sha kech  chiroyli qizlar bilan to'lib toshgan klublardan biriga kirdim, navbatdagi qadahni olib icha boshladim.. Alloh Ta'alo aroqni harom qilganini bilardim.. Lekin shahvatim hamma narsani esimdan chiqazgandi.. Uzoqdan bir maftunkor qiz menga qaradi va sekin yonimga keldi.. Qarashlarida sevgi va muhabbat bor edi.. Yonimga kelib menga yanayam yaqinlashdi va jasadini quchog'imga tashladi.. To'g'ri Allohga ko'p osiylik qilganman.. lekin o'sha vaqtda hissiyotlarim doimgidan boshqacha edi.. Uni yuz tuzilishi arab ekanligini aytib turardi..
Birdan arab tilini buzib: "Sen arabmisan?" - dedi.
- Ha..
- Men ham, lekin shu yerda tug'ilib o'sganman, menda Amerika pasporti bor.. Isming nima?
- Muhammad..
- Bu ismni yomon ko'raman.
- Nega?
- Chunki men nasroniyman..
Qaltirab ketdim.. Uni islomga da'vat qilish haqidagi o'y hayolimdan o'tdi.. Lekin bunday o'y qalbimni qoplab olgan shahvatlar oldda ta'sir o'tkza olmasdi.. Jilmayib mavzuni o'zgartirdim.
- Raqsga tushishni yaxshi ko'rasanmi?
- Ha..
Birga raqsga uzooq vaqt raqsga tushdik.. Undan menikiga borishini ko'p martalab so'radim, lekin u rad etdi.. O'sha kecha bir o'zim uyga qaytdim.. Ko'z o'ngimdan uni surati ketmasdi.. Qalbim Allohdan yiroqligi uchun juda ham zaiflashib ketdi..
Ikkinchi.. Uchinchi tunlar ham shunday o'tardi. Qalbda unga bo'lgan sevgi va ehtiroslar oshib borardi..
Oxiri fojea yuz berdi.. Bir kun unga: - "menikida qolishingni hohlayman" - dedim..
- Meni roziman!. Faqat mana buni taqishliging sharti bilan!.. Deb cho'ntagidan o'rtasida kichkinagina xoch osilgan zanjir chiqazdi..
Ga'lati hislar meni qamrab oldi.. To'g'ri Allohdan uzoqman.. To'g'ri namoz o'qimayman.. Lekin men MUSULMONman-ku.. Baribir unga bo'lgan sevgi hamma narsadan ustun edi..
Jilmayib undan zanjirni olib bo'ynimga taqdim.. Aybdordek.. Asirdek..

Qayd etilgan


mutaallimah  15 Iyun 2009, 15:49:30

Tobeinlardan Hasanul Basriy, Zayn al Abidiyn va boshqalarning hayotlarida biz uchun juda ham ibrat olishga loyiq ajoyib voqealarni ko'ramiz..
Shulardan :
Zayn al-Abidiin rohimahulloh xar doim onalari o'tirgan dasturxonda laganga eng oxiri qo'l uzatar ekanlar.. Buning sababini so'rashganda "Onam yemoqchi bo'lgan luqmaga qo'l uzatib qo'yishdan qo'rqaman, chunki bunday bo'lsa onam o'zlari yemoqchi bo'lgan taomni menga beradilar" degan ekanlar...

Ota-onani xurmat qilish haqida juda ko'p narsalar o'qiymiz, eshitamiz, vaqti kelsa gapiramiz.. E'tibor berilsa juda oddiy narsalarga ham bee'tibor ekanmiz...
mutallimah,mana shu hikoyaga uncha tushunmadim.onasidan keyin olsa ham, baribir onasi olmoqchi bo'lishi mumkinku o'g
li olganni

Onasi yeb bo'lgan bo'lsa qanday qilib o'g'li olganini yemoqchi bo'lgan bo'ladi?

Qayd etilgan


mutaallimah  15 Iyun 2009, 15:56:17

Go'zal tarbiya.

