Kundalik..  ( 55306 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 9 10 11 12 13 14 15 B


ZUBAIR  08 Oktyabr 2010, 19:57:15

Shayx Muhammad al-Arifiy hikoya qiladi:

Bundan ikki yil avval Ramazon oyida, fazoviy telekanallarning biriga jonli efirdagi  suhbat uchun taklif etildim.. Suhbat mavzusi Ramazon oyidagi ibodatlar haqida edi.. Mazkur ko'rsatuv, Makkai Mukarramadagi haramga yo'naltirib qurilgan mehmonhonalarning birida olib borilayotgan edi.. Ramazon haqida suhbatlashar edik, tomoshabinlar esa bizning ortimizdagi derazadan umra, tavof qilayotganlarni jonli efirda kuzatib turishardi..
 
Judayam ta'sirli manzara edi.. Hatto bu ko'rsatuvni olib borayotgan suxandon ko'rsatuv davomida qalbi yumshab, yig'lab yubordi..
 
Sof iymoniy muhit edi bu.. Mana shunday muhitni faqat suratkashlarning birigina buzib turardi!!
 Bu suratkashning bir qo'lida suratga oluvchi kamera, ikkinchisida esa sigaret bor edi.. Go'yoki u, Ramazon kechalarini behuda "zoye qilish"ni xohlamayotgandek..
 Bu xolat meni jaxlimni chiqarar, borgan sari sabr kosam to'lib borar edi.. Lekin jonli efir..
 
Oradan bir soat o'tgach, ko'rsatuv ko'ngildagidek nihoyasiga yetdi..

 Shundan so'ng rahmat aytish maqsadida, qo'lida sigaret tutgan suratkash menga yaqinlashdi. U bilan salomlashib, qo'lidan mahkam ushlagancha: "Senga ham bu diniy ko'rsatuvni suratga olishda qo'shgan hissang uchun rahmat aytaman. Agar qarshi bo'lmasang, senga aytadigan ba'zi gaplarim bor edi" - dedim.
-Marhamat, bemalol, - dedi u.
-Tutun, ya'ni sigar… Gapimni bo'ldi:
-Menga nasihat qilma, Allohga qasamki bundan foyda yo'q..
-Yaxshi, meni eshit. Sen sigaret harom ekanligidan xabaring bor.. Va Alloh taolo aytadiki… Yana bir marta gapimni bo'ldi:
-Ey shayx, vaqtingni bekor ketkazma.. Men juda uzoq vaqtdan beri chekaman.. Tutun meni tomirlarimda oqadi.. Bu ishdan foyda yo'q.. Agar sendan boshqa odam bo'lganda, bu gaplarni aytib ham o'tirmasdim..
-Ya'ni, umuman befoyda, shundaymi??
-Yaxshisi meni duo qilgin, - dedi u.
Qo'lidan ushladim va: "Yur men bilan" - dedim..
-Qayoqqa?
-Kel, ka'bani tomosha qilamiz..
Haram tarafga yo'naltirib qurilgan deraza oldida to'xtadik.. Ka'ba atrofi odamlar bilan to'la edi.. Kimdir ruku' va sajdada, kimdir umra tavofi  bilan mashg'ul.. Va yana kimdir yig'lagan.. G'oyatda ta'sirli xolat edi..
-Hov ana ularni ko'ryapsanmi? - dedim.
-Ha.
-Turli taraflardan kelishgan.. Oq-u qora, arab-u ajam, boy-u kambag'al.. Barchalari Allohdan amallarini qabul etib, gunohlarini mag'firat qilishligini so'ramoqdalar..
-To'g'ri, to'g'ri.. – tasdiqladi u..
-Ular so'rayotgan narsalardan, Alloh seni ham bahramand qilishini xohlamaysanmi? – dedim..
-Albatta xohlayman..
-Qo'llaringni ko'tar, haqqinga duo qilay, sen esa "omin" deb turgin – dedim..
Qo'llarimni ko'tarib: "Allohim, uni mag'firat qilgin" – dedim. "Omin" – dedi u..
-Allohim, darajalarini ko'targin va uni o'zi yaxshi ko'rgan insonlari bilan jannatda birga qilgin. Allohim…
Duoda davom etar ekanman, uning ko'ngli yumshab, yig'lay boshladi.. To'xtamasdan, "omin, omin" deb qaytarardi..
So'ngra duoni yakunlashni xohlagan paytda aytdimki: "Ey Allohim, agar chekishni tashlasa, bu duoni ijobat etgin, va agar tark qilmasa, bularni barchasini unga harom qilgin"..
 U hamon yig'lar edi.. Keyin qo'llari bilan yuzini berkitgancha, xonadan chiqib ketdi..

