Kundalik..  ( 82733 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 7 8 9 10 11 12 13 14 15 B


imlaah  26 Noyabr 2009, 15:29:13

Biz kaltakdan,qo'rquvdan hushsizlangan erkagu ayol haqida ko'p eshitganmiz.Lekin hayo zo'ridan hushdan ketish hodisasi haqida juda kam eshitgan yoki o'qiganmiz.Holbuki dunyo ayollariga ibrat bo'la olgan momolarimiz shunday hayoga ega bo'lganlar.Ayni yuqoridagi bu jumlalar bizlarni yanada taajubga solisa ne ajab.
O'rta asr ayollarini boshlaridan yopinchiqlarini yulib olish hodisasiga guvoh bo'lgan bir momo hikoyasi.
 "Boshlarimizdan yopinchiqlarni tortib olib olovga tashladilar.Ayollar yuzlaridan chimmatlar yulinib olinganda huddi samodagi yulduzlar yerga tushgandek atrof chaqnab ketdi.Ayollar shunday go'zal edilarki bu gulchehralarni ko'rgan inson osmondagi yulduzlar yerga sochilib ketganmi deb o'ylardi.Chachvonsiz qolib ketgan qiz juvon ayollar yuzlarini nozik qo'llari bilan yopa boshladilar.Biz ovoz chiqazmay unsiz har tomonga qocha boshladik.Shunda 16 yoshlik dilbar qiz yuzlarini  jajji qo'lchalari  bilan yopib olamdan o'tdi.U hammamizdan hayoli edi"

Qayd etilgan


MSJON  02 Dekabr 2009, 15:06:41

Sovg’a ulashishni qizlardan boshlang.

Ayol zoti gohida xanjar o’tmas tilsim, gohida kapalak qanotidek nozikkina bir vujud. Goho suv betida charsillab yonayotgan olovdek... Havo birda ochilib, birda bulutlanib turganidek, ayol tabiati ham dilgir, goh muztar bo’lib turlanadi.

Tabiatan nozik ayol zoti, o’ylab qarasangiz, turmushda har xil mashaqqatni ko’taradi: birovining eri erta qazo qilgan, jo’jabirday sag’irlari bilan tul qolgan, birovining oilada baxti ochilmagan, boshqa turmush haqida dadil bir qarorga kelish uchun ko’ylagining etagi og’irlik qiladi, sag’irlar chappa yopishgan.Shuning uchun dinimiz ayollar sha’nini ulug’lagan, maqomini yuqori ko’targan, martabasini oshirgan.

Payg’ambarimizdan (s.a.v.) vorid bo’lgan mashhur hadislarni eslang: "Men dunyolaringizdagi uch narsani — soliha ayol, xushbo’y hidlar va namozni yaxshi ko’raman"; "Jannat onalar oyog’i ostidadir"; "O’z ahli ayoliga mehr-shafqatli bo’lganlaringiz eng yaxshilaringizdir"; "Eridan beva qolib, bolalarni tarbiya qilishda sabr etgan va turli mashaqqatlarga uchraganidan rangi sarg’ayib ketgan xotin bilan jannatda yonma-yon bo’lamiz" (Buxoriy); "Sovg’a ulashishni qizlaringizdan boshlang"...

Qur’oni karim suralaridan biri "Niso" (Ayollar) deb ataladi. Islomiyat johiliyat davrida xo’rlangan, kamsitilgan, haqoratlangan, izzat-nafsi yerga urilgan ayolning martaba-mavqeini yuksaltirdi, haq-huquqlari va erkinliklarini ta’minladi.

Islomiy adolatni qarang: eri o’lib, sag’ir bolalari bilan tul qolgan ayol xohlasa, er qilishi mumkin. Buning uchun ajr-mukofot oladi. Agar turmushga chiqadigan bo’lsa, bolalarni deb yangi erning haq-huquqini ado etolmaslikdan qo’rqsa, oila qurmay ham yuraverishi mumkin. Hech kim uni bunga majburlamaydi, ayblamaydi. Aksincha, qaysi bir ayol eridan keyin qolib, yosh bolalari tarbiyasiga o’zini bag’ishlasa, nafsidan kechib, bolalarini solih insonlar qilib ulg’aytirsa, ulkan savob va ajrlar olishi ta’kidlangan.