Uveys, maktabda boshlang'ich ikkinchi sinf o'quvchisi. Ota-onasi uni Islomning g'amida va Alloh taoloning toatida tarbiya qilishardi. Kunlarning birida muallimasi uni sinfdoshlarining oldida Uveysni o'zi bilan salomlashish uchun chaqirdi va u bilan salomlashish uchun unga qo'lini uzatdi. Shunda Uveys buni rad qilgan xolatda "Men ayollar bilan qo'l berib salomlashmayman" deb aytdi. Muallimaning yuzi hijolatdan qizarib ketgandi. Sinfda bolalar kulgusi ko'tarildi. Oxirgi darsdan keyin muallima bo'lib o'tgan voqea haqida o'ylay boshladi. Uveys nima uchun menga bu gaplarni aytdi? Nima uchun men uni sinfdoshlarini oldida kulgi bo'lishiga sababchi bo'ldim? Keyin maktab idorasiga bordi va Uveyslarning uy telefon raqamini talab qildi. So'ng o'sha raqamga sim qoqdi. Go'shakni Uveysning onasi ko'tardi va muallimani chiroyli xolatda qarshi oldi. Muallima qattiq baqirgan ovozda Uveysga salomlashish uchun qo'lini uzatganda Uveys uni rad qilganini va "Men ayollar bilan qo'l berib ko'rishmayman" deganini hikoya qilardi. Bundan juda qattiq ajablandim. Bunga shu gaplarni siz aytdingizmi deb so'radi. Uveysning onasi tabassum qildi va "Yo'q, bu gaplarni men aytmaganman, lekin bu so'zlarni aytgan inson Muhammad sollollohu alayhi va sallamdir" dedi. Muallima bu gaplardan daxshatga tushdi va "Unday bo'lsa bu so'zlarni Uveys qayerdan o'rgandi" deb so'radi. Uveysning onasi muallimaga Uveysning odob axloqqa doir Rosululloh sollollohu alayhi va sallamning so'zlaridan ko'plarini yod olganini so'zlab berdi. Onasi Uveysni mana shunday chiroyli ko'rinishda tarbiya qilgan edi. Hozirda muallima mana shu go'zal holatda tarbiy topgan Uveysning sababi va Alloh azza va jallaning fazl-u marhamati bilan to'liq hijoblangan holatda, uylari esa faqat Alloh azza va jallanig toati bilan to'lgandir. Mana, go'zal tarbiyaning foydasi qanday bo'lishini tomosha qiling! Subhanalloh!

Sheih Muhammad as-Soviy
Arabchadan erkin tarjima.
ما شاء الله و جزاك الله خيرا كثيراا!! ترجمت المقطع أحسن مني بكثيير :)
Lekin nega "Uvays" emas "Uveys"?

Qayd etilgan


Hadija  15 Iyun 2009, 20:12:07

Toshkentda, adashmasam, 2-kursda o'qib yurganimda, bir kursdoshim, Buyuk Ipak Yo'li metro bekati yaqinida Islom markazi bor ekan, deb qoldi. Uning aytishicha, o'sha yerda ma'ruzalar bo'lib, bepul kitoblar ham tarqatishar ekan. Men bu yangilikka qiziqib, u bilan birga aytilgan manzilga bordim.

Xullas, bildimki, bu bir cherkov tagida missionerlarning maxsus o'zbeklar uchun ochgan yig'ini ekan. Kirishga kirib, qaytib chiqib ketolmadim, yig'inlarining oxirigacha o'tirdim. Biz kirgan joy xuddi sinf xonasiga o'xshardi. Stol-stullarda hammasi g'irt o'zbek bo'lgan — yoshu qari, erkagu ayol aralash o'tiribdi. Oldinda ikki erkak, bir ayol rubor, doira chalib, Zaburdan oyatlar xirgoyi qilishyapti. Gohida o'tirganlar ham jo'r bo'lib qo'yishadi. Kuy ohangidanmi yo "iymoni" jo'sh urdimi, o'tirganlar orasida bir ayolning ho'ng-ho'ng yig'layotganini ham eshitdim...

Keyin bir yahudiybashara odam chiqib ma'ruza qildi. Ochiqdan ochiq Islomni qoralamadiyu, ammo shamalaridan shuni sezdim. Yig'in so'ngida hamma qo'lini ochib duo qildi, to'g'ridan to'g'ri, "Ey, Iso", deb murojaat etishdi...