Oradan bir necha oylar o'tdi..

  Yana bir kuni efir orqali suhbat uyushtirish uchun, xuddi shu kanal binosiga chaqirildim.. Binoga kirishim bilan, bir kishi menga peshvoz chiqib, judayam iliqlik bilan salomlashdi.. Peshonamdan o'pdi.. Qo'limni o'pish uchun egildi.. U juda ham ta'sirlangan xolatda edi..
-Alloh seni bu ko'rsatgan lutfingni, odobing va muhabbatingni chiroyli mukofotlasin.. Lekin uzr so'rayman, men seni tanimadim?? – dedim.
-Bundan ikki yil ilgari, sigaret chekishni tark qilishi uchun sen nasihat qilgan suratchini eslaysanmi?!
-Ha..
-O'sha menman.. Ey shayx, Allohga qasam ichib aytamanki, o'sha lahzadan beri biror marta sigaretni og'zimga yaqinlashtirmadim…


Shayx doktor Muhammad Abdurrohman al-Arifiyning, "Istamte' bihayatik" nomli kitobidan olindi.

Manba: Kundalik

5/10/2010


Qayd etilgan


Robiya  08 Oktyabr 2010, 20:21:16

MashaAllah, Zubair, Alloh rozi bo'lsin! Jum'aga ajoyib hadya bo'ldi...

Qayd etilgan


siddiqa  11 Oktyabr 2010, 06:27:06

 :ms:

Qayd etilgan


Shoxruh Mirzo  16 Oktyabr 2010, 20:42:40

-Basra aholisidan so'rashdi:
-Sizlarda eng boy odam kim?
-Xasan. deya javob berishdi Basra aholisi
-Shunchalik boymi, shunchalik puli ko'pmi?
-Yo'q, puli yo'q...
-Qanaqasiga boy unda?
-U hech kimdan hech narsa so'ramaydi, lekin hamma uning ilmiga zor...deya javob berishdi Basra aholisi...

Qayd etilgan


Shoxruh Mirzo  06 Noyabr 2010, 15:25:43


Kasalxona palatalarining birida uchta falaj kasal yotardi, ulardan birinchi bo’lib kelgani oynaning oldiga, ikkinchisi o’rtaga, uchinchisi esa eshik yoniga joylashtirilgan edi. O’rtada yotgan kasal boshqa kasallardan farqli o’laroq tushkunlikka tushmaydigan xarakterda bo’lib, gaplari bilan boshqalarning ham kayfiyatini ko’tarar, ko’nglini ovlar edi.

Sovuq qish kunlarining birida oyna yonida yotgan kasal vafot etdi. Uni olib ketishgach, o’rtadagi kasalni oyna oldiga, eshik oldidagini esa o’rtaga yotqizishib bo’shagan joyga yangi kasalni olib kelishdi.
Oyna yoniga joylashtirilgan ko’tarinki kayfiyatda yuruvchi kasal endi ko’chada ko’rganlarini sheriklariga aytib bera boshladi. U yo’l chetidagi park, katta katta chinor daraxtlari, chug’urlashgan qushlar, ko’chada shosha-pisha ishga ketayotgan odamlar, shod-xurram bolalar va qarshi tog’lardagi gullarga burkangan dalalar haqida so’zlab biroz bo’lsa ham sheriklarining dardlarini unuttirardi.

Ko’p o’tmay bu kishi ko’chadan o’tganlarga nom ham qo’yib oldi. Shunday qilib sheriklari ertalab ishga ketayotganlarning, ko’chada yurib narsa sotuvchining va kechqurun horib uyga qaytuvchilarning hikoyalarini eshita-eshita ularni ko’zlari o’ngida jonlantira boshladilar. Endi palatadagi og’ir va ezuvchi sukunat yo’qolib, yillarga teng tuyuluvchi soatlar, maroqli hikoyalarga to’lgandi.

