Kundalik..  ( 82657 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 B


mutaallimah  24 Oktyabr 2009, 09:40:11

:as:

mutaallimah, ibratli hikoya uchun rahmat. Alloh rozi bo'lsin Sizdan! Jamiyatimizda Abu Abdullohlarni ko'paytirsin! Qalb ko'zimizning ko'rligidan O'zi saqlasin! Tilimizda, dilimizda shukr aytguchilardan qilsin, zero: "TIRIKLIKning o'zi ham bir mukofotdir, Gar nolisak, bu Xudoga malomatdir!" Ibratlanishdek ne'matdan ayirmasin ilohim.
:vslm:
Amiyn, Shu hikoyani har safar o'qib, tasavvur qilarkanman, baqiriib yig'lagim keladi..
Aytganingizdek Alloh hech kimni ibrat ola bilish ne'matidan ayirmasin...

Qayd etilgan


mutaallimah  25 Oktyabr 2009, 21:14:58

Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokaatuh.

Islom ulamolarining ba'zilari nazdida "tirik kutubhona" nomi bilan sifatlangan olim zot Muhammad Amin Shinqitiy hali balog'at yoshiga yetmaslaridan avval bir sheriyat to'plamidan iborat kitob yozgan ekanlar.Nashrga tayyor bo'lgan kitobni yosh muallif ko'mib yuborar ekanlar."Nega bunday qildingiz?" deb  so'ralganlarida."Kitobni yozayotganimda tengdoshlarimdan o'zib ketishni niyat qilgandim.Amalim holis Alloh uchun bo'lmagani uchun ko'mib yubordim" deb javob bergan ekanlar.Rasululloh sollallohu alayhi vasallam "Ulamolar payg'ambarlarga vorislar" deganlarida naqadar sidq borligini ,shu birgina olimning hassos qalbi qabul qila olmagan ishlarida u zotlarga ergashuvchilarga naqadar yuksak ibrat bor. Bir vaqtlar arab tilini endigina o'rganishni boshlab kichik narsalarni tushuna boshlaganimda men ham tengdoshlarimdan o'zib ketishni maqsad qilar edim.Keyinroq boshqa bir chet el oliygohlarida o'quvchi yurtimizning deyarli barcha ilmlik va oliy malumotlik insonlarini o'zida jamlagan makon bo'lgan bir forumda karrera haqidagi mavzuni o'qiganimda men ham albatta karrera qilib uni mustahkamlamasam bu hayotda o'rnimni topishim qiyinroq deb o'ylay boshlagan edim  :3 Yuqoridagi olimning hayotlariga oid ma'lumot barobarida yana bir o'zim juda hurmat qilgan ustoz sheyh Mahmud al Misriyning   " Inson dissertatsiya yoqlab doktor bo'lmasa ham boshqalarga tasirli bo'lishi mumkin.Bunga imkon bo'lmagan bo'lsa umrni hazinlikka burkab hafa bo'lishlik shart emas.Eng avvalo niyating holis bo'lsin va amalingda holislik ista" mazmunidagi gaplari mening naqadar hato o'ylab adashgan ekanimni anglatdi ....

Allohdan o'tinchim hoh diniy hoh dunyoviy ozgina bildirgan bilmiga ihlosli qalb bersin  .Amallarimizni holis O'ziga bog'lay olishlikni nasib qilsin....

Qayd etilgan


Hadija  28 Oktyabr 2009, 17:04:06

mutallimah singiljon, Alloh sizdan rozi bo'lsin. Qilayotgan hayirli ishlaringizda Alloh o'zi madad berib komillik va ilmda ziyodalashuvni nasib qilsin albatta amali bilan, Duolaringiz va niyatlaringizni iobatiini aylasin...
Yuqorida yozgan maqolangiz haqiqatda juda ta'sirli ekan, o'qib qanchalik noshkur deya olishimiz m-n... Alloh o'zi asrasin... Gunohlarimizni mag'firat qilib, biz uchun atab bergan u ne'matlariga shkuronaligimizni ibodat-u, amalarimiz bilan bildirmoqlikni nasib qilsin...

