Kundalik..  ( 82653 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 ... 15 B


mutaallimah  17 Oktyabr 2009, 08:22:07

Assalamu Alaykum!
Musobaqa g'olib(lar)i aniqlandimi?  :)
Keyin arbuzda Ramazonda bo'lgan Quron musobaqani g'oliblarini aniqlash uchun ochilgan mavzu topolmadim, agar ochilgan bo'lsa.
Va alaykum assalom.
Eee odamni hafa qimasezchi... bittagina odam qatnashdi :( (shunisigayam shukr)
O'sha mavzuni o'zida e'lon qilishgan, yangi mavzu ochilmagandi.. Golib Abu Sa'd degan user sovg'ani rasmlari bilan qo'yishgandi :)

Qayd etilgan


mutaallimah  22 Oktyabr 2009, 03:45:00

Iqtibos

So'zlariga tushunmagan bo'lsamda aytilishi juda chiroyli, Alloh rozi bo'lsin. Buni skachat qilib olishni ilojisi bormi?

Hadija opa uzr, javob berish esimdan chiqib qolgan ekan :3
So'zlarini tushunsangiz undan ham chiroyli :)
Afsuski she'rlarni tarjima qilishni bilmaymanda :-[
Skachat qilib olish uchun youtubeda o'z accountingiz bo'lishi kerak, menimcha.. "Darsxona"da bor edi youtubedan video skachat qilib olish haqida mavzu, qarab ko'ring :)

Qayd etilgan


Mahdiyah  23 Oktyabr 2009, 09:44:57

Al Afasiyni mana shu o'qiganini juda yaxshi ko'raman.
Kuniga 1 marta eshitmasam uxlomiman  :D

http://mahdiyah.land.ru/flashcard/ALAfasiy3afPart3.mp3

Qayd etilgan


mutaallimah  23 Oktyabr 2009, 14:00:15

 Alloh insonni go'zal tarzda yaratgan.Uning hayoti ,dunyodagi amali,har bir ishi ,yurish turishi,tutumi va ahloq odobi go'zal bo'lishini iroda qildi.Alloh ta'ala insonlarni nafaqat shakli shamoili va hayoti go'zal bo'lishini istadi balki ohiratlari ham go'zal bolishini istab Jannat atalmish manggu ziyofathonasini ularning kelishlariga tayyorlab qo'ygan.Bandaia orasidan payg'ambarlar tanlab ular orqali bandalarni bu ziyofathonaga chorladi.Bu chorlovchilarni eng   makorimul ahloqi Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamdir.Rasuli Akramning vazifalari juda og'ir edi. Jamiyatni poklikka chorlash va dinlarning komil va oliysini insonlarga yetkazish aslan juda tubanlashib har qanday fasoddan qaytmaydigan , go'zallikdan ihtiyoriy kechgan ammo o'zlarini o'ta aqlli deb bilguvchi bandayu noqislarga Haqiqatni yetkazish ularni o'zlari tark etgan hislat go'zallikka qayta chorlash yengil ish emas edi.Olimlar payg'ambarlarga merosho'rlar shunday ekan bugun islomiy salobat va islomiy go'zallikni turfa bahonayu vajlar bilan tark qilib borayotgan jamiyatlardagi olim zotlarga ham yengil emas ekan...Alloh har birimizni O'ZI bergan go'zallikdan uzoqlashtirmasin.Abadiy ziyfatgoh bo'lgan makonga sirotal mustaqiym bilan yetib borishligimizni nasib aylasin...