Kunlarning birida o’rtada yotgan kasalning miyasiga bir fikr keldi. Agar oyna yonidagi kasal biror falokatga yo’liqsa, uning joyiga o’zi o’tadi, shunda uning gaplarini eshitib o’tirmay, aytganlarini o’z ko’zi bilan ko’ra oladi"¦

Bu fikr unga tinchlik bermay qo’ydi.Yotgan joyida ham faqat shu haqida o’ylar, biror bir chora izlardi. Oxiri bir qarorga keldi, ba’zan sherigining yuragin ushlab qolardi. Bunday hollarda u darrov tumba ustidagi dorilardan olib ichardi.

Bir kun kechqurun oyna yonida yotgan kishining yana yuragi ushlab qoldi, lekin bu safar o’rtada yotgan sherigi ming bir qiyinchilik bilan dori idishini ag’darib yubordi, shisha yerga tushdi va parcha-parcha bo’lib ketdi.

Ertasi kuni ertalab oyna yonida yotgan kasalning o’lib yotganini ko’rishdi. Va uni olib chiqib ketgach, o’rniga o’rtada yotgan kasalni yotqizishdi.

Kasal niyatiga yetgan edi, endi u o’z ko’zlari bilan ko’chani ko’rish uchun oynadan qaradi, biroq uni to’k urgandek bo’ldi. Chunki oynadan bir necha metr narida qop-qora devordan boshqa hech narsa yo’q edi...




Qayd etilgan


Shoxruh Mirzo  30 Noyabr 2010, 17:46:22

Bizdan biron kimsa so'rasa agar
Musulmonman, deya javob beramiz
Aslida shaxsizlar dunyoga kelib
Islomdan bexabar o'tib ketamiz

O'n sakkizming olamni yaratgan ALLOH
Turg'azib qo'ydi yerni mualloq
Bo'ysundirib  quyosh oy va havoni
Yaratib qo'ydi unga odam Atoni

Azaldan odamga qast bo'lib shayton
Qurdi inson ichidan o'ziga makon
Gunoh qildirishga qura tashlandi
Shu zayl yer yuzida hayot boshlandi

Insonlar millatlarga bo'linib ketti
Asta-sekin ulardan mehr, oqibat ketti...
Odamlar omonatga qilib xiyonat
Kasblar o'g'irligu bo'ldi jinoyat

Tanimay qolishib bir-birlarini
Unutdilar otayu-onalarini
Insonlarda qolmadi zarracha vijdon
Unutib Xudoni qoraydi iymon
Boylar kambag'alga yovuzlik tilab
Ketdilar jaholat botqog'iga qulab

Na uyat qoldi na sharmu-hayo
Yigit qiz bir o'rinda yotib, be nikoh
Bundan ham og'irroq bo'lurmi gunoh?!
Ey voh shunda ham ALLOH
Jaholatdan qutqarib bandalarin
Elchi qilib yubordi Payg'ambarlarin

Payg'ambarni quvonchdan ko'zi yoshlandi
Shu kundan Islom uchun dav'at boshlandi
Kofirlar ishonmay  mayna qildilar
Ko'plari asta-sekin  dinga kirdilar

Buxoriy Termiziy Yassaviylar ham
Islom uchun ozmuncha chekmadilar g'am
Umrlari boricha tebratib qalam
Bir kun ham ularni tark etmadi g'am

Bizchi?! Yo'ldan adashdik sarobga boqib
Kofirlarga ergashdik Qur'onni yoqib
Islomga qarshi jang qilib essiz,
Shuncha yil kofirlarga xizmat qilibmiz...

Qandoq kunlarga qoldik, azizlar o'zi?
Yerda oliy bo'lmasa ALLOHning so'zi
Hech oftob ko'rarmikan musulmon yuzi?
Yo tekkanmikan bizga shaytonning ko'zi?!

Aka-ukasin ko'zini o'ysa
Jigar-jigarin ayamay so'ysa
Muslim muslimligin unutib qo'ysa
Qiyomat bo'p qopti Xudo xohlasa

Kambag'al bechora ochlikdan o'lsa
Boylar pul sochish bilan ovora bo'lsa
Munofiqlar o'lganlaring yaxshi deb tursa
Xudo urib qo'ygan ekan bizlarni rosa...

Xotini yalangbosh ko'chada tursa
Singlisi shim kiyib cafeda yursa
Da'yuslar kimligin bilmay unitsa
Qiyomat bopqopti Xudo xohlasa...