Islomiy oilada qiz farzand tug’ilsa, o’g’il tug’ilganidan ham ko’proq xursandchilik qilish buyurilgan. Kattalar ko’chadan sovg’a-salom olib kelishsa, bolalar yugurib chiqqanida hadya ulashishni qizlardan boshlash tavsiya etiladi. Qiz bolalarni to’g’ri tarbiya qilish mukofoti jannatdir. Rasululloh (s.a.v.): "Kimning uchta qizi bo’lib, ularga mehr-shafqat nazari bilan qarasa, jannatga kirishi muqarrardir", dedilar. Shunda bir kishi: "Ey Allohning Rasuli, qizi ikkita bo’lsa-chi", deb so’raganida, Rasuli akram: "Ikkita bo’lsa ham", deb javob qildilar (Buxoriy).

Xullas, dinimiz ayolni e’zozlash, iffati va sha’nini himoya qilishni, uning huquq va manfaatlarini kafolatladi. Turmush mashaqqatlarini, ro’zg’or kam-ko’stini butlashni erkaklar zimmasiga yukladi. Ayollardan esa Alloh taoloning amr-farmonlarini bajarish, erlariga itoat etishgina talab qilindi. Buning evaziga oliy mukofot — jannat va’da etildi. Payg’ambarimiz (s.a.v) aytganlar: "Bir ayol eriga itoat etsa, Allohning oldidagi burchini ado qilsa va vazifalarini bajarsa, unga shahidning savobi qadar savob yoziladi".

Qayd etilgan


MSJON  02 Dekabr 2009, 15:18:04

OTAJON MEN BILAN O’YNAYSIZMI?
[/size]

Oysha ishdan kelgan adasining quchog'iga otildi. Lekin ota ishdan charchab kelgan va qizining erkaliklarini ko'targani sabri yetmasdi. Qizi esa otasining e'tiborini tortishga harakat qilib atrofida girdikapalak bo'lardi. Shuncha harakatlari zoye ketgandan so'ng Oyshaning aqliga porloq bir fikr keldi. 
-        Otajon, bir soatda qancha pul topasiz?
Otasi Oyshaning kattalarning ishiga aralashganiga jahli chiqsada, o'z holiga qo'yishini istagani uchun javob berdi:
-        20 ming, qizim boshim juda og'riyapti, iltimos bunday keraksiz savollar berma.         
Oysha esa otasining bu gaplariga hech e'tibor bermasdan chug'urlashda davom etardi:
-        Otajon, menga 5 ming so'm berib turing. -       
-        Bo'ldi, ketgin mening oldimdan, boshqa payt beraman, - deya jahl bilan javob berdi ota. Otasining bunday qo'polligidan hafa bo'lgan Oysha o'z honasiga kirib ketdi. Birozdan so'ng o'z ishidan pushaymon ota qizining honasiga kirdi.
-        Qizim, senga qo'pol gapirganim uchun kechir. Juda charchaganman, mana senga so'ragan puling, dedi.
Pullarni olarkan Oyshaning ko'zlari yoshlandi. Yostig'ining tagidan yana 15 ming chiqarib otasiga uzatarkan, sekingina so'radi:
-        Otajon, mana menda 20 ming so'm bor. Endi men bilan bir soatgina o'ynaysizmi?" 



Qayd etilgan


Muvahhid  06 Dekabr 2009, 14:43:07


Musofir bo'lganlarning daftaridan yozuvlar:

"O'lja-g'animat ilinjida o'zoq safarlarga chiqdik.
Safarimiz o'zoq davom etgach, eng ulug', eng katta o'lja-g'animat uyga qaytishni ixtiyor qildik".

ALLOH taoloning O'zi barcha musulmon musofirlarni, mo'min va mo'minalarni O'zining Mehri va Rahmatidan benasib qilmasin,Amiyn.