Qayd etilgan


imlaah  23 Oktyabr 2009, 15:03:54

Sahnada "o'zbek sanatkorlarini hassoslaridan " biri qiziqchilik qilyabdi.Mavzu oila va ayollarga oid.(Hozirda qiziqchilar uchun bundan  ommaboproq mavzuni o'zi ham yoq) Juda behayo so'zlar aytildi zalda qiyqiriq kulgu ...Ajablanarlisi bu yerda o'sha qiziqchini ayoli qizlari va yoshlari bir maqomga yetib qolgan chol va kampirlar ham bor.Oilaviy hayotdan bir shingil eeeng bachkana ko'rinishda askiya qilindi,zalda hushtakbozlik va qiyqiriq bilan "hayotiy bo'ldi,hayotiy" kabi sadolar keldi. Darhaqiqat ularning o'z hayotlaridan bir shingil olib yumor aralashtirilgan bir qisim ayanchli hayotlarida sohta kulgu bergan edida...Artist hursand halqqa yoqdi."O'zidan olib o'ziga berdi bor gapni aytdi" .Kasallikni yashirishni imkoni yoq.Zero istmasi oshkor qiladi.Achinarlisi kasallikni meros qilib kelajak avloda qoldirilyotgani..

Qayd etilgan


mutaallimah  24 Oktyabr 2009, 01:17:08


Bu hikoyani o'qishdan oldin ba'zi eslatmalar..
Agar odamlar oldida yig'lashdan uyalsangiz, yolg'iz o'qing :)



Abu Abdulloh boshqa do’stlarimdan unchalik ham farq qilmaydi, lekin.. U ularni ichida xayrli ishlarga eng xarisi.. Uning bir qancha ish vaqtida qiladigan,  da’vatli ishlari bor, u ko’r-soqov lar instutida tarjimon bo’lib ishlaydi..
Bir kuni menga telefon qildi va:
- "œ Nima deysiz sizning masjidingizga kar soqovlar instutiga tegishli ikki insonni namozxonlarga bir gap aytishlari uchun olib borsam?" dedi..
- Ajablandim!! Va  soqovlar  notiqlarga gap aytishadimi?! Dedim..
- Ha.. Yakshanba kuni bora qolamiz..
Yakshanba kuni kelishini sabrsizlik bilan kutdim..
Vaqt keldi.. Masjid eshigini oldida kutib turdim.. Abu Abdulloh mashinasi bilan keldi.. Eshikka yaqin joyda to’htadi.. Mashinadan yoniga ikki inson bilan tushdi..
Ulardan biri uni yonida yurib kelardi.. Ikkinchisini esa abu Abdulloh qo’lidan ushlab yetakalab keldi..
Birinchisiga qaradim.. U kar va soqov edi"¦ Gapirmaydi ham eshitmaydi ham.. Lekin ko’radi..
Ikkinchisi esa.. Kar.. Soqov.. Ko’r.. Eshitmaydi ham gapirmaydi ham ko’rmaydi ham..
Qo’limni cho’zib abu Abdulloh bilan ko’rishdim..  Yonidagi odam -(keyinroq uning ismi Ahmad ekanligini bildim)-  menga jilmayib qarab turardi..  Unga so’rashish uchun qo’l cho’zdim..
Abu Abdulloh menga —(ko’rga ishora qilib)- Fayzga ham salom bering dedi..
-Assalamu alaykum.. Fayz.. dedim.
Abu Abdulloh: - Qo’lidan ushlang u sizni eshitmaydi ham ko’rmaydi ham..- dedi.
Qo’limni qo’liga qo’ydim"¦ Meni o’ziga tortib qo’limni siqdi
Hamma masjidga kirdi..

