Kundalik..  ( 82638 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 ... 15 B


mutaallimah  16 Iyun 2009, 00:19:48

***************

U ajablanib "vaav senga judayam yarashdi" dedi.
- Bu mendan senga hadiya, bundan keyin men bilan uni taqmasdan uchrashmaysan.. Deb shart qo'ydi..
U bilan tunlar lazzatli go'zal o'tardi.. Shayton menga uni ziynatlab ko'rsatardi..
Bir kuni men bilan bo'lishdan bosh tortdi.. Men unga judayam muhtoj ahvolda edim.. Pul bilan anu ko'ndirishga harakat qildim..
- Yo'q!! To'g'risini aytsam masihiy bo'lshingni hohlayman, dedi.
Ey Alloh!! Ey Alloh!! Bu nimasi endi?!! Qalbimdan hayajon va hayratga to'lib:
- Bo'lishi mumkin emas!! dedim..
- Meniyam bundan keyin sen bilan yurishim bo'lishi mumkin emas!! dedi..
Shayton ustimdan kulishni boshladi. "Roziman" degin senga zarar qilmaydi, "Islomdan chiqdim" senga hech qanday zarari tegmaydi va mana  bu qiz seni rohatlantiradi.. Deb vasvasa qilardi.. Ertasi kuni u yana keldi. Yanayam ochilib yanada chiroyli bo'lib ketgan edi.. Menga yaqinlashdi yuzini yuzimga yaqin qilib:
- Bag'ritosh, sevgini his etmayapsanmi?! Bu so'zlar meni jozibaladi hattoki yiqilib ketay dedim..
- Ha! Bo'lmasa nima meni senga yopishib olishimga sabab bo'ldi?!
- Unda, nasroniy bo'lishlikdan seni nima to'syapti? Agar nasroniy bo'lsang senga turmushga ham chiqaman!
Mana shu yerda... O'zimni yo'qotib qo'ydim.. Musulmon ekanligimni unutdim.. Ismim Muhammad ekanligini ham unutdim.. Payg'ambarimiz Sollallohu alayhi va sallam ismlari... Boshlang'ich maktabdaligimda bamdod namoziga uyg'otuvchi otamni unutdim.. Yarim tunda uyga kirib kelganimda doimo menga hidoyat so'rab duo qiladigan onamni ham unutdim.. O'zligimni ham unutdim.. Sevgi va havoi nafsning quliga aylandim.. U bilan birga bordim.. Sochimni oldirib nasroniy bo'ldim.. Hayotimda birinchi marta cherkovga kirdim.. Hech qanday hissiyotlarsiz yig'lardim.. Cherkov eshiklaridan kirarkanman ko'z yoshlarim yuzimni yuvardi..
Allooh!! Shu uzun hayotdan keyin kofir bo'lamanmi?! Jazoim nima bo'ladi?? Do'zah!! Allohdan qo'rquvim qani?? Hayoim qani?? Dinimga muhabbatim izzatim qayerga ketdi?? Hamma hammasi o'ldi..
Undan keyin ijaraga olgan uyimga jinnidek qaytdim.. Kal boshimni silab o'zimga o'zim:
- Nima qilib qo'yding Muhammad?? Muhammadning dinini tark etdingmi? derdim.. Eshikni yopib olib ko'p yig'ladim..
Shayton kelib yana ustimdan kulardi.. "Orqaga yo'l yo'q!! Endi sen kofir bo'lding!! Kofir bo'lib o'lasan!! Do'zahga kirasan!! derdi..