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Dekabr 2009, 09:56:47

YAMOQCHINING HAJI

Buyuk muhaddis va faqih Abdulloh ibn Muborakning tushiga farishtalar kiribdi. Ular o’zaro suhbat qurishayotganmish.
— Bu yil hajga nechta odam keldi?
- Olti yuz ming.
- Nechtasining haji qabul qilindi?
- Shomdagi Ali degan oyoq kiyim ta’mirchisining haji sababidan hammasining haji qabul qilindi.
Abdulloh ibn Muborak shunday hikoya qiladi:
"œUyg’onishim bilan Shomga qarab yo’l oldim. O’sha odamni izlab, uyini topdim. O’zimni tasnishtirganimdan so’ng u hayajonlanib, o’zini qo’yarga joy topa olmadi. Tushimni unga so’zlab berdim. Taqsir, nima amal qilgan edingizki, Alloh sizning va boshqa barcha hojilarning hajini qabul qildi? — deya so’radim. U bo’lgan voqeani gapirib berdi:
- Men oyoq kiyim ta’mirchisi edim. O’ttiz yildan beri hajga niyat qilib, o’ttiz yuz dirham kumush yig’dim. Mana shu yil hajga ketmoqchi edim. Ayolim xomilador edi. Qo’shnimizning uyidan kelayotgan ovqat hidi unga yoqib, o’sha taomdan istadi. Qo’shnimnikiga kirib vaziyatni tushuntirdim. Qo’shnim: "œEy, Ali, bizning bu taomimiz sizga halol emas. Uch kundan beri bolalarim tuz totgani yo’q. Butun Shom shahridan biron ish topolmadim. Hech kim menga ish bermadi. O’lib yotgan bir hayvonni ko’rdim-da, zarurat yuzasidan undan bir parchasini kesib, bolalarimga pishirayotgan edim"¦ Sizga halol bo’lmaydi bu." Buni eshitib unga ichim achidi. Haj uchun to’plagan kumushlarimni unga olib kelib berdim va : "œBuni bolalaring uchun nafaqa qil, bizning hajimiz shu bo’lsin!" dedim."

© Turkchadan erkin tarjima.

Qayd etilgan


ZUBAIR  11 Dekabr 2009, 16:29:42

Shayx Barakot qadamjosi

Qarang, shayton odamlarning aqllarini qanday o'yinchoq qilib o'ynadi, ularni qanday qilib eru osmonlar Parvardigorining ibodatidan o'liklarni ulug'lashga, qabrdagilarga sig'inishga burib yubordi!!

Masala ba'zida qandaydir bir qabr haqida gap tarqalishi bilan, ya'ni undagi valiy ziyoratga kelgan kishiga etkazadigan foydasi, unga duo qilganlarga shafoatchi bo'lishi haqidagi gaplar bilan boshlanadi..

So'ng odamlar o'rtasida uning karomatlari haqidagi qissalar tarqalib, ular haqiqatga aylantiriladi.. So'ngra ushbu qabr ustida shirk ko'rinishlari zohir bo'la boshlaydi.. Uni tavof qiladilar, Allohni qo'yib, unga duo-iltijo qiladilar.. Yuqorida sanab o'tilgan juda ko'p maqbaralarda ayni shu holatlar yuz bergan.

Shayx Barakot maqbarasi haqida so'zlab berishgan bir hikoya yodimga tushdi..

Bu voqea Odil va Said ismli ikki yigit bilan sodir bo'lgan. Har ikkisi universitetni bitirib, bir qishloqqa o'qituvchi bo'lib tayinlanishgan, ular ishlaydigan qishloqda qabrlarni ulug'lash, ularga nazrlar keltirish avj olgandi.

Odil va Said avtobusda qishloqqa, o'zlari ishlaydigan maktabga ketib borisharkan, yo'lda bekatlardan birida yoshi anchaga borib qolgan, telbanamo bir gado avtobusga chiqib keldi... U elkalarini silkitib, har xil harakatlar qilar, og'zidan ko'pik sochib, yo'lovchilarga nimalardir deb do'q urar, hozir ularni duoibad qilsa, avtobuslari manzilga etmasdan ag'darilib ketishini aytib po'pisa qilar, o'zining duosi ijobat zotlardan ekanini aytib, maqtanardi..

Said aziz-avliyolar, abdol va avtodlar, ularning karomatlari haqida ko'p gapiriladigan va ulardan ta'sirlangan oilada o'sgani uchun bo'lsa kerak, uning yuragiga g'ulg'ula tushib, bezovta bo'lib qoldi. So'ng Odilga qarab, vahima bilan: "Kel, unga pul-mul berib qo'yaylik, rostdan ham avtobusimizga biron kor-hol bo'lmasin. Chunki, Abdulkarim Abu Shatta ismli bu devona haqiqatdan ham duosi mustajob, muborak darveshlardan", dedi..

Odil uning bu gapidan ajablanib: "To'g'ri, ahli sunna val-jamoa karomatlarga ishonadilar.. Lekin, karomat solih va taqvodor zotlardan, dinga mustahkam amal qiluvchi, o'zlarini oshkor qilmaydigan ulug' zotlardan sodir bo'ladi.. Bu kabi dinini pulga sotib eydigan devonalardan emas", dedi.

