Farg'onaliklarga savollar  ( 14210 marta o'qilgan) Chop etish

1 B

Robiya  25 Aprel 2009, 15:01:07

:bs1:

 :as:

Aziz yurtdoshlar,forumdoshlar!

Ushbu mavzuda farg'onaliklar va ularning urf-odatlari bilan va boshqa o'zingizni qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishingiz mumkin. O'ylaymizki, farg'onalar javob berishadi.

Birinchi savolni o'zim bersam. Hozir ayni to'y mavsumlari boshlanish arafasida... Farg'onada to'y bilan bog'liq qanday urf-odatlar bor? Shular haqida o'rtoqlashsangiz.

Qayd etilgan

ikbaljohn  23 May 2009, 12:03:42

Vaalaykum assalom.
OFF: Farg'onadan sovchilar kelyaptimi deyman :D
ON: To'ydaqa to'y. Kuyov taraf kelin tarafga guruch,qo'y kabi osh masalliqlarini yuboradi.Sabzi to'g'rar kuni kelinnikidan ziyofat keladi.Kelin tarafni kiyimini kuyov taraf qiberadi va teskarisi. Lekin kelinam kuyovam sarposini o'zlari qiladi deb kelishish ham mumkin.
To'yga kelsak,ertalabdan nahorgi osh tortiladi.Nahorgi osh 8gacha tugaydi.9larda kuyov o'rtog'lari bilan kelinnikiga borib,nikoh va zagsdan o'tishadi.Buni hammasi obedki 12gacha tugaydi.Kechki 5-6larda kuyovni uyida kechki bazm boshlanadi va 9largacha davom etadi.Keyin kuyov navkarlar kelinnikiga borib,1-2 soat bazm qiberishadi.Soat tungi 11larda kelin kuyovni uyiga avtobusda yaqinlari bilan paranjida keladi.Kuyov kelinni shartta yelkasiga olib,avtobusdan tushirib,20-30 metrgacha ko'tarib boradi.Dalshe ozgina kelin salom,keyin chimildiq.Ertasiga azon chaqirmasdan turib yigitalini o'rtog'lari uydan olib chiqib ketishi kerak.O'sha kuni kuyov o'rtog'lariga kuyov oshi qiberadi.Kuyov 2 o'rtog'i bilan uyga keladi va shom namozini uyda o'qishadi.Namozdan keyin sekin kelinni uyiga kirishadi.Kuyovni kelinni yangalariga topshirib,o'zlari ketishadi.Ana bo'ldi  ;)
Iyye,yuz oshdi-xotinlarni to'yi qopketibdi.To'yni ertasiga,kuyov o'rtog'lariga osh qiberyatkanida kuyovni uyida yuz ochdi bo'ladi,tipa xotinlarni to'yi.Chunki to'y kuni to'yda xotinlar bo'lmaydi,yuz ochdida erkaklar.
Manga eng yoqadigan joyi,kuyovni uyga kirgg'izvorgandan keyin kechasi 11-12larda kuyov turgan uyni devorini tepish.Buyam odat,kuyov chiqib,meni tinch qo'yilar degan maqsadda o'rtog'larga pul beradi yoki osh qiberaman deb va'da qiladi.Jaa tepardik lekin devorni  ;D

Qayd etilgan

gayrat17  09 Iyun 2009, 17:36:52

2-savol. Marg'i-lomda to'ydan keyin 40 kun kelin tomondan tog'ora kelishi xali xam odatmi? qanday mantiq bor bu odatda?

Qayd etilgan

Robiya  09 Iyun 2009, 17:50:39

2-savol. Marg'i-lomda to'ydan keyin 40 kun kelin tomondan tog'ora kelishi xali xam odatmi? qanday mantiq bor bu odatda?

Butun Farg'ona vodiysida shunaqa odat bor ekanda, ajib?..

Qayd etilgan

Kumush  09 Iyun 2009, 18:00:00

2-savol. Marg'i-lomda to'ydan keyin 40 kun kelin tomondan tog'ora kelishi xali xam odatmi? qanday mantiq bor bu odatda?

Butun Farg'ona vodiysida shunaqa odat bor ekanda, ajib?..
Boshqa joylarni bilmaymanku lekin Andijonda haliyam bor.Kelinni uydagilari 40 kunga dovr kuyovnikiga tog'ora jo'natishadi.Qo'y go'shtidan qilingan ovqat bilan.
Lekin Xorazmda faqat to'yni ertasi kuni jo'natishadi holos.

Qayd etilgan

ibrohim  31 Iyul 2009, 12:53:13

:bs1:

 :as:

Aziz yurtdoshlar,forumdoshlar!

Ushbu mavzuda farg'onaliklar va ularning urf-odatlari bilan va boshqa o'zingizni qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishingiz mumkin. O'ylaymizki, farg'onalar javob berishadi.

Birinchi savolni o'zim bersam. Hozir ayni to'y mavsumlari boshlanish arafasida... Farg'onada to'y bilan bog'liq qanday urf-odatlar bor? Shular haqida o'rtoqlashsangiz.

 Farg'onadan sovchilar kelishyapti , hoynahoy....

