Oddiy narsalar.
Ba'zi kishilar ilmining chuqurligi bilan dong taratgan donishmnaddan bir necha savol so'rab, quyidagicha javob oldilar:
-Eng aqlli kishi kim?
-Har doim kishilardan o'rganadigan biron narsa topa olgan kishi.
-Eng kuchli kishi kim?
-Jahliga hokim bo'lgan kishi.
-Eng boy kishi kim?
-Qo'kidagi xazinaning, ya'ni o'tayotgan kini va soatining qadriga yetgan kishi.
-Hurmatga sazovar kishi kim?
-O'ziga va do'stlariga hurmat ko'rsatgan kishi.
Bu javoblarni eshitib, kelganlardan biri dedi:"TAqsir, bergan javoblaringiz juda oddiyva jo'n narsalarku!"
"Xuddi shunday, bular oddiy bo'lib ko'ringani uchun ham odamlar ularni tez unutib yuborishadi", javob berdi donishmand.