Qayd etilgan


Hadija  28 Oktyabr 2009, 17:09:16

BIRINCHI BOB
 
- Xudoga takya qilmoq kerak. Nimani xohlasang U beradi.
- Uni asra, U ham seni asraydi.
- U berganni hech kim tortib ololmaydi.
- Unga kim itoat etsa, hamma unga farmonbardor bo‘ladi.
- Kimdakim Undan qo‘rqsa, boshqalar sendan qo‘rqishadi.
- Tavhidni umring sarmoyasi deb bil.
- Dunyoparast bo‘lma, Xudoning dushmanini sevgan bo‘lasan.
- Chin e’tiqod bezavol ganjdir.
- Martabani sabrdan izla.
- Qurolingni ilmdan yasa.
- Saxovatpesha bo‘l.
- Faqirlikni faxr bil.
- Oxirat yo‘l ozuqasini taqvodon ko‘zla.
- Oxirat yo‘lini taqvodan qur.
- Ibodatdan shodlik ista.
- Rostgo‘ylikda kamol izla.
- O‘limni aslo unutma.
- Shodlikni ibodatdan ko‘zla.
- Haq hukmiga rozi bo‘l.
- Farishtalar, Rasuli akram va Alloh kitobini hurmat qil.
- Haq so‘zini imon bil.
- Yaxshilar bilan do‘stlash.
- O‘zingdan qochib Haqqa yetgin.
- Halolni-halol, haromni-harom bilishga o‘rgan.
- Dushmanga ozor berma, ammo qo‘lingdan kelsa mahv et.
- Xorlik istasang xiyonatchi bo‘l.
- Be’manilardan hazar qil.
- Nodonni tirik sanama.
- Sabrli bo‘l, murodingga yetasan.
- Har bir ishda hamkor izla.
- O‘zlikni anglashni buyuk xislat bil.
- Donishingni xor qilma.
- Kam gapir, oz yeginu kam uxla.
- Xilofkorlikdan qoch, Allohdan noumid bo‘lma.

Qayd etilgan


Hadija  28 Oktyabr 2009, 17:11:06

IKKINCHI BOB

- Taqvoni qo‘rqmas askar bil.
- Dono ko‘ringan nodondan hazar qil.
- Ilmda hammadan kamtar bo‘l.
- O‘rgan va o‘zgalarga o‘rgatgin.
- Eshitmagan narsang haqida gapirma.
- Birovga haddan tashqari tanbeh ham berma, behudaga maqtama ham.
- Qulog‘ing bilan eshitganingni mahkam tut.
- Rost gapiru o‘zgalarning aybini kovlama.
- So‘ramasalar javob berma, aytmagan joyga borma.
- Xarid qilinmaydigan narsani sotma.
- Olinmaydigan narsani sotma.
- Kaltak yemayin desang, begunohga qo‘l ko‘tarma.
- Yaxshilikni jondan izla.
- O‘zgalar qalbini ovlamoqchi bo‘lsang, yaxshilik qilishga odatlan.
- Baloni takobirlik natijasi bil.
- Qalbingni hasad o‘ti bilan kuydirma.
- Balodan ibrat ol.
- Hamisha sir asrovchi bo‘l.
- Jafopesha bo‘lma.
- Me’yori bilan yegin, nizomi bilan gapirgin.
- Xushxulq va beozor bo‘l.
- Tavfiqni Xudoning fazilati bil.
- Kishilarga qattiq gapiruvchi bo‘lma.
- Boylikni iqbol bil, uni xarj etmaslikni esa badbaxtlik bil.

