Andijonliklarga savollar  ( 65328 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 10 B

Robiya  25 Aprel 2009, 14:56:37

:bs1:

 :as:

Aziz yurtdoshlar,forumdoshlar!

Ushbu mavzuda andijonliklar va ularning urf-odatlari bilan va boshqa o'zingizni qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishingiz mumkin. O'ylaymizki, andijonliklar javob berishadi.

Birinchi savolni o'zim bersam. Hozir ayni to'y mavsumlari boshlanish arafasida... Andijonda to'y bilan bog'liq qanday urf-odatlar bor? Shular haqida o'rtoqlashsangiz.

Qayd etilgan

Abdullоh  25 Aprel 2009, 16:29:49

 :as:

Savolingizga javob berishga urinib ko'raman. Bizning Andijonda to'ylar juda katta harakat va quvonch bilan o'tkaziladi. Ayniqsa to'y bo'ladigan honadonning qo'shnilari bir hafta oldin yordam berishga chiqishadi.

Umuman olganda to'ylarni xalq ikki guruhga bo'lib olishgan: islomiy va dunyoviy. Men o'zim yoshligimda ko'p to'y marosimlariga borganman. Keling avvalo dunyoviy to'ylar haqida gapirsam:
Bizda Toshkentga o'xshab maxsus to'yxonada va faqat taklif qilinganlar bilan to'y o'tkazilmaydi. To'yga butun qishloq keladi. (Bu ko'proq qishloq joylarda). Shahar joylarda asta-sekinlik bilan to'ylarimiz Toshkentdagi kabi o'zgarib bormoqda. Qishloqlarda to'y bo'lyapti desa, butun qishloq ko'chib boradi. O'rtaga sahna tuzaladi va to'rida kelin-kuyov ikkitadan ortoq va dugonasi bilan o'tiradi. Hofizlar ancha oldin kelib xizmatni boshlashadi. To'y boshlanishida kelinning dugonalaridan biri yoki maxsus ayol kishi kelin salom aytadi. Salomdan so'ng ular o'z joylariga o'tirishadi. Odatda davrani kuyovning o'rtoqlaridan biri va kelinning o'rtoqlaridan biri olib boradi. Ayrim to'ylardagina maxsus boshlovchi-o'rtakash yollanadi. Davra olib boruvchilarni "rais" deyishadi. Ular birma-bir har ikki tarafdan kelin-kuyovni tabriklash uchun so'z navbatini berishadi. Har bir so'zga chiqqan inson tabrik so'zidan so'ng, davrada so'zning isbotida tarzida bir juft qo'shiqqa o'ynab beradi. Agar hofiz Ozodbek Nazarbekovga o'xshaganlari bo'lsa, ba'zan davrdan chiqmayman ham deb turib olishadi  :) O'z navbatida qistir-qistir ham bo'ladi. Kelin-kuyov ham har bir davrada o'ynayotganga pul uzatadi. Ko'pincha davrada raqs tushayotgan inson raqs tugaganidan so'ng qo'liga qistirilgan pullarni hofizlarning oldiga tashlab ketadi. Yoki (adashmasam, hozirgi kunda bu odat hamma joyda bo'lsa kerak) kichkinagina doirachi bolakay kelib o'ynayotganlardan pulni yig'ishtirib ketadi. Shu tarzda tabriklar davom etadi. Bazm cho'qqiga chiqqanda kuyovning ota-onasiga so'z beriladi. Kelin va kuyov chiqib ular raqsga tushayotganda pul qistirishadi. Va nihoyat 3-4 soatdan so'ng to'y bazmi nihoyasiga yetgach, kelin va kuyov davrani tark etadi. Birozdan so'ng kuyov qaytib chiqadi va u har bir o'rtog'i bilan sho'x qo'shiqlarga o'ynaydi. Oxirida kuyovning o'rtoqlari bir belbog'ni tarang tortib turishadi, kuyov esa uni tepib yoki qo'l bilan urib yirtadi. Bu kuyovning qo'rqmas, jasur ekanligini bildiradi. Shu tarzda toy nihoyasiga yetadi. Bunday to'ylarda odatda oz-moz janjallar ham bo'lib turadi. So'z ustasi rahmatli Hojiboy Tojiboev aytganlaridek, to'ydan so'ng to'y egalari hatto mening to'yimda mana bunday janjal, mushlashish bo'ldi deb maqtanib ham qo'yishadi.

