Toshkentliklarga savollar  ( 91725 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 10 11 12 13 14 15 B


azizbek_mx  12 Fevral 2011, 23:30:29

Mana, intiqib kutilgan bahor ham hali o'zini ko'z-ko'z qilib ulgurmagan qish bilan navbat talashishni boshlab yubordi. Toshkentda Navruz bayramiga qanday tayyorgarliklar bo'ladi? Bayram arafasida qanday milliy o'yinlar avjga chiqadi? Navruziy urflar haqida fikrlashsak...

Qayd etilgan


Sofdil  13 Fevral 2011, 04:12:28

Robiyahon uzrku sal pravakacionni Mavzu ochipsiz

Bohordi urf odatlaga kese, yaxshi sovol bupti. Biza paytimizada odatda varre yasap 21 martta kotta maydonlaga opchiqip uchirish odat bulardi, bossu buylariga tuwip qamich kesip chiqardu eheeee.
Bohor keliwi bn tomma tom yugurip varre uchirardu hamma shiprlani sindirip :)
Yalpiza terip chiqardu onamizlani iltimoslariga binoan Ko'k somsaga.
O'yinlaga kese, Lanka bn Chilleni teshvorardu bohorda i albatta futbol bowlanip ketadi.

Towkenlilaga sovol busa bemalol, romkadan chiqmasela buldi  :1

Qayd etilgan


Shoxjahon12  02 Mart 2011, 14:10:58

Toshkanni Toshkan qilgan uning nonlari! "Toshkent - non shahri" degan ta'rif asrlar oshsa ham o'z ma'nosini yo'qotmasa kerak.

Qayd etilgan


Sadulla  29 Mart 2011, 07:44:14

Mana, intiqib kutilgan bahor ham hali o'zini ko'z-ko'z qilib ulgurmagan qish bilan navbat talashishni boshlab yubordi. Toshkentda Navruz bayramiga qanday tayyorgarliklar bo'ladi? Bayram arafasida qanday milliy o'yinlar avjga chiqadi? Navruziy urflar haqida fikrlashsak...
:as:
Navro'z bayrami orziqib kutiladigan bayramlardan biri edi 4-5 yil oldin men uchun.Mazza qilib varrak uchirish,bolla bilan lanka tepish Sofdil aytganlaridek asosiy ishimizga aylanib qolardi.Besh-oltita qo'shni,qarindosh to'planib kotta qozonda sumale qilishsa,eng mazza qiladigan payt bo'lardi.Dalalaga chiqib yalpiz terib kelardi,keyin ko'k somsalani mazza qilib paqqos tushirardi  :D
Negadir shulani eslasam o'sha paytlaga qaytkisi keladi odammi  :(

Qayd etilgan


Ansora  10 Sentyabr 2011, 13:38:25

Assalomu alaykum Toshkanlila. 1 savol bor edi. Ismlarni oldiga "Sho" qo'yilishini sababini manbalar bilan tushuntira olasizmi? Oldindan rahmat.

Qayd etilgan


azizbek_mx  11 Sentyabr 2011, 14:49:24

Meni öylashimcha, Toshkentni qadimgi nomi Shosh bölgani uchun bölsa kerak... Shu nomga qandaydir aloqasi bölsa kerak...

Qayd etilgan


Usmon  11 Sentyabr 2011, 17:15:51

Bu narsa "Shoh" so'zi bilan bog'liq, adashmasak. Manba topilsa yozoviz

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  28 Dekabr 2011, 19:38:08

Toshkentda Turk kinolari ham sotilib turadimi, qayerdan topsak bo'larkan, bilganlar manzilni aytvoringlar.
"Babam ve oglum", "Eshkiye", "Son Osmanli Yandim Ali", "Beyaz Melek" kabi filmlariga qiziqayotgandim.

Qayd etilgan