Qayd etilgan


Hadija  28 Oktyabr 2009, 17:13:53

UCHINCHI BOB

- Har kimning nonini yeya berma, ammo  hammaga non yedir.
- Molu davlat orqasidan yuguruvchi bo‘lma.
- Haq xikmatini ilmingdan afzal bil.
- Ilmingni ehtiyot qil.
- Alloh hikmatini o‘z bilimingdan yuksak bil.
- O‘zingni ta’rif etishdan saqlan.
- Hamisha Alloh shukronasida bo‘l.
- Jonni omonat bil.
- Allohni hamisha berguvchi, deb bil.
- Umringni inoyat bil.
- Tadbirni taqdir bilan bog‘la.
- Sog‘likni g‘animat bil.
- Oxiri ziyon keltiradigan foydaning atrofida o‘ralashma.
- Ajalni hech qachon faromush qilma.
- Ilm o‘rganishdan aslo tinchima.
- Kalondahanlik qilma.
- Nasiyani mol deb bilma.
- Martabayu izzatni ilmdan izla.
- Shahvat asiri bo‘lma.
- Afv etmoqni hech kimdan darig‘ tutma.
- Rost yo‘lda yengiltaklik qilma.
- Sulhning iloji bo‘lmasa, jang¬dan qochma.
- Dushmanni haqir bilma.
- Do‘sting ming bo‘lsa ham kam.
- Har qanday dushmandan ehtiyot bo‘l.
- Sendan qo‘rqqandan sen ham qo‘rq.
- Dushmaningning dushmani bilan do‘st tutin.
- Do‘stlaringning do‘stlari orasida bo‘l.
- Do‘stingning dushmanidan g‘ofil bo‘lma.
- Rahmsizga shafqat qilma.
- Nokasdan qarz olma.
- Ajdodlaring qadrini e’zozla.
- Johil zohidga inonma.
- Omonatga xiyonat qilguvchi bo‘lma.
- Sinamagan odam bilan safarga chiqma.
- Hirsu xusumatni najosat bil.
- O‘z misqolingni o‘zgalar botmonidan afzal bil.
- Odamlarning oldida nima desang, orqasidan ham o‘shani gapir.
- Birovning moliga muhtoj ekansan, bilgilki, uning qulisan.

Qayd etilgan


Hadija  28 Oktyabr 2009, 17:17:13

TO‘RTINCHI BOB
 
- Behudalikni ofatlarning boshi bil.
- Birovning minnatini ko‘taru, minnat qilguvchi bo‘lma.
- Tilingni hamisha dashnomdan tiygil.
- Hojat chiqarishni buyuk ish deb bil.
- Yaxshilik qilganingni aytib yurguvchi bo‘lma.
- Yomonlikni ofatlarning boshi, deb bil.
- Yomonlarga yordamlashma.
- Do‘stlaringni yomonlaguvchi bo‘lma.
- Yomonlarni o‘zingga yo‘latma.
- Dushmaning bilan inoqlashgan do‘stdan qo‘rq.
- O‘zgalar g‘amidan xursand bo‘lma.
- Senga ishi tushgan odamni ranjitma.
- Tuhmat bor joydan qoch.
- Ota xatosi uchun tanbeh berma.
- Sultonga gustohlik qilma.
- Darvesh qardoshingni shod tut.
- G‘amgusor bo‘ladigangagina dardingni ayt.
- Sharobu taomni kam ye, ko‘pini o‘zgaga ber—esin.
- Xalq bilan shunday yashaki, ular hamisha sen bilan bo‘lishsin.
- Shuhratmandlikda o‘zingdan ketma.
- Birovlarning g‘amidan shodlanuvchi bo‘lma.

Qayd etilgan


Hadija  28 Oktyabr 2009, 17:19:35

BESHINCHI BOB

- Orzu-umid farzandi bo‘l.
- Oila a’zolari haqqini unutma.
- Qalbingni din bilan dono  qil.
- Odamlar sendan umidvor bo‘lib yashasin.
- Martaba, boylikka erishgach, o‘zliging unutma.
- Davlat paytida balandhimmat bo‘l.
- Og‘ir kunlarda sabr-bardoshli bo‘l.
- Oz dardni ko‘p bil.
- Boylikka erishgach, himmatbaland bo‘l.
- Saxovatda va’daxilof bo‘lma.
- Diyonatda bardam va mustahkam bo‘l.
- O‘zingni orzular daryosiga g‘arq etma.
- Nodondan yiroq yurishga intilgin.
- Baxillik bilan martaba qozonolmaysan.
- To‘g‘ri yo‘lni ochguvchi ilmdir.
- G‘amg‘usoringga g‘amingni ayt.
- Hech kimga haqorat ko‘zi bilan boqma.
- Xalq bilan bir tan, bir jon bo‘l.
- Nokas va bedinga non berma.
- Mehmonga sertakalluf bo‘lma.
- Ahdu paymonda sobit bo‘l.
- Yomon tanishingni uyga yo‘latma.
- Molingni noo‘rin va bekorga sarflama. 
- Hayot tajribasidan rizq izla.