Buvamni namozga azon aytishlarini esladim.. Doimo xonamda turadigan Qur'on kitobimni esladim.. Ohh.. Doimo menga: "Muhammad yomon xotimadan ehtiyot bo'l!!" deb nasihat qilguvchi do'stimni esladim..
- Yo'q ey robbim, yo'q ey robbim!! deya baqira boshladim.. Yo'q hozir jonimni olma!! Islomga qaytaman!! Qur'onga qaytaman!! Namozga qaytaman!!
Hammomga kirib o'sha zanjir va xochni xojatxonaga tashladim.. G'usl qilib tozalandim.. O'zimni hamma gunohlarimdan xalos bo'lgandek yeengil his etdim.. Ko'z yoshlarim tinmay "Ashhad alla ilaha illalloh va ashhadu anna Muhammadan rosululloh" dedim..
Allooh qandayam go'zal so'zlar.. Hamma baxt va xursandchiliklar kaliti.. Ey robbim men senga qaytyapman!! Men namozga qaytyapman!! Ota-ona rizoligiga qaytyapman!! Men silatur rahimga qaytyapman!! Ramazon ro'zasiga qaytyapman!! Men seni rozi qilguvchi hamma narsalarga qaytyapman robbim!!
Vatanimga olib boruvchi birinchi samalyotni minib yurtimga qaytdim. Aeroportga tushganda eng birinchi eshitganim azon ovozi edi.. O'z irodamsiz ko'z yoshlarim oqdi.. Robbim meni kechirarmikin??
Uyga kelishim bilan onamni quchoqlariga o'zimni otib yig'ladim..
- Onajon endi robbimga osiy bo'lmayman!! Sizni xafa qilmayman!! Sizdan uzoqqa ketmayman!!
Meni bag'rilariga bosib:
- Bolajonim Robbin bilan munosabatingni to'g'rila!! U albatta kechiradi chunki u rahmli va mehribon zotdir!! dedilar..
Kunlar o'tdi.. Muhammadning holi baxtdan baxtga xursandchilikdan xursandchilikka almashib borardi.. O'sha safarini xar eslaganida ko'z yoshlari ko'zlaridan qurimasdi.. Onasi tunning har qanday vaqtida uning xonasiga yaqinlashsa yig'i va ingrash.. Ertalablari esa Qur'on tilovati va istig'for ovozlarini eshitardi..
Bir kun keldi.. Bamdod namoziga uyg'otish uchun onasi xonasiga kirdi.. Eshikni ochganida burniga qandaydir ajoyib shirin bir hid keldi.. Bunday go'zal hidni oldin hech hidlamagandi.. Muhammadni yotog'ga yaqinlashib qo'li bilan silab ko'rdi. U joyida yo'q edi. Zaif ko'zlari bilan qarasa joynamoz ustida sajdada ekan.. O'tirib kuta boshladi. Uzooq kutdi. Sekin yaqinlashib chaqirdi..
- Muhammad, bolam! deb sekingina turtgan edi Muhammad bir tomoniga yiqildi..
Onaizor hayratllandib uy ahlini chaqira boshladi..
- Bolalar hoy uy ahllari qaranglar ukangiz Muhammadga.. Unga yaqinlashib qimirlatib ko'rishdi.. Allooh
- Onajon Muhammad o'ldi.. Joynamoz ustida, sajda qilgan holda o'ldi..
Ona shunda eshikni ochganida burniga kelgan go'zal hid Muhamadning pok ruhini hidi ekanligini his etdi..
Shayx Muhammad as-Soviy..