Qayd etilgan


ziyoda_aliyeva  30 Noyabr 2010, 21:08:33

Assalamu alaykum,
Barakalloh, Mana shu sherni 10-15 yil oldin bir davtda eshitgandim, forumda ko'rib hursand bo'ldim Aloh rozi bo'lsin.

Qayd etilgan


Sevdo  01 Dekabr 2010, 14:30:11

Haqiqatda juda ibratli blok,davomli hikoyalarni keyingi sonlarini kutib qolamiz.
Joynamozga farzandlari bosh quyganda,
Otalari sigaretdan tortishadi.
Bugun farzand otasiga kuyib pishib,
Namoz nechun uqilishin aytishadi.
Yuqoridagi hikoyaga mos shu she'rdan parcha yodimga tushdi.

Qayd etilgan


Muvahhid  19 Dekabr 2010, 16:32:33

Абдулмалик Косим
Арабчадан Абдуллох А ахматуллох сгирди.

Жорж, тсладан келган, баланд бсйли, кeнг елкали, 50 ёшдан стиб колган Амeрикалик киши, у соглом ва харакатчан. У Вашингтоннинг шимолида жойлашган кичик бир шахарда сшайди. У катта шахарлардаги мсл-кслчилик, фаровонлик сзига жалб килишига карамасдан дарё бсйида жойлашган шахарчасини жуда севади. У куни билан тижорий ишлари билан банд бслади. Кечга скин уйига xотини, икки кизи ва бир сглининг хузурларига кайтади. Бсш вактларини улар билан стказади. Ўгли фарзандларининг тснгичи бслиб, у хозир 11-синфни тамомлаб дорулфунунга кириш арафасида турибди.
Зул-Хижжа (курбонлик) ойи скинлашгач Жорж, хотини ва фарзандлари хаммалари Зул-Хижжа ойи кирганини билиш учун оммавий аxборот воситаларини кузата бошладилар. Канийди уларда бирорта исломий давлат консуллигининг телефон раками бслсайди, улардан ссраб билишган бсларди. Бу ишнинг улар учун ахамисти катталиги ва барчаларининг Курбон хайитини интиклик билан кутаётганликлари сабабли улар ишни шундай таксимладилар: Жорж радиони, хотини фазоий телеканалларни кузатадиган бслдилар. Ўгил сса интернетдаги исломий сахифаларнинг униси ксйиб, бунисини очарди. Ва нихост Жорж курбонлик ойи кирганини радиодан сшитиб кувониб кeтди ва бу кеча радио жуда тиник ишласпти деб ксйди. Арафотда туриш ва Курбонлик куни аникланиши билан оламда мусулмонларнинг такбирлари снгради. Жорж хам сз срнида байрамни схшилаб нишонлашга астойдил киришди. А­ртасига пешиндан кейин бир йилдан бeри тсплаган пулини олдида, шахарнинг шаркидаги катта бозорга отланди. Чунки, тирик ксйни факат ана шу бозордангина топса бслади, холос. Бозорга етиб келгач, уни бир ксчкор ажаблантирди, бирок унинг пулига келиша олмади. У анча киммат сди, кслидаги пули бунга етмасди. У схши ксчкор ссйиш суннат сканини биларди. Шунинг учун айнан шу ксчкорни олишга азм килди ва банк хисобидан пул чикариб олиш учун скинрокдаги банкка борди. Етарли пулни чикаргач ксчкорни сотиб олди ва сгилининг ёрдамида уни машинасига юклади ва уйга кайтдилар. У йслда борар скан ксчкорни суннатга биноан сз ксли билан ссйишни, исломий коидаларни жойига келтиришни хаёлидан стказди. Ксчкорнинг маъраши борган сари кстарилиб борарди. Унинг беш ёшли кизчаси ширин овози билан ксчкорга маърашда таклид киларди. "œДадажон хайит кандай гсзал-а? Ўгил болаларсиз факат кизлар билан сйнаймиз, доира чалиб исломий ксшиклар айтамиз. Сизлар билан мен хам ийд намозини скийман, снги ксйлагимни кисман ва хижобимга сранаман, бу хайитда юзимни хам срайман-а? Ахир мен катта бслиб колдим-ку. Ох, Курбон хайити кандай сxшис! Ўз кслимиз билан ксй гсштини бслакларга бсламиз, ксшниларимизга таркатамиз, кариндошларимизни зиёрат киламиз, аммамларникига борамиз. Кани eнди хар куни хайит бслса... " Хамма завк билан унинг ссзига кулок соларди.
Йслда кетаркан Жорж оркага сгирилиб ксчкорга сна бир назар ташлаб ксйди. Ксчкор суннатда айтилган сифатларга тсла мувофик, икки ксзи схши, кулоги ва оёклари бус-бутун сканлигини ксриб снада кувончи ортди.
Уйга етиб келишгач хотини шошиб чика туриб дeди: "œЖорж ксйни учга таксимлаш суннатга мувофик скан: учдан бирини факир-мискинларга таркатамиз, учдан бирини ксшниларимиз Давид, А­лизабет ва Мсникаларга берамиз, колган учдан бир бслагини сса сзимизга олиб коламиз."
Улар ксйни сссдиган вактда киблани излашди ва Саудис Арабистони тарафни тахмин килишди. Жорж ксйни киблага каратиб, пичогини кслига олди ва ксйни ссйди. Ссйиб бслгач, xотини суннатга ксра уни 3 га бслди. Xотини жуда шошилиб, тез-тез харакат киларди, Жорж аччигидан овозини кстариб, юзлари кизариб, газабнок холатда: "œКани тез-тез бслмайсанларми, ахир бугун скшанба-ку, чeрковга боришимиз керак!". Жорж черковга боришни асло тарк килмас сди, хаттоки у хотини ва болаларини хам сзи билан бирга олиб борарди.
