Andijonliklarga savollar  ( 65225 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 ... 10 B


Munavvara  27 Aprel 2009, 15:58:11

 :as: Ha bizdayam eskicha to'y deyishadi keyin bizani islomiy to'ylarda ashula umuman bo'lmidi lekin hozirgi islomiy to'ylarda Ma'ruzani M harfiyam ko'rinmidi  :(

Qayd etilgan


ZUBAIR  27 Aprel 2009, 16:05:25

 :) emas,  :( qo'yish kerak

Qayd etilgan


Abdullоh  27 Aprel 2009, 16:17:15

:as: Ha bizdayam eskicha to'y deyishadi keyin bizani islomiy to'ylarda ashula umuman bo'lmidi [b]lekin hozirgi islomiy to'ylarda Ma'ruzani M harfiyam ko'rinmidi[/b]  :)

 :) emas,  :( qo'yish kerak

Hayrulla akaning bir she'ri esimga tushib ketdi. She'rni to'liq bilmayman-u, har misra oxirida "Yig'lash kerak bunga, kulmoqlik emas" bo'lardi.  :2

Qayd etilgan


ZUBAIR  28 Aprel 2009, 20:41:07

Va alaykum assalam, birborekan, biryo'g'ekan, nikiz g'alatiroq ekan : )

Menimcha eskicha yangicha yoki İslomiy to'y deb ajratmaslik kerak, nima bo'lganda ham hammasi bizni O'zbek urf-odatlari bilan bog'liq holda o'tkaziladi.

Sizga savol: Bir joyda ikki hil to'y o'tkazilyapti; Birinchisi dunyoviy, ya'ni dasturxonida halol-harom narsalar, karnay surnaylar, musiqa, honandalar, erkak ayol aralashuvi bor bo'lgan, hamma yoq shovqin-suronga to'la, va yana o'sha siz aytgan ba'zi '"urf-odatlar"' ham bor bo'lgan to'y. U eshikdan sal nariroqda huddi shu to'yning aksi, ya'ni shariatga amal qiligan xolda o'tkazilayotgan islomiy holatda bo'lgan to'y. Sizga ikkalasidan bittasiga kirish uchun imkon bor. Siz qays biriga kirardiz?

Qayd etilgan


Abdullоh  30 Aprel 2009, 16:24:34

O'zbek to'ylarida bir narsa avj olgan. To'y bazmidan oldin kelinni mashinada olib kelishadi va kuyov uni ko'tarib tushirishi kerak. Bu ham mayli-ku, eng yomoni undan so'ng kelinning dugonalari uni olov atrofida aylantirishadi. Axir bu zardushtiylikdan qolgan narsa emasmi? Bu narsa biz O'zbek xalqining urf-odati deb kiritmasligimiz kerak.

Qayd etilgan


ZUBAIR  30 Aprel 2009, 19:43:45

birborekan, rahmat javobingiz uchun, lekin aynan men soragan narsaga javob bermabsiz. Siz bilan bahslashmoqchi emasman, sababi sizda millatchilik degan narsadan ozgina bor ekan. O'zizga ham hayrli kech

Qayd etilgan


ibnUyayna  30 Aprel 2009, 20:43:18

Assalamu alaykum wr wb!
siz birinchi to'yni faqat yomon taraflarini yozipsiz ku.
Man musulmonman degan insonga o`sha to`ylardegi aqalli 1ta harom ish ham yomon hisoblanadi.
Faqat diniy o'qishlardan iborat to'ylar ham to'ydan ko'proq huddi diniy bir marosimga o'hshaydi.
Islom bu hayotda yashaladigan din.Bu to`y degani nikoh.2 yoshni 1-1iga shariy halol bo`lishligi.Albatta nikohni 1 valiyma qilib e`lon qipqo`yilsa bo`ldi.Albatta islomiy nikoh bu diniy marosim de!
Har qancha hohlasangiz ham O'zbek an'analaridan chiqib keta olmaysiz.
Har qancha hohlasangiz ham shariatga to`g`ri kemasa har qanaqa "an`analardan" chiqib ketishizga to`g`ri keladi.
Bizni Musulmon bo'lganimiz albatta bir Arap'day harakat qilishimiz kerak, degan narsa emas.
Bizni musulmon bo`lganimiz albatta musulmonlarday harakat qiliwimiza kere dgani.Agar arab shariatga muvofiq iw qvotgan bo`sa siz arablarde harakat qiliwiz kere.
Eronliklar ham Turklar ham va qancha millat Musulmon lekin hammasini o'ziga hos uni boshqa millatlardan ajratib turgan hususiyati bor.
Albatta,lekin o`sha o`ziga hos uni boshqa millatlardan ajratib turgan hususiyatlari bilan bog`liq narsalar shariatga nomuvofiq kelmasligi kere.Keyin islomda  2ta millat bor.1.MUSULMONLAR 2.Musulmon bo`lmaganlar.
Masalan kelin ham kuyov ham to'yida o'rtog'lari bilan o'ynab kulmasa unga armon bo'lib qolsa kerak.
bu endi jaaa armon bo`pqoladigan narsa bo`masa kere.islomiy to`yda albatta hursandchili bo`ladi de.islomga teskari o`ynab-kulishsiz o`tgan to`ydan hursand bo`lish kere(agar wunaqa o`ynab kuliwwi nazarda tutgan bo`ses)
Hatto dinimizda ham to'y kunining qanchalar muhim ekanligini Payg'ambarimizni faqatgina to'ylarda ochilib kulganlaridan ham bilsak bo'ladi.
.Hujjatiz bormi?!
Keyin keskin bir shakilda bir narsani tanlashingiz kerak, shaklida so'ralgan savol ham qarshingizdagi insonni hurkitadi
Bunaqa savollarga hurkimastan,Alhamdulillah man musulmonman,Inshallah Islomga muvofiq to`y qilaman dip javob berish kere musulmon.