Qayd etilgan


mutaallimah  16 Iyun 2009, 00:35:28

Iqtibos
Rahmat, rahmat. Aldagani bola yaxshi deb shuni aytishsa kerakda =)
Umrimda birinchi marta tarjimadek buyuk ishga qo'l urdim (: Lekin keyingi gapizga qo'shilmayman. Chunki undan o'zimni ko'nglim to'lgani yo'q.
Tarjima qilishni boshlaganingiz juda yaxshi, endi ko'p ko'p tarjima qilib turishga harakat qiling :) o'zbekchadan arabchaga, arabchadan o'zbekchaga qilib.. Tilni yanayam ko'proq va tezroq o'rganishga juda katta foyda beradi tarjima qilish ham :)..
Ko'ngil to'lishi haqida.. Hmm.. To'g'risi o'zim qilgan ishdan meniyam ko'nglim to'lmagan hech qachon.. :3
 
Iqtibos
Uvays bo'sa o'zbekcha bo'lib qoladida Bu ham huddi shayx-sheyhga o'xshagan

Iyyee o'zbekchaga tarjima qilgandan keyin ismniyam o'zbekcha qilib yozadida ;).. Lekin arablarni ham Uveys deb aytishganini eshitmagandim..

Iqtibos
Ko'p hikoyalar oxiri yomon oqibat bilan tugarkan. Huddi shu hikoyani ancha vaqt tarjima qilmoqchi bo'lib yurdim. O'zi sheyhni oxiri yaxshilik bilan tugaydigan hikoyalaridan eng yaxshisi shu bo'lsa kerak.

Oxiri qanday oqibat bilan tugasa ham xar bir hikoyalarda ibrat va hikmatlar ko'p ekan.. Xar safar yangi hikoya eshitsam "albatta shu hikoyani "kundaligim"ga joylayman deb qo'yaman.. dangasalik qursin.. :3

Qayd etilgan


mutaallimah  16 Iyun 2009, 00:45:01

"žУлар (съни А аҳмоннинг суюкли бандалари) ёлғон гувоҳлик бермасалар ва лағв (беҳуда ссз ё амал) олдидан стган вақтларида олижаноблик билан (съни ундан юз сгирган ҳолларда) стурлар". (Фурқон сураси, 72-ост).

Баъзи муфассирлар бу остни: "žУлар ссама, ёлғон ссзга қулоқ тутмайдилар" деб шарҳлаганлар.

Alloh rozi bo'lsin!! Bu go'zal oyatni bu bo'limga qo'yganingiz uchun.. Lekin tushunmadim bu yerdagi qaysi gap lag'vdek tuyuldi sizga?! Hayotiy, ibratli hikoyalar halos-ku.. Agar ZUBAIRga aytgan gapimni nazarda tutgan bo'lsangiz men shunchaki trajima san'atlarini baholadim halos..
Agar bu yerga qo'ygan hikoyalarimizda muallifdan ruxsat so'ralmaganini nazarda tutgan bo'lsangiz.. Bu hikoyalar internetda keeeng tarqalgan, tolibi ilmlar foydalanishi uchun chiqazilgan va har xil tillarda birodarlarga yetkazilishi va kimgadir foydasi tegishi mualliflarni faqat va faqat xursand etadigan dasliklardan eshitib o'zbek tiliga tarjima qilib qo'yilayapti xalos.. Shuning uchun mavzuni boshida aytib o'tganimdek "o'zingiz javob beradigan" narsalarni men bilan baham ko'ring!!!

Qayd etilgan


Abu Muslim  16 Iyun 2009, 02:30:40

 :as:

Бу ости карима сизга, мавзуга ёки бошка шахсга карши "ксйилган" смас...
Шунчаки хар бир мусулмон учун бир сслатма... учун... съни лағвга берилиб кетмасдан гсзал шаклда динимиз учун фойдалик бслаётган мавзу чиройли давом стсин деган нист ила...

ва ассалому алайкум... 

Qayd etilgan


mutaallimah  18 Iyun 2009, 19:38:37

:as:

<a href="http://www.youtube.com/watch?v=MnJYBxRZjGI" target="_blank">http://www.youtube.com/watch?v=MnJYBxRZjGI</a>


Kimlardir shahodat keltirguncha terlab pishib ketadi.. Biz esa... Shunga ham shukr deyishni bilmaymiz..

Qayd etilgan


mutaallimah  10 Iyul 2009, 08:11:11

:as:

<a href="http://www.youtube.com/watch?v=xeTFpGOl82E" target="_blank">http://www.youtube.com/watch?v=xeTFpGOl82E</a>

Qayd etilgan


mutaallimah  30 Avgust 2009, 06:40:51


 :as:

Kirib kelayotgan Ramazon oyi munosabati bilan forum ayollari o'rtasida "Na'munali muslima" nomli kichik bellashuv tashkillashtirmoqchimiz.
Forumdagi qatnashchi ayollarning deyarlik hammasi islom diniga amal qilishga harakat qilib yashaydilar deb o'ylayman, shuning uchun ham bu musobaqada hamma ayollarning qatnashishlarini umid bilan kutib qolaman.