Said qo'rqib ketdi: — Hay, hay, bu gapingni qaytib ol.. Uning qo'li bilan sodir bo'lgan karomatlarni kattayu kichik gapirib yuradi.. Mana ko'rasan, bir ozdan keyin u avtobusdan tushib qoladi. Keyingi qishloqqa borganimizda qarasang, u o'sha erda yurgan bo'ladi.. Ha, u ana shunday karomatli zotlardan.. Yo sen karomatlarni inkor qilasanmi?!

Odil: — Men umuman olganda karomatlarni inkor qilmayman. Alloh taolo O'zi istagan bandasini aziz-mukarram qilib qo'yishga qodir. Ammo, karomatlar tirikchilik manbaiga aylanib qolishi, sen bilan bizni qabrdagi o'liklarni Alloh subhanahu va taologa yaratish va boshqarish ishlarida sherik qilishga olib borib qo'yishi, hatto biz ulardan qo'rqadigan va g'azablaridan saqlanishimiz lozim bo'ladigan bo'lishimiz ma'nosida bo'lsa, unday karomatga ishonmayman..

Said: — Ya'ni, sen shayx Ahmad Abu Sarud hazratlari Arafotdan Istanbulga kelib, uylarida ahli-oilalari bilan taomlanib, shu kechada yana Arafotga qaytib borganlariga ishonmaysan, shundaymi?!

Odil: — Said, birodar! Alloh aqlingga kushoyish bersin, sen universitetda shularni o'rgandingmi?!

Said: — Endi masxaralash uslubiga o'tdik!

Odil: — Men seni masxara qilmoqchi emasman. Lekin, avomning gapini va ular o'rtasida aylanib yurgan xurofotlarni go'yo tanqid qilib bo'lmaydigan muborak vahiydek qabul qilishingni to'g'ri deb hisoblamayman!

Said: — Lekin, ushbu karomatlarni nafaqat avomlar gapirib yurishadi, balki ko'pincha katta-katta ustozlar ham qadamjo va maqbara sohiblaridan naql qilishadi..

Odil: — Xo'p, yaxshi.. Unda, menga bir fikr kelib qoldi.. Ushbu qadamjolar va sag'analarning aksariyati soxta va shaytoniy aldov ekanini, ularning na haqiqiy qabr va na ularda valiylar yotganini, ularning karomatlari faqat odamlar orasida tarqalgan yolg'on-yashiq da'volar ekanini senga amaliy ravishda isbotlab bersam, nima deysan?!

Said bir qo'zg'olib oldi, so'ng bir necha bor: "A'uzu billah, a'uzu billah", deb takrorladi.

So'ng ikkalasi ham bir oz jimib qoldilar.

Avtobus yo'lida davom etib, ularning qishloqlariga yaqin joydagi bir duvvorga (ya'ni, doira shaklidagi chorrahaga) etib keldi.. Odil kulimsirab Saidga qaradi..

Odil: — Mana shu duvvorda biron aziz-avliyoning mozori yo qadamjosi yo'qmi, ey Said?

Said: — Yo'lning o'rtasiga, yana duvvorga valiyning dafn etilishi qaysi aqlga sig'adi, og'ayni?!

Odil: — Unda, qishloqda ikkalamiz shu duvvorda bir aziz-avliyoning eski qabri bo'lgani va davrlar o'tishi bilan yo'q bo'lib ketgani haqida gap tarqatsak, nima deysan? Keyin uning karomatlari haqida, bu erda qilingan duolarning ijobat bo'lgani haqida yozib chiqsak.. Odamlar ishonarmikinlar?.. Men aniq ishonamanki, odamlar bu gaplarni jiddiy qabul qilishadi.. Hatto, kelasi yillarga borib, shu duvvor o'rtasida o'sha valiyga atab qurilgan maqbara bosh ko'tarsa ham ajab emas!! Vaholanki, bu erni tubigacha qazib borishsa ham hech narsa chiqmaydi!

Said: — Og'ayni, bekorchi gaplarni qo'ysangchi! Sen odamlarni shu qadar go'l deb o'ylaysanmi?! Bunchalik ahmoq emas ular!!

Odil: — Ha, xo'p! Sendan nima ketdi? Kel, bir ermakka gap tarqatib ko'raveraylik! Yo natijasidan qo'rqayapsanmi?!

Said: — Yo'q, qo'rqmayman.. Biroq, buning biron natija berishiga ishonmayman.

