Qashqadaryoliklarga savollar  ( 10604 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Robiya  25 Aprel 2009, 15:06:12

:bs1:

 :as:

Aziz yurtdoshlar,forumdoshlar!

Ushbu mavzuda qashqadaryoliklar va ularning urf-odatlari bilan va boshqa o'zingizni qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishingiz mumkin. O'ylaymizki, qashqadaryoliklar javob berishadi.

Birinchi savolni o'zim bersam. Hozir ayni to'y mavsumlari boshlanish arafasida... Qashqadaryoda to'y bilan bog'liq qanday urf-odatlar bor? Shular haqida o'rtoqlashsangiz.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  29 Aprel 2009, 10:06:24

Assalomu alaykum.

Ajoyib mavzu uchun tashakkur. Demak, bizning to'ylarimiz qiziqtirayotgan ekanda sizni?

Qashqadaryoni to'yini ko'rmabsiz, dunyoga kelmabsiz. Ox-ox, jiz, tandir, yaxni va yana o'zimizam nomini bilmaydigan go'shtli (!) taomlarni aytmaysizmi?

1-qism. Diqqat, qidiruv!!!

Urf-odatlar masalasiga kelsak, bizda to'ylar birinchi qiz qidirishdan boshlanadi. Bu sharafli hamda ancha ma'suliyatli va yana juda keng qamrovli bo'ladi. Amma, xola va yangalardan tuzilgan ishchi guruh kecha-yu kunduz tinim bilmasdan, 3 smenda  ishlashadi. Ularning to'plagan ma'lumotlari hatto Interpolda ham yo'q.

Ana undan keyin elchi-sovchilar borishadi. Sovchilar orasiga albatta bitta so'zga chechan amma qo'shiladi. U kuyovni shunchalar maqtaydiki, oldida o'tirgan yigitning onasini o'zi ham boshqani bolasiga sovchilikka keldikmikin deb hayron qoladi.

Ana undan keyin kelin tomonning "nozi" boshlanadi. "Qizimiz hali yosh", "Qizimiz o'qishi kerak" kabi iboralar bahonalar xit-paradining eng yuqori o'rinlarida turadi. Ha, aytgancha, xozir ba'zida qizining institutda kontraktda o'qiyotganini ham qistirib o'tishmoqda.

Yigit tomon bunaqa zarbalarga ancha pishiq bo'ladi. Ertasi kuni tog'ora ko'tarib yana kelishadi. BU safar "gapiruvchi" ammalar soni ikkitaga yetgan bo'ladi. Biri kelinning onasini chap qulog'iga, biri o'ng qulog'iga so'zlashadi. Ammo ona ham o'z "prinsipida" qattiq turadi. Bironta aniq javob aytmaydi. Chunki hali kelin tomonning josuslari kuyov haqidagi ma'lumotlar bazasini to'plashga ulgurmagan bo'ladi. Shunda kelinning onasi "Falon kundan keyin kelingchi, otasi bilan maslahatlashib ko'raylik" deb, vaqtdan yutishga harakat qiladi.

Keyingi safar endi erkaklar kelishadi. "Ayollar bir ishni normalniy bitirolmaydi" degan shior ostida ular faollikni o'z qo'llariga olishadi. Buning sababi bilan qiziqqanimizda, "Erkakcha gap baribir boshqacha bo'ladida" deya javob berdi bunday erkak sovchilardan biri.

U qilishadi, bu qilishadi, xullas, qiz tomonni rozi qilishadi.
Ana undan keyin asosiy tashvish boshlanadi...

(davomi bor)

Qayd etilgan


Robiya  29 Aprel 2009, 12:04:35

 :as:

Y_U_R_I_S_T, original javob uchun tashakkur!.. Nima ham derdik?! Davomini kutamiz ... :)

Qayd etilgan


JaviK  11 May 2010, 11:59:18

Yurist aka Sovchilikni do`ndirishdi, tannaffus ja cho`zilmadimi, odatda musobaqa va bokslarda 3-30 gacha sizda 1 yil bo`libdi Kutamiz. To`yda amma mafiyasi kuchlimi yoki Xola mafiyasimikin? :)

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  03 Iyun 2010, 13:11:00

Yurist aka Sovchilikni do`ndirishdi, tannaffus ja cho`zilmadimi, odatda musobaqa va bokslarda 3-30 gacha sizda 1 yil bo`libdi Kutamiz. To`yda amma mafiyasi kuchlimi yoki Xola mafiyasimikin? :)

Sizga to'y qilish osonmi nima? Xozircha kuyov bola Rossiyada, ishga ketgan to'y oldidan. Rossiyadan kelsin, to'yni boshlaymiz... :7

Qayd etilgan


BelleQizcha  03 Iyun 2010, 17:39:52

BUnaqa voqealar faqat kitoblarda boladi dib oylirdim...

Qayd etilgan