Bu musobaqada sizning tasavvuringizdagi ibratli muslima ayol qanday ekanligi haqida hohlang she'r bilan hohlang hikoya hohlasangiz chiroyli maqola bilan tasvirlab berishingiz kerak.

Qatnashuvchilar o'zlari yozgan she'r, hikoya yoki maqolani menga PM qilsalar men shu mavzuda qo'yib boraman. InshaAlloh.

Musobaqa kelayotgan Jum'a kunidan boshlab Ramazon oyining 20-kunigacha davom etadi InshaAlloh.

Ishtirokchilar yozgan maqolalar musobaqa vaqti tagagach poll ochilib ovozga qo'yiladi, eng yaxshi she'r, maqola yoki hikoyani aniqlash forum userlariga bog'liq..

P.S.: G'olibalar uchun sovg'alar bor. InshaAlloh.

P.P.S: Hamma ishtirokchilarga omadlar tilayman!!



__________________

Qayd etilgan


mutaallimah  30 Avgust 2009, 06:45:45

forum.arbuz.com da shunaqa mavzu ochgan edim. Keyin boshqa forumdagi muslimalarni ham bu musobaqaga taklif qilish fikrini aytib qolishdi, kam vaqt qolgan bo'lsa ham shu forumdagi opajonlardan yuqoridagi musobaqada qatnashishlarini iltimos qilaman :)
Bu musobaqadan eng asosiy maqsad "Islom ayollarni ilm olishiga ruxsat bermaydi", "Muslima ayollar befarosat bo'lishadi" degan be'mani o'yga ega insonlarga haqiqiy muslimalar qanday bo'lishi kerakligini ko'rsatib qo'yish :)
Mana shu forumdagi hamma opajonlardan faol qatnashishlarini kutib qolaman :)

Qayd etilgan


Mahdiyah  31 Avgust 2009, 10:02:40



 
:as:
Bu mavzu ochilganiga ancha bo'pti-yu biz devonai-g'arib boshqa joylarda o'tlaaaaaaaaaaaaab yurganakanmiz  :D
Lekin blog JUDA YOQDI... NOMI HAM... USTI HAM... ICHI HAM...   :)

Bu mavzudagi voqealarni o'qib rosti ichim zirillab ketdi.
Ayniqsa Majid ismli bola bilan bo'lib o'tgan voqea.
Bu voqealarni insonlarga yoritib bergan va bizlargacha yetkazganlarga ham katta rahmat.
ALLOH ROZI BO'LSIN.
InshaAlloh bu mavzuga oid nimalarni topsam o'shani baham ko'raman.

Qayd etilgan


Mahdiyah  31 Avgust 2009, 10:11:19


 :as:

Kirib kelayotgan Ramazon oyi munosabati bilan forum ayollari o'rtasida "Na'munali muslima" nomli kichik bellashuv tashkillashtirmoqchimiz.
Forumdagi qatnashchi ayollarning deyarlik hammasi islom diniga amal qilishga harakat qilib yashaydilar deb o'ylayman, shuning uchun ham bu musobaqada hamma ayollarning qatnashishlarini umid bilan kutib qolaman.

Bu musobaqada sizning tasavvuringizdagi ibratli muslima ayol qanday ekanligi haqida hohlang she'r bilan hohlang hikoya hohlasangiz chiroyli maqola bilan tasvirlab berishingiz kerak.

Qatnashuvchilar o'zlari yozgan she'r, hikoya yoki maqolani menga PM qilsalar men shu mavzuda qo'yib boraman. InshaAlloh.

Musobaqa kelayotgan Jum'a kunidan boshlab Ramazon oyining 20-kunigacha davom etadi InshaAlloh.

Ishtirokchilar yozgan maqolalar musobaqa vaqti tagagach poll ochilib ovozga qo'yiladi, eng yaxshi she'r, maqola yoki hikoyani aniqlash forum userlariga bog'liq..

P.S.: G'olibalar uchun sovg'alar bor. InshaAlloh.

P.P.S: Hamma ishtirokchilarga omadlar tilayman!!

Juda yaxshi taklif.
InshaAlloh man ham qatnashaman

Qayd etilgan