Endi oz-moz islomiy to'ylar haqida gapirsam. To'g'risini aytsam shu paytgacha biron marta islomiy to'yda qatnashmaganman. InshaAlloh qatnashib qolarman. Dadamlar bunday to'ylarda tez-tez qatnashib turadi. U kishi ko'proq uzoq joylarga shunday to'ylarga taklif qilinadi. Dadamning aytishicha bunday to'ylar o'zgacha bir fayz bilan o'tadi. To'yda hech qanday hofizlar ishtirok etmaydi. Uning o'rniga kuchli domlalar kelib ma'ruza qilishadi. Quvonarli tomoni shundaki ma'ruzani ham ancha-muncha odam eshitadi. Lekin unga amal qilishi haqida hech narsa deya olmayman. Hatto islomiy to'ylarga Toshkentdan ham domlalar chaqirilib turadi. Ba'zan Hayrulla akani ham ko'rib qolishingiz mumkin. Allohga shukr bunday to'ylar ham asta-sekin ko'payib bormoqda.

Meni quvontirgan tomoni bizda to'ylarda ilgari katta isrofgarchilik, ya'ni "ZAGS" degan narsa bo'lardi. Unda har bir to'y egasi kim o'zarga mashinalar karvonini tayyorlardi va Andijon bo'ylab, yoki tuman bo'ylab aylanib chiqishardi. Eshitishimcha yaqin iki yildan beri bular kamaygan, chunki qandaydir buyruq bo'lganmi, anig'ini bilmadim.

P.S. Qo'limdan kelgancha Andijonning to'ylarini tariflashga harakat qildim. Ammo Andijonning har bir yeridagi to'ylar, undagi urf-odatlar bir-biridan farq qilishi mumkin.

Qayd etilgan

ZUBAIR  25 Aprel 2009, 19:06:18

:as:
Abdullohni fikrlariga qo'shimcha qilgan xolda,Yana bizda ilgari avtobusda kelinni  olib ketayotganda, ko'pgina bolalar ko'chani boshida bir-birini qo'lini ushlab busni yo'lini to'sib olishadi.  :) toki har-bir bolani qo'liga pul tegmaguncha. Kelin yetib borgandan keyin kelinni ukasi yoki biron kishisiga (yosh bola bolishi kerak) pichoq va soat berilardi. (Hozir pul beradigan bo'lib ketishgan =) ) Agar berilmasa kelinni qaytarib olib ketaman deb "qo'rqitadi" :7 To'yni ertasi kuni kelinni ko'rgani kirgan bolalarga ro'molcha, qiz bolalarga esa ro'mol beriladi. Hozir bularni hammasi sekin-asta yo'qlib ketyapti.

Qayd etilgan

ZUBAIR  25 Aprel 2009, 19:10:15

Endi oz-moz islomiy to'ylar haqida gapirsam. To'g'risini aytsam shu paytgacha biron marta islomiy to'yda qatnashmaganman. InshaAlloh qatnashib qolarman.

Men aksincha esimni taniganimdan beri deyarli dunyoviy to'ylarga borganimni eslolmayman. Islomiy to'ylar eng asosiysi erkak-ayol aralashisiz o'tadi. Ertalabgi nahorda beriladigan to'yni oshi zo'r bo'ladi-da : ) a Abdulloh aka, nima dediz.  :)

Qayd etilgan

Abdullоh  26 Aprel 2009, 15:30:01

ZUBAIR sizga havasim keladi. Dunyoviy to'ylarga bormagan ekansiz. Men ham so'nggi ikki yildan beri, agar adashmasam 1-2 ta shunday dunyoviy to'yga bordim xolos. Chunki ko'p vaqt o'qishda bo'lamanda  :)

Ertalabki nahorgi oshga kelsam, to'g'risi ishtahamni ochib yubordingiz. Yoshligimizda o'rtoqlarim bilan to'yga birga borardik. Agar to'y egasi qarindoshingiz bo'lsa, muammo hal, bemalol borib osh soldirib yeyaverasiz. Agar unday bo'lmasa, shu qozon atrofida aylanib yursak, oshpaz amaki o'zi osh solib berardi. Negaligini bilmadim-u, shu to'yning oshining mazasi boshqacha bo'ladi-da. Menimcha, unda ko'pchilikning rizqi bo'lgani uchun bo'lsa kerakda-a?