Keyin isimlarga kelsak, hamma Arapcha isim,(O'zbek isimlarida ham Arapchalari borkuya) qo'yishipti.
Nima dmoqchisiz endi Toshmat,Eshmat,Boltavoy,Teshavoy,Qo`shqor,Bo`rivoy...digan o`zbek ismlarini qo`yish keremi?aksariyat o`zbek ismlari arabchadan olingan.Manga o`zbecha ism etin man sizga -- qaysi bob,vazn-paznlarini,ismi maf`ulmi,ismi tasg`irmi,ismi tafzilmi...etib beraman
Mayli isimlari yozilgan ulug' zotlarga bo'lgan hurmatdan qo'ygandursizlar bu isimlarni. Lekiin meni fikrim o'zimizda ham mashur zotlar kam emas. Asil ularga o'hshashga harakat qilsak bizga yetadi.
Albatta biza musulmon bo`lganimiza uchun Alhamdulillah deymiz.Salafi-solihiylarimiza bn fahrlanamiza,ularga ergashib yashimiza.O`sha o`zimizada o`tgan  mashhur zotlarning deyarli hamasi arab tilida faoliyat olib borishgan,va arab tilini chuqur bilishgan.
Asil ularga o'hshashga harakat qilsak bizga yetadi.
Qattan oldiz bu gappi?Biza Payg`ambarimiz s.a.v ga ergashib,har harakatimizda o`xshashga hakat qilishimiza kere.
Dunyodagi ilimlarning qaysi sohasiga qaramang albatta bizni tuproqlarda yetishgan insonlarni nomini ko'ramiz....Bu mavzu ancha chuqur:)
Albatta bu Islomni sharofati bilan.Payg`ambarimiza(etgancha arab bo`lganla o`zila bilasla) s.a.v olib kelgan Allohning shariati sababli.
Yaqinda Farobiyning Qonun musiqa asbobini kash qilganligini o'qidim
Farobiy ham mana arabcha ku.Ya`ni ohiriga joy nomidan keyin "-iy" joy nomi qo`shimchasini qo`shish.Buni o`zbekchasi Faroblik bo`ladi.Nimaga faroblik dmiyopsiz?!
Rahmat "nik"imni yoqtirganingiz uchun.
nikizzi yoqtirdim demaganla,nikiz g`alatirooq ekan dipti,parqi bor ku,to`g`rimi? :1
Hayiri kech....
Islomda uchrashgandayam,hayrlashvotgandayam Assalamu alaykum wa rohmatullohi wa barokatuh deyiladi.

Qayd etilgan


Robiya  01 May 2009, 09:22:22

Assalamu alaykum wa rohmatullohi wa barokatuh! Mavzudan chetlashmaylik... Andijonda qanday obidalar bor,agar iloji bulsa,rasmlari bilan kiritsangiz. Hammangizga Jum'a Muborak! Assalamu alaykum wa rohmatullohi wa barokatuh!

Qayd etilgan


Abdullоh  13 May 2009, 15:33:50

:as:
Uzr, savolingizga ancha kechiktirib javob yozayapmiz. Sababi o'zim Andjonning tarixiy joylari haqida ko'p ma'lumotga ega emasman. InshaAlloh shoir aka bunga ancha oydinlik kiritib qolar...

Keling, yaxshisi o'zim yashaydigan Baliqchi tumanidagi ziyoratgohlar haqida yozsam. Bizning Baliqchida Alloh in'om etgan buloqlar juda ko'p. Masalan, Baluqchining markazida joylashgan Kattabuloq mahallasining o'zida 30 ga yaqin buloq bor. Bu buloqlar o'ziga xos mo'jizakor hisoblanadi. Hatto ancha-muncha uzoq viloyatlardan ham kelishib, uning suvidan olib ketishadilar. Ularning ichida men bilgan eng kattasining diametri tahiminan 15-20 m ga boradi. Uning suvi juda shirin. Shuning uchun bu mahallani Kattabuloq deyishadi.

Bundan tashqari yana "Uch buloq" degan ziyoratgoh bor. U yerda uchta o'rtacha kattalikdagi buloq bir yerda joylashgani uchun shunday nomlangan. Uning atrofini chiroyli qilib, ziyoratgoh qilib qo'yishgan edi. Ammo hozirda bu makonning vazifasi umuman boshqa tarafga burilgan: Tug'ilgan kunlar, har xil kechalar va kelin-kuyovlarning ZAGS marosimidan so'ng keladigan joyiga aylanib qolgan.

Keyin yana bizda "Tuzloq buvi" degan ziyoratgoh bor. U yerda Tuzloq buvining qabri bor. Aytishlaricha, qadimda 7 ta eshon va ularning bitta singlisi bo'lgan ekan. Shu singlisining qabri shu yerda ekan.

Umuman olib gapirganda, Baliqchi tumanida kichik-kichik ziyoratgohlar talaygina. Ammo hozir ularning ahvoli haqida bir narsa deya olmayman.

P.S. Imkonim bo'lganda bu joylarning suratlarini ham joylayman. InshaAlloh.

Qayd etilgan


Abdullоh  26 May 2009, 17:14:08

Eh bu Andijonliklar... Nega jim bo'lib ketdinglar? Har kuni forumga kirganda, qarayman, Hamyurtlar--> Andijon viloyati da yangi habar umuman bo'lmaydi. Faolroq bo'liq Andijonliklar!

Qayd etilgan