Хикос шу ерга eтганда стирганлардан бири хикосчидан ссради: "œХой биродар, нималар деспсиз, Жорж мусулмонми сзи?! Аки насронийми?! Агар у мусулмон бслса, нима учун чeрковга боради?!". Хикос килувчи унга карата: "œЙск, Жорж, унинг xотини ва болалари уларнинг хаммаси насроний динидалар - улар кофирлар! Улар Алгиз Аллохга ва унинг расулига иймон келтирмайдилар. Балки, Худони учта дeб даъво киладилар, Аллох ва расулига кофирдирлар."
Мажлисда гала-говур бошланди, шовкин-сурон кстарилди. Улардан бири одобсизларча деди: "œХой, Ахмад бизларни алдама, Жорж ва унинг оиласи бу ишни килишига ким ишонади? Хeч жахонда кофир хам ислом маросимларини бажарадими? А­, бслмагур гапни ксйсангчи, канакасига у хайитни байрам килсин?".
Шунда хикосчи сзини химос кила бошлади: "œА­й биродарлар нимага ишонмайсизлар? Бир насроний кофир бизнинг исломий байрамимизни нишонласа нишонлабдида. Мусулмонлар ичида кофирларнинг байрамини нишонлаётганлар озми?! Мусулмонлар кофирларнинг байрамларини нишонлаганида, нeга кофирлар мусулмонларнинг байрамини нишонламасин?! Вахоланки, мусулмонлар тугилган кун, саккизинчи март, снги йил ва мустакиллик каби гирт кофирларнинг байрамларини нишонлашсптику!!! Демак, Жорж ва унинг оиласи хайитни байрам килишидан ажабланишга хожат йск.
Агар сизлар Жоржнинг ишидан ажабланаётган бслсангизлар мен мусулмонларнинг ишларидан ажабланмокдаман. Уларнинг холига каранглар, тобелик ва маглублик шу даражада хам бсладими?! Мажлисда сна овозлар кстарилди, хамма Ахмадга хужум кила кетди. Шунда Ахмад уларга карата: Илтимос, менга кулок тутинглар. Мен сизларга хозир бошка бир, сизлар ишонадиган хикосни айтиб бераман, деди: "Мана бу Мухаммад, юртимизнинг сглонларидан бири, отаси унга схши нист билан пайгамбаримиз Мухаммад саллаллоху алайхи ва салламнинг исмларини ксйган. Янги йилга бир хафта колганда Мухаммад бозорга борди, арча сотувчидан одам бсйи келадиган "арча" ва уни безатиш учун бир кути сйинчоклар сотиб олди. Йсл-йслакай снги йил базми учун керакли нарсаларни харид килди, "Шампанский" олишни хам унутмади. Уйига кайтгач хотини ва болалари билан биргалашиб арчани уйнинг сртасига срнатишиб, уни келинчакдек ссатишди. Улар сабрсизлик билан кун санай бошладилар, ва нихост календарнинг "31 декабр" деб ёзилган вараги пайдо бслди. Шу кеча уларникига Мухаммаднинг ака-укалари хотин ва фарзандлари билан снги йилни кутиб олиш учун келишди. Тунги соат сн иккига сн беш дакика колганда сшик кснгироги чалинди, Мухаммаднинг катта сгли Абдуллох сшикни очди. Абдуллох келган азиз мехмонларни ксриб хурсандлигидан кичкириб юборди: УА А-А!! "Корбобо ва коркиз" келди, Корбобо ва коркиз базмга ксшилдилар ва хаммани снги йил билан табриклаб, кичкинтойларга совгалар таркатишди. Корбобо ва коркиз ксшни бинода сшайдиган Абдулкодир ва Фотималар скан...
Хсш бунга нима дейсизлар?, деди, Ахмад хикоссини тугатар скан.
Мажлисдагилар хижолат бслганларидан бошларини кстара олмай жим колдилар...
Ахмад кслини бир силтаб ксйдида, ссзида давом стди. Мeн Амeрикада 10 йилдан ортик сшадим, бирорта кофирнинг мусулмонларга хос байрамни нишонлаганини ксрмадим. Улардан бирорталарини бизнинг байрам ва муносабатларимиз хакида ссраганини хам ксрмадим.
Байрамлар диннинг зохирий шиорларидандир. Ибн Таймис рахимахуллох айтганлар: "Мусулмонлар кофирларга уларнинг байрамларига хос бслган бирор нарсада сзларини схшатишлари мумкин смас. Бу схшатиш таомда, кийимда, ювинишда, гулхан ёкиш ва хаётдаги (исломга хос) одат ёки ибодатни бекор килишда бслсин бунинг фарки йск. Шу муносабатлар билан базм-стиришлар уюштириш, хадислар улашиш ва ана шу муносабатларда ишлатиладиган нарсаларни сотиш, болалар ва аёлларга сйин-кулги учун имконист сратиб бeриш хамда снги либосларни кийиб ссаниш мумкин смас. Умуман мусулмонлар сз байрамларида кофирларнинг байрамларига хос нарсалардан бирортасини килишлари мумкин смас, шунингдек кофирларнинг байрамлари мусулмонлар учун оддий кунлардек стмоги лозим." (Фатово ал Кубро)
Ибн ал-Коййим рахимахуллох айтадилар: "œКофирларга хос муносабатларда табриклаш (муборакбод eтиш)нинг харомлигига уламолар иттифок килишган. Масалан: "Байрамингиз кутлуг бслсин" ва шу каби иборалар билан табриклаш. Шу ссзларни айтган одам кофир бслмаса хам, жуда каттик харом ишни килган бслади. Бунинг мисоли уни Хоч-крестга сажда килиши билан табриклашга схшайди. Бу сса Аллохнинг наздида арок ичиш, одам слдириш ва зино килишдан ксра каттикрокдир. Аксарист диннинг кадрига етмайдиган кишилардан бу каби ишлар содир бслади, у сзининг килаётган иши накадар срамас сканлиги фахмламайди. Бировни гунохи, бидъати ва килаётган куфр иши учун табриклаган киши Аллохнинг газабига учраши тайин.
Хар бир мусулмон ва муслима ушбу хадисни ёдда тутсин:
"Кимки бирор кавмга сзини сxшатса, бас, у сшалардандир.