Qayd etilgan


mutaallimah  24 Oktyabr 2009, 01:18:31


Namozdan keyin abu Abdulloh stulga o’tirdi, o’ng tomonida Ahmad.. Chap tomonida Fayz bor edi.. Odamlar daxshat bilan qarashardi.. Ular ma’ruzalar stuliga soqov o’tirishiga o’rganishmagan .. Abu Abdulloh Ahmadga qarab ishora qildi.. Ahmad qo’li bilan ishoralar qila boshladi.. Odamlar qarab o’tirishardi.. Hech narsaga tushunishmayotgandi.. Abu Abdullohga qarab bizga tarjima qilib berishi uchun ishora qildim.. -Chunki Ahmadning ishoralarini soqov yoki soqovlar tilida o’qituvchi bo’lgan insondan boshqa hech kim tushunmaydida- u mikrofonga yaqinlashib dedi:
Ahmad sizlarga hidoyatga kelishi qissasini aytib berayapti.. U sizlarga aytyapti.. Soqov bo’lib tug’ildim.. Jiddada katta bo’ldim.. Oilamdagilar mendan bezzilashardi.. Menga qarashmasdi.. Odamlar masjidga borishayorganini ko’rardim..Va  nega ekanligini tushunmasdim?!.. Ba’zida dadam joynamozlarini yozib ru’ku , sajda qilayotganlarini ko’rardim.. Nima qilayotganlarini tushunmasdim?!.. Oiladagilardan biror narsa so’rasam.. Jahllari chiqib javob berishmasdi..
  Keyin abu Abdulloh jim jim bo’ldi  va Ahmadga qarab ishora qildi.. Ahmad so’zini davom ettirdi.. Qo’li bilan ishoralar qila boshladi.. Keyin  rangi o’zgardi.. Biror narsadan ta’sirlangandek..
Abu Abdulloh boshini yerga qaratib oldi.. Keyin Ahmad yig’ladi.. Yig’iga g’arq bo’ldi.. Odamlarning ko’plari ta’sirlanishdi.. Uni nega yig’layotganini bilishmasdi?!..
Gaplarini  va ishoralarini ta’sir bilan davom etdi.. Keyin jim bo’ldi..
Abu Abdulloh: Ahmad hozir sizlarga hayotidagi o’zgarish lahzasini hikoya qilayapti.. Qanday qilib Allohni va namozni ko’chada ko’rib unga yaxshi muomala qilgan va o’rgatgan bir shaxs sababli bilganini.. Qanday qilib Namoz o’qishni boshlaganida Allohga yaqinligini his qilganini"¦
Xayol qilib ko’ring-a uning balosi uchun berilgan ajrni.. Qanday qilib Iymon lazzatini tuyganini..
Abu Abdulloh Ahmadni qissasini davomini gapirishda davom etdi..
Ko’pchilik odamlar judayam ta’sirlanayotgan edilar.. Faqat men band edim!!
Bir Ahmadga bir Fayzga qarardim..
O’zimga o’zim: mana Ahmad ko’radi va ishora tilini biladi.. Abu Abdulloh u bilan ishora orqali tushunib gaplashadi.. Fayz bilan qanday muomala qilar ekan a?! Axir u Ko’rmaydi ham, eshitmaydi ham, gapirmaydi ham-ku..!! derdim..
Ahmad gaplarini tugatdi.. Qolgan ko’z yoshlarini artib o’tirdi..