Eng yomoni, oxirida, davraga yangi kelganlarni o'rtaga chiqarisharkan. Qani yangilardan kim bor, o'rtaga chiqsin, deyishdi. Hamma men va kursdoshimga qaradi. Qani, chiqib iymon keltiringlar, dedi... Bu gapni eshitib jon-ponim chiqib ketay dedi. O'rtog'im ko'zini menga tikkan. Agar men o'rtaga chiqsam, uniyam chiqishi aniq. Yo'q, o'rtaga chiqmadim, miq etmay o'tiraverdim.

Hamma tarqagandan keyin, bir ma'ruzachisi ikkimizga alohida "nasihat" qildi, chiroyli muqovali, oliy sifatli qog'ozga chop etilgan o'zbek tilidagi Injildan har birimizga hadya qildi...

O'sha davrada o'rtaga otilib chiqib, ey insonlar, o'zbeklar, musulmonlar, nima qilyapsiz o'zi, siz qanday ulug' diningiz borligini, qanday ulug' Payg'ambaringiz (SAV) borligini bilasizmi, qanday botil ish ustida ekanligingizni bilasizmi, deb hayqirgim keldiyu jur'atim yetmadi. Ehtimol, qo'rqoqlik qilgandirman.

Qaytishda yo'l bo'yi do'stimni so'kib keldim.

:as:
Астағфируллоҳ Аллоҳ берган неьматни ҳамма ҳам олиб қолавермас скан. Бундай йслдан адашишлар манимча асосан илмсизликдан ҳамда қорин тсйгандан келиб чикади. Алҳамдулиллаҳ ҳали шу кунгача бирорта ҳам диндан адашган миссионерни ксрмаган бслсам ҳам сайтлар орқали уларнинг қанчалик ожиз ва илмсиз сканликларини нафслари туфайли Аллоҳ берган неьматдан айрилиб адашиб қийналиб қай йсл тсғри деб китобни варақламай бекорчи гаплар б-н сафсатабозлик қилаётганларини гувоҳи бслдим...
Аллоҳ сзи мағфират қилсин ва тсғри йслни сзи ксрсатиб ҳақ йслидан тойдирмай, ҲАҚ йслида СОБИТ ва ҚОЙИМ қилсин.

Qayd etilgan


ZUBAIR  15 Iyun 2009, 20:59:50

ما شاء الله و جزاك الله خيرا كثيراا!! ترجمت المقطع أحسن مني بكثيير :)

Rahmat, rahmat. Aldagani bola yaxshi deb shuni aytishsa kerakda =)
Umrimda birinchi marta tarjimadek buyuk ishga qo'l urdim (: Lekin keyingi gapizga qo'shilmayman. Chunki undan o'zimni ko'nglim to'lgani yo'q.

Lekin nega "Uvays" emas "Uveys"?

Uvays bo'sa o'zbekcha bo'lib qoladida Bu ham huddi shayx-sheyhga o'xshagan http://forum.ziyouz.com/Smileys/default/emotions.gif

Muhammad samalyotga chiqdi. Stulini to'g'rilab "omonlik" kamarini taqdi.. U kuchli, baquvvat, robbisidan uzoq bo'lgan yigit edi.. Samalyot uchdi..

Ko'p hikoyalar oxiri yomon oqibat bilan tugarkan. Huddi shu hikoyani ancha vaqt tarjima qilmoqchi bo'lib yurdim. O'zi sheyhni oxiri yaxshilik bilan tugaydigan hikoyalaridan eng yaxshisi shu bo'lsa kerak.

Qayd etilgan


Abu Muslim  15 Iyun 2009, 21:36:49

"žУлар (съни А аҳмоннинг суюкли бандалари) ёлғон гувоҳлик бермасалар ва лағв (беҳуда ссз ё амал) олдидан стган вақтларида олижаноблик билан (съни ундан юз сгирган ҳолларда) стурлар". (Фурқон сураси, 72-ост).

Баъзи муфассирлар бу остни: "žУлар ссама, ёлғон ссзга қулоқ тутмайдилар" деб шарҳлаганлар.

Qayd etilgan