Qayd etilgan


Hadija  28 Oktyabr 2009, 17:24:23

OLTINCHI BOB

- Dono suhbati har ikki jahon uchun foydalidir.
- Haq rizoligi bilan kun kechir.
- Payg‘ambarlarni hamisha tirik bil.
- Va’daga vafoni saxovat bil.
- Umring lazzatini yaxshilar suhbatidan ko‘zla.
- Umid rishtasini hargiz uzma.
- Baxildan yaxshilik kutma.
- To‘g‘ri yo‘lning kalitini ilm deb bil.
- Umringni sahroda o‘tkazma.
- Qalblar do‘stligini xomushlikdan izla.
- Hamma bilan oshno bo‘lishga intil.
- Janjallashgan qarindoshlarni yarashtirishga intil.
- O‘g‘irlik moldan ulush olma.
- Hech kimga haqorat ko‘zi bilan boqma.
- Ayollardan ustun bo‘lishga intilma.
- Go‘daklarga nasihat qilma.
- Nodon bemorni davolama.
- Mast yigitga nasihat qilma.
- Do‘stlar aybini o‘z vaqtida ayt.
- Siringni do‘stdan ham, dushmandan ham pinhon tut.
- Dono suhbatini har ikki jahon uchun foyda deb bil.
- Har ishni maslahat bilan qil.

Qayd etilgan


Hadija  28 Oktyabr 2009, 17:27:00

YETTINCHI BOB

- O‘tganga, to‘kilganga va ketganga afsuslanma.
- O‘zingga hamjins va hammaslak do‘st tanla.
- Hamma bilan yarashib yashashga intil.
- Berahm odamlarni do‘st qatoriga kiritma.
- Sog‘liqni hayot garovi bil.
- Toshbag‘irlar bilan hamsuhbat bo‘lma.
- Ikkiyuzlamachidan vafo kutma.
- O‘z yukingni o‘zgalarga oshiradigan bo‘lma,
ammo o‘zgalar yukini ko‘targuvchi bo‘l.
- Manfaatsiz tiriklik o‘lim bilan barobar.
- Ko‘p gapirmoqni gunoh bil.
- Hojatingni Allohdan tila va ista.
- Do‘stlaring xatosini aytib turgin.
- O‘zgalar moliga mehr qo‘yma.
- Do‘stingni hamisha esda tut.
- Xizmatkorni urushga yuborma.
- Aytilmagan joyga borma.
- Nodon do‘stga ishonma, chunki suvga suyansang g‘arq bo‘lasan.
- Yaxshilarning tirigini ham, o‘ligini ham ziyorat qil.
- Qo‘rqoqlikni o‘limdan og‘ir bil.
- O‘zingdan keksalarni ulug‘ bil.
- Tiriklik haqiqatini sog‘likda, deb bil.
- Hech kimning sirtiga qarab baho berma, aldanasan.
- Maqsadsiz hayot bilan o‘limni birday bil.
- Tilingga ehtiyot bo‘l.
- Hammadan yaxshi so‘z o‘rganishga intil.
- Hasadgo‘y do‘stdan parhez qil.
- Dushman bilan sulh tuzishga intil.
- Sabrni maqsadga yetish vositasi bil.
- Nizomsiz lashkar lashkar emas.
- Qurolsiz jasurni nodon bil.
- Yurt obodligini tilasang, ochiqqo‘l bo‘l.
- Qalbing pokiza bo‘lsa, murodga yetasan.
- Nifoq ilmsizlik belgisidir.
- Ranjni osoyishtalik vositasi bil.
- Shariatni tan deb o‘yla,
  Tariqatni qalb, deb angla,
  Haqiqatni esa, jon deb tanigin.

Qayd etilgan