Bismillahir rohmanir rohim.
Osmonlar va Yerdagi bor narsalar yolg'iz Ollohnikidir. U zotning O'zi yomonlik - gunoh qilib o'tgan kimsalarni qilgan amallari bilan jazolagay va chiroyli amal qilgan zotlarni go'zal (savob - jannat) bilan mukofotlagay!
Va-n najm surasi, 31 - oyat.
Ushbu oyatdan ko'rinib turibdiki, Olloh go'zal amallar qilgan insonlarni go'zal mukofotlaydi. Bunga amal qiladigan haqiqiy mo'min insonlar hayoti dunyoda chiroyli amallar qilish bilan mashg'ul bo'ladilar. Shu boisdan ham mo'minning qo'lidan yaxshi amallar keladi. OLLOH barchamizni haqiqiy mo'minlardan qilsin!