Odil: — Yaxshi.. Rozi bo'lding deb hisoblaymiz.. Xo'sh, unda "valiy"imizga Shayx Barakot deb ism qo'ysak nima deysan?

Said: — E, bilganingni qil..

Shunday qilib, ikkalasi imi-jimida maktabdagi muallimlar o'rtasida, shuningdek sartaroshxonalarda — chunki, sartaroshxonalar eng asosiy axborot tarqalish markazlari sanaladi — gap chiqarib qo'yishga kelishib olishdi..

Qishloqqa etib kelishgach, to'ppa-to'g'ri Usta Salimning sartaroshxonasiga yo'l olishdi. U erda u yoqdan bu yoqdan gaplashib o'tirgan bo'lib, orada gapni avliyolar mavzusiga burishdi.. Keyin uzoq yillar narisida shu qishloqqa ham bir valiy dafn etilganini, uning Alloh taolo huzurida alohida e'tiborli valiylardan bo'lganini, biroq hozirda unutilib, u zotdan madad so'raydiganlar deyarli qolmaganini gapirishdi..

Sartarosh valiyning qabri qaerda bo'lganini so'radi.. Ular uning qabri shu qishloqqa kiraverishdagi duvvor oldida bo'lganini aytishdi. Shunda sartarosh: "Bizning qishlog'imizni ham valiy bilan mukarram qilgan Allohga hamdlar bo'lsin! Buni uzoq vaqtdan beri orzu qilib kelardim! Adolatdanmi axir, qo'shni qishloqlarda o'nlab valiylarning qadamjolari bo'lsa-yu, bizning qishlog'imizda bitta ham aziz-avliyo o'tmagan bo'lsa?!", dedi hayajonlanib.

Odil dedi: — Hoji Salim! Shayx Barakot hazratlari juda ulug' valiylardan bo'lganlar, u kishining Oliy Dargohda buyuk martabalari bo'lgan.

Usta Salim shang'illadi: — Demak sen Shayx Barakot - qaddasallohu sirrahu - haqlaridagi bu ma'lumotlarning hammasidan juda yaxshi xabardor bo'la turib, shu paytgacha indamay kelibsan-da! Suf-e, senga!

Shundan so'ng valiy haqidagi bu xabar yashin tezligida qishloqqa yoyildi..

Bu odamlarning asosiy gurunglari mavzusiga aylandi, ba'zilar u ulug' "valiy"ni tushda ham ko'rdilar..

U zoti bobarakotning qomatlari haqida, ulkan sallalari haqida, sanoqsiz karomatlari haqida, azon vaqti bo'lganida mezana u zotning yonlariga o'zi tushib kelgani.. va.. va.. haqida tinmay gapirila boshlandi..

Maktabdagi o'qituvchilar orasida ham shu gaplar aylanib, kimdir tasdiqlab, kimdir rad qilib, bahs-munozaralar avjiga chiqdi..

Ish chegaradan o'tib ketgach, ustoz Saidning sabri chidamay qolib, muallimlarga qarab xitob qildi:

—        Hoy oqillar! Hoy insonlar, qo'yinglar bu xurofot gaplarni!

Shunda hamma bir ovozdan guvilladi:

— Xurofot?! Ya'ni, Shayx Barakot bo'lmagan demoqchimisan?!

Said: — Ha, u bo'lmagan. Uning qabri ham yo'q narsa. Bularning hammasi bekorchi gaplar. Duvvor tuproqdan boshqa narsa emas. Hech qanday shayx ham, valiy ham, qadamjo ham yo'q gap!

Muallimlar uni talay ketishdi:

— Sen o'zi nima deyayotganingni bilasanmi, hoy inson?! Shayx Barakot haqlarida bunday beodobona gap aytishga qanday jur'at qilding?! Qishloqning g'arb tomonidagi buloq Shayx Barakot hazratlari qo'li bilan ochilgan bo'lsa!.. Falon-falon ishlar u zotning qo'llari bilan sodir bo'lgan bo'lsa!..

Said ularning shovqinlaridan gangib qoldi. Biroq, shunda ham bo'sh kelmadi:

— Aqlingizni birovlarga tutqazib qo'ymanglar! Axir sizlar muallimlarsiz, aqlli kishilarsiz! To'g'ri kelgan odam biron qabr yo qadamjo haqida gapirsa yo shayton tushingizda aqllaringiz bilan o'ynashsa, ishonib ketaverasizmi?!