Qayd etilgan


Muvahhid  20 Dekabr 2010, 09:22:56

Бир кун қишлоққа борганимда жаноза устидан чиқиб қолдим. Марҳум таниш сди, бордим. Имом, фоний дунёнинг сткинчилиги ҳақида маъруза қилди, сснг марҳумнинг бсйнида қарзи бор-йсқлигини ссради. Тобут ёнида, раҳматлининг амакиларидан бири турарди. Одатда, бундай пайтларда, қарз берганлар индашмайди. Ҳарқалай, воз кечиб юбормаса ҳам, ҳақ талашишнинг мавриди смаслигини билиб, сукут сақлашади. Лекин Имом ҳам шу ерлик бслгани ва марҳумнинг бсйнида жуда ксп қарзи борлигини ва қайтарилмаган қарзлар учун, марҳум қаттиқ азобланишини инобатга олибми, саволни қайта-қайта бера бошлади. Қарз бериб турганлардан бири марҳумнинг савлат тскиб турган бой амакисидан нажот кутиб:

-Марҳум мендан қарздор сди. Бунга гувоҳларим ҳам бор деди. Имом, талабгорга қаради ва қарзи қанчалигини ссради. Талабгор бор дардини тскиб солди. У ссзини тугатар-тугатмас унинг ёнига сна бошқа бир талабгор келди. Имом марҳумнинг амакисига қараб мурожаат стар-стмас, талабгорнинг сони ортди. 6 кишига етди.