 Bizda esa, kelin tomon rozi bo'lgandan keyin kuyov tomondan kelinnikiga 8TA QO'Y, guruch, un,pul ,va boshqa mayda -chuyda narsalar jo'natiladi. To'ydan bir kun oldin qiz uyida do'stlariga o'tirish qilib beradi, ya'ni kichik to'y. Ertasiga TO'Y:Nahorgi osh beriladi, kuyov DO'STLARI BILAN kelinning uyiga boradi. kelin tomon ularni mehmon qilishadi, mehmondorchilik tugab, tashqariga chiqishganda OYOQ KIYIMLARI YO'QOLIB qoladi, ya'ni kelinni ukalari, yangalari yashirib qo'yadi. Kuyov, do'stlari pul bergandan keyin oyoq kiyimlarini qaytarib beradilar. So'ng tashqarida kuyovni ota-onasiga kelin tomon sarpolar kiydirishadi. Kuyov do'stlari bilan uyga qaytib ZAGSga tayyaorgarlik ko'radi, zagsdan qaytibkelishib bazm qilishadi, bazm 9, ba'zan 11, 12 gacha davom etadi.12dan kegin chimildiq, 7 qavat to'shakkka kelinni kuyovning do'stlari otishadi, yani oborib qo'yishadi. keyin kuyov kirib 3KUNGACHA chiqmaydi. Shuning uchun 3kunlik deyiladi. 3kunda kuyov shoh bo'ladi, 3 kundan keyin to'rva haltani ko'tarib gado bo'ladi(xazil).
  3 kundan keyin ertalab kelin ko'cha supuradi, ko'chaga kuyovning uyidagilar ataylab xazon, "musor" tashlab qo'yishadi, odat shunaqa. kelin qanchalik yaxshi supurishini bilish uchun.manimcha shu.
  A, kuyov o'rtoqlarini rosa mehmon qiladi, TAOMLAR KELIN tomondan keladi, kuyovga sarpo shu yerda kiydiriladi.
  
Qayd etilgan

ibrohim  31 Iyul 2009, 12:58:37

2-savol. Marg'i-lomda to'ydan keyin 40 kun kelin tomondan tog'ora kelishi xali xam odatmi? qanday mantiq bor bu odatda?

 Bilmadimu, lekin to'ydan keyin bizda kuyovga sarpo kiydiriladigan marosimda, kelin tomondan rosa ko'p, har xil taom keladi, kuyov do'stlari bilan rosa mazza qilishadi.Bu marosim faqat bir kecha bo'ladi xolos!

Qayd etilgan

JeeS  04 Noyabr 2010, 07:49:16

2-savol. Marg'i-lomda to'ydan keyin 40 kun kelin tomondan tog'ora kelishi xali xam odatmi? qanday mantiq bor bu odatda?

Bu odat ayrim boyvochchalar tomonidat uylab topilgan. Huddi qizi och qoladigande yangi tushgan honadonida. Odamlarga hayron qolasan kishi.

Qayd etilgan

Donishmand  25 Mart 2013, 18:27:20

:bs1:
:as:

Aziz yurtdoshlar,forumdoshlar!

Ushbu mavzuda farg'onaliklar va ularning urf-odatlari bilan va boshqa o'zingizni qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishingiz mumkin. O'ylaymizki, farg'onalar javob berishadi.

Birinchi savolni o'zim bersam. Hozir ayni to'y mavsumlari boshlanish arafasida... Farg'onada to'y bilan bog'liq qanday urf-odatlar bor? Shular haqida o'rtoqlashsangiz.

 Farg'onadan sovchilar kelishyapti , hoynahoy....

 Bizda esa, kelin tomon rozi bo'lgandan keyin kuyov tomondan kelinnikiga 8TA QO'Y, guruch, un,pul ,va boshqa mayda -chuyda narsalar jo'natiladi. To'ydan bir kun oldin qiz uyida do'stlariga o'tirish qilib beradi, ya'ni kichik to'y. Ertasiga TO'Y:Nahorgi osh beriladi, kuyov DO'STLARI BILAN kelinning uyiga boradi. kelin tomon ularni mehmon qilishadi, mehmondorchilik tugab, tashqariga chiqishganda OYOQ KIYIMLARI YO'QOLIB qoladi, ya'ni kelinni ukalari, yangalari yashirib qo'yadi. Kuyov, do'stlari pul bergandan keyin oyoq kiyimlarini qaytarib beradilar. So'ng tashqarida kuyovni ota-onasiga kelin tomon sarpolar kiydirishadi. Kuyov do'stlari bilan uyga qaytib ZAGSga tayyaorgarlik ko'radi, zagsdan qaytibkelishib bazm qilishadi, bazm 9, ba'zan 11, 12 gacha davom etadi.12dan kegin chimildiq, 7 qavat to'shakkka kelinni kuyovning do'stlari otishadi, yani oborib qo'yishadi. keyin kuyov kirib 3KUNGACHA chiqmaydi. Shuning uchun 3kunlik deyiladi. 3kunda kuyov shoh bo'ladi, 3 kundan keyin to'rva haltani ko'tarib gado bo'ladi(xazil).
  3 kundan keyin ertalab kelin ko'cha supuradi, ko'chaga kuyovning uyidagilar ataylab xazon, "musor" tashlab qo'yishadi, odat shunaqa. kelin qanchalik yaxshi supurishini bilish uchun.manimcha shu.
  A, kuyov o'rtoqlarini rosa mehmon qiladi, TAOMLAR KELIN tomondan keladi, kuyovga sarpo shu yerda kiydiriladi.
 
 :D  Mashag' taraplarga yo'lim tuship qoganakan, kulovrip qotipqoppan!  :D
Qatteykan bu odat?(degim keldiyu, mualliflar tarix bo'lganga o'xshaydur)

Qayd etilgan