Shu payt maktab mudiri bahsga aralashdi:

— Lekin, Shayxning belgilari mavjud va aniq ekan.. Kechagi gazetada chiqqan maqolani o'qimadingmi?!

Said ajablandi:

— Hatto gazetada ham chiqdimi?! Nima deb yozibdi?

— Maqola "Shayx Barakotning qadamjosi kashf etildi" deb nomlangan. Unda yozilishicha, Shayx Barakot — qaddasallohu sirrahu — 1100 hijriyda tavallud topgan ekanlar.. U zot sayyidimiz Xolid ibn Validning sulolalaridan ekanlar.. Buyuk ulamolarda, jumladan, falon-falon zotlar qo'lida tahsil ko'rgan ekanlar.. Turk qo'shini bilan birga salibchilarga qarshi falon janglarda ishtirok etgan ekanlar.. Salibchilar bilan urush shiddatli tus olib ketganida ularga qarab qattiq puflaganlarida kuchli shamol qo'zg'olib, salibchilarni yuz metrga uchirib ketgan ekan.. Hammalari qonlariga belanib, er bilan bitta bo'lib qolishgan ekan..

Said: — Moshoolloh!! O'sha jurnalist Shayx Barakot haqidagi shuncha ma'lumotni qaerdan olibdi?!!

Mudir: — Bularning hammasi haqiqat. Nima, sen uni otasining sandig'idan olib yozgan deb o'ylaysanmi?! Buni tarix deb qo'yibdilar!!

Said: — Lekin, bu gaplar dalilga muhtoj bo'lgan quruq da'vo! Da'vo qiluvchi dalil keltirishi lozim. Siz bilan men bu gaplarning rostligiga ishonch hosil qilishimiz kerak. Aks holda, to'g'ri kelgan kishi qadamjolar, valiylar, karomatlar borasida og'ziga kelgan gapni aytaverishi mumkin!..

Keyin Said tantanavor ohangda e'lon qildi:

— Hoy jamoat! To'g'risini aytsam, Shayx Barakot qadamjosi to'qima afsona! Uni men va ustoz Odil to'qib chiqarganmiz! Bu bilan odamlarning shov-shuvlarga ishonuvchanligini, xabarlarning tagiga etmay, tasdiqlab ketaverishlarini tekshirib ko'rmoqchi bo'lgan edik! Mana, ustoz Odil qarshingizda turibdi. Ishonmasalaring undan so'rab ko'ringlar!

Ular ustoz Odilga o'girildilar. So'ng:

— Ustoz Odil ham xuddi senga o'xshab bahsu munozarani yoqtiradigan kishilar toifasidan.. U ham senga o'xshab har bir gapga dalil talab qilaveradi. Aslida, u aziz-avliyolar va solihlarga e'tiqod qilmaydi.. Sen ham, Odil ham har qancha iddio qilmangiz, biz baribir ajdodlarimiz davridan Shayx Barakot — qaddasallohu sirrahu — mavjud ekaniga ishonamiz.. Dunyo avliyolar va solihlardan, ularning qadamjolaridan xoli bo'lmaydi. Adashganlardan bo'lib qolishdan Allohdan panoh so'raymiz!

Odil ham, Said ham jim turib qoldilar. Shu payt qo'ng'iroq chalinib, hamma ustozlar darslariga kirib ketishdi..

Ustoz Said ko'rganlaridan gangib, o'ziga o'zi so'zlardi:

Shayx Barakot?! Karomatlar?! Ma'qul?! Ma'qul emas?!.. Nahotki, shuncha odam adashgan bo'lsa?!  Gazeta yolg'on gaplarni chop etsa?!

Qiziq! Qishloq oqsoqollari kecha duvvorda yig'ilishib, Shayx Barakot sharafiga yig'in o'tkazishdi?!..

Lekin, Shayx Barakot degan nomni ustoz Odil o'ylab topgan edi-ku!!.. Shuncha odam xurofotga botgan bo'lishi mumkinmi?! Yo'q, bunday bo'lishi mumkin emas!! Bunday bo'lishi mumkin emas!!

Saidning miyasida yangi bir fikr charx ura boshladi. Ya'ni, aslida Shayx Barakot haqiqatdan ham mavjud bo'lgan, ustoz Odil buni oldindan yaxshi bilgan. Lekin, u Shayx Barakotni men ixtiro qildim deb hammani chalg'itmoqchi bo'lgan!!

Said bu fikrni miyasidan quvishga harchand urinmasin, buning uddasidan chiqolmadi.