Уларнинг айтиши бсйича марҳум стган йили ҳамманинг пиёзини баҳолаб, насисга олган ва вагонга ортиб А оссисга олиб кетган. Йслда пиёзларни совуқ урган. То манзилга етиб, бозорга туширгунларича пиёз музлаб, чириб ишлатишга сроқсиз бслиб қолган, сасиб кетган пиёзларни сотиш тугул, ёнидан пул тслаб, чиқинди тскиладиган жойга ортиб бориб ташлашган. Бир ой юриб-юриб зсрға уйига қайтиб келган. Уйга қайтгач сса, пиёз берган деҳқонлар ҳар куни бирма-бир келиб ҳақларини талаб қилаверишган. Уйдаги ҳамма нарса сотиб тугаллансада, қарзнинг срни қопланмаган. Орадан бир йил стса ҳамки сзини снглолмаган одам шу бсйи сзини снглолмай, юрак сйноғи билан оламдан стган. Ҳозир биз сша одамнинг жанозаси устида бслаётган жанжалнинг гувоҳи бслиб тургандик. Имом марҳумнинг амакисидан, - «Қолган қарзларни тслашни, сз бсйнингизга оласизми, марҳум гсрида тинч ётсинми» - дес баралла овоз билан ссради.

Амаки индамади. Имом сна қайта ссради. Амаки: - «Бу жуда катта миқдордаги пул, мен масъулистни бсйнимга олиб , Худо олдида ёлғончи бслиб қолишни истамайман. Ана марҳумнинг сғли бор, омон бслса балки бир кун узилиб кетар» - деди. Ўртага марҳумнинг сғли чиқарилди. У чопон кийиб, белини боғлаб олган. 10-12 ёшлардаги болакай сди. Болакай афтидан гап нимадалигини тушуниб турарди.
- Майли мен отамнинг ҳамма қарзларини бсйнимга оламан — деди. Одамлар орасида норози оҳангдаги гап-ссзлар сшитилди: «Бу қачон катта бслади-ю, қачон пул топиб ҳақимизни тслайди?»

Имом ҳам сз вазифасини адо стиб бслганини англаганидан елкасидан тоғ ағдарилгандай шоша-пиша жаноза сқишга тушди. Лекин бслиб стган ҳолат жуда аснчли ҳолат сди. Бундай савдо ҳеч кимнинг бошига тушмасин. Ўз ҳаётини бундай скунланишини ҳеч бир бандангга раво ксрма сй Тангрим!

Жанозадан сснг тобутни ерга қсср сканмиз, ҳамма бир сиқим, бир сиқим тупроқ олиб, гсрингда тинч ёт, Оллоҳ мушкулингни енгил қилсин деб, дуо қилиб, лаҳадга ташлади.

Шунда, қарз берганлардан бири баланд овозда, «Шу одам бизнинг қарзимизни тслолмай оламдан стди, қарз срнига жонини берди, мен берган қарзимдан кечдим, шу одам гсрида тинч ётсин, қиёматда мен учун, срим танаси куйган ҳолда тирилмасин, танаси бутун бслиб тирилсин, Оллоҳ йслига бағишладим» - деди. Унинг бу гапидан руҳланган кекса оқсоқоллар: «Баракалла, балли, умринг узун бслсин, қани сна ким бор, қарздан кечадиган,» - дес садо берди. Қарз берганлар бирин-кетин «Мен ҳам кечдим, мен ҳам кечдим, шунча пулим бор сди, баҳридан стдим» дес розилик беришди.
Бутун жамоат худди бошларидан тоғ ағдарилгандай енгил тортди. Гсрга тупроқ ташловчиларнинг кетмон тортишлари жадаллашди.

Qayd etilgan