Qayd etilgan

Munavvara  26 Aprel 2009, 16:22:15

 :as: MashaAlloh to'ylaringiz zo'r o'tarkan Buxorocha to'ylarga o'xshab ketarkan lekin bizda qizni ota-onasi kiyovning uyidagi to'yga borishmaydi  :) Andijonda ayni payt islomiy to'ylar ko'p bo'lsa kerak sababi uyerda din kuchli deyishadi.

PS: Abdulloh akani man Toshkentdan deb o'ylabman :D

Qayd etilgan

ZUBAIR  26 Aprel 2009, 21:31:28

Ertalabki nahorgi oshga kelsam, to'g'risi ishtahamni ochib yubordingiz. Yoshligimizda o'rtoqlarim bilan to'yga birga borardik. Agar to'y egasi qarindoshingiz bo'lsa, muammo hal, bemalol borib osh soldirib yeyaverasiz. Agar unday bo'lmasa, shu qozon atrofida aylanib yursak, oshpaz amaki o'zi osh solib berardi. Negaligini bilmadim-u, shu to'yning oshining mazasi boshqacha bo'ladi-da. Menimcha, unda ko'pchilikning rizqi bo'lgani uchun bo'lsa kerakda-a?

Oling :D Osh bo'sin

Qayd etilgan

Robiya  27 Aprel 2009, 09:57:20

 :as:

Javoblar uchun rahmat! To'ylar haqida ma\lumot oldik deb o'ylayman. Udumlarga kelsak... Andijonda din ancha kuchli qaror topgan deyishadi hozirda... Ammo eshitishimcha...ayrim udumlar ham yo'q emas...Masalan, to'ydan keyin kelin tomon 40 kungacha 3 mahal ovqat pishirib oborishi kerak ekan :(

Yana, agar mabodo o'g'il vafot etsa, berilgan mahrda kelinning haqqi yo'q emish... To'g'risi bularni eshitib hayron qoldim,...

Abdulloh, Zubair, shularga ham aniqlik kiritsangiz, agar tajribaliroq userlar bo'lishsa ularning ham javoblarini kutamiz...

Qayd etilgan

Abdullоh  27 Aprel 2009, 15:45:32

40 kungacha 3 mahal ovqat olib borish menimcha haqiqatdan yiroqroq. Yana bilmadim, Andijonning boshqa bir burchlarida shunday bo'lishi mumkin. Lekin men yashaydigan Baliqchi tumanida to'y o'tgandan so'ng ikki haftagacha kelin tomon kuyovning uyiga kuniga bir mahal ovqat olib boradi. Ovqat odatda sergo'sht, mazali bo'lishi kerak.

Bizning oilamizda ikkita akam oila qurgan. Katta akam uylanganidan so'ng ikki haftagacha mazza qilib boqilganman. O'rtancha akam uylanganida esa afsus, bu narsa menga nasib qilmagan ekan, to'y o'tishi bilanoq Toshkentga o'qishga qaytganman. O'zimning opajonimni kuyovga berganimizda bu ovqatni o'z qo'llarim bilan pochchamning uylariga olib borganimni eslayman.  :)

Mahr xususida esa hech narsa deya olmayman. To'g'risi bu haqda ma'lumotga ega emasman.

Qayd etilgan

Abdullоh  27 Aprel 2009, 15:51:47

:as: MashaAlloh to'ylaringiz zo'r o'tarkan Buxorocha to'ylarga o'xshab ketarkan lekin bizda qizni ota-onasi kiyovning uyidagi to'yga borishmaydi  :) Andijonda ayni payt islomiy to'ylar ko'p bo'lsa kerak sababi uyerda din kuchli deyishadi.

PS: Abdulloh akani man Toshkentdan deb o'ylabman :D

Bizda ham qizning ota-onasi to'y kuni kuyov tomonga bormaydi. Ba'zan kelinning onasi to'y bazmida qatnashishi mumkin. Islomiy to'ylar Allohga shukr ko'paymoqda. So'nggi paytlarda bu narsa tez-tez quloqqa chalinadigan bo'lib qolgan: "Falonchi islomiy to'y qilarmish, pistonchi islomiy to'y qilibdi, va hakazo". Lekin xalqning og'zida bu Islomiy to'ylar "Eskicha to'y" bo'lib o'rnashib qolgan. Ya'ni ular, "Falonchi eskicha to'y qilarmish" ham deb qo'yishadi, odatda.

P.S. Asli Andijondanman, hozir Toshda o'qiyman  ;)

Qayd etilgan