Ertasi kuni ham maktabda bahs-munozara davom etdi..

O'quv yili oxirlab qolgani bois munozaralar har bir ustozning yozgi ta'til uchun o'z shahriga jo'nab ketishi bilan nihoyasiga etdi.

Qayd etilgan


ZUBAIR  11 Dekabr 2009, 16:30:38

*****

Yangi o'quv yili boshlanishi arafasida ustoz Odil va ustoz Said avtobusda qishloqdagi maktablariga yo'l oldilar..

Haligi mashmashalar uning ixtirochisi bo'lmish ustoz Odilning esidan ham chiqib ketgan ekan..

Biroq, avtobus qishloqqa kiraverishdagi chorrahaga yaqinlasharkan, Odil Saidning lablari nimalarnidir pichirlayotganiga, qandaydir zikr va duolarni o'qiyotganiga e'tibor berdi.

Duvvorga etib kelishgach, har ikkisining og'izlari hayratdan ochilib qoldi.

Ne ko'z bilan ko'rishsinki, duvvor oldida Shayx Barakotning mahobatli maqbarasi qad rostlab turar, uning yonida turk me'morchiligi uslubida bino qilingan kattagina masjid savlat to'kib turardi!!

Ustoz Odil istehzoli kulimsiradi.. Qara-ya, odamlar qanchalik ahmoq bo'lmasa!! Shayton ular o'rtasida shirkni yoyishga muvaffaq bo'libdi-ya!!

U shunday deb kulgusiga sherik istab Saidga o'girildi..

Biroq, ustoz Saidga ko'zi tushgach, hayratdan dong qotdi.. U zikru duolarga sho'ng'ib ketgandi..

Duvvor oldiga kelishgach, Said haydovchidan shu erda bir oz to'xtab o'tishini so'radi. So'ng qo'llarini ko'tarib, Shayx Barakotning ruhiga fotiha o'qidi..

(Ustoz Aliy Muhammadning "Al-bayon" majallasidagi maqolasidan bir oz o'zgartirib olindi).

Www.IslamNuri.Com

Qayd etilgan


MSJON  14 Dekabr 2009, 16:40:21

Бола, чснтак харажатлари учун дадасидан олган пулларини вақтидан аввал еб қсйди. Яқинда таътил бошланади. Маза қилмайди. Йслини топиш керак. Қслига тушган журналда, ҳар бир хизмат учун ҳақ тсланиши лозимлигини сқиб, ксзлари чарақлаб кетди. Бу мантиққа ксра, оиласи учун қилган ишларининг ҳар бирига ҳақ олиши керак! Дскондан нон келтиришни беш юз ссмга, аҳлат тскишни минг ссмга, онаси билан бозорга бориб келишини 3000 ссмга баҳоласа, қимматга тушмайдигандек сди.
Худди шундай қилди. Бир вараққа ой давомида бажарган ишларини ёзиб нарх қсйди. Умумий сумма 100000 ссмни ташкил стди. Хатни секингина онасининг ёнига солиб қсйди. Бойиш йслини топганидан боши осмонда!
А­рталаб дарс столи устидан 100000 ссм пул ва бир снлик хатча топди:
«Сени слим билан олишиб дунёга келтирганим, йиллар бсйи устингни тоза тутганим, минг бир азоб билан сстираётганимнинг ҳақи — фақат севгинг ва ёноғингдан олганим биргина спичдир! Ишлаб топган пулингни сйнаб-кулиб ишлат, болажоним!..»

Qayd etilgan


MSJON  17 Dekabr 2009, 15:37:35

"œQahrni daraht yaproqlariga yozmoq istardim, kuz kelib qurisin deya.Nafratni qorlarga yozmoq istardim, yomg'ir yog'sin yo'q bo'lsin deya. Janjalni bulutlarga yozmoq istardim, quyosh chiqib oydinlatsin deya. Va sevgi-do'stlikni bolalarning ko'zlariga yozmoq istardim, ular o'sib, butun dunyoni burkasin deya".  Mehrni his etmoq insondagi zaruriy ehtiyojdir. Bolalarga bu o'rinda ayricha e'tibor berilmog'i kerak. Ota-onaning farzandiga o'z muhabbatlarini ko'rsatishlari lozim. Uni ichdan sevmoq etarli emas. Bolaning moddiy o'sishi uchun sut qanday muhim bo'lsa, maanaviy o'sishi uchun sevgi huddi shunday muhimdir. Afsuski, hozirda ko'p farzandlarimizning me'dasi to'q, ammo ruhi ochdir.