Qayd etilgan


mutaallimah  24 Oktyabr 2009, 01:21:31


Abu Abdulloh Fayzga qaradi..
O’zimga: Heh?? Nima qilmoqchi?!! Dedim..
Abu Abdulloh barmog’I bilan Fayzni tizzasiga urdi.. Fayz o’qdek otildi.. Judayam ta’sirli bir gap aytdi.. Qanday qilib aytdi bilasizmi?!
So’z bilanmi?.. Yo’q, yo’q u soqov.. Gapirmaydi..
Ishora bilanmi? Yo’q, yo’q ahir u ko’r-ku.. Ishora tilini o’rganmagan..
U so’zini (silash)* bilan aytdi!!.. Ha silash bilan..
Abu Abdulloh (tarjimon) qo’lini uni Fayzni qo’liga qo’yadi .. Fayz uni ushlab muayyan shaklda paypaslaydi.. Undan tarjimon uni murodini tushunadi.. Keyin bizga Fayzdan tushungan gaplarini aytib beradi.. Bularni hammasi 15 minut vaqt oladi..
Fayz  sokin, tinch o’tiradi tarjimon gapirib bo’ldimi yo’qmi bilmaydi.. Chunki u ko’rmaydi ham eshitmaydi ham..
 Tarjimon gapini tugatsa.. Fayzni tizzasiga uradi.. Fayz qo’lini cho’zadi.. Tarjimon qo’lini uni qo’liga qo’yadi .. Keyin Fayz yana qandaydir shakllarda uni qo’lini silaydi..
Odamlar ko’zlari bilan tarjimonni va Fayzni kuzatib o’tirishdi..
Bir ajablanib.. Bir qoyil qolib.. Fayz odamlarni tavbaga chaqira boshladi..
Ba’zida qulog’ini ushlardi.. Ba’zida tilini.. Ba’zida kaftlarini ko’zlariga qo’yadi.. Nima hohlayotganini abu Abdulloh tarjima qilib berguncha tushunmaymiz.. U odamlarni quloqlar va ko’zlarni haromdan saqlashga chiqarardi..
Odamlarga qaradim..
Ba’zilari —SubhanaAlloh- deb g’uldurashardi..
Ba’zilari oldidagi odamga nimadir deb pichirlaydi.. Ba’zilari intiqlik bilan kuzatishni davom ettirardi..
Men uzoqroq joyga borib o’tirdim.. Ularning qudratlari bilan uning qudratlari orasini taqqoslab ko’rdim.. Keyin ularning dinga xizlatlari bilan uning dinga qilayotgan xizmatlarini taqqosladim..
Shu ko’r, kar, soqov bo’lgan bu kishi ko’tarib yurgan tashvish.. Qaniydi ularning hammasi ko’tarayotgan tashvishlarni tenglashtirsa..
Chegaralangan qudratlar sohibi bo’lgan bir kishi.. Lekin u bu dinni xizmati uchun yonayapti..
U o’zining Islom  askarlaridan bir askar ekanligini .. Har bir osiy va layoqatsiz inson uchun mas’ulligini his qilayapti..

Qayd etilgan


mutaallimah  24 Oktyabr 2009, 01:22:37

******************

Qo’llarini yonib qimirlatardi.. Huddi:
Ey, namozni tark etgan inson qachongacha"¦??
Ey, ko’zini haromga tikkuvchi odam qachongacha..??
Ey, fahshlar ishlarga burkangan..??
Hoy, harom yeguvchi..??
Hammangiz qachongacha??!!
Dushmanlarni  dinimizga qarshi jangi yetmaydimi?.. Sizlar ham unga qarshi jang qilasizlarmi..?? deyayotgandek"¦
Bechora bor kuchi bilan harakat qilardi yuragidagilarni hammasini chiqazish uchun.. Odamlar ko’p ta’sirlandilar.. Ularga qaramadim.. Lekin yig’ilar va tasbehlar ovozini eshitdim"¦
Fayz gaplarini tugatdi.. O’rnidan turdi..
Abu Abdulloh qo’lidan ushladi.. Odamlar unga salom berish uchun atrofiga yig’ilishdi..
Uni odamlar bilan salomlashayotganini ko’rardim.. Va u odamlar teng ekanliklarini his qilayotganini sezardim.. O’zimga "œ Qaniydi ba’zi notiqlar ham sendek bo’lishsa edi  ey Fayz" derdim..
Abu Abdulloh uni qo’lidan ushladi, birgalashib masjiddan tashqariga chiqishdi..
Mashina tomon ketisharkan, men ularni oldida yurardim.. Tarjimon bilan Fayz to’lib toshgan saodat ichida hazillashib ketishardi..
Ooooh qanchayam haqirsan ey dunyo..
 Sening dardlaringni chorak qismicha dardga chalinmagan .. lekin  siqlish va hazinlikka bas kea olmayotgan qanchadan qancha odamlar bor ey Fayz..

Qayd etilgan


Robiya  24 Oktyabr 2009, 02:22:44

:as:

mutaallimah, ibratli hikoya uchun rahmat. Alloh rozi bo'lsin Sizdan! Jamiyatimizda Abu Abdullohlarni ko'paytirsin! Qalb ko'zimizning ko'rligidan O'zi saqlasin! Tilimizda, dilimizda shukr aytguchilardan qilsin, zero: "TIRIKLIKning o'zi ham bir mukofotdir, Gar nolisak, bu Xudoga malomatdir!" Ibratlanishdek ne'matdan ayirmasin ilohim.

Qayd etilgan