 Zhunayd Suaviyning "œSevgi" nomli bu maqolasi mavzumizga go'zal bir o'rnakdir:           
Kichik qiz onasi bilan yurib borar ekan, birdan to'htadi. Yomg'ir tomchilaridan ho'l bo'lgan ko'zoynagini yechib qaragan narsa otasi bilan velosipedda ketayotgan boshqa bir qizcha edi. Velosipedning orqasida o'tirgan qiz, yiqilib tushmaslik uchun otasini quchoqlab olgan va sovuqdan muzlagan yonoqlarini uning orqasiga tayagandi. Otasi ora sira yoniga qarab qizga bir narsalar so'zlar, kichik qiz esa qiqir-qiqir kulardi.           
Yo'lakdagi qiz ularning ortidan boqar ekan, onasi uning turib qolganini ko'rib:
  - Huddiki, uyda velosiped yo'qdek, ko'zingni uzmaysan, - deya tanbeh berdi, - agar shunaqasi senga yoqqan bo'lsa, adang bunisidan ham olib beradi.           
  Kichik qiz yumshoq ovoz bilan:
  - Vilosepedga emas, qizga qaragandim, - dedi, - otasi u bilan gaplashib ketayapti-da...
Buning zamirida nima yotganini anglamagan ona, qizining muynali shapkasini tug'irlab:
  - Do'stlaring bu havoda piyoda maktabga keladilar. Lekin adang sen uchun bir necha daqiqa vaqtini ayirib mersedesida maktabga olib keladi.
Ammo qiz ko'zini velosipeddan uzmasdi.
   - Istasang, adang ham seni velosipedda olib keladilar. Shunaka qilsak bo'ladimi?
Kichik qiz inju donalari kabi sizib chiqayatgan ko'z yoshlarini onasidan yashirishga harakat qilarkan:
   -Juda istardim, - deya javob berdi, - balki, shunda otamni quchoqlarman.   

Qayd etilgan


Muhammadali  19 Dekabr 2009, 10:04:11

Sulton Alouddin Tarmashirin Movaraunnahrga hukmdor bo'lgani holda hamma namozlarni jamoaat bilan o'qimaklik uchun tirishar edi.Masjiddda namoz va zikrni ado qilib bo'lgach aholini arzu dodini tik turgan holida tinglar edi.U arzgo'ylarni ichlarida ayol yoki erkak va yoki yosh va qari deb ajratilmas edi.Bir kuni asr namozida amir yigitlaridan biri mehrobda turgan imomga Hisomiddin al Yog'iyga kelib "Olampanoh tahorat olyabdilar biroz kutar emishsiz " deb aytdi.Imom o'rnidan turib" namoz Hudo uchunmi yoki tarmarshirin uchunmi ?!" deb muazzinni takbir aytishga undadi.Sulton kechikib kelib qolgan ikki rakaatni eshik oldida poyavzal yechadigan joyda o'qidilar.Namozdan so'ngra kulimsirab mehrobga yaqinlashdilar va jamoaatda bo'lgan mehmon musofirga qarata "O'z yurtingga borsang ajam fuqarorlari o'z hukmdorlariga shunday muomala qilar ekan deb aytgin" dedilar.Hisomiddin al Yog'iy har jum'a sultonga pand va nasihat qilar ekan.U hayoti davomida hech qachon sultondan tortiq qabul qilmagan ekan.Shogirdlaridan birlari bir kuni olimni juma'ga kiyib chiqadigan liboslari eskirib  ketganidan so'z ochib yangilashlik haqida so'z ochib:
- Mavloni egningizdagi to'n eskirib juma'ga monand bo'lmay qolibdi yangilasak...deganida
Olim shunday javob qilibdi:
-Bu ham o'zimniki emas.O'g'limniki - deb taklifni go'zal tarzda rad qilgan ekanlar.

P.S.Bu qissalarni o'qir ekanman halqimizga yana shunday olim zotlarni nasib qilsin Alloh deyishdan boshqa narsa tilimga kelmadi...Bu kundagi eng ko'p zalolatimizga sabab "olimlarimiz" ni maqtov va hadiyaga o'rgatib qoygan halqlar ekanligimizdanmi degan hayol charh uradi hayolda...
Alloh rozi bolsin!!! Juda ham chiroyli so'zlarni so'zlabsiz!